* * *
Ramazon oyining o‘n yettinchi kuniga to‘g‘ri kelgan juma tongida mo‘minlar hali ham uyqu eltgan ko‘zlari bilan masrurlanib turishar edi. Bir kun oldin yoqqan yomg‘ir yerni rosa yumshatgan bo‘lsada, oyoq botmas, bemalol yursa bo‘ladigan holatda edi.
Malakut olamida vaziyat undan ham boshqacharoq edi. Bir guruh farishtalar Badr jangida qatnashish vazifasini olib, shay turar edilar. Ulug‘ Mavlo ularga: «Albatta, men sizlar bilan birgaman, bas, sizlar imon keltirgan zotlarning (g‘alaba qozonishlariga ishonchlarini) mahkamlanglar. Men kofir kimsalarning dillariga qo‘rkuv solajakman. Bas, ularning bo‘yinlarini uzinglar, butun — hamma barmoqlarini chopinglar», deb amr qilgan edi. (Anfol, 12.)
Bundan tashqari, Jabroil farishta Payg‘ambarlar imomi sayyidimizning yonlariga tushib, Janobi Mavlodan salom keltirdi, ketmaket yuborilguvchi uch ming farishta bilan yordam berajagini yetkazib suyuntirdi.
Rasuli akram (s.a.v.) shundan keyin kapa ostidan chikdilar, ehtimol, bu kelgan vahiy natijasi o‘laroq qo‘llaridagi bir hovuch shag‘al toshni mushriklar tomonga otarkanlar: «Yaqinda o‘sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar» (Qamar, 45.) oyatini o‘qidilar.
O’sha damda Hazrati Umar boshlanay deb turgan jang hayajonini unutdi. Necha yillardan beri o‘qigan, ammo ba’zi sirini aqli ololmagan oyatning ma’nosini shu onda tushunib yetganidan sevindi. Necha marta o‘qigan bo‘lsa, o‘shancha marta: «Kim ekan u yengilib, ortlariga qochadigan jamoat?» degan savolning javobini zehnida izladi. Hozirgiday hayajonli bir onda qanoat berguvchi bir javob topajagi xayoliga ham kelmagan edi.
Rasululloh (s.a.v.) otgan shag‘al toshchalar xar yonga tartibsiz sochilgan, har bittasi bir mushrikka tegib, ularni dovdiratib qo‘ygan edi. Keyinroq Qur’oni karimda bu narsaga oydinlik kiritilib, Olloh: «Ey Muhammad, ularning yuziga qo‘lingizdagi bir siqim toshchalarni otgan paytingizda siz otmadingiz, balki Olloh otdi», (Anfol, 17.) deya bu ne’matni xotirlatdi.
Rasululloh (s.a.v.) shundan keyin ashob yoniga kelib, ularni g‘ayratlantiradigan, Alloh ayt deb buyurgan so‘zlarni aytdilar: «Parvardigoringiz sizlarga uch ming ko‘kdan tushirilgan farishta bilan madad berishi kifoya qilmaydimi?.. Agar sabr qilsangiz, sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoriigiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur». (Oli-Imron 124-125.)
So‘ng Olloh taoloning mana 6u amrini tablig‘ etdilar:
«Ey mo‘minlar, kofirlarning hujumiga duch kelganingizda ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni, qochmanglar). Kim o‘sha (urush kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlar)ga qo‘shilishdan tashqari holatda ularga (kofirlarga) orqa o‘girib qochsa, bas, u Olloh tarafidan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibata!». (Anfol, 15-16.)
Shundan keyingina qo‘shinni tartibga keltira boshladilar. Qo‘llaridagi tayoqcha bilan ba’zilarni oldinga, ba’zilarni orqaga ishorat qilar edilar. Shu asno tayoqlari ila Savod ibn G’oziyaning oldinga surilishini ishora etgan edilar, u jiddiy tarzda:
— Siz mening badanimni og‘ritdingiz, ey Ollohning payg‘ambari. Olloh sizni adolat va haq din ila yuborgandir. Men ham buning haqqini so‘rayman, — deb turib oldi.
G’alatiku! Shu arzimagan narsadan odamning joni og‘rir ekanmi? Payg‘ambarimizning ham bunday niyatlari yo‘q edi. Bo‘lishi ham mumkin emas. Ashob har chekkadan Savodga xo‘mrayib qaradilar. Go‘yo: «Esini yeganmi bu? Besh daqiqadan keyin boshlanadigan jangda o‘qlar sanchilib, qilichlar insofsizlarcha chopishi mumkin bo‘lgan bir badanga yengilgina tegib o‘tgan bir tayoqchaning og‘ritishi qayoqqa boradi?» demoqchi edilar.
Shunday bo‘lsada, Rasululloh (s.a.v.) qorinlarini ochdilar:
— Kel, ey Savod, haqqingni ol, — dedilar ul zot.
Savod yaqinlashib keldiyu qattiq quchoqlab oldi. Ra
sulullohnint qorinlariga yuzlarini surtib, hurmatla o‘pib qo‘ydi va:
— Haqqimni oldim, yo Rasululloh, — dedi.
— Nega unday qilding, ey Savod? — deb so‘radilar Rasuli akram.
— Yo Rasululloh, vaziyatni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Hozir bormiz, Xudo biladi, birpas turib nima bo‘lamiz. Shuning uchun men istadimki, bu dunyodan ayrila turib, oxirgi marta sizning muborak badaningizga tekkan holda ketay, Rabbimning huzuriga shunday boray, dedim.
Rasululloh (s.a.v.) hazratlari Savodni duo qildilarda, safni tartibga keltirib, kapalariga qaytdilar. Qo‘llarini ko‘tarib yana duo qila boshladilar: «Ollohim, bu qo‘shin mahv bo‘lsa, senga ibodat qilinmay qo‘yadi. Ollohim, va’dang bor edi, bizdan ayama. Yolg‘iz o‘zingdan yordam so‘rayman. Boshqadan talab qilmayman. O’zing bizni unutma».
Payg‘ambar janobimiz duo qilardilar, hazrati Abu Bakr orqalarida «Omin» deb turardi. Qo‘llarini samoga ko‘targan kezda Rasulullohning ridolari yelkalaridan tushib keta boshlar, hazrati Abu Bakr uni ko‘tarib qo‘yar edi.
Sultoni anbiyo sayyidimizning bunchalik yolvorishlarini ko‘rgan Hazrati Abu Bakr: «Duolaringiz kifoyadir, yo Nabiyalloh. Rabbingiz sizga yordam berajak», deb taskin bermoqchi ham bo‘ldi. Shu asnoda Sarvari olam janobimizning ko‘zlarini yengil bir uyqu bosib kela boshladi. Jang arafasida bunday uyqu bosib kelishi g‘alati edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uyquning uzo‘zidan kelmasligini, Janobi Haqning hususiy bir muomalasi ekanini anglab, boshlarini qo‘ydilarda, yotdilar. Juda ham qisqa davom etgan bu uyqudan uyg‘onganlarida lablari tabassum qilar edi.
— Xushxabar, ey Abu Bakr. Olloh taoloning yordami yetishdi. Ana, Jabroili Amin changto‘zon ichra keldi, otining yuganini ushlab turibdi, — deb ma’lum etdilarda, ashob tomon yurdilar.