...ODAM  ( 6543 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  08 Oktyabr 2008, 16:07:52

Assalamu alaykum aziz forumdoshlar! Yaqinda Bahodir Nurmuhammadning shu nomdagi kitoblarini sotib oldim. O'qib ko'rgach, uni sizlarga ham ravo ko'rdim. Marhamat, shu mavzu orqali kitobning to'liq matnini o'qishingiz mumkin. Sizlarga foydasi tegsa, xursand bo'lardik.

Qayd etilgan


Robiya  08 Oktyabr 2008, 16:08:29

Imtihon oldida

Assalomu alaykum, muhtaram kitobxon!
  Qo’lingizga olib, varaqlay boshlaganingiz mazkur to’plamda "œImtihon oldidagi odam" deb nomlangan bob mavjud. Muallif bu bobda jamiyatimiz ravnaqiga to'’qinlik qilayotgan muhim masalaga diqqatni tortadi.
  Kitobga jamlangan maqolalarni o’qib chiqqach, men adibning o’zini "œImtihon oldidagi odam" deb atadim. Chunki o’quvchiga bir gap aytmoqchi bo’lgan har bir qalam ahli o’zini imtihondagi talaba mavqeida sezib, hayajonlanadi. Ayniqsa, hayot muammolarini kuzatish, o’rganish oqibatida yuzaga kelgan mulohazalarini jamoat e’tiboriga havola etish munozaraga, muhokamaga chorlash oson ish emas. Badiiy uslubdagi hikoya yozishdan ko’ra munozara yo’nalishidagi maqola yozishning ma’suliyati balandroq yuradi.
  Bu kitob muallifi Bahodir Nurmuhammad aynan shu yo’nalishdagi barakali ijodi bilan ko’pchilik diqqatini o’ziga tortgan. Bahodir hayotning imithoniga o’xshatib, yangilik kashf etmagan. Bu haqda ko’p yoziladi, gapiriladi. Biroq olimlar gapira-gapira charchaydilaru, tinglovchilar eshita-eshita eshitganlariga amal qilmay, charchamaydilar. Shu bois adibning bu o’rindagi ta’kidlari g’oyat o’rinli.
  "œ"¦Imtihon oldidagi odamda hayajon kuchli bo’ladi. O’y-xayollarga ko’miladi. "œNima bo’larkin" degan savol unga tinchlik bermaydi".
  Aslida inson bu dunyoga imtihon uchun keladi. Imtihonning natijalariga ko’ra yo abadiy saodatga erishadi yoki jazoga mahkum bo’ladi. Bu imtihonning miqyosi keng, bu imtihonning savol-javoblari og’ir. Inson bu imtihonga umr bo’yi hozirlik ko’radi. Qilgan zarracha yaxshiligi uchun ham, zarracha yomonligi uchun ham javob beradi"¦Keng miqyosdagi inson umrining mazmuniga, odamning abadiyatiga tegishli bu imtihondan o’tish oson emas, albatta. Chunki bunda tanish-bilishlik, oshna-og’aynigarchilik ketmaydi""¦
   Odam bu imtihonga o’z aqlu zakovati bilan tayyorgarlik ko’radi. Qur’oni karim, sharafli hadislar, donishmandlarning Qur’on va hadisga asoslangan hikmatlari ustozlik vazifasini o’taydi. Bularni o’qib, o’rganib amal qilgan odamning ichki dunyosi saodatli bo’ladi.
   Ma’naviyat tariximizda ustozlar tomonidan hikmatga to’la sahifalar yaratilgan. Bugungi kunda ziyo ahli mazkur go’zal an’anani chiroyli tarzda davom ettiryaptikim, bu xizmatlari uchun ul azizlarga rahmatlar aytamiz.
   Bahodir Nurmuhammadning ijod yo’li ham ana shunday xayrlidir. Adibning avvalgi kitoblari ham, bu yangisi ham hayot imtihonini topshirayotganlar uchun foydali qo’llanma, maslahatgo’y ustoz vazifasini o’taydi. To’yga doir muammolarmi yoki duoning fazilati xususidagi fikrlarmi, tabobat atrofidagi yaxshi-yomon gaplarmi"¦xullas, qalamga olingan barcha mavzular o’quvchini loqayd qoldirmaydi. Ayniqsa, butun o’y-xayollari mansab egallash, boylik orttirishdan iborat bo’lgan odamning bu kitobchani o’qishini istardim. O’qisa, oqibatni o’ylasa, gunohlardan barvaqt tiyilardi, hayot imtihonida qoqilib qolmas edi, deb o’ylayman. Chindan ham hayotda "œotdan tushsa ham, egardan tushmaydi"ganlarni uchratib turamiz. Afsus shuki, bu toifa odam lahadga egarsiz qo’yilajagini o’ylab ko’rmaydi.
   "œHech imtihon topshirganmisiz?" — deb so’raydi kitob muallifi, - Bugun imtihon topshirayotgan odam u sizdirsiz, balki mendirman. Baharnav, imtihondan omon o’taylik!"
   Aziz kitobxon bu to’plamdagi maqolalarni bir sidra o’qib chiqqach, uni chetga olib qo’ymang. Ikkinchi qayta o’qishingiz uchun yana yarim soat vaqtingiz sarf bo’lar. O’qib, fikr qilsangiz, to’g’ri xulosalar chiqarsangiz, kundalik hayot imtihonlaridan o’tishda foyda ko’rasiz, inshaalloh!
   Muxtasar bayonimizni Bahodir Nurmuhammad so’zlari bilan yakunlaymiz.
   "œYana bir xitobli tuganchim shuki, ey imtihon oldida turgan odam, o’zingni qo’lga ol, hushyor bo’l, Xudoyimdan madad so’ra! Yo’llaring, albatta, oydin, ikki dunyong obod bo’lajak!"

Tohir MALIK, 05/05/2008 yil

Qayd etilgan


Robiya  09 Oktyabr 2008, 13:13:51

                                   TO’YDAN CHIQQAN ODAM

Biz to’ylarni yaxshi ko’ramiz. To’ylarda qaindosh-urug’, qo’ni-qo’shnilar bilan xursandchilik qilamiz. Yaqinlar yaxshi niyat bilan to’yonalar olib keladi. To’y qilgichga har kim qo’lidan kelgancha yordam beradi: kimdir moddiy, ikkinchi birov ma’naviy. Hatto osmonda uchayotgan qush ham o’zining patidan bittasini tashlab to’y bo’layotgan xonadonga yordam berarmish. Bu albatta xalqimizning og’zaki ijodidan namuna. Ammo real kundalik turmushimizda o’zbekona to’ylarni o’tkazish oson emas. Xorazmda o’g’il uylash, Toshkentda qiz uzatishning o’zi bo’lmaydi, degan gaplarda jon bor.

   Bir kun Chorsu bozoriga tushdim. Qarzini so’rayotgan odam qarzdorning: "œTo’ydan chiqqan odamman", degan andishali, uzrnomasini eshitib qoldim.
To’ydan chiqqan odam kim?
To’ydan chiqqan odamning holi qanday?
To’ydan chiqqan odamga nima bo’ldi?

To’g’risi, xayolimda to’ydan chiqqan odamning holini tasavvur qilish uchun shunga yaqin bir dunyo savollar kezindi. Qiz uzatib to’y bergan ota bir necha oy qarzga botib yuradigandek ko’rindi menga. To’ydan chiqqan odamning uyidagi sho’rlik qora qozon bir necha oy go’shtning ta’midan bebahra qoladigandek tuyuldi menga. Tuyadek qiz uzatib, tugamdek jaz totmaganini pisanda qilayotgandek bo’ldi ota-ona. To’y bergan xonadon hayotida bahaybat xursandchilikdan keyin siqilish, asabbuzarlik va kasalvandlik kunlari boshlanadigandek ko’rindi.

  Kimo’zarga qo’sha-qo’sha tog’oralar qilgandan ko’ra sihat-salomatlik xususida o’ylagan ma’qul emasmikin?Qo'sha-qo'sha ko'rpa-yostiqlar, qozon-tovoq,kiyim-kechak va shunga o'xshash lash-lushlarni ko'z-ko'z qilish o'rniga farzandlarga salom berish odobini o'rgatish foydali bo'lmaydimi?Go'yoki bu dunyoda 200 yil yashaydigandek kelin-kuyov uchun ming turli sarpolar qilinadi.Kelin kampirga, kuyov cholga do'ngan pallada o'sha sarpolar zamonaviy urfdan chiqib qolgani bois pista pochog'ining narxiga pullashga harakat qilib yuriladi.

   Nikohdagi mahrning yengil bo'lishini Rasululloh (s.a.v.) qo'llab-quvvatlaganlar. Bir temir uzuk yoki Qur'ondan bilgan suralari evaziga nikoh qilingan sahobalar bo'lgan tarida. Xalifa Umar (r.a.)ga sahobalardan biri o'z qizlarini turmushga uzatish sharti bilan omonatga qoldirar ekan:  "Agar yaxshi yigit bo'lsa, oyoq kiyimining bog'ichini mahr uchun bersa ham bo'ladi", degan mazmunda vasiyat qilgani tarix kitoblarida rivoyat qilinadi.

   To'g'risi, to'yda isrofgarchilikning bo'lmagani yaxshi. Uning pokiza, urish-janjalsiz o'tishi to'y sohibiga bog'liq. Chunki "Qo'y semizi - qo'ychidan, to'y tamizi - to'ychidan", degan gap bor elda.

   O'ylab ko'raylik: bizga ne bo'ldi? Gohida etirikchilikdan nolib yuramiz. iqtisdoiy tang holatda qolganligimizdan gapiraiz. Ammo mol-hol sotiladimi eyoki bola-chaqalar rizqidan qirqiladimi yoxud qarz olinadimi - baribir dang'illama to'y qilinmasa ko'ngil joyiga etushmaydi. Bu holat yaxshimi-yomonmi? Kelin tushadigan uydagi qaynonaning qosh-qobog'i bilan hisob-kitob qilinadi. O'rinli-o'rinsiz chiranishlar bo'ladi. Aslida ko'rpaga qarab eoyoq uzatilgani yaxshi. Nikoh to'yi bu - avlodini davom ettirish niyatlari bilan qo'shilayotgan yoshlarning elga ma'lum qilayotgan go'zal bir e'lonidir. Rasululloh SAV: "Bir qo'y so'yib bo'lsa ham, to'y qilinglar", deganlar. Shu o'gitlariga amal qilingani ma'qul ish.

   Yelkasi qisilgan, cho'pday ozg'in, qishning izg'irinida yupun kiyingan, yuzlari so'lg'in, ey birodari aziz, ey to'ydan chiqqan Odam, sizga ne bo'ldi?!..
To'ydan chiqqan odam kim?
To'ydan chiqqan odam qanday?
To'ydan chiqqan odamga nima bo'ldi?...
Baharnav, to'y ekan, yaxshilik bo'lsin!


Mulohazalaringizni kutamiz...

Qayd etilgan


Mr.Twister  06 Noyabr 2008, 22:36:26

Ajoyib maqola, tahsinga munosib

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Noyabr 2008, 18:10:31

Assalamu alaykum.
Ha, juda ajoyib maqola,lekin odamni dilini g'ash qiladigan maqola.
Afsuski, bu holat hozir to'y qilayotgan yohud to'y arafasida turgan deyarli har bir xonadonda mavjud. Insonlar mol-mulk, obro' ilinjida osmonga qarab intilyaptilar. Lekin bilmaydilarki, oz'larini qanchalar baland "osmon"da his qilmasinlar,baribir yaralishlari yer va albat yerga qaytadilar.
Bilasizmi, qiz boqqan ota-onadan yolvorib, ne-ne va'dalarni berib qizlarini olib, keyin o'zlarini ko'z ko'rib quloq eshitmagan "qiliq"larini chiqarayotgan qaynonalar, kuyovlar va hattoki qaynotalar oramizda yetarlicha topiladi.
O'z ayoliga:"Uyingga borib aytgin, Hayit bahonasida uni qilsin buni qilsin" deguvchi erkaklarga essiz erkak nomi va savlati.
O'z qizlarini unutib, men ham qizlarimga qilganman, degan bahonada, kelinlaridan ortig'i bilan undirib olguvchi ONAlarga essiz Ona degan nom...
Bu mavzuda juda ko'p gapirish mumkin,lekin qanchalik ko'p gapirmaylik, bandalarda amal bo'lmasa bu juda qiyin.
Alloh barchamizga insof bersin....
To'y va azalarimizni Alloh buyurganidek, Rasululloh SAV o'rgatganlaridek o'tkazishlikni Alloh nasib qilsin.

PS: qarz bergan kishi qarzini so'rasa, nafaqat to'ydan chiqqanman, deb bahona qilishadi odamlar,hattoki,yaqinda o'lik ko'mganman,degan gaplarni ham eshitib qolamiz gohida...Xuddi o'lik bilan birga hamma boyliklarini ko'mib kelgandek....Afsus....

Qayd etilgan


Robiya  16 Noyabr 2008, 14:10:28

                                         DUO OLGAN ODAM

   Duoda hikmat ko’p. Duoning ijobat bo’lishi insonning e’tiqodiga, ma’naviya olamiga, taqvosiga, ixlosi va shunga o’xshash bir dunyo jihatlariga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik har kuni ishga keta turib ota-onasining duosini olib yo’lga chiqadi. Ishida unum bo’ladi. Ro’zg’origa baraka kiradi, ishi ilgari yuradi. Chunki bu kimsa ota-onasining yaxshi tilaklarini, Alloh nomini tilga olgan holda aytgan go’zal orzu-istaklarini bajo keltirish uchun kun bo’yi xolis ishlaydi.

   Ammo hayotda duoyu fotihaning hikmatini anglamaydigan, o’zini olimu ulamo, shoiro shuaro yoki tabiblar tabibi sanaguvchilar yo’q emas. Darvoqe, bugun tabobatchilik avj oldi. Kimdir Alohning rizosini ko’;zlab, birodarlarini davolashga harakat qiladi.

   Voqea: Bir davrada Isoxo’ja akaga murojaat qilindi. Voqeani tabobatda uning shogirdiga uchrab yurganligi, undan dardlariga davo istab borayotganligi zikr qilindi. Isoxo’ja tabibning yuzi bir zumda biroz o’zgagandek bo’ldi. Taajjubli holat aniq sezildi. So’ngra: "œMening bunday shogirdim yo’q. Men bunday shogird tarbiyalamaganman. Fotiha ham berganim yo’q.", dedi. Zeroki davra ahli oq fotihaning neligini yaxshi bilishardi. Orada bir-bir ma’noli ko’z urishtirishlar bo’ldi. Chunki Isoxo’ja tabibning o’tmishini ko’pchilik yaxshi biladi. U ustozining yigirma bir yil xizmatini qilgan bir kishi. So’ngra duolarini olgan"¦

   Harbiydan qaytganiga uncha ko’p bo’lmagan Isoxo’ja madrasada o’qib yurgan yillari betob bo’ladi. Bori tabibga yo’liqadi. Tashxisning to’g’riligi Isoxo’jani hayratga soladi. Davo uchun tavsiya etilgan darmondorilarni ichib, tez orada kichga kiradi va tabibga ixlosi oshadi. Shogird tushishni, uning tabobat sohasidagi ilmini o’rganib olishni niyat qiladi. Tez-tez ustozining holidan xabar olishni odat tusiga kiritadi"¦

   Bir kuni qarasa, ustozi qo’yqo’rani tozalash harakatida ekanlar. Yomg’ir shovullab quyib turgan bir holat. Isoxo’ja eski-tuski kiyimlarni kiyib, ustozining qo’lidan belkurakni oladi. Va yigitlik quvvati bilan bir zumda qo’yqo’raning shiltasini tozalab, qum sepib quruqlab qo’yadi. Ustozining yuzi oydinlashadi. Duo qiladi"¦

   Bir kuni qarasa, ustozi tomining ustini samonsuvoq qilish harakatida ekanlar. Isoxo’ja nonushta qilmagan. Yangasi bergan bir kosa sutga non to’g’rab ichib oladi. Loysuvoqni boshlaydilar. Chin dildan ko’mak beradi. Ustozining yuzi yorishadi. Bir duo qiladi"¦

   Bir kun qarasa, uy oldiga bir mashina tuproq uyilgan, ustozi uyining devorlarini suvoq qilish uchun loy qorish harakatida. Bolachalari hali ishga yaramaydi — kichkina. Isoxo’ja shimining poychalarini charmab, qo’liga ketmonni olib loyga kiradi. Bir zumda ustozining og’irini yengil qiladi. Yuzlari yorishgandan yorishadi. Yana bir ulug’ duoga musharraf bo’ladi Isoxo’ja"¦

   Shu zaylda u tabibi ustozining ko’nglini oladi; har jihatdan baqamti bir holatda ilmini o’zlashtira boradi. Oradan yigirma bir yil o’tadi. Isoxo’janing tabobatdan boxabarligini bilgan ayrim birodarlari tomir urishlarini teksirish yoki qon oldirish ilinjida murojaatlar qiladi. Isoxo’janing yuragi betlamaydi. Ustozidan oq fotiha olmagan-da, hali u. "œQandoq bo’larkin-?" Qolaversa, eshigining peshtaxtasiga tabib deb yozi qo’ygan bilan ham Allohim oq yo’l bermasa, birovning eshik qoqib kelishi dargumon. Kelganida ixlos o’rniga gumon bo’ladi. Ixlos bo’lmagach, shifodan umid yo’q. Bu tajribada sinalgan haqiqat.

   Isoxo’ja iymanib, ustozidan oq fotiha so’raydi. Ustoz chin dildan, ammo bir qo’lini duoga ochib fotiha beradi. "œAgar ikki qo’llarini ochib fotiha berganlarida Ibn Sino bo’lib ketarmidim", deb hazillashib yuradi Isoxo’ja aka.

   Allohning qudratini qarangki, duoning ertasi kuniyoq Isoxo’janing eshigini taqillatib kelguvchilarning son-sanog’I ortib ketadi. Isoxo’ja duoning barakotini shunda chin dildan his etadi. Ro’zg’or tebrana boshlaydi. Allohga shukronalar aytadi.

   Bu sinov dunyosi. Alloh bandalariga dardni sinash uchun beradi. Gohida ustoz shogirdlarini sinab ko’radi. Chidagan olim bo’ladi. Sinovda a’lo o’tgan Isoxo’ja akaga o’xshab tabib bo’ladi. Alloh yuqtiradi. "œMenga qo’shnilarimdan biri o’g’lini olib keldi. Shogirdlikka. Bir on dars bergan bo’ldim. So’ngra qo’liga havoncha berib dolchin maydalatdim. Buni o’zim qilsam ham bo’ladi. Ammo shogirdni sinamoqchi bo’ldim. Yarim soatcha ishladi. Ertasi kuni otasi keldi dag’dag’a bilan. O’g’lini ishlatganimni yuzimga soldi. Xotinining talabi bilan o’g’lini qaytarib oldi. Hozir shu bola omi. Bozorda ishton-ko’ylak sotib o’tiradi. Qiyinchilikka bardosh bersa, ehtimol olim bo’larmi edi""¦

   Ustozdan, ota-onasidan xayrli duo olganlar baxtli insonlardir. Ularning yo’lini Alloh ravon qiladi. Bunga shubha yo’q. Biroq kundalik haotimizda duoga bee’tibor bo’lganlar ham bor. Ota-ona yoki ustozining badduosiga qolib holi xarob bo’lganlar ham topiladi. Biz xayrlisidan go’zal bir misol so’yladik. Holi xaroblariga misollar mingta. Ular atrofingizda yuribdi. Zingil nazar solsangiz, ularni hech qiynalmasdan tanib olasiz. Yaxshi kayfiyatingizni buzmaslik ilinjida ulardan misol so’ylamadik. Alloh taolo barchamizni xayrli duolarga, o’sha duolar ijobatiga musharraf aylasin.

Qayd etilgan


Robiya  30 Noyabr 2008, 14:50:20

Bugun oynai jahon orqali bir novvoyning hayotini berishdi. Unda novvoy shunday dedilar: "Ming zo'r novvoy bo'lgani bilan, ustozini oq fotihasini olmagan bo'lsa, ishida baraka bo'lmaydi". Mana Sizga yuqoridagi hikoyaning isboti. Isbot uchun bu xildagi hikoyalarning keragi yo'q, shundoq atrofga teranroq qarasangiz,... hammasi ayon bo'lib turibdi. Chindan ham duoda hikmat ko'p ekan, azizlar!

Qayd etilgan


Robiya  14 Dekabr 2008, 11:46:41

                                                     Ism  izlayotgan  odam.                                   

    Bir kishi qiziga Sotqinoy deb ism qo’ygan ekan. O’n yettiga kirgan oydek — suliv qiz xafalanib, kun-kundan mung’ayib, tengdoshlari ko’zi oldida cho’kib yurdi. Ota —onasidan norizo bo’ldi. Gulday qiz bo’lsa, boshqa ism qurib ketganmi? Holbuki, farzandlariga go’zal ismlar qo’yish ota-ona zimmasidagi eng muhim burch va vazifalardan biri sanaladi.
      Zarifa Saidnosirova "œOybegim mening " xotiralar kitobida ism tanlashga oid ibratli bir voqeani esga oladi: "œDadam qizimizga Qorgul, Gulsochar degan ismlarni berishni tavsiya qiladi. " Holbuki, biz Oybek ikkimiz qiz tug’ilmasidan ilgariyoq ism tayyorlab qo’ygan edik.
      Oybek Boburning Gulchexra, Gulbadan va Gulrang degan qizlarining ismini xush ko’rardi. Menga shu ismlar orasida, ayniqsa, Gulbadan manzur bo’ldi. Oybek esa fikrimni eshitib, kuldi: "œYaxshi, kichikligida Gulbadan, deya boramiz. Go’zal ism! Ammo ulg’ayganida, bo’yi yetganida, Gulbadan deyish nechuk bo’lar ekan?" Men o’ylanib qoldim, tushundim, albatta. "œMayli, Gulrang bo’lsin! Bu ham chiroylik, ham hech kimda yo’q nom ", dedim unga. Bu ism dadamga yoqinqiramadi,  "œGulsochar" ga unamaganimiz uchun o’pkalanib yurdi".
   Hayotda o’g’liga turli asbob — anjom yoki hayvonlarning ismlarini qo’ygan kishilarni siz ko’p ko’rgansiz. Ular ehtimol sizga tanish, qarindosh-urug’ yoki qo’ni-qo’shnidir. Har tugul oilada farzand dunyoga kelsa, ismiga ota-onaning befarq bo’lmagani ma’qul. Hozirgi kunda ismlarning ma’nolari yozilgan maxsus ma’lumotnoma kitoblar bor.Qolaversa, ism ma’nosini ayrim ilmli kishilardan so’rab — surishtirish, maslaxatlashish ham qiyin ish emas.
   Voqea: Tirikchilik toshdan qattiq. Tilanchilik uyat! Birovdan bir burda non ta’ma qilishga, birovning qo’liga qarab kun kechirishga o’rganmagan odamga oson emas. Nima qilsin? Tarixchi muallim Nasim akaning nafaqaga chiqib uyiga o’tirib qolganiga ikki yildan oshdi. Yoshi yetmishga yaqinladi. Kampirining ketganiga ancha bo’ldi. Gohi-gohida nevaralari bir yo’qlab selday keladi-yu, yana yelday ketadi. Zerikadi. Qolaversa, nafaqa puliga ikki so’m qo’shilsa, yomonmi? Shu bois Nasim aka uyida tinch o’irishni o’ziga ep ko’rmadi. Javondagi "œO’zbekcha ismlar ma’nosi " nomli qalin kitobni qo’liga olib bozorga chiqdi. Bozorda kim ko’p? Odam ko’p. Sotuvchi ham odam. Oluvchi ham odam. Hammolu aravakash ham. Hammasini ismi bor. Ota-onasini ismi, farzandlarining ismi. Ammo hamma ham o’z ismining ma’nosini bilavermas ekan.
     Katta bozordagi tim ostida : "œIsmingizning ma’nosini aytaman!" deya jaranglagan ovozdan avvaliga bozor axli hayratga tushdi. "œQo’shiq, she’r aytganni, fol ochganni ko’rganmiz. Gazetachi-yu somsapazlarga kundalik mijozlarmiz. Ammo bu kim bo’ldi? Karvon ko’p rizqi bo’lak ". Oradan uch-to’rt kun o’tgach, Nasim domlaning topog’onligi hamma uchun tabiiy bir xolga aylandi. Aksincha, kunda-shunda bozor axli o’z ismlarini qayta ro’yxatdan o’tkazib bo’lgach, ertasiga allaqaysi tanishi yoki uzoq- yaqin qarindoshi ismining ma’nosi bilan qiziqib keldi. To’g’risi, ba’zan yosh yigit-qizlar tugul, yoshi ellik — oltmishga borib qolgan kimsalar ham o’z ismlarining ma’nosini bilmas ekan.
   Bilasizki, bozorda arava sudraguvchi aravakashlarni odamlar "œarava" deb chaqirishadi. Ehtimol, siz ham shunday qilgandirsiz. Bir eslang-chi? Boshqa nima ham deylik? Ismini bilmasak. Mardikorga "œHoy mardikor", sigareta sotuvchiga "œHoy sigareta", pista sotuvchiga "œHoy pista", haydovchiga
"œHoy sho’pir", deydi bozor axli.
   Endi Nasim akaning "œyangi kasbi" bois bozor axlining lug’ati yana bir xitobaga boyidi. Ismining ma’nosini bilmoqchi bo’lganlar Nasim domlani: "œHoy Isim!"deb chorlashadi. Aslida bu chorlov "œHoy Nasim" ismiga ohangdosh bo’lgani uchun domla ko’ngliga qattiq ham olmaydi. Chunki uning kimligini bilganlar hurmatini joyiga qo’yib: "œDomla, bir daqiqaga mumkinmi?" deydi. Muhimi, bir ikki so’m choy chaqa ishlaydi.        "œLabbay, o’g’lim!"-"œXo’sh xizmat", deganday gap. "œQani kitobni oching ota. "œAbdukarim"ning ma’nosi nima ekan?" Nasim domla shoshilmasdan ko’zoynagini taqadi, so’ngra titilib ketgan kitobini varaqlashga tushadi.
   "œAbdukarim"mi? Xo’sh, "œAbdulahad", xo’sh mana "œAbdukarim-bu ism arab tilidan olingan bo’lib, karam qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va birovlarning gunohlarini kechiruvchi, afv etuvchi Alloxning bandasi ,"degan ma’nolarni bildiradi.
   "œNilufar-chi?" "œMuxtor-chi?" "œXurshida-chi?"- xullas, gohida shu zaylda ismlar ma’nosini so’rab, savol beruvchilarning keti uzilmaydi. Nasim aka kitobini varaqlaydi. Erinmasdan izohini o’qib beradi. Bilganlaridan, allaqaysi kitoblardan, o’qiganlaridan, tarixda shu ismda o’tgan mashxur kishilardan — hafsala qilsa, bir shingil ilova etadi. Deylik, "œAli" ismini so’raguvchilarga avval ma’nosini aytadi, so’ngra payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning kuyovlari bo’lganini, botirligi, shijoati, jasorati va qilichidan gapiradi. Nasim aka "œTemur" ismining ma’nolarini so’raguvchilar yonida uzoq turib qoladi. Yuzi bir tundlashib, bir yorishadi. Tarixchi emasmi? Amir Temur zamonidagi adolatdan, to’kin — sochin va ayni chog’da, daxshatli janglaridan gapiradi. Xususan, Yildirim Boyazid bilan Amir Temur o’rtasidagi janglarni go’yo bir ishtirokchidek goh jo’shib, gohida ko’ngli o’ksib hikoya qiladi"¦ Baharnav, mijozning ko’nglini xushlaydi, bir-ikki so’m pul domla uchun ortiqchalik qilmaydi.
   Ertaga gilos sotib o’tirgan biri: "œSodirboy po’rim"ning ma’nosini so’radi. So’ngra aloqasiz bo’lsa-da: "œYaqinda uyi kuygan edi", deya qo’shib qo’ydi. Ismchi uchun esa ism muhim- ma’nosini so’yladi.
   Nasim muallim kayfi chog’ bo’lsa, itlarga beriladigan ismlardan ham gap ochib, O’tkir Hoshimovning "œItbozga "œehtirom" degan bir hangomasini gapirib beradi. Odamlarni kuldiradi.
   Biroq Nasim akaning ikkita qat’iy aqidasi bor: birinchisi- ajnabiy-g’arbcha ismlarni yoqtirmaydi. Ehtimol, bu domlaning millatparvarligidir. Balki kitobida shu ismlar ma’nosi yozilmagani uchun ajnabiycha ismlarni eshitganida ensasi qotar. Bu sir bizga qorong’u. Ikkinchisi- "œSadriddin" degan ismga izox bermaydi. Buning sababi ham yolg’iz domlaning o’ziga ayon. Hazil qilishni istagan ayrim mijozlar ataylab shu ism ma’nosini so’raydi.Nasim aka bu ismni eshitgan zaxoti kayfiyati buziladi. Yuzi birdan o’zgarib, kipriklari ucha boshlaydi. Garchand mano izoxlari tap-tayyor bo’lsa-da, yo topa bilmagan yoki muallif yozmagan bo’lib chiqadi. Mish-mish — taxminlarga ko’ra, "œSadriddin" ismli shogirdi xiyonatchi o’tgan emish"¦
   Umumiy bir vaziyatga qaraganda, Nasim Hakimovich shunday zaylda ilmini xorlamay yuribdi. Ilmining zang bosib qolishini aslo istamaydi u. Ilmli kishi xor bo’lmas, deb shuni aytsalar kerak. Domla gohida o’ziga —o’zi so’ylanadi: "œNima bo’lganda ham, Hamroqul muallimga o’xshab pista-yu pufak sotib bir joyda o’tirganim yo’q. Yurganim sog’ligimga ham yaxshi".
   Aziz birodar, tasodifan Chorsu yoki O’rikzor bozorida kitob varaqlab, ism izlayotgan odamni ko’rib qolsangiz , aslo ajablanmang, ehtimol u Nasim domladir yoki boshqa birov. Muhimi, ismingizni ma’nosini bilib oling!                                         

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  23 Yanvar 2009, 19:28:53

Qiziq...

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 16:30:32

QOZILIKKA KO’NMAGAN ODAM

Rivoyatlarga ko’ra, Umar ibn Xattobning o’g’li Abdulloh nihoyatda taqvodor va saxovatpesha sahobalardan biri bo’lgan ekanlar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga chin ko’ngildan ergashgan bu zot hatto birovga ozor berib qo’yishlikni o’ylab, xalifalik mansabidan ham taqvo qiladilar. Tarix kitoblarining guvohlik berishicha, Abdulloh ibn Umar qozi bo’lishdan ham o’zini olib qochib yuradi. Holbuki, qozilik eng mas’uliyatli, obro’li lavozimlardan biri sanaladi. Bu mansab ortidan qanchadan — qancha boylik, obro’ — e’tibor kelishi mumkin edi. Ammo buyuk taqvo sohibi Abdulloh ibn Umar uchun bularning aslo hojati yo’q edi.

   Ko’chirma: "œBir kuni xalifa Usmon ibn Affon Abdulloh ibn Umarni huzuriga chorlab, qozilik mansabini taklif qiladi. aMmo u uzr aytadi. Xalifa undan taklifni qabul qilishga har qancha undamasin, Abdulloh rozi bo’lmaydi. Shunda Usmon ibn Affon unga: "œMenga osiylik qilmoqchimisan?" deydi.

   Abdulloh ibn Umar: "œHecham unday emas, faqat men qozilar uch turga bo’linishini bilaman. Bir qozi ilmga ega bo’lmay turib, johillik bilan hukm chiqaradi. Bas, u do’zaxdandir. Yana bir qozi havoyi nafsiga ergashib hukm chiqaradi. Bas, u ham do’zaxdandir. Va yana bir qozi yaxshi harakat qilib, to’g’ri hukm chiqaradi. Ammo uning uchun savob ham, gunoh ham yo’q. Men Alloh haqqi, sizdan uzr so’rayman", dedi.

   Usmon roziyallohu anhu bu xabarni hech kimga aytmaslikka ahd olgandan keyin, uning uzrini qabul qildi."

   Islom tarixida bunga o’xshash yana bir ibratli hodisaga murojaat qilamiz. Rivoyat qilinishicha, Abu Hanifaga ham qozilik mansabi taklif qilinganida: "œMen bu vazifaga loyiq emasman", deydilar. Yolg’on aytyapsiz, degandek, "œNima uchun?" deb so’rashadi.Shunda u kishi: "œAgar rostgo’y bo’lsam, haqiqatda qozilikka yaramayman. Agar (sizlar o’ylayotgandek) yolg’on so’zlayotgan bo’lsam, yolg’onchi qozilikka yaramaydi", dedilar. Bunda Allohdan qo’rqish, oxiratlarini o’ylash, mas’uliyatni his qilish kabi qator ibratlar mujassamdir.

   Hadisi shariflarda ta’kidlanishicha, qozi fahm — farosatli, xushmuomala, halol, matonatli va ilmga chanqoq bo’lishi lozim. Mabodo u besh xislatdan birortasida xatolikka yo’l qo’ysa, o’ziga gunoh orttirib oladi (Al — Buxoriy, "œSahih hadis", 4 — jild, 402- bet).

   Aslida, qozilik ham, umuman, boshqa mansablar ham havas qiladigan ish emas. Mansabdorlarga kimdir ta’zim qilishi, quyuq salom berishi, sovg’a — salomlar olib kelishi mumkin. Ammo bularning bari o’tkinchi. Mansabdorlik navbatchilikday gap. Bugun birov, ertaga boshqa.

   Ammo insoniyat tarixida mansab talashish ba’zan oshkora, gohida zimdan yuz berganini hech kim inkor qilmasa kerak. Ehtimol, bu jarayonlar bugun ham davom etayotgandir. Biroq qozilikni, nafsiga qul bo’lib, birovlar ustidan nomunosib, adolatsiz hukm chiqarishni qo’msayotgan kimsalar do’zaxdan boshqa nimani ham talashayotgan ekan? Hayratlanmay ilojimiz yo’q.

   Qozilik masalasida, yuqorida ta’kidlanganidek, vazifaga loyiq bo’lish jihati muhimdir. Zeroki, har qanday mansabdor kimsaning zimmasida mas’uliyat yuki bo’ladi. Uning oldiga muammolarni birovlarni norizo etmaydigan tarzda, Allohning rizoligini ko’zlagan holda holda adolatli va to’g’ri hal qilish talabi qo’yiladi. Aks holda, jamiyat o’nglanmaydi, odamlarda xotirjamlik bo’lmaydi. Hisob — kitob qiyomatga qoladi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) hayotlarida yuz bergan yuqoridagi voqealar shu mas’uliyatni his qilish jihatidan bag’oyat ibratlidir.


Qayd etilgan