Muallif Mavzu: MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.  ( 125721 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Sevdo

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 138
  • -oldi: 122
  • Xabarlar: 79
  • Jins: Ayol
  • Iymonimiz hamisha yo'ldoshimiz bo'lsin,Alloh benamozlikdan saqlasin.
Re: MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.
« Javob #105 : 04 Dekabr 2010, 11:40:48 »
Shamollash avj olganda,tomoqda og'riqlar ham bezovta qiladi.Ibn Sino bobomiz tomoq og'rig'i bezovta qilganda:1 osh qoshiq asalga 2 chimdim murch aralashtirib tanglayga bosib surilsa og'riq va yutalni qoldiradi deganlar.Tajribamda isbotlangan.

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.
« Javob #106 : 10 Dekabr 2010, 11:12:33 »
Sarimsoq hosiyati

Tibbiyot  olamida sarimsoq piyoz qadimdan foydalanib kelingan. Uning tarkibida o`ta ta`sirchan Fitontsid moddasi  bakteriya, zambrug` va boshqa mikroorganizmlarni yo`q qilish qudratiga ega. Shuning bilan birga sarimsoqdagi efir moyi qo tomirlar harakatini kuchaytirishi natijasida yog`  bezlarining  ishlashini faollashtiriradi. Bundan soch o`sishi tezlashadi, boshdagi qazg`oq yo`qoladi.
       Soch to`kilishining oldini olishda ham Sarimsoqning nafi bor. Undan sochning holatiga qarab foydalaniladi. Jumladan soch ko`p to`kilayotgan bo`lsa , ayniqsa tepakal harakterdagi soch to`kilishi boshlanayotgan bo`lsa bir bosh sarimsoqning 2-3 pallasini hovonchada yanchib, qirg`ichdan qirib o`tkiziladida hosil bo`lgan bo`tqa simon suyuqlikning kerakli joyiga surtiladi. Bu ish 7-10 kun davomida har kuni takrorlanib turiladi. Surilgan sarimsoq boshda ikki soat turgandan so`ng sovun bilan yuvib tashlanadi.


"Juftimga yoqay desangiz" kitobidan 
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Муҳаммад Соҳиб

  • Moderator
  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.
« Javob #107 : 10 Dekabr 2010, 11:22:47 »
Меваларни оч қоринга овқатдан ярим соат олдин ейишни одат қилиш керак. Чунки мана шуниси жисмимиз(организм) учун фойдалик. Валлоҳу аълам. Меваларнинг хазм бўлиши осон. Овқатдан ярим соат олдин ейиш, бўш ошқозонни дастлаб енгил иш ила ярим соатдан кейин келадиган кучлироқ овқатларни хазм этишга тайёрлайди. Ҳар биримиз ҳам жисмоний ҳаракатни бошлашдан аввал енгил енгилидан бошлаймиз. Худди шу каби мевалар ҳам ошқозонга оғир ишларни бошланишидаги дастлабки қадамдир. Ҳамда энг асосийси мевалар   Ñ‚ез қувват(энергия)га айланади. Мана шу жихат биз учун муҳимдир.

Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Re: MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.
« Javob #108 : 22 Yanvar 2011, 23:34:20 »
SHIRIN ANOR XOSIYATLARI
Toza xilt

Anorning ovqatlik quvvatidir kam,
Biroq toza xiltlar tug'ilar har dam.
Yeganda yel qo'zg'ar, shuning uchun ham
Shahvoniy quvvatga beradi yordam.

Peshob va chanqash
Anorkim, qorinni qilar muloyim,
Qovuqdan siydikni haydaydi doim.
Odamning ichiga kirgan zamoni
Chanqashni badanda qiladi qoyim.

Ovqat hazmi
Issiq mijozlikka ega har odam,
Taomning ortidan eganda har dam.
Ovqati tezgina hazm bo'ladi,
Me'dadan to'xtamay o'tadi ildam.

Istisqo va sariq kasali
Anor yesang quvvat topadi jigar,
Suvli istisqo ham anordan tugar.
Sariq kasaliga ko'p foydasi bor,
Xafaqon ham unga boshini egar.

Yo'tal va ovoz
Issiqdan yuz bersa odamda yo'tal,
Anordan yeyilsa, yo'tal ishi hal.
Ovozni chiroyli qiladi anor,
Badan ham semirar yeyilgan mahal.

Zarari va islohi
Shirin anordan ko'p yesa har kishi,
Me'dasi bo'shashib, ortar tashvishi.
Islohiga agar chora qidirsa,
Achchiq anorlardan kerak yeyishi.

Sovuq mijoz
Sovuq mijoz uchun yetganda ziyon,
Zanjabildan darhol yesin o'sha on.
Anorning o'ziga nisbatan, bilsang,
Anorning sharbati kuchlidir ishon.
"Salomatlik taqvimi"dan

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


 

Mevalar tilidan...

Muallif Muhammad AminBo'lim She'riyat

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 6206
So'nggi javob 08 Aprel 2008, 16:45:58
muallifi Muhammad Amin