Assalomu alaykum!
Bunga o'shash mavzular avval ham muhokama qilingandi. Nazarimda yuqoridagi fikrlarni biroz izohlashga ehtiyoj sezilmoqda...
Men ham ushbu fikrga qo'shilaman.
Harhil toifadagi insonlarni dinga chaqiramiz, deb o'zimiz ham gunoh ishlab qolmaylik-da shundan qo'rqaman holos...
Men
Kimni qo’lidan kelsa, o’ziga ishonsa bu ishga qo’l ursa bo’ladi!...
deganimda, da'vat qilishga maxsus tayyorlangan yoki shunga loyaqatli, irodasi mustahkam va ilmli (vaqti bor ishi net bilan bog'liq) kishini nazarda tutgan edim.
Boshqa jihatdan o'sha "
Мой Мир", "
Одноклассники " va boshqalar portallarga kiruvchilar
islom.uz, ziyouz ga o'xshash diniy-ma'rifiy saytlardan ham ozmi-ko'pmi xabardor, ya’ni ularni butunlay hamma narsadan bexabar deb bo’lmaydi. "œNega unda?... "œ kabi savollarga javobni iymon zaifligi, muhit ta’siri hamda vaqt o’tkazish uchun ermak (ko’ngilxushlik) kabi omillar bilan izohlash mumkin"¦
Hali tajribasiz, balog’at yoshidagi beg’ubor qalbli ukalarimiz va ayniqsa singillarimizning bu ishni o’z uhdalariga (zimmalariga) olishlari ancha havfli! Shuning uchun, yaxshisi, o’sha birodarlarining haqqiga duo qilish bilan chegaralanib o’z ilmlarini oshirishsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Bu ish bilan jiddiy shug’ullanadiganlar, inshaalloh, topiladi"¦
Bunga qarshi kurshishni boshqa choralari ham bor:
- Avvalo, (gap yana o’sha tarbiya borib taqalishini takidlaymiz) bunga oila va maktabda ta’lim tarbiya yo’li;
- Bazi portallarni muqobillarini, undan ko’ra yaxshi bir yo’sinda
UZ domenida tashkil qilish (Ya’ni UZ domenda bepul muqbil, ularni o’rnini bosa oladigan, pochta va boshqa turdagi xizmatlarning yo’qligi ham bunga sabab bo’la oladi);
- Bazi saytlarni butunlay yopib tashlash va h.k.
- ...