Xayr o‘g‘liga qoshik bilan nimadir ichirishga urinar, ammo Abu Bakrning og‘zi ochilmas edi.
— Rasululloh qay ahvolda?..
Ummul Xayr qoshiqni o‘g‘lining og‘ziga yaqinlashtirar ekan:
— Xudo haqqi, o‘rtog‘ingga nima bo‘lganini bilmayman, o‘g‘lim, — dedi.
— Xattobning qizi Ummu Jalilni topib undan so‘ra. Ummul Xayr yo‘lga chiqdi. Said ibn Zaydning uyiga bordi. Eshikni taqillatdi.
— Qizim, — dedi Ummul Xayr, — Abu Bakr senga salom yo‘lladi va Muhammad ibn Abdullohning holahvoli to‘g‘risida so‘radi.
— Men na Abu Bakrni taniyman va na Muhammad ibn Abdullohni!
— Ammo, qizim, meni sening qoshingga o‘g‘lim jo‘natdi, Xattobning qizidan so‘ra, — dedi.
— Degan bo‘lsa, menga nima? Men ularni tanimayman. Qay ahvolda ekanini bilmoqchi bo‘lgan odam o‘zi boradi.
— Ug‘lim juda og‘ir ahvolda yotibdi, o‘zi borolmaydi. Fotima (Ummu Jalil) bir chorasini topdi:
— Agar istasang, o‘g‘lingning huzuriga o‘zim boraman.
— Juda yaxshi bo‘lardi.
Birgalikda uydan chiqdilar. Abu Bakrnikiga bordi
lar. Xonasiga kirganlarida, u hamon behush edi. Bir faryod ko‘tarildi:
— Kofirlar! Fosihlar! Seni hali shu ahvolga soldilarmi? Iloyo Ollohning O’zi jazosini bersin bu gumrohlarning!
Abu Bakrni tanimayman degan yosh juvonning gaplari edi bu.
— Rasulullohning (s.a.v.) ahvoli kalay?
— Onang shu yerda, so‘zlarimizni eshitib qolishi mumkin.
— Onamning zarari tegmaydi. Bemalol gapiraver.
— Yaxshi. Rasululloh sog‘salomatdirlar.
— Qaerdalar?
— Arqamning uyida.
— Borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim kerak.
— Bu ahvolda bora olmaysan, deb qo‘rqaman. Bu gapni ikkala ayol baravariga gapirdilar.
— Xudo haqqi, Rasulullohni ko‘rmagunimcha, tomog‘imdan bir luqma ovqat ham, bir yutum suv ham o‘tmaydi, dedi.