MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.  ( 162178 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 11 B


Abdulhafiz  31 Avgust 2010, 00:41:31

MARMARAK - SOG'LIQ UCHUN KERAK
Marmarak (mavrak, shalfey) - labguldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik yoki yarim butalar turkumi, vatani O'rta er dengizi sohillari.
Tibbiyotda uch turidan foydalaniladi:
Dorivor marmarak - bo'yi 20-50 sm ga etadigan yarim buta. Tibbiyotda bargi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bargining damlamasi burishtiruvchi, dezinfektsiyalovchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir etuvchi vosita sifatida yuqori nafas yo'llari yallig'lanishida, tomoq, og'iz va milk shilliq pardalari yallig'lanishida og'iz chayish uchun qo'llaniladi.
Efiopiya marmaragi - bo'yi 50-100 sm ga etadigan ikki yoki ko'p yillik o't.
Ukraina, Kakaz va O'rta Osiyo cho'llarida va tog'larning quruq qiyaliklarida va boshqa erlarda o'sadi. Tibbiyotda er ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar va boshqa moddalar bor.
Xushbo'y marmarak - bo'yi 50-100 sm ga etadigan ko'p yillik o't. O'rta Osiyo tog'larining etaklari hamda pastki qismidagi tog' daralarida, toshloq qiyaliklarida va bog'larda o'sadi. Tibbiyotda er ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Qaynatmasi xalq tabobatida yurak tez urganda, darmonsizlikda, bezgak, buyrak kasalliklarini davoshlashda hamda ovqat hazm bo'lishini yaxshilash uchun qo'llaniladi.
Ekstraktidan tayyorlangan surtmasi va ekstraktining kontsentrati - salmus teri kasalliklarini (masalan, psoriaz) ni davolashda yaxshi natijalar beradi. Shuning uchun bu preparatlar ilmiy tibbiyotda ishlatishga tavsiya etilgan. Efir moyidan dorishunoslik amaliyotida suyuq dori shakllarining hidi va ta'mini yaxshilashda foydalaniladi.

Xalq tabobatida marmarakning yana ikki turi - Tikanli marmarak va Cho'l marmaragi er ustki qismining damlamasi yuqorida ko'rsatilgan kasalliklarda hamda tomoq og'riganda chayish, ishtaha ochish va isitmada tashnalikni qondirish uchun ichiladi.
Er ustki tarkibida efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Mashhur hakim Gippokrat marmarkni "muqaddas o'simlik" deb atagan.
Bolgariyada marmarak barglaridan tayyorlangan damlama gastrit va kolit, oshqozon yarasi, meteorizm, jigar va o't pufagi yallig'lanishini davolashda foydalanishadi.
Damlama quyidagi tartibda tayyorlanadi: maydalangan o'simlik bargidan 2 oshqoshiq olinib, 400 ml qaynagan suv quyiladi, 4-6 soat damlab qo'yiladi, har 3-4 soatda 20-30 ml dan ichib turiladi.
Nafas yo'llari shamollaganda marmarakdan oligan efir moyiga ingalyatsiya qilinadi - qaynab turgan suvga 1-2 gr moy solinib, bug'ida nafas olinadi.
Polshada marmarakdan shamollashni davolashda keng qo'llaniladi. Soch to'kilishiga qarshi ham ishlatiladi.
Nemislar marmarakni markaziy asab tizimini mustahkamlash uchun, tungi terlashga qarshi ishlatilar ekan.
Avstriyada oshqozon va ichak kasalliklari, halqum shilliq pardasi yallig'lanishi, anginani davolashda marmarak damlamasidan foydalanilar ekan.
Ammo marmarakdan tayyorlangan dorilarni shifokor ko'rsatmasisiz, uzoq va ortiqcha miqdorda qabul qilish yaramaydi. Aks holda zaharlanib qolish mumkin. Homiladorlarga marmarakdan tayyorlangan dorilar mumkin emas.
Xitoyda marmarakni damlab ichishni xush ko'rishadi, AQShda esa salatlar, sho'rvalar, sabzavot, go'sht, baliqqa qo'shib iste'mol qilinadi.
Bodomcha bezlar yallig'langanda, shishganda marmarakning er ustki qismi va gulidan tayyorlangan damlama ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun bir oshqoshiq solib, ustiga 2 stakan qaynab turgan suv quyilib, 2 soatga damlab qo'yiladi. Keyin uni dokada suzib, kuniga 6-8 marta og'iz chayiladi, g'arg'ara qilinadi.
Bu damlamadan foydalaniladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  31 Avgust 2010, 06:52:04

 Yana halq tabobatida Marvarak damlamasini moychechak damlamasi bilan qo'shib kuniga 1stakandan 3 mahal istemol qilinsa butun organizmdagi ayniqsa  nafas yo'llari, yo'taldan samarali vosita hisoblanadi.
Kosmetologiyada ham marvarak o'ti yuzni taranglashtiruvchi, yuzdagi yallig'lanishni oluvchi  va yuzdagi ter ajralib chiqishini normallashtiruvchi vosita hisoblaniblanib,turli hil losyonlar tayyorlashda ishlatiladi.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  01 Sentyabr 2010, 18:10:42

ЛОМИДОА АИАГ ШИФОБАХШ КУЧИ
Ломидор — биоактив моддаларнинг йиғиндиси ҳисобланади. Унинг таркибида табиий шакарнинг барча турлари, органик кислоталар — лимон, олма, В1, В2, В3, К, А , В6, С витаминлари, каротин ва сна бошқа кспгина фойдали озуқалар бор.
Ларҳезли маҳсулот сифатида помидор шарбати модда алмашинуви бузилганда, юрак- қон томирларида муаммо бслганида ва ошқозон-ичак тизимида сзгаришлар кузатилганда схши ёрдам беради.
Агар сизнинг танангизда А витамини етишмаса, унинг срнини помидор шарбати бемалол босади. Агар танангизда А витамини етишмаслигини аниқласангиз, буни шифокор ксмагисисиз ҳам бартараф стиш мумкин. Бунда помидор шарбати сизга ксмак беради. А витамини етишмаслигини сса ёруғ хонадан тезлик билан қоронғу уйга кириш ва содир бслган сзгаришлар орқали ҳам аниқлаш мумкин. Агар қоронғу хонага кирганингизда 6 секунддан ксп вақтгача ксзларингиз қоронғуликка ксниколмаса, демак, сизда А витамини етишмас скан. Бундай ҳолатларда ҳар куни камида 1 стакан помидор шарбати ичиб туриш лозим бслади. Бунда шарбат ичига озгина петрушка кскатини майдалаб солиб юборсангиз, самараси снада кспроқ бслади.
Оёқ қон томирлари кенгайгандаги ҳолатни бартараф стишда ҳам схши пишган помидорни қирқиб, уни қон томирлари кенгайган жойга қсйиш тавсис стилади. 3-4 соатлардан кейин помидор бслакларини алмаштириш керак бслади.

Qayd etilgan


Smartella  01 Sentyabr 2010, 22:37:55

PO’RTO’XOL(apelsin).
Hammamiz yaxshi biladigan po’rto’xol, ya’ni apelsin bosh aylanishida, ko’z tinishida, silla qurishida, hazm qilish jarayonini yaxshilashda, oshqazon osti bezi, jigar, gipertoniya (hafaqon), bronxial astma, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda juda foydali mevadir.

Qayd etilgan


Smartella  01 Sentyabr 2010, 22:40:41

HURMO.
Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchilarga foydasi katta. Xurmo miya tomirlarini yaxshi ishlashiga yordam beradi. Uning tarkibida miya faoliyatini yaxshilovchi fosfor, kobalt, mis va boshqa mikroelementlar ko’p. Xurmoni boshi tez aylanadigan, hushini yoqotivchi kishilar ko’p iste’mol qilishlari lozim.
 

Qayd etilgan


yoqutxon  08 Sentyabr 2010, 20:26:54

Bodring meva bo'lmasa ham judayam foydali mahsulot shuning uchun bodring qanday kasalliklarga davo ekanligini shu yerga yozayapman.

Isitma- harorat kotarilganda 1 stakan bodring suvi ichib, tana bodring sharbati bilan artilsa, yahshi natija beradi.

O't yo'llari diskineziyasida yarim stakan bodring suvi yarim stakan sabzi suvi bilan aralashtirilib, ovqatdan 20 daqiqa oldin, 3 mahal qabul qilinadi.

Qabziyat, yani ich qotganda bodringni sho'r suvga hech qanday qo'shimchalarsiz solib, 1oy tuzlab qo'yiladi. So'ng uning suvini kuniga 3-4 mahal  1 stakandan ichiladi.

Yo'talda.100 ml bodring 2 qoshiq asal (1:1) aralashtirilib , 1 soat davomida tindiriladi.So'ng 2-3 osh qoshiqdan ovqatdan 30 daqiqa oldin istemol qilinadi.

Soch to'kilishida. Bosh yuvishdan 2 soat oldin soch ildizlariga bodring suvi surtiladi.

Paradantozda bodring suvi  bilan  og'iz chayiladi.


Qayd etilgan


yoqutxon  19 Sentyabr 2010, 15:42:00

Djuzeppe Mandalari boshchiligidagi tadqiqotchilar Bodom tarkibida yangi modda aniqladilar. Unga ko'ra Bodom immun sistemasini kuchaytirib , yalig'lanish jarayonlarini kamaytirarkan. Bodom tarkibida aniqlanagan bu yangi modda infeksion kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan dorilar tarkibiga kiritish mumkin.

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Sentyabr 2010, 23:19:38

Қулупнайнинг барглари енгил сийдик сурувчи таъсирга сга. Бундай чой атеросклероз, туз тспланиши, гипертонис касалликларига қарши инсон организми чидамлилигини оширади.

Организмда ёпилиб қолган тешикларни очиб, холестириндан халос стади. Тешикларнинг очилиши организмнинг кислород билан таъминланишини схшилайди, терининг нафас олишини осонлаштиради. Қулупнайли чой қуйидагича тайёрланади: 20 грамм майдаланган қулупнай барги олиниб, устидан 2 стакан қайноқ сув қуйилади, 5 дақиқа қайнатилади. Совутилиб, 2 соатдан кейин сузилади. Иссиқлигича 1 ош қошиқ асал қсшиб ичилади.


Qayd etilgan


Habib  14 Oktyabr 2010, 16:21:02



Qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik sabzavot, yashil rangli cho'zinchoq shakldagi mevalarga ega.

100 g bodringda - 15 kkal mavjud .
96% suvdan iborat. Tarkibida kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C , B 1 , B 2 , B 5 , B 6 , PP , E vitaminlari, A provitamini bor .

Organizmimizni tabiiy tarzda "namlantiruvchi" sabzavot bo'lib, teriga juda yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Tarkibidagi kaliy moddasi tufayli tozalovchi ta'sirga ega, qon bosimini pasaytiradi.

Chiroyli ko'zlar
Bodringdan tashqi tomondan niqoblar sifatida foydalanish mumkin, u terini tozalaydi va taranglashtiradi, ko'z ostidagi shishlarni va ko'kimtir dog'larni yo'q qiladi.

Tarixdan
Bodring - eng qadimiy sabzavotlardan biri hisoblanadi, odamlar uni uch ming yildan buyon bilishadi. Vatani - Hindiston. Qadimgi Rimda bodring xushxo'r sabzavot hisoblangan. Shimoliy Yevropada, xususan Frantsiyada, ushbu sabzavotni IX asrdan yetishtira boshlashgan. Amerikaga bodring ispanlar bilan birga borib qolgan. Faqat XIX asrdagina bodringni pishirilmagan va yangi uzib olingan holatda iste'mol qila boshlashdi. Bugungi kunda ushbu sabzavot turli salatlar, yaxna ovqatlar, buterbrodlarda ishlatiladi. Shuningdek uni xuddi tsukkini kabi issiq ko'rinishda ham dasturxonga tortish mumkin. Sharqiy Yevropa dasturxonini tuzlangan bodringlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Shuningdek bodringdan barmenlar ko'p foydalanishadi . U ham bezash uchun ishlatiladi (masalan, "Qonli Meri" kokteyli), ham ichimliklarning komponentlaridan biri hisoblanadi. Misol uchun, bodring, limon va yalpiz bilan tortilgan sovuq aroq yoki mikserda limon va bodring aralashtirilgan suv, muz va qand asosida tayyorlangan yaxna ichimlik.

Manba

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 09:48:50


Yong'oq mag'izi o'z shakli bo'yicha odam miyasiga juda o'xshab ketishini hammamiz yaxshi bilamiz. Bu bejiz emas. Yangi o'qish va ish mavsumi boshlanadigan sentabr oyida yong'oqli taomlar juda dolzarb hisoblanadi.

Yong'oqlar kaloriyaliligi bo'yicha oq nondan 2 baravar yuqori: 100 g yong'oq mag'izida - 850 kkal mavjud.


Hozir ham uning ba'zi Yaqin Sharq mamlakatlaridagi nomi "to'rtta miya" ma'nosini anglatadi. O'rta asrlarda yong'oq bosh og'rig'ida yordam beradi, degan firk mavjud bo'lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot esa, yong'oq aqliy faoliyatga ijobiy ta'sir qilgani bois Qadimgi Bobil kohinlari oddiy odamlarga yong'oq yeyishni ta'qiqlashgani haqida yozadi. Kohinlar oddiy fuqaroga bu narsa shart emas, deb fikrlashgan. Ammo yong'oq bizga hozir juda kerak!

Albatta, yong'oqning siri shaklida emas, balki tarkibidadir. U C, B1, B2, PP vitaminlariga, karotin, oshlovchi moddalar, xinonlar va efir moylari, biriktiruvchi to'qimalar, temir va kobalt tuzlari hamda rux moddasiga boy. Bundan tashqari, yong'oqlar - foliy kislotasi va kalsiyning manbai hisoblanadi. Agar kuniga hech bo'lmaganda 2 ta yong'oq iste'mol qilinsa, xotira ancha yaxshilanadi. Kuniga iste'mol qilingan 4 ta yong'oq esa, organizmni antioksidantlar bilan kuchlantiradi, immunitetni va hujayralar himoyasini yaxshilaydi.

Ko'pgina Yevropa mamlakatlarida yong'oqlar pahlavonlarning ovqati hisoblangan, bu bejiz emas. Ularning tarkibidagi nutriyentlar haqiqatan ҳam mushaklarning mustaqkam bo'lishi uchun foydali bo'lib, mashg'ulotlardan keyin charchoqdan tezda xalos bo'lishga yordam beradi. Shuningdek, yong'oq mag'izida yurak salomatligi uchun zarur bo'lgan magniy va kaliy moddalari juda ko'p. Yong'oqlarning qariyb 70 foizi yog'dan iborat bo'lishiga qaramasdan, bu yog'larning aksariyat qismini to'yinmagan, foydali yog'lar tashkil etadi.

Yong'oqlarning o'ziga xos mazasi olma va nok, lavlagi va sabzi, selderey va baqlajon, yumshoq qaymoqli va moviy pishloqlar, shuningdek, asal, zarang daraxti qiyomi, kinza, petrushka, tovuq go'shti, xren va sarimsoq piyoz bilan ham ajoyib tarzda birika oladi. Yong'oqlardan asosan shirikliklarni (piroglar, tortlar, bulochkalar, pahlava va ҳ.k.) pishirishda foydalaniladi, ammo ular salatlarni, ruletlar uchun qiymalarni, pasta uchun souslar va pashtetlarni ҳam o'zining ta'mi bilan a'lo darajada to'ldirishi mumkin.

Sharqda va Bolqon bo'yi mamlakatlarida pishib yetilmagan yong'oqdan ajoyib murabbo tayyorlashadi. Bunday yong'oq yod moddasiga juda boy bo'ladi. Yong'oқ tayyorlangan nozik va xushbo'y yog' alohida tansiq mahsulot hisoblanadi. Unda ovqat tayyorlanmaydi, yaxshisi undan salatlarga қo'shish uchun va yaxna ovqat sifatida foydalangan ma'qul.

3 ta maslahat
Yong'oq tanlaganda, po'stiga yaxshilab qarang: unda teshikchalar va yoriqlar bo'lmasligi kerak. Tozalangan yong'oqni sotib olayotganingizda ular hajmdor, och rangli va qasir-qusur qilib yeyilishi kerak. Esingizda bo'lsin, yong'oqlarni yig'ib olishning asosiy vaqti - bu oktabr. Yangi hosilni o'tkazib yubormang!
Yong'oқlarni қo'l bilan yoki "mezzaluna" deb nomlanuvchi yarim oy shaklidagi italyan pichog'i yordamida maydalagan ma'qul. Bu maqsadda blender va protsessordan foydalanish unchalik ma'qulmas: ular haddan tashqari kuchli bo'lib, yong'oqlar ortiqcha yog'lanadi. Agar baribir blenderdan foydalangan bo'lsangiz, yong'oqli massaga biroz shakar yoki un қo'shing, ular ajralib chiqqan yog'ni shimib oladi.
Bozorda hali pishib yetilmagan yashil yong'oqlarni sotib olish mumkin, ularni butunligicha marinadlasa bo'ladi, chunki po'sti ҳali yumshoq bo'ladi. Buning uchun yashil yong'oqlar ziravorli sirkaga solinadi, tayyor bo'lagnidan keyin esa, go'shtli taomlar bilan birga dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan