Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?  ( 18422 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Alijon_rej  10 Oktyabr 2008, 14:52:30

Дунёда шундай нарса бор сканки инсон уни курганда лол булиб коларкан бу-гузаллик севиш инсонга бериладиган илохий туйгу уни куз корачигимиздек асрайлик!!!

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Oktyabr 2008, 14:46:06

Mavzuingizdagi savolga javob: hech qachon bittadan ortiq insonni sevib bo'lmaydi, sevgiga o'xshash biror his bo'lish mumkin, lekin SEVGI emas!

Qayd etilgan


Dilka  23 Mart 2009, 14:51:37

Assalomu alekum yaxshimisizlar to`g`ri bu savol meni ham qiynardi.  Odam o`zi sevib qolsa qanaqa bo`ladi?

Qayd etilgan


ikbaljohn  23 Mart 2009, 16:53:03

Mdaa.    
Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish Samarqand viloyatiga qanday aloqasi bor?  ::)  ;D

Qayd etilgan


Rep_91  15 Iyun 2011, 22:03:45

xa mumkun!

Qayd etilgan


siddiqa  15 Iyun 2011, 22:09:45

xa mumkun!
tuyg'ularingiz shunchalik qadrsizmi? Har nechidir kishiga beriladigan darajada.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  15 Iyun 2011, 22:33:24

Bir joydan o'qib qolgandim, aniq manbasi xozir esimda yoq, ammo xoxlasalariz sizlar uchun qidirib ko'raman, inshaAlloh

Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...

Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Iyun 2011, 00:55:03

Balki samarqand viloyatida mumkindur

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Iyun 2011, 01:42:16

Balki samarqand viloyatida mumkindur
Tushunmadim...

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Iyun 2011, 01:44:54

Belleqizcha, mavzuni ochgan user Samarqanddan ekanligi bu mavzu nomi samarqandliklarga tegishli degani emas.
Abdurrohman, Alloh rozi bo'lsin, juda chiroyli javob.

Qayd etilgan