Shayton vasiyati  ( 8883 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Munavvara  28 Oktyabr 2008, 17:13:50

Men uchun amr qilingan va menga zanjirband bo’lishim haqidagi habar yetib kelib u ijro etilishidan biroz avval, sizlarga ushbu vasiyatni yo’llamoqdaman. Men sizlar bilan yil davomida birga qolganimga qaramay, oldimizdagi o’ttiz kun mobaynida sizlardan uzoqda bo’laman. Meni qayg’uga solgan narsa, shu kunlar mobaynida, mening o’rnimga o’rin bosar ko’rmasligim va qilgan malomatlarimning o’rni bo’sh qolishidir. O’tgan "œRamazon" oyida nimalar bo’lgani sizlarga ma’lum. Sizlar bilan birga sarf etganim, kuchlarim va quloqlaringizga quygan fikrlarimga qaramay, yer yuzidagi millionlab odamlar masjidlarga yo’l oldilar. Men u kunlari mahbuz bo’lib, g’azab olovida qovurilar ekanman, millionlab hotin-qizlar ro’molga o’randilar. Xususan, bu o’ranish, to’g’ri yo’lni topa olmagan barcha qizlarda, qadr kechasida yaqqol ko’rindi. Men katta gunohlarning barchasini qildirganim yigitlar esa, Allohing g’azab olovini so’ndirib, qarshisida tavba darvozalarini ochadigan ko’z yoshlarini to’kdilar.
Hoy, inson shaytonlari! Kamina, pahlavoningiz yo’qligini bildirmang. Oldingizda katta vazifalar bor. Bu vazifalarni sizlarga qanday buyurilgan bo’lsa, shunday bajaring. Men ramazon chodirlarida, odamlarning tongga qadar bedor qolishlari, nafis iftor vaqtiga qadar uxlashlari, iftorda esa osilib turgan qorinlarini bo’g’izlariga qadar to’ydirmasdliklaridan boshqa narsani bilmasliklari, sizlardan esa, oyna-i jahon dasturlarini tayyorlashlaringizni hohlayman.
Hoy, isnon shaytonlari! Sizlar, honandalar, raqqosalar va go’zal qizlar bilan muloqotlar uyushtiring va ularni ramazonning ruhiyati, hamda uning teatr va hayosiz raqs sahnalaridagi, ahamiyatlari haqida gapirtiring. Biz katta-yu kichik, barchaning kundalik seriallar, haftalik filmlar va yarim oyda bir marta qo’yiladigan fitnali teatrlar haqida gapirishlaringizni hohlaymiz. Biz ramazon oyida turli hil musobaqalar, qo’shiqlar va fazoviy yo’ldosh kanallarini hohlaymiz. Biz bu yo’lda biror soniya bo’lsada dam olishingizni hohlamaymiz. Zotan vaqtimiz juda qiymatli va maqsadlarimiz juda pastkashlik ekanini juda yaxshi bilasizlar.
Hoy inson shaytonlari! Sizlar odamlarning jannatga kirib, biz jannatning hidlaridan mahrum qolishlarimizni hohlaysizlarmi? Sizlar bir lahzalik tavba bilan yillar davomida, sarf etgan mehnatlarimiz zoye bo’lishini istaysizlarmi? Axir men sizlarni ulardan biri, qadr kechasining bir lahzasiga erishsa, o’tgan va keyingi gunohlari barchasi kechirilishidan ogohlantirmadimmi?! Agar bunga yo’l qo’ysangiz, o’rningizga boshqalarni olib kelaman va sizlarning o’zingizgina zarar ko’rasiz va muvafaqqiyatdan uzoq bo’lasiz.
Ex sizlar jahannam va jahannam tubida mangu qoladigan bandalarni, zaqqum daraxtini va saqar do’zax maftunlarini hohlamaysizlarmi?! Sizlarning shaytoniy aqllaringizga ONT ichib so’raymanki, sizlarning o’lik qalblaringiz qayerga ketdi?
Hoy go’zal qiz?! Sen erkaklarning hushini oladigan katta kuchsan, sening islom ummati ichida katta vazifang bor. Senda barcha savollarning javobi mavjud, men orzularimni senga bog’laganman. Biz sendan erkaklarning mayilliklrini, qo’zg’ash va shaxvoniy ko’rinishlarini hulas, raqs, qahqaha, bedorlikni talab qilamiz. Azizam, ahir sening ro’zadorliging yetmayabtimi? Sen taroveh va kechalari ibodat bilan bedor bo’lishni bir tarafga qo’y.
Hoy odamlar, menga quloq soling, mening so’zlarim nasihat holos. Ramazonda barcha go’zal va lazzatli narsalarga e’tibor bering. Alloh uchun namoz o’qishni unuting chunki, jahnnamga kiradiganlarning mantig’ida, Alloh uchun namoz o’qish katta gunohdir. Qur’on oyatlarini o’qimanglarda, "œG’affur-ul Rahm" ya’ni kechiruvchi va rahimli Alloh uchun tavba qilib qo’yaveringlar. Chunki "œRamazon" takror-takror kelaveradi. Hozir esa vaqtingizni zoye qilmay, dunyo hokimlariga sajda qilaveringlar. Ularga barcha iblislarning rahmati bo’lsin.
Shu yerda Iblis alayhi la’naning so’zlari tugaydi. Balki, iblisning yuqoridagi so’zlaridan kimlardir miyig’ida kulgan,  kimlardir yig’lagan va kimlardir, hech narsa tushinmagandir. Biroq shu narsa haqiqatki, ushbu vasiyatni tinglagan ba’zi odamlar ustidan, shayton kuladi va yillar davomida bo’lganidek bu yil ham ularning ramazon oylarini zoye qildiradi. Zotan quyidagi so’zrlarni aytgan Alloh o’ta haqlidir: "œOdamlarga hisob beradigan vaqtlar yaqinlashdi, biroq ular hanuz g’aflatdadirlar. Robbilaridan bayon qiluvchi eslatma kelsa unga e’tiborsiz, o’yinga berilib quloq soladilar."
O’tgan Ramazoningiz muborak bo’lsin :).     

Qayd etilgan


ZUBAIR  28 Oktyabr 2008, 17:28:05

Assalamu Alaykum. Juda ajoyib maqola ekan. Alloh rozi bo'lsin

Qayd etilgan


Robiya  02 Noyabr 2008, 15:59:14

Assalamu alaykum!

Singiljonim Dilsora, birodarim Zubair Alloh rozi bo'lsin Sizlardan!

Qayd etilgan


Robiya  02 Noyabr 2008, 16:09:45

Men ham quyidagi savol-javobni Sizlarga ilinsam:

Bir kuni Rasululloh s.a.v.bilan suhbatlashib o'tirganimizda tashqaridan ovoz keldi:" Ey, ichkaridagilar.Uyga kirishimga ruhsat beringiz,sizlar ila ko'rishmog'im lozim,dedi."

Hamma darhol R.s.a.v.ga qaradi.Ul zot:" Bu kelgan kimligini bilasizlarmi", dedilar.Biz odatdagidek javobni berdik.Ul zot u shaytondir dedilar.

Shunda Umar r.a. Ey Rasululloh s.a.v. ruhsat bering uni o'ldirayin dedi. R.s.a.v. "Yo'q uni o'ldirma u bu yerga kelishi uchun Allohdan buyruq olgan",dedilar.Sahobalar eshikni ochishdi.La'in uyga kirdi.R.s.a.v. bilan uni o'rtasida savol javob boshlandi.R.s.a.v. savol berardilar shayton esa javob berardi.

Allohni mahluqlari ichida yomon ko'rganing kim?
- Siz ey, Muhammad s.a.v.

- Mendan keyin kimni yomon ko'rasan?
- Taqvodor yosh mo'minni.

- Yana kimni yomon ko'rasan?
- Shubhali ishlardan uzoq bo'lgan olimni.

- Keyin-chi?
- Kambag'alligidan hech kimga shikoyat qilmaydigan faqirni.
- Keyin-chi?
- Shukr qiluvchi boyni.

- Mening ummatim namozga turganida holing ne kechadi
- Yo, Muhammad meni istima tutadi va titrayman.

- Ro'za tutgan vaqtida nima qilasan?
- U vaqtda men bog'lanaman.

- Haj qilganlarida holing ne kechadi?
- U zamon aqldan ozaman.

- Qur'on o'qiganlaridachi?
- U vaqtda men olova eriyman.

- Sadaqa berganlaridachi?
- Sadaqa beruvchi qo'l meni arra bilan ikkiga bo'ladi.

- Abu Bakr haqida nima deysan?
- U menga johiliyatda ham itoat qilmagan,islomdaligida menga qanday
itoat qilsin.

- Umar ibn Hattob haqidachi?
- Allohga qasamki,qaerda uni ko'rsam undan qochaman.

- Usmon ibn Affon haqida-chi?
- Undan juda uyalaman.Undan farishtalar ham uyalishadi

- Ali haqida-chi?
- Oh,uning qo'lidan qutulolsam,menku uni holi qo'yaman,lekin u meni
holi qo'yma

--Ey,la'in,sen o'tirganingda do'sting kim?
--Foiz oluvchi.

-- Do'sting kim?
--Zino qiluvchi.

--Yotoqda do'sting kim?
--Mast,sarhush,aroq ichuvchi.

--Mehmoning kim?
--O'g'ri.

-- Elching kim?
-- Sehrgarlar.

-- Ko'zingni nuri nima?
-- Taloq.

-- Sevgiling kim?
-- Juma namozini tashlaganlar.

-- Seni nima hafa qiladi?
-- Alloh yo'lida jihodda chopgan otlarni kishnashlari.

-- Jismingni nima eritadi?
-- Tavba qilganlarni tavbasi.

-- Jigaringni nima parchalaydi?
-- Allohga qilingan istig'for.

-- Yuzingni nima burishtiradi?
-- Yashirin berilgan sadaqa.

-- Ko'zingni nima ko'r qiladi.
--Yarim kechada o'qilgan namoz.

Boshingni nima egadi?
-- Jamoat bilan o'qilgan namoz.

-- Ishingdan nima chalg'itadi?
--Ulamolar majlisi.

-- Ovqatni qanday yeysan?
-- Chap qo'lim va barmaqlarim uchi bilan.

-- Bolalaringni qayerda saqlaysan?
-- Insonlarning Tirnoqlari orasida.

-- Robbingdan nimalar talab qilding?
-- O'nta narsa talab qildim.

-- Ular nimalar ekan ey,la'in?.....

Mana bular:

1.Ollohdan menga odam ogillarining moliga va avlodiga sherik qilasan, deb tiladim. Bu talabimni qabul qildi:
⌠Ularga sherik bol. mollariga va bolalariga. Ularga vada ber. Holbuki, shayton ularga eng kop gurur berur┘ (17:64), dedi Robbim. ⌠Bismilloh siz soyilgan hayvonning goshtini yeyman, foiz va harom aralashgan ovqatlardan yeyman. Shaytondan qochib Allohga siginilmagan ⌠Auzu┘deyilmagan) molining ham sherigiman.

 2.Olloh taolodan tiladimki, menga bir uy bersin. Hammomlarni menga uy olaroq berdi.

3.Soradimki, menga bir masjid bersin. Bozorlarni menga masjid qilib berdi.

4.Menga oqish uchun kitob berishini istadim, sherlarni menga oqish uchun kitob qilib berdi.

5.Xohladimki, menga bir azon bersin. Munojotlar, qoshiqlar berdi.

6.Tiladimki, menga yotoq dosti bersin. Mast, sarxushlarni berdi.

8.Xohladimki, menga birodarlar bersin, mollarini bekorga isrof qiluvchilarni berdi. Yana masiyat (gunoh, harom) ishlarga pulini sarflaydiganlarni berdi. Buni esa mana bu oyati jalila isbotlaydi:
⌠Chunki isrof qiluvchilar shaytonlarning birodarlari bolgan kimsalardir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurdilar:
-Agar sozlaringni Ollohning kitobidagi oyatlar bilan isbotlamasayding, senga ishonmas edim.
Iblis davom etdi:-9.Ey Muhammad, Ollohdan tiladimki, men odam bolalarini korayin, ammo
ular meni kormasinlar. Bu tilagim ham qabul etildi.

10.Soradimki, odam farzandlarining qon yollarini menga yol olaroq ber. Bu istagim ham amalgam oshdi. Shunday qilib men ular orasida oqib turaman, kezaman, qanday istasam shunday aylanib yuraman.

Barcha bu istak-xohishlarimni menga berdi va: ⌠Barchasi berildi senga, dedi Robbim. Va men bu holatlarim bilan faxrlanaman. Shuni ham qoshib qoyayki, men bilan birga bolganlar sen bilan birga bolganlardan kopdir. Mena shunday, odam farzandlarining aksari qismi qiyomatgacha men bilan birga boladilar.                  "Shaytondan panohlaning"..

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Noyabr 2008, 21:08:15

Assalamu Alaykum Robiya opa. Alloh rozi bo'lsin sizdan.

Iqtibos
Bir kuni R.s.a.v.bilan suhbatlashib o'tirganimizda tashqaridan ovoz keldi:" Ey, ichkaridagilar.Uyga kirishimga ruhsat beringiz,sizlar ila ko'rishmog'im lozim,dedi."

Shuni Rosululloh deb yozilsa yahshi bo'lardi, vallohu a'lam. G'alati ko'rinarkan.  :)

Qayd etilgan


Robiya  30 Noyabr 2008, 14:26:59

Shuni Rosululloh deb yozilsa yahshi bo'lardi, vallohu a'lam. G'alati ko'rinarkan.  :)

Tuzatib qo'ydim :)

Qayd etilgan


Maysara  17 Iyul 2012, 18:19:57

 :asl3:

"Insonnoma"dan parcha


Shul o’rinda bir so’z aytay, aql sog’ har kishiga,
Bila turib kirishgamagin Shaytonning har ishiga.

Har dam sening qulog’ingga yomon so’zlar osar u,
Zotingdagi zotlar uchun badal o’rnin bosar u.
Bilki badal ul dushmaning, yotar ekan qo’yningda,
Yer yuzida barcha buzuq ishlar sening bo’yningda.

Iblis undab har hil ishga inson zotin har qadam,
Ish bitirib qochib qolar, isnotga qolar Odam.
Ul qora qalb qurib bo’lgan qalbingni battar siqar,
Bul ketishda yaqinda qo’yningdan boshga chiqar.

Boshga chiqdi dunyo ishi tamom zeb-u, zabardur.
Nega zoting vakillari bul ishdan behabardur?!
Do’st ko’rinib, asli kular har bir fahmi kaltangga,
U tufayli to’lib ketdi gunoh gunoh xaltangga"¦

Gunohlarga to’ldi xalta, to’ldi yovuzlik jomi,
To’lsa hamki bor idishing, to’xtamasdur davomi.
Iblis izni to Qiyomat muddati qisqarmoqda,
Shul sababmi ergashganlar safi ortib bormoqda.

Kim bilmasa kimligini, kim biladi ul kimdir,
Joxillarning boshlarida Shayton doim hokimdir.
Barcha illat egasi bu Shaytonligin bilsang bas,
Buzuq ishlar yarashmasdur, qutlug’ nomingga ey Kas!!!

Qayd etilgan