Qiziq hikoya  ( 78740 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 B


AbdulAziz  21 Yanvar 2009, 00:41:00

* * *

Бола, чўнтак харажатлари учун дадасидан олган пулларини вақтидан аввал еб қўйди. Яқинда таътил бошланади. Маза қилмайди. Йўлини топиш керак. Қўлига тушган журналда, ҳар бир хизмат учун ҳақ тўланиши лозимлигини ўқиб, кўзлари чарақлаб кетди. Бу мантиққа кўра, оиласи учун қилган ишларининг ҳар бирига ҳақ олиши керак! Дўкондан нон келтиришни беш юз сўмга, аҳлат тўкишни минг сўмга, онаси билан бозорга бориб келишини 3000 сўмга баҳоласа, қимматга тушмайдигандек эди.
Худди шундай қилди. Бир вараққа ой давомида бажарган ишларини ёзиб нарх қўйди. Умумий сумма 100000 сўмни ташкил этди. Хатни секингина онасининг ёнига солиб қўйди. Бойиш йўлини топганидан боши осмонда!
Эрталаб дарс столи устидан 100000 сўм пул ва бир энлик хатча топди:
«Сени ўлим билан олишиб дунёга келтирганим, йиллар бўйи устингни тоза тутганим, минг бир азоб билан ўстираётганимнинг ҳақи — фақат севгинг ва ёноғингдан олганим биргина ўпичдир! Ишлаб топган пулингни ўйнаб-кулиб ишлат, болажоним!..»

Qayd etilgan


Munavvara  27 Yanvar 2009, 18:54:47

Bekatdagi suhbat(bolgan voqea)

Bir kuni bekatda avtobus kutayotgan edim. Bekatda o’tirgan hushro’ygina, ammo yarim yalang’och kiyingan bir qizcha diqqatimni tortdi. Transport kelgunicha, oramizda suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatni qanday bo’lsa, shundayligicha qog’ozga tushirishga harakat qildim.
-   Kechirasan, singlim nechanchi sinfda o’qiysan?
-   Sakkizinchi, nimeydi?
-   Shundoq o’zim. O’zingni tutishingga qarab biron litsey yoki kollej o’quvchisi deb o’yladim.
-   Ota — onang o’zbekmi?
-   Ha. Ular o’zbeklar. Nimaga buni so’rayapsiz?
-   Shunchaki. Yoki dugonalaring rus qizlarmi?
-   Yo’q unday emas. To’g’ri uch — to’rtta rus dugonalarim ham bor.
-   Ovrupaliklar singari kiyinib olganingni ko’rib, shunday hayolga keldim.
-   Tushunmadim, kiyinishim yomonmi? Nimasi yoqmadi sizga?
-   Sening o’zingga yoqadimi? O’zing bunga qanday munosabat bildirasan?
-   Albatta yoqadi, yoqmasa shunday yurarmidim?
-   Ota—onang bunga qanday qarashadi, bunday yurishdan qaytarishmaydimi?
-   Nabarot. O’zlari olib berishadi bunaqa kiyimlarni.
-   Hafa bo’lmagin-u, bunday yurishing o’zbek qizlariga umuman yarashmaydi. 
-   Yarashmasa — yarashmas. O’zbek qizlari qanday kiyinishadi? Uzun ko’ylak, lozimmi? Bu hozirgi zamonga mos emas.
-   Siz o’zi televizor ko’rasizmi? — so’radi qizcha.
-   Onda — sonda ko’rib turaman, nimeydi?
-   Faqat O’zbekiston kanallarini ko’rsangiz kerak-da? "Kamalak"ni, "Kabel"ni ko’rmaysizmi?
-   Yo’q, menda unaqa imkoniyat yo’q.
-   Agar bu kanallar orqali qo’yilayotgan kinolarni ko’rganizda meni ko’rib hayron qolmasdiz!
-   Huddi o’g’il bolalardek kiyinib olganing meni taajjubga solyapti.
-   Mejdu prochim, o’g’il bolalarga qornini ochib yurishlik yarashmaydi. Qizlarga esa bu yarashadi. Yoki siz kindigini ko’rsatib, qornini ochib yurgan bironta o’g’il bolani ko’rganmisiz? Bu MODA! Bu madaniyat faqat qizlar uchun!
-   Demak, o’g’il bolalar Alloh ko’rsatish harom qilgan joylarini berkitib yuradi. Sen kabi qizlar esa"¦
-   Ha, siz mullamisiz? Meni buvim ham namoz o’qiydilar!
-   Unday bo’lsa, buving seni bunday yurishdan qaytarmaganmi?
-   Qaytarganlar. Faqat ularni oldilariga bunday kiyimda bormayman-da.
-   Faqat ko’chada, o’zingni ko’z-ko’z qilib shunaqa yarim yalang’och yurasan, shundaymi?
-   Men bilan hech kimni ishi bo’lmasin! Xo’jayinlik qiladigan o’z ota — onam bor! Bildiyzmi?
Qizchaga  boshqa gapirish, tushuntirish befoyda ekanini anglab, suhbatni yakunlashga qaror qildim. Ha-ya, avtobus ham kelib qolgandi.

        Rahmatulloh
"Musulmonlar taqvimi" kitobidan olindi.

Qayd etilgan


Munavvara  28 Yanvar 2009, 15:25:07

MEN SENING NAMOZLARINGMAN!

Buvisining so’zlari hamon qulog’i ostida jaranglaydi: "O’g’lim, namozni shunchalik ham kechiktirib bo’larkanmi?"

Yetmishni qoralagan edi buvisi. Azon ovozini eshitishi bilanoq yoshiga xos bo’lmagan tarzda chaqqonlik bilan o’rnidan turar, tahorat olib, namoz o’qirdi.

U esa"¦ nafsini hech yengolmaydi. Namozlarini nuqul ortga surgani-surgan, odatda shoshilib-shoshilib o’qiydi.

Ana shular xayolidan o’tib, soatga qaradi. Shom kirishiga o’n besh daqiqa qolibdi. "Yana kechiktiribman namozni", dedi o’ziga-o’zi. Tezgina tahorat olib, yuz-qo’lini artmasdan xonasiga yugurdi. Yana shunday tezlik bilan ibodatini ado etdi. Tasbeh o’girib o’tirarkan, xayolidan buvisi ketmasdi. "Bu holimni ko’rganlarida urishib bergan bo’lardilar. Qanday namoz o’qirdilar-a buvim"¦"

Duo qilib bo’lgach, ustini qandaydir yuk bosayotganini his qildi va astagina sajdaga uzandi. Ko’zlari yumilib ketayotgan edi. "Rosa charchabman bugun" deb o’yladi. Shu tarzda uxlab qolganini sezmay qoldi"¦

Qiyomat qoyim"¦ Mahshargohda odam qaynaydi. Kimdir tong qotib qolgan, nima qilishini bilmay harakatsiz turar, kimlardir esa har qayoqqa chopgan, yana kimdir boshini ikki qo’lining orasiga olgancha tiz cho’kkan"¦

Uning yuragi qinidan chiqib ketguday urar, vujudidan muzdek ter oqardi. Hayotligida qiyomat, savol-javob, tarozi haqida o’qigan, bilgan edi. Biroq Mahsharning bunchalik vahimali bo’lishini hech o’ylamagandi.

Hisob-kitob davom etmoqda. Bir payt uning ismi o’qildi. Hayrat ichida bir o’ngga, bir chap tomonga qaradi. "Mening ismim o’qildimi?" deya titradi lablari. Shu dam olomon ikkiga bo’lindiyu ro’parasida uzun yo’l paydo bo’ldi. Ikki farishta ikki qo’ltig’idan olib, oldinga surgalay boshladilar. Tarozibonning huzuriga yetganlarida farishtalar g’oyib bo’lishgandi.

Butun hayoti ko’z o’ngidan bir-bir o’tayotgan edi. "Shukurlar bo’lsin, — dedi o’ziga o’zi. — Umrim davomida faqat din yo’lida xizmat qilganlar bilan birga bo’ldim. Otam mol-davlatini Islom uchun sarf qildi. Uyda amri-ma’ruflar o’tkazardi, onam esa kelgan mehmonlarni kutib olar, dasturxon tuzardi. Men ham odamlarga xizmat qildim, ularga Allohning dinini tushuntirdim. Namoz o’qidim, ro’za tutdim, nimaiki farz bo’lsa, hammasini bajardim. Haromdan qochdim".

Ko’zlaridan duv-duv yosh to’kilarkan, "Rabbimni sevaman, Rabbimni sevaman", deya takrorlardi. "Nima qilgan bo’lsam, jannatga kirishim uchun yetarli emas, umidim faqat Allohdan".

Hisob-kitob cho’zilgandan-cho’zildi. Uning esa butun vujudi titrar, terlar, xayolida turli fikrlar g’ujg’on o’ynardi. Bir mahal qo’lida qog’oz tutgan farishta olomonga o’girilib, hukmni o’qishga kirishdi. Eng avval uning ismi o’qildi. Oyoqlari tamomila majolsiz edi, yiqiliay-yiqilay deb turibdi, ammo jon qulo’gi bilan farishtaning og’ziga ko’z tikkan.

Olomon bir qalqib tushdi: u jahannamga mahkum etilibdi!

Nima?.. Quloqlariga ishonmadi.

"Bo’lishi mumkin emas!.." baqirdi bor ovozi bilan. Telbalarcha har tomonga yugura boshladi. "Qanaqasiga jahannamiy bo’larkanman? Axir butun umr dinimga xizmat qildimku?!"

Farishtalar yana ikki qo’ltig’idan olishdi. Oyoqlarini yerga tekkizmay olovi osmonga o’rlagan jahannam tomon sudrab ketishdi. U esa tinmay chirpanardi. Lablaridan yarim-yorti so’zlar chiqardi: "Xizmatlarim"¦ Tutgan ro’zalarim"¦ Qur’on o’qiganlarim"¦ Namozlarim"¦ Hech biri qutqarib qololmaydimi meni?"

Baqirib-chaqirib, yolvorishga tushdi. Qani endi farishtalar qulos solsa. Jahannamga juda yaqin kelib qoldilar, hatto olovining tafti sezila boshladi.

Payg’aymbar alayhissalom "Uyining oldidan oqib o’tadigan suvda kuniga besh marta yuvingan odam qanday tozalansa, kuniga besh mahal o’qilgan namoz ham odamni xuddi shunday gunohlardan poklaydi" degan edilar. "Unday bo’lsa, namozlarim meni qutqarib qolmaydimi?" deya o’yladi. "Namozlarim"¦ namozlarim"¦ namozlarim"¦"

Farishtalar uning yolvorishlariga mutlaqo beparvo edilar. Jahannam o’rasining boshiga kelishdi. Undan chiqayotgan olov tafti yuzlarini yondirib yuborgudek darajada edi. U umid to’la ko’zlari bilan ortiga o’girilib qaradi: yo’q, hech qanday najot yo’q!.. Qo’llaridan tutib turgan panjalar bo’shaldi"¦ va uni jahannam tomonga itarib yubordi"¦

Xuddi shu mahal kimdir uni qo’lidan tutib qoldi. Boshini ko’tarib yuqoriga qaradi. Oppoq soqolli nuroniy bir chol uni jahannam o’rasidan tortib olayotgan edi.

— Siz kimsiz? — so’radi u dahshat makonidan uzoqlasharkan.

Nuroniy chol kulimsiradi:

— Men sening namozlaringman!

Qayd etilgan


siddiqa  29 Yanvar 2009, 07:30:56

Sinov
Abu BakrShibliy hazratlari Dajla daryosi bo’yida shogirdlari bilan suhbatlashib o’tiara edilar .Suhbat tasiriga tushgan talabalardan biri banogoh baland ovozda :"Alloh "œdeb baqirib yubordi ,Shunda Shibliy hazratlari haligi shogirdlarining qo’lidan tutib ,daryoga otdilar va hotirijam kelib o’tirdilar .
Talabalar hayojon bilan bu hodisaning sababini so’radilar.Shayh Shibliy:"hayqirgani ihlosli bo’lsa ,Alloh taolo Muso alayhisalomni qutqargani kabi,uni ham holos etadi . mobodo ,riyo qilib baqirga bo’lsa ,fir’avnni g’arq etgani kabi g’arq etadi "œ,dedilar .shunday deb Shibliy hazratlari suhbatalarini davom ettirdilar .bir oz muddat o’tib ,haligi talaba daryodan chiqib Shayh shibliy yonlariga o’tirdi .shunda Abu Bakr shibliy aytdilar "œ:Muhabbatning davosini qilib ,boshqasi bilan mashg’ul bo’lish do’stni masxaralashdir.Muhabbat maqomidagi kishi esa,o’zini unutadi va ruhi Haq ila qovushgan turadi .

Qayd etilgan


siddiqa  08 Fevral 2009, 17:36:21

 Жойнамоз
   
--------------------------------------------------------------------------------
Тонг сқин...
Чарчоқнинг оғирлиги билан сйқуга кетди. Бир инграш овозидан сйғониб кетди. Атроф қоронғулик. "œТуш сди шекилли", деди секин. Лаблари чанқоқликдан қсриганди. Чироқни ёқмасдан ошхонага кирди ва қониб қониб сув ичди ва сна ётоғига қайтди. Ксзларини уйқу босганида, снга такрор сша инграш овозини сшитгандай бслди. Аммо бу тушми ёки снг фарқига бора олмасди. Овоз келган тарафга қаради. Ҳа, туш скан, дес сйлади. Чунки инграётган овоз соҳиби уйидаги биргина жойнамози сди.
Ҳайратланган киши қсрқув билан:
- Инграган сенми?
- Ҳа, деди жойнамоз.
- Аега йиғласпсан?
- Сени сйқунгдан уйғотган чанқоқликни, туйиб сув ичиб қондирдинг. Менинг чанқоғимни қондирувчи кимса йсқ.
- Ахир, сенинг жонинг бслмаса, қандай қилиб чанқайсан.
- Бу менинг ҳам сҳтиёжим. Аммо менинг чанқоғимни тавбакор бандаларингни ксз ёшлари қондиради.
- Тушунмадим, деди киши жойнамозга қизиқиш билан қараркан.
- Йиғлайман, чунки Аллоҳнинг қсллари қабрдаги азобдан, қиёматда ёруғ юз билан тирилишни истайдилару, лекин кечалари туриб таҳажжуд сқимайдилар. Ҳар куни сенга қарайман, лекин бирон марта шукр қилиб икки ракаат намоз сқиганингни ксрмадим.
- Мени сз ҳолимга қсй, деди киши ётоғига қайтаркан.
Жойнамоз давом стти:
- А­й Аллоҳнинг қули, қара, бомдод намозининг вақти кирди. Азонда намоз уйқудан хайрлидир, дес сени намозга чақирмоқда. Оҳ, тонг намози , тонг намози. Аамозлар ичида бошқача намоздир. Қалб ва танани ҳаётга қайтарган намоздир бу. Етмайдими, кеча кундуз шошганинг, Азиз ва Қаҳҳор бслган Аллоҳнинг чақириғини нега ижобат етмайсан?!
Одам секин тсшагидан бошини кстариб:
- А­й жойнамоз, мени сз ҳолимга қсй. Кундузи ишлаб жуда чарчаганман. Бироз дам олай, дес иссиқ ётоғига бурканди киши.
- Демак, сен дунёни охиратдан афзал ксрасан.
Бу ссзлардан кишининг жаҳли чиқди:
- Бслди, етар, бошқа гапирма, дес бақирди.
Бу ссзлардан сснг жойнамоз бироз жим турди ва сна секин овоз билан:
- Оҳ, фажр вақтидаги одамлар, Оҳ фажр вақтидаги одамлар, деди, - сен Лайғамбаримиз с.а.в. нинг бу вақт ҳақидаги ссзларини биласанми? "œҲар ким қуёш чиқмасдан ва ботмасдан олдинги намозларни сқиса, оташга кирмайди", ва ниҳост: "œMунофиқга снг оғир келган намоз тонгги ва кечки намозлардир. (Бомдод ва Хуфтон). Агар бу икки намознинг ажрини билсалар сди шошилиб кетардилар..."
Бу ссзларга киши тушагидан бошини кстариб:
- Ҳақсан, тонгги намоз ҳақиқатан жуда унумли, деди.
- Ундай бслса, тур срнингдан, намоз сқи.
- А­ртага ИншаАллоҳ, бугун жуда чарчадим.
Жойнамоз сснгги умид билан:
- Киши солиҳ амалларнинг ажрини билмаса бу амаллар унга қийин ксринади. Қабрда уйқуга туссан-ку ахир. Тур намозингни сқи, сй Аллоҳнинг қули!
Бу ссзларга киши ҳеч нарса дес жавоб бермади. Жойнамоз ҳам бир неча вақт жим қолди. Киши уйқусида давом стти. Чунки у умридаги снг узун уйқуга чсмганди. Жойнамознинг охирги ссзларини сшитиш унга насиб бслмаганди. Жойнамоз сса:
- А­й тавбасини сртага қолдирган, сртага уйқудан туришингга ким кафил.

Дунё дардида тавбамизни унутиб, гуноҳ ишлаймиз. Тавбаларимизни кундан кунга сурамиз, қариб ақлимиз озишини кутамиз, гсё. Худдики биз аввал гуноҳ ишлаб, сснг қариганда тавба учун сратилганмиз. Худдики, асли дунёдан келиш мақсади нима сканлигини унутгандай, худдики, сртага биз учун бор, балки бу сртага биз учун келмас, балки бу биз учун берилган охирги тавба.
 
 
 www.forum.islom.uz

Qayd etilgan


Muslim_4101  27 Fevral 2009, 22:00:30

Onasining butalog'i
Juma namozi edi. Farz namoziga turishdan oldin bir otaxonning o'ng tarafida bo'sh joy qoldi. Otaxon orqada turgan 14-15 yoshli o'spiringa qarab:
- O'g'lim, safni to'ldir. Mana bu yerga kel,-dedi.
Yigitcha tortinish bilan:
- Amaki, men shu yerda namoz o'qisam,-dedi tutilib.
- U yerga boshqa birortasi o'tirar...
Qariya o'spirinning oyoqlari tagiga  to'shalgan uzun patli gilamni ko'rsatib:
- U yerni yumshaqroq deya kelmayapsan shekilli,-dedi.
Keyin bir oz kinoya bilan ko'shib qo'ydi:
- E, onasining butalog'i...
Namoz o'qib bo'lgandan keyin namozxonlar bir-birlariga salom bera boshladilar. Yigitcha  otaxonning qo'llaridan tutib muborak juma bilan qutladi. Qariya ham aytgan gapidan pushaymon bo'lib kechirim so'radi. Yigitchaning nurli yuzlarini silar ekan:
- O'g'lim, onasining butalog'i deganim uchun meni kechir. Jahil chiqsa aql ketadi, deganlari shu-da,-dedi.
Yigitchaning ko'zlari bu so'zlardan yoshga to'ldi. Boshini egib javob berdi:
- Siz to'g'ri aytdingiz, otaxon. O'sha gilamning ustida namoz o'qishni itaganimning boisi, onam vafot  qilganlarida tobutlariga shu gilamni solishgandi. U yerda namoz o'qib sajdaga bosh qoyganimda, go'yo onajonimning quchoqlariga kirganday bo'laman... 

"IRFON TAQVIMI" 2009 / 1430 (II)                      

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Fevral 2009, 19:48:54

Adolatli hukm.

Qadim zamonda bir er xotin bo'lgan ekan. Er boshqa ayolni yoqtirib qolib, o'z ayolidan qutulish yo'lini izlab qolibdi. Chunki yoqtirgani:"Menxotin ustiga tegmayman", deb rad qilgan ekan. Ajrashay desa, hech bir sabab yo'q, o'rtada to'rtta guldek farzand,ayoli esa husnu hulqli,pokizaligi bilan katta hurmatga ega. Er qiyin ahvolda qolibdi. Qildan qiyiq axtarib janjal payida bo'libdi. Xotin erining niyati buzilganini bilib, Alloh menga shunday sinovni berdi, endi chiroyli sabr qilishim kerak, deb tishini tishiga qo'yib chidabdi.  Dardini ichiga yutib, zo'raki tabassum bilan yashayveribdi. Lekin er kundan kun battarlashib, oxiri xotinini zaharlab o'ldirishga qaror qilibdi.
Bir kuni er xotin uyda yolg'iz qolganlarida er niyatini amalga oshirmoqchi bo'libdi. Xotiniga:"Xotin, mazam qochgandek bo'lyapti, bir achchiqqina mastava qiling!", debdi. Xotin:"Duolarim Allohga yetdi", deb darrov ovqatga unnabdi. Ovqatni suzib, dasturxonga keltiribdi. Shunda er xotinni yana bir narsaga buyurib, u qaytib kelgunicha kosasiga zahar solib qo'yibdi. Xotin kelib o'tirgach, ko'chada kimdir erni chaqirib qolibdi. Er turib ketgan vaqtda uning kosasiga bir yo'la ikki pashsha qulabdi. Xotin darrov bexosiyat pashashalarni olib tashlab,pashsha tushgan kosani eriga ravo ko'rmay, koslaarni almashtirib qo'yibdi. Er kelgach xotiniga:"Qani o'zing boshlab ber, xotinjon, rosa chiroyli ovqat bo'libdimi? O'zing qo'li gulsan, senga yetadigani yo'q",deb mulozamat qilibdi. Xotin ovqatga qoshiq solibdi. Er xotinida o'zgarish ko'rinmaganidan hayron qarab-qarab qo'yarkan, birdan tomog'i bo'g'ilib, jon holatda:"Mening kosamni nima qilding?" deb baqiribdi. SHoshib qolgan xotin bor gapni aytgach, er ko'rinmas, ammo hamisha hushyor Qozining hukmini anglab,faryod chekibdi. Pushaymonlik bilan aybiga iqror bo'lib:"Yagona tilagim, meni kechir, kechir..." deb joni uzilibdi.

Musulmonlar taqvim kitobidan.

Qayd etilgan


Hadija  28 Fevral 2009, 20:10:26

:as:

 :bs1:

Shakoklik kasri

O’n ikki yil turmush qilib, farzand ko’rmagach, oilam buzildi. Keyin bola chaqali kishiga erga tegdim. Allohga beadad shukurki, menga oltita o’g’il qiz berdi. Ammo bandasi na sovuqqa, na issiqqa chidar ekan, yilma — yil beshik tebratib, bola boqish, uning ustiga rozgor tashvishlari fe’limni o’zgartirib yubordi. Aniqrogi, Xudodan bittagina tirnoq so’rab zorlanganlarim unutilgan edi.     Yettinchi bor bo’yimda bo’lganida, qo’shni ayoldan tanish doktorga olib borishini iltimos qildim. Niyatim yomon edi. O’sha kecha deng, tushimga bir chol kirib, hassasini erga urganicha: "œHa, endi bolaga to’yib qoldingmi?!" dedi darg’azab bo’lib. Ammo tushimga bepisand qaradim, noshukurligim uchun hali bir umr ezilib yurishim hayolimga ham kelmagan edi. Ertasiga tuman markaziga bordim. Afsuski, do’xtir xotin kasal ekan. Yana vaqt topib borgunimcha, homila besh oylik bo’ldi. Do’xtir endi uni oldirishga ruxsat bermadi. Ichimdan zil ketdim.
    Xullas, naqd besh kiloli pahlavon o’g’il tug’dim. Qop — qora ko’z — qoshlariga qarab, oldirib tashlamoqchi bo’lganimga uyalib ketaman. Yillar o’tib, o’g’limda g’alati qiliqlar paydo bo’la boshladi. Vrachlar uning ruhiy hasta ekanini aytishdi!
    Xozir ellikka kirgan bo’lsamda, etmish yashar kampirga o’xshayman. Alp qomatli kenjamning aqli past, nutqi yo’q, izidan yurib charchayman. Allohga shak keltirganim kasriga o’g’lim qolgani, men ham shuning jazosini tortayotganim aniq edi. Dod solib yig’lagim keladi"¦


Onaizor tilidan Norniso Qosimova yozib oldi
"œMusulmonlar taqvim kitobi"dan

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Mart 2009, 09:51:25

Qadim zamonda podshohning vaziri donishmandlardan birini yoqtirmas, har gal so'zda mot qilavergani izzat nafsiga tegib, uni obro'sizlantirishni ko'zlab yurarkan. Nihoyat,mulozimlar jam bo'lgan vazir ham ham hozir bo'lib, donishmandga ko'zi tushibdi. Va unga qarab beodoblik bilan debdi:
-Ey, dono zot!Yangilikdan xabaring bormi? Shohimiz seni bugundan e'tiboran eshaklarga hokim qilib tayinladi.
-Gaping rost bo'lsa, qadamingni qadamingni qarb bos, bugundan e'tiboran sen ham mening fuqoroyim bo'lib qolibsan,-deya bosiqlik bilan javob beribdi donishmand...

Qayd etilgan


Muslim_4101  01 Mart 2009, 19:12:35

Menga taqdir qilingani.
Xarid uchun bozorga bordim. Sotuvchi ayol bilan narxini kelishgach, uch kilo kartoshka tortib berishini  so’radim. Ayol kartoshkalarni tortish uchun idishga solarkan, irib, ishlatib bo’lmaydigan ahvolga tushgan kartoshkaga ko’zim tushdi. "œYaroqsizini solmang!" deb uni qo’limga olib turdim. Sotuvchi tarozi tomon ketdi. Men qo’limdagini kartoshkalar ustiga qo’ydim. Og’irlik uchun kilodan kamroq chiqdi, shunda ayol qarab ham o’tirmay qo’liga uch-to’rta kartoshka oldi. O’shanday etiborsizlik bilan ularni men oladigan kartoshkalarga qo’shdi. Ular orasida men olishni istamagan kartoshka bor edi. Endi mana buni olib qo’yin demadim, deyolmadim. O’sha kartoshkani sotib olib tashlab yuborish menga taqdir qilingan ekanki, hech bir yo’l bilan undan qocholmadim"¦
Bu hodisa menga ish vaqtini ba’zan o’z manfaatlaringga sariflayapsan, shu bois ish haqqining senga halol bo’lmagan qismiga yaroqsiz narsani xarid qilding deyayotgandek edi. Shu hodisagacha menda bunday fikr bo’lmagandi. Doimo  bozorligim orasida yaroqsiz narsani ko’rsam, darhol sotuvchini ayblar, "œPulni halollab topsa bo’lmaydimi, axir shu bilan bola-chaqasini boqadi", deb o’ylardim. Negadur bu safar o’zimdan ranjidim.
Aslida boshimizga tushgan har bir muammo, har bir yomon ish qilgan qaysidir aybimiz, ayyorligimiz, qo’poligu beparvoligimizning qaylargadur urilib, o’zimizga qaytgan aks-sadosi misolidir. Qilgan ishing uchun pulingni halollab olmasang, uning hammasi ham senga nasib etavermaydi. Kimningdur ko’nglini og’ritsang, sening ham ko’nglingni yanchadigan topiladi. Ota-onangga qo’pollik qilsang farzanding senga"¦ aytish ham ayanchli.
Xullas aziz do’stim, muammolar changalidan  chiqa olmayotgan ekansiz, o’z fe’lingizni yaxshilab taftish qiling. Balki bozorligingiz orasidagi yaroqsiz ashyolar sizga taqdir qilingani uchungina tushgandur?! Tafakkur qilish vaqti  kelmadimikan?.. 

"IRFON TAQVIMI" 2009 / 1430 (II)                               


Qayd etilgan