Muallif Mavzu: MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.  ( 42428 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Qovun
« Javob #30 : 15 Oktyabr 2010, 09:53:08 »

Mana yoz ham tugab, pishiqchilik eng qizg'in pallaga kiradigan kuz ham kirib keldi. Do'konlarda, bozorlarda, shunchaki yo'l bo'ylarida qovun-tarvuzlar sotilayotganiga ko'zimiz tushadi. Hozir bu lazzatli poliz ekinidan bahra olishning ayni payti. Ammo oldindan ogohlantirib qo'yishni istardik: yo'l bo'yida sotilayotgan qovun-tarvuzlarni xarid qilmang, bunday mevalar qanchalik havasni keltirmasin, ular nafaqat yozgi quyosh nuriga, balki mashinalardan chiqadigan gazlar bilan ham to'yinib bo'lgan. Yaxshisi ularni maxsus ixtisoslashgan pavilyonlardan xarid qilgan ma'qul.

Endi asosiy mavzuga - qovunning foydali xususiyatlariga to'xtalamiz. Avvalambor, qovunni shirin xushbo'y ta'mi va ajoyib parhez xususiyatlari uchun qadrlashadi. Xushbuy, yumshoq, shirin qovundan ham yaxshiroq desert bormikin. Qovunning shirali xushta'm go'shtida yengil o'zlashtiriladigan qandlar, kraxmal, oqsil, vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, pektinlar, organik kislotalar, turli-tuman mineral tuzlar mavjud.

100 g qovunda 19 kkal mavjud.

Qovunda ayniqsa temir va kaliy tuzlari juda ko'p, shu munosabat bilan qovundan kamqonlikda davolovchi ozuqa sifatida, yurak-qon-tomir kasalliklarida, jigar va buyrak xastaliklarida, shuningdek podagra va revmatizmda foydalaniladi.

Qovunlar kremniy moddasiga boy. Olimlarning fikriga ko'ra, inson hayoti, uning salomatligi, fiziologik jarayonlarning tartibga solinishi kremniy moddasi bilan chambarchas bog'liq. U qattiq to'qimalarga, teri va sochlarning holatiga ta'sir qiladi. Kremniy bosh miya qobig'iga ajoyib tarzda ta'sir qiladi, u nervlarga, ichak devorlariga, ovqat hazm qilish traktiga va butun ichki organlar tizimiga kerak.

Mashinisi shirin, olavering!
Qovunda boshqa poliz ekinlariga qaraganda C vitamini ko'proq. Qovundagi biriktiruvchi to'qimalar ichak mikroflorasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, organizmdan xolestrinni chiqarib tashlashga yordam beradi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.

Qovun ajoyib yoshartiruvchi xususiyatlarga ega. Bu borada Sharqda shunday ibora bor: "Qovun sochlarga jilo beradi, ko'zlarni yoshartiradi, lablarni qizil qiladi, istaklarni kuchaytiradi, imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi, erkaklarni aziz, ayollarni esa maftunkor qiladi". Quritilgan qovun - nozik tansiq taom hisoblanadi.

Odatda qovun palakdan uzilganidan keyin iste'mol qilinadi. Ammo, bundan tashqari, undan murabbo, asal, jem, marmelad, povidlo, kompot, tsukatlar ham tayyorlashadi. Qovun qand moddasiga (13% gacha), C, PP vitaminlariga, karotin moddasi, foliy kislotasi, hamda temir moddasi va biriktiruvchi to'qimalarga juda boy bo'lgani bois, u qabziyatda (ich qotishida), aterosklerozda, gemorroyda, qon, buyrak va yurak-qon-tomir tizimi xastaliklarida juda foydali hisoblanadi.

Qovunning foydali va davolovchi xususiyatidan asab tizimini mustahkalashda ham qo'llashadi. Qovun go'shtida serotonin - "baxt gormoni"ni ishlab chiqarishga yordam beruvchi moddalar mavjud. Agar ma'yus bo'lib qolsangiz, ikki tilik qovun yeng - kayfiyatingiz yaxshilanadi! Ushbu poliz ekinida qon ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan fermentlar ham ko'p. Bu esa jarrohlik operatsiyalari, yarali kasalliklarning kuchayishidan keyin tiklanishga yordam beradi. Qovun siydik haydaydigan ta'sirga ega. Unda qandlar miqdori ko'p bo'lgani bois, diabet va jigar kasalliklariga chalingan bemorlarga ko'p yeyish tavsiya etilmaydi.

Bundan tashqari, qovun ter haydash xususiyatlariga ham ega. Sariq va istisqo (vodyanka) xastaliklariga chalingan kishilarga qovun iste'mol qilish juda foydali.

Ushbu poliz ekinidan husnbuzarlar toshmasini davolashda hamda sepkillar va pigment dog'lardan xalos bo'lishda ham mahalliy surish yo'li bilan foydalaniladi. Qovun gelmintlarni yo'q qilishda ajoyib vosita hisoblanadi, bu birinchi navbatda, bolalar organizmiga taalluqli.

Esingizda bo'lsin:

* Qovun iste'mol qilgandan keyin qatiq (sut mahsulotlari) va sovuq suv ichish mumkin emas.

* Shuningdek, qovunni spirtli ichimliklar bilan birga iste'mol qilish ham tavsiya etilmaydi, oshqozoningiz buzilishi xavfi bor.

* Qovunni och qoringa iste'mol qilmang.

* Ushbu xushbo'y poliz ekinini asosiy ovqatlanishlar oralig'ida mustaqil taom sifatida iste'mol qiling.

Yoqimli ishtaha!

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Pomidor(Tomato)
« Javob #31 : 15 Oktyabr 2010, 09:57:03 »


Deyarli barcha geografik kengliklarda yetishtiriladi, turli navlari va katta olmaday shaklidan tortib, kichkina smorodinaday keladigan o'lchamlari mavjud. Dumaloq, cho'zinchoq, qirrali, notekis, noksimon shaklda, qizil, pushti yoki sariq ranglarda bo'lishi mumkin.

Shaxsiy shifokor, uy ichida fitnes

100 g pomidor da - 19 kkal

Tarkibida juda foydali biriktiruvchi to'qimalar, kalsiy, kaliy, fosfor moddalari hamda A, B, C va E vitaminlari mavjud . Pomidorlarnig nafaqat shifobaxsh, balki terini yoshartirish xususiyatlari ham isbotlangan. Dunyoda eng sevimli sabzavotlardan biri hisoblanadi. Pomidorni pishirmasdan iste'mol qilish foydaliroq. Amerikalik parhezchilarning fikricha, har kuni iste'mol qilinadigan bir stakan pomidor sharbati odamga sog'liq, go'zallik va yoshlikni baxsh etar ekan. Ozishda, qandli diabet va buyrak kasalliklarida tavsiya etiladi.


Kelib chiqish tarixi


Lotin Amerikasi p omidor ning vatani hisoblanadi. XVI asrda Yevropaga keltirilgan. Oldiniga uni zaharli deb o'ylab manzarali o'simlik sifatida ekishgan. XVIII asrda u dasturxonga emas, ko'proq jodugarlarning qozoniga tushgan. Uning ta'mini birinchi bo'lib italiyaliklar bilib oladi va baholaydi. AQShga pomidorni Italiya va Fransiyadan kelgan muhojirlar o'zlari bilan olib kelgan.

Muhabbat olmasi

Pomidor Yevropani zabt eta boshlaganida undan afrodiziak (organizmning hayotiy kuchlarini, shu jumladan jinsiy maylni oshiruvchi) sifatida ham foydalanishgan. Fransuzlar uni «pomme d'amour», ya'ni "muhabbat olmasi" deb atash adi .

Pomidor nima uchun qizil

Pishgan pomidorlar tarkibidagi likopen moddasi tufayli qizil tusga kiradi. Ushbu tabiiy pigment skleroz va o'smalarga qarshi kuchli ta'sir ko'rsatadi, ayniqsa prostata bezi saratoni paydo bo'lishi xavfini kamaytiradi. Likopen moddasi pishib yetilgan pomidorlardan ko'ra sho'rva va qaylalarda yaxshi o'zlashtirilishi isbotlangan.

Ma'lumot uchun: Bizni tilimizda pomidorni pamildori ham deb atashadi. Namangan viloyatining ayrim hududlarida patinjon ham deyishadi. ;)

Qiziqarli faktlar

Ispaniyaning Bunol shaharchasida har yili avgustning oxirgi chorshanbasi "Lya Tomatina" deb nomlanuvchi pomidorlar jangi ketadigan maydonga aylanadi. Shu tarzda bir hafta davom etadigan fi y esta bayrami yakunlanadi. Jang arafasidagi tunda pomidorlar ortilgan yuk mashinalari tayyorlab qo'yiladi. Ular ertasi kuni kunduzi soat 11 larda shaharchaning bosh maydoniga kelishadi. Shunday qilib, ikki soatlik "qonli" jang boshlanadi. Olishuvdan so'ng daryoda cho'milish va ajoyib mahalliy musallas bilan birga mashhur paelya taomini tanovul qilish mumkin.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Gulkaram
« Javob #32 : 15 Oktyabr 2010, 09:59:39 »


Bir yillik sabzavot. Oq rangdagi to'pgullari iste'mol qilinadi. Mo'tadil iqlimga ega hududlarda yetishtiriladi.

Kaloriyaliligi - 21 kkal.

Gulkaram tarkibida kaliy, magniy, kaltsiy, marganets, temir , mis , rux , ftor, karotinlar , C, K, B1, B2, B6 vitamin lari mavjud .

Ushbu sabzavot saraton kasalliklari profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.

Gulkaram yordamida toksinlarni chiqarish


Gulkaramdagi enzimlar organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi. O'z vaqtida chiqarib tashlanmagan toksik birikmalar hujayralarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o'z navbatida o'smalar paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi. Enzimlar gulkaramdagi vitamin va minerallar bilan birikib, uning saratonga qarshi kurashish xususiyatini kuchaytiradi.

Gulkaramning kaloriyasi juda past bo'lsa ham, to'yimlilik hissini beradi, shu tufayli uni semirishdan qo'rqmagan holda iste'mol qilish mumkin.

Kipr karami

Gulkaram ning vatani Kipr hisoblanadi , shuning uchun uni oldiniga "Kipr karami" deb atashgan. U 2500 yildan buyon iste'mol qilinadi. Gulkaram qadimiy Misr va Eronda yetishtirilgan. Keyin u Italiyada paydo bo'ladi, bu yerdan gulkaram XVI asrda butun Yevropa bo'ylab tarqaladi.

Hozirgi paytda sho'rvalar va sabzavotli taomlarning masallig'i sifatida ishlati ladi. Uni qaynatib pishirish va salatlarda pishirilmagan holda foydalanish mumkin.

Gulkaram o'zi nima?

Gulkaram fraktallar tushunchasini anglashga yordam beradigan tabiiy ob y ekt hisoblanadi. Uni matematika sohasiga 70-yillarda Yel universiteti olimi Benua Mandelbor kiritgan. O'ziga aynan o'xshashlik fraktalning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi, ya'ni bir butunning bir qismi - bu butunning kichraytirilgan nusxasidir. Shunday qilib, gulkaramdagi har bir to'pgul butun gulkaramning aksi hisoblanadi. Fraktallar tibbiyot, gidrologiya va moliya kabi turli sohalarda qo'llaniladi.

Mark Tven ushbu sabzavot haqida shunday degandi: « Gulkaram - bu oliy ma'lumotli oddiy karamning o'zi».

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
OLMA
« Javob #33 : 15 Oktyabr 2010, 10:01:40 »


Olma ko'pchiligimizning eng sevimli mevalarimizdan biri. Bunga hayron qolmasayam bo'ladi, chunki u nafaqat g'aroyib ta'mga ega shirin meva, balki shifobaxsh xususiyatga ega ne'mat hamdir. Sharq tabobatining buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino ham har kuni uxlashdan oldin bitta olma yeyishni tavsiya etgan. Olma turli-tuman vitaminlar, mikroelementlar va boshqa foydali moddalarning makoni hisoblanadi. Uning tarkibida C , B1 , B2 , P , E vitaminlari, karotin, kaliy, temir, marganets, kalsiy, pektinlar, qand moddasi, organik kislotalar mavjud .

Olma tarkibidagi pektin va tegishli tolalar tufayli qondagi xolesterin darajasini kamaytiradi. Bir dona archilmagan olmada 3,5 gr tola, ya'ni bir sutkada organizmga zarur bo'ladigan tolalar me'yorining 10% dan ko'pi mavjud. Archilgan olmada esa tolalar miqdori 2,7 gr ni tashkil etadi. Tolalarning erimaydigan molekulalari xolesteringa yopishib, ularning organizmdan chiqishiga yordam beradi va bu bilan tomirlarning tiqilib qolishi, yurak xurujlari xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga olmada pektinlar deb nomlanuvchi eriydigan tolalar ham bor, ular jigarda hosil bo'ladigan ortiqcha xolesterinni biriktiradi va organizmdan chiqarishga ko'maklashadi.

Olma po'stlog'ida katta miqdorda kversetin antioksidanti mavjud bo'lib, u C vitamini bilan birga erkin radikallarning organizmga zararli ta'sir ko'rsatishiga xalaqit beradi. Pektin olmaga uning asosiy himoya kuchini beruvchi modda ham hisoblanadi. U organizmga kiruvchi qo'rg'oshin va margimush kabi zararli moddalarni bog'laydi va organizmdan chiqaradi. Olmadagi erimaydigan tolalar ich qotishining oldini oladi va bu bilan yo'g'on ichak saratoni rivojlanishining oldini oladi.

Tadqiqotchilar kuniga 2 dona olma iste'mol qilish organizmdagi xolesterin miqdorini 16% ga kamaytirishini aniqlashgan. Xuddi shuncha olma kichik yoki o'rta boshli piyoz va 4 piyola ko'k choy bilan iste'mol qilinsa, yurak xuruji sodir bo'lishi xavfini 32% ga qisqartiradi.

An'anaga ko'ra olma me'da buzilishiga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi. U ovqat hazm bo'lishini me'yoriga keltiradi. Buning o'z sabablari bor: olmada ovqat hazm bo'lishiga yordam beruvchi olma va vino kislotasi mavjud.

Olma urug'lari yod moddasiga juda boy. Agar kuniga 5-6 dona olma urug'i iste'mol qilinsa, yodga bo'lgan bir kunlik ehtiyoj to'liq qondiriladi, deyishadi.

Olma avitaminoz, C vitamini miqdori kamayganida, kamqonlikda qo'llaniladi. Nordon olmalar sharbatidan nordon olma temir ekstrakti olinadi, undan kamqonlikda qo'llaniladi. Bundan tashqari olma siydik kislotasi hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, qo'l-oyoqlar zirqirab og'rishi, surunkali bod kasalliklarida yordam beradi. Olma qaynatmalari va damlamalarini ichish juda foydali hisoblanadi. Buning uchun olmani kesib, choyga solib ichishning o'zi ham kifoya.


Olmadagi fitonsidlar dizenteriya, tillarang stafilokokk, A grippi viruslarining qo'zg'atuvchilariga nisbatan faol bo'ladi. Fitonsidlarning mikroblarga qarshi faolligi mevaning o'rtasiga qarab ko'payib boradi. Shuningdek olmani infarktdan keyingi davrda iste ' mol qilish tavsiya etiladi.

Olma sharbati yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi kishilar uchun juda foydali. Sharbatda qon hosil qiluvchi elementlar ko'p. Yangi tayyorlangan olma sharbati safro haydash va siydik haydash xususiyatiga ega. Uni gepatoxoletsistit xastaligida, buyrakda tosh yig'ilganida, oshqozon-ichak kasalliklarida, ateroskleroz xastaligida, organizamdagi modda almashinuvi jarayonlari (semirish, artrit, qo'l-oyoqlarning zirqirab og'rishi) buzilganida ichish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, olma immun tizimini mustahkamlaydi va qondagi qand miqdorini ushlab turishga yordam beradi. Olmani ho'l meva ko'rinishida iste'mol qilgan ma'qul, biroq biroz termik ishlovdan keyin ham u o'zining oziq moddalarining aksariyatini saqlab qoladi. Olmani po'stidan ajratmaslikka harakat qiling, chunki unda, yuqorida aytib o'tganimizday, juda ko'p miqdorda pektin moddasi va tolalar mavjud.

Olma insult xavfini kamaytiradi. Uning bu xususiyati tarkibidagi fenolik kislotalari bilan bog'liq. Ular antioksidantlar guruhiga kiradi.Ushbu kislotalar tomirlarda tromblar hosil bo'lishining oldini oladi. Bir so'z bilan aytganda, olma sharbati sog'liqni mustahkamlash uchun ajoyib vositadir.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Anor
« Javob #34 : 15 Oktyabr 2010, 10:06:51 »


Anor yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri hisoblanadi . Uni qadim zamonlardan beri sevib iste'mol qilishadi. Tarkibida turli-tuman vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, mikroelementlar mavjud.

Anor daraxtini yetishtirish hamma tomondan yoqimli va foydali. Uni n g po'sti, po'chog'i va ildizlari shifobaxsh, barglarini damlab ichish mumkin, mevasi juda shirin. Quritilgan anor gullari choy sifatida damlab ichilsa, gipertoniklarga katta foyda beradi.

Anor donalarining sharbati askorbin kislotasiga (14 %gacha), boshqa meva kislotalariga, qand va taninlarga juda boy. Undan musallas, punsh va mevaning lotincha nomi sharafiga qo'yilgan grenadin ichimligi tayyorlanadi. Grenadin - bu anorning oddiy sharbati.


Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi, shu bois uni organizmning sillasi quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish yo'llari infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioaktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi.

Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi.

Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi. Agar maxsus tavsiyalar bo'lmasa, ichiga bir osh qoshiq asal solingan anor sharbatini kuniga bir stakandan ichish tayinlanadi. Diqqat: anor sharbati oshqozon yarasi kasalligida, oshqozon shirasining kislotalilik darajasi katta bo'lgan gastritda tavsiya etilmaydi ! Tabiiy anor sharbatiga biroz suv qo'shish lozim, chunki uning tarkibidagi kislotalar tish emalini yemirishga qodir.

Anor mevasi po'chog'idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig'lanishi holatida yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo'shimcha samara beradi. Tarkibida C vitamini juda ko'p miqdorda bo'lgan anor suvi organizmni mustahkamlaydi hamda ko'plab virusli kasalliklarning oldini olishda sitrusli mevalar sharbatidan qolishmaydi. Shuningdek anor ishtahani ochadi, uning urug'lari esa yurak mushaklarini mustahkamlaydi.

Anorning hamma qismlari foydali: po'chog'i ham, donalari ham, sharbati ham, danaklari ham, gullari ham, ildizi ham... U xo'l meva sifatida ham, murabbo ko'rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi . Anor o'z tarkibi va foydali xususiyatlariga ko'ra shu darajada noyobki, uni ham tibbiyotda, ham kosmetologiyada qo'llashadi.

Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog'lar, sepkillar, husnbuzarlarni yo'q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi.

Anor suvi organizmdagi moddalar almashinuvini rag'batlantirishga qodir. Agar uni uchga bir nisbatda smetanaga aralashtirib, har kuni krem sifatida qo'llanilsa, u terini oziqlantiradi va yoshartiradi.

Ammo esingizda bo'lsin, anor mevasi va po'stlog'idan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ko'p miqdorda iste'mol qilish bosh aylanishiga, umumiy darmonsizlikka, ko'ngil aynishiga, qusishga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Lavlagi
« Javob #35 : 15 Oktyabr 2010, 10:08:02 »


Barglari va ildizmevalari iste'mol qilinadi. Barcha qit'alarda uchraydi.

Kaloriyaliligi - 100 grammda 37 kkal

Lavlagining tarkibida uglevodlar, biriktiruvchi to'qimalar, kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C, B1, B5, B6, PP, E vitaminlari, foliy kislotasi, A provitamini mavjud.

Suyaklar mustahkam, tishlar sog'lom
Lavlagini iste'mol qilish suyaklar va tishlarning holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki unda kalsiy moddasi ko'p. Barchamizga ma'lumki, kaltsiy moddasi tanqisligi karies, raxit, osteoporoz kasalliklariga olib keladi va bolalardagi rivojlanish jarayonini buzadi.

Lavlagi tarkibidagi uglevodlar, C vitamini, kaliy va foliy kislotasining noyob birikmasi organizmni tozalaydi, charchoqni qoldiradi, anemiyaning oldini oladi hamda saraton xastaligidan himoya qiladi.

Lavlagi tarixidan

Lavlagining barcha zamonaviy navlari Uzoq Sharq va Hindistonda o'sadigan yovvoyi lavlagidan kelib chiqqan. Ushbu sabzavot to'g'risidagi ilk ma'lumotlar Vavilon davriga tegishli. Uni qadimgi greklar juda qadrlashgan va Apollon xudosiga qurbonlikka keltirishgan. Dastlab ovqatga faqat lavlagi barglari ishlatilgan, ildizmevasi esa davolash maqsadlarida qo'llanilgan. XIV asrda lavlagini shimoliy yevropada yetishtira boshlashadi. Napoleon I davrida qand lavlagi keng tarqaladi. Ayni paytda u qand olish bo'yicha shakarqamishdan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Lavlagi Sharqiy Yevropada eng lazzatli taom hisoblangan karam sho'rvaning (borshch) asosiy masallig'i hisoblanadi.

Rahmatnoma


Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Zaytun
« Javob #36 : 15 Oktyabr 2010, 10:13:24 »


Keyingi yillardagi tadqiqotlar zaytun mevasi nafaqat yoqimli taom, balki yaxshi sog'lik manbai ham ekanligini aniqladi. Zaytun mevasiga qo'shimcha ravishda, zaytun moyi ham muhim ozuqa manbaidir. Uning sog'likka keltiradigan foydalari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:
Yurak tomirlari va arterial sog'lik uchun foydalari
Zaytun mevasi va zaytun moyidagi ayrim yog' kislotalari mono-to'yinmagan hisoblanadi. Mono to'yinmagan yog' kislotalari tarkibida xolesterin bo'lmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi, balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson tanasi uchun muhim bo'lgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana shu xususiyati tufayli sog'lik muammolari bilan shug'ullanuvchi (Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan ko'p og'rigan davlatlarda iste'mol qilinadigan yog' kislotalarning kamida 30% omega-6 dan iborat bo'lishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning ahamiyatini yanada ko'proq oshiradi.

Bu sohada olib borilgan izlanipshar bir hafta davomida kuniga 25 millilitr (taxminan ikki choy qoshiq) tabiiy zaytun moyi iste'mol qilgan odamlarda kam miqdorda zichligi kichik lipo-protein (yomon xolesterin) va ko'p miqdorda antioksidlovchi mavjud bo'lishini aniqladi. Antioksidlovchilar tanadagi erkin radikallar deb nomlanadigan zararli moddalarni neytrallash va hujayra buzilishining oldini olishi sababli juda muhimdir. Ko'plab izlanishlarda yana shu narsa aniqlandiki, zaytun moyini iste'mol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak kasalligining oldini oladi.

Zaytun moyi qon oqimidagi zararli xolesterin (zichligi kichik lipoprotein) miqdorini kamaytirishi va foydali xolesterin (zichligi yuqori lipoprotein) miqdorini ko'paytirishi bois u yurak hamda arteriya qon tomir kasalliklari bilan og'riydigan bemorlarga ham tavsiya etiladi. Yurak va arteriya qon tomir kasalliklari ko'p uchraydigan mamlakatlarda odatda yuqori xolesterin tarkibli to'yingan yog'lar iste'mol qilinadi.

Bundan tashqari, zaytun moyi omega-6 ning omega-3 ga bo'lgan nisbatiga zarar yetkazmaydi. Omega-3 va omega-6 larning tanada muayyan miqdorda bo'lishi juda muhim, chunki bularning nisbatidagi har qanday nomutanosibliklar ko'pgina kasalliklar, ayniqsa, yurak, immun tizimi va saraton kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Shu sabablar tufayli ko'pchilik odamlar zaytun moyi sharofati bilan o'z salomatliklarini yaxshi ahvolda saqlab turishadi. Amerika Yurak salomatligi assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun ko'p miqdordagi mono-to'yinmagan yog'lar 30% gacha yog'i kamaytirilgan taomga muqobil bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi.

Saraton kasalligining oldini olishi

"The Archives of Internal Medicine" (Ichki tibbiyot arxivlari) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko'p miqdorda monoto'yinmagan yog' iste'mol qiladigan ayollarda ko'krak saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug'ilishi haqida yozadi. Buffalo universiteti hamda Nyu-York Davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o'simlik moylarida topiladigan yog', ya'ni b-sitosterol, prostatada saraton hujayralari paydo bo'lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, b-sitosterol hujayralar bo'linishiga buyruq beradigan hujayraning ichki aloqa tizimini kuchaytiradi va shu yo'sinda hujayra bo'linishi boshqarib bo'lmas darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldi olinishi mumkin. Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta'sirga ega ekanligini ko'rsatdi. Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun oshqozon kislotasi bilan reaksiyaga kirishishini aniqladilar. Oksford universiteti tadqiqotchilari yana shu narsani aniqlashdiki, zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining miqdorini ko'paytiradi va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o'sishi hamda saratondan himoya qiladi.

Artritning oldini olishi

Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, ko'p miqdorda zaytun moyi va pishirilgan sabzavot iste'mol qiladigan odamlarda revmatik poliartrit, bo'g'imlarning surunkali yallig'lanishi kasalligiga chalinish xavfi kam bo'lar ekan.



Zaytun moyi va suyaklar

Zaytun moyi tarkibida mavjud bo'lgan E, A, B, D va K vitaminlari kattalar va bolalarda suyaklarning o'sib rivojlanishiga yordam berishi va kaltsiy miqdorini barqarorlashtirish orqali suyaklarni mustahkamlashi nuqtai nazaridan ayniqsa ahamiyatlidir. Ular oson hazm bo'lishi va o'z minerallari orqali tanada vitaminlarning ishlatilishiga yordam berishi tufayli yoshi kattalarga ham tavsiya etiladi. U suyakning minerallanishini ko'paytirish orqali kaltsiy yo'qolishining oldini ham oladi. Suyaklar organizmning mineral struktura ombori hisoblanadi. Suyaklarda mineral moddalar to'planishining yo'qolishi suyakning mo'rtlashishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Zaytun moyi bu masalada eng foydali ta'sirga egadir.

Qarishning oldini olishi

Zaytun moyi tarkibidagi vitaminlar hujayrani yangilash xususiyatiga egaligi sababli ular qariyalarni davolashda hamda terini oziqlantirish va himoya qilishda ham ishlatiladi. Oziq-ovqatlar tanamizda energiyaga aylanishi sababli oksidlovchi deb nomlanadigan ma'lum moddalar hosil bo'ladi. Zaytun moyining tarkibida uchraydigan ko'p miqdordagi antioksidlovchilar zararli moddalar keltiradigan ziyonning oldini oladi, bizning hujayralarimizni yangilaydi va to'qima hamda organlarning qarishini keyinga suradi. Zaytun moyi E vitaminiga ham boy bo'lib, bu vitamin tanamizdagi hujayralarni nobud qiluvchi va qarishga sabab bo'luvchi erkin radikallarni yo'qotadi.

Bola rivojlanishiga qo'shadigan hissasi

Zaytun mevasi va zaytun moyida mavjud linoleik kislota (omega-6 yog' kislotasi) tufayli ular yangi tug'ilgan chaqaloq hamda o'sayotgan bolalar uchun sog'lom ozuqa hisoblanadi. Linoleik kislotaning yetishmasligi bolalikda o'sishdan orqaga qolishga va turli teri kasalliklarining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Zaytun moyi tarkibida tanamizdagi zararli moddalarning halokatli ta'siridan himoya qila oladigan antioksidlovchi elementlar va inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega yog' kislotalari mavjud. Bular tanadagi gormonlarga quvvat bo'ladi va hujayra membranasining shakllanishiga yordam beradi.

Zaytun moyi ona sutidagi kabi muvozanatlashgan polito'yinmagan tarkibga ega. Zaytun moyi inson tanasidan olib bo'lmaydigan yog' kislotalarning yetarli manbai bo'lganligi sababli bola tanasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu omillar zaytun moyining yangi tug'ilgan bolalar uchun juda muhimligini ko'rsatadi.

Bola miyasi va asab sistemasining tabiiy rivojlanishiga o'z hissasini qo'shishi bois, zaytun moyi mutaxassislar tomonidan homilador ayollar va onalarga iste'mol kilish uchun tavsiya etiladigan yagona moydir. Zaytun moyi tarkibida ona sutidagiga teng miqdorda linoleik kislota mavjud. Yog'siz sigir sutiga zaytun moyi qo'shilganda, u ona sutiga tenglashib, tabiiy ozuqa manbaiga aylanadi.

Qon bosimini tushirishi

2000 yil 27 martda "The Archives of Internal Medicine " (Ichki tibbiyot arxivlari) nashrida chop etilgan bir izlanish yana bir bor zaytun moyining yuqori qon bosimiga nisbatan foydali ta'siriga urg'u beradi. Yuqori qon bosimini tushirish uchun ishlatiladigan dorilar zaytun barglaridan ham tayyorlanadi.

Ichki a'zolar uchun foydasi

Zaytun moyi issiq yoki sovuq holda iste'mol qilinishidan qat'i nazar, oshqozon kislotasi miqdorini kamaytirish orqali oshqozonni gastrit va yaralar kabi kasalliklardan himoya qiladi. Shuningdek, o'tni harakatga keltirib, uning faoliyatini yaxshi-laydi. U o't pufagidan chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi va o't pufagida tosh paydo bo'lish xavfini kamaytiradi. Zaytun moyining tarkibida xlorid mavjud bo'lib, u jigar faoliyatiga yordam beradi va shu tariqa ortiqcha mahsulotlarni tanadan yo'qotishga ko'maklashadi. U miya arteriyalariga ham foydali ta'sir ko'rsatadi.

Bugungi kunda ko'pchilik olimlar zaytun moyiga asoslangan ovqatlanish tartibi ideal ozuqaviy modelni tashkil etadi, deb hisoblashadi. Bunday fazilatga ega zaytun mevasi va zaytun moyi har bir kishining kundalik ovqatlanish dasturidagi har bir taomning asosiy tarkibiy qismi bo'lishi kerak.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Anjir
« Javob #37 : 15 Oktyabr 2010, 10:14:25 »


Anjir tutdoshlar oilasiga kiruvchi subtropik daraxt hisoblanadi. Mevalari yong'oqsimon shaklda sariq yoki siyohrang-qora rangda bo'ladi. Mevalari pishganida diametri 5 sm, uzunligi 8 sm va og'irligi 30-70 grammni tashkil etib, mazasi juda shirin yoki nordon-shirin bo'ladi.

Anjirning foydali va shifobaxsh xususiyatlari undan xalq tabobatida keng foydalanish imkonini beradi.

Yangi uzilgan anjir mevasining kimyoviy tarkibi (foizlarda): suv - 83, qandlar -11,6 (asosan glyukoza va fruktoza, saxaroza juda kam miqdorda), oqsillar - 0,7, biriktiruvchi to'qimalar - 2,5, pektin moddalari - 5,4, organik kislotalar - 0,5 (limon, olma va sirka kislotalari), A, C, B1, B2 vitaminlari. Unda ko'plab mikroelementlar mavjud: natriy (18 mg%), kaliy (190 mg%), temir (3,2 mg%) va boshqalar.

Anjirning suv yoki sutdagi qaynatmasidan shamollashda, nafas olish yo'llaridagi yallig'lanish jarayonlari da foydalaniladi. Angina va milklar yallig'lanishida og'iz ushbu qaynatma yordamida chayiladi. Anjir mevalari oshqozon, buyrak holatini yaxshilaydi va siydik haydovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Yurak, qon-tomir tizimi kasalliklarida anjir juda katta foyda beradi, chunki u kaliy moddasiga boy. Kaliy qon tomirlaridagi zo'riqishni oladi, ularni bo'shashtiradi va kengaytiradi. Shuningdek anjir gipertoniyaning oldini olishda muhim rol o'ynaydi va vena yetishmovchiligida foydali. Anjir tarkibidagi fitsin fermenti qon quyulishini kamaytiradi hamda tomirdagi tromblarning yo'qolishiga ko'maklashadi. Anjir mevalari yengil ichni suradigan xususiyatga ega. U kuchli yurak urishini me'yorga keltiradi hamda qon ishlab chiqaruvchi yaxshi vosita hisoblanadi. Anjirning anemiya xastaligida, qorajigar va jigar kasalliklarida foydasi katta.

Anjirning sutli shirasini qabul qilish buyrakdagi qumni yuvib chiqaradi, u qiyin yo'qoladigan o'smalar va yiringli yaralarda tavsiya etiladi. Yangi uzilgan anjir mevasi kamqonlikning oldini oladi. Anjir barglari va ildizidan tayyorlangan vosita tsistit va siydik yo'li kasalliklarida shifo beradi.

Quritilgan va qoqlangan anjir mevasi xuddi konsentratga aylanganday bo'ladi. U nafaqat uglevodlarga boy, balki ba'zi navlarining tarkibida 6 g oqsillar, 1,5 g yog'lar (yog'li to'yinmagan kislotalar ko'rinishida) va 70 g qandlar mavjud bo'ladi. Bunday ko'rinishda u avvalo ozuqaviylik darajasi yuqori mahsulot hisoblanadi. Anjirning energetik qiymati 100 g mahsulotda 340 kkal ni tashkil etadi. Qadim zamonlardan buyon quritilgan anjir mevasi shamollashlarda terlatuvchi va haroratni tushiruvchi vosita sifatidan foydalanib kelingan.

Ammo anjir qandli diabet va oshqozon-ichak traktining o'tkir yallig'lanishida tavsiya etilmaydi, chunki tarkibida katta miqdorda qandlar va shovul kislotasi mavjud. Umuman olganda esa, anjir hech qanday asoratlarga olib kelmaydi va ushbu shirin dorini uzoq vaqt, masalan davomiy yo'talda (issiq sut bilan birga) yoki kamqonlikda qabul qilish mumkin.

Pishib yetilgan anjir mevasi juda nozik bo'lib, u olti soatdan uzoq saqlanmaydi. Shu bois yangi uzilgan anjir faqat yetishtiriladigan hududlarda iste'mol qilinadi, sanoat markazlariga transportirovka qilish uchun andir quritiladi va qoqlanadi. Quritish uchun to'liq pishib yetilgan mevalar tanlab olinadi. Quritilgan anjirning eng yaxshi sifatlisi, bu daraxtda qoqlanib uzib olingan mevalar hisoblanadi.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Baqlajon
« Javob #38 : 15 Oktyabr 2010, 10:15:50 »


Uzun siyohrang meva beruvchi bir yillik o'simlik, iliq iqlimni yaxshi ko'radi.

100 g baqlajonda - 18 kkal mavjud.

Baqlajon biriktiruvchi to'qimalar, qalsiy, kaliy, fosfor, PP , A, B 1 , B 2 vitaminlarining manbai hisoblanadi .

Baqlajon tarkibida miya hujayralarini shikastlanishdan saqlaydigan juda kuchli antioksidantlar bor. Ular miyani erkin radikallardan himoya qiladi, oziqlantiruvchi moddalar uzatilishini va organizmdan toksinlarning chiqarilishini yengillashtiradi.

Baqlajonni iste'mol qilish qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Tarixdan

V asrda Xitoydagi zodagon ayollarda kumushrang-qora tabassum juda urf bo'lgan. Modaparast ayollar bunga to'q siyohrang baqlajonning po'stini tishlariga ishqalab surish orqali erishishgan.

Baqlajonni eramizdan oldingi V asrdayoq Xitoy va Hindistonda yetishtira boshlashgan. Uzun karvonlar ushbu sabzavotni Shimoliy Afrikaga yetkazib bergan. U yerdan esa baqlajon arab mustamlakachilari bilan birga Ispaniyaga borib qolgan. O'rta asrlarda baqlajonlarni faqat dekorativ o'simlik sifatida parvarish qilishgan, chunki o'sha paytdagi shifokorlar ularni bezgak va epilepsiya xastaliklarini keltirib chiqaradi deb o'ylaganlar. Vaqt o'tishi bilan baqlajon sharq va o'rta yer dengizi xalqlarining taomlarida ishlatiladigan asosiy sabzavotlardan biriga aylandi.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Makkajo'hori
« Javob #39 : 15 Oktyabr 2010, 10:21:05 »


Ushbu o'simlikni iste'molga yaroqli donlarni olish uchun yetishtirishadi. U bug'doy va sholidan keyin turadigan eng muhim don hisoblanadi.


100 g makkajo'xorida - 97 kkal mavjud.

Tarkibida ko'p miqdorda uglevodlar, biriktiruvchi to'qimalar, oqsil, B guruhi vitaminlari, E vitamini, kaliy, fosfor, magniy, temir va rux moddalari bor.

Yoshlikni qaytaruvchi mo'jiza

Makkajo'xori tarkibida ko'p miqdorda mavjud bo'lgan magniy moddasi inson organizmining keksayishi bilan bog'liq xastaliklar yuzaga kelganida ushbu element tanqisligini juda yaxshi to'ldiradi. 150 gramm makkajo'xori B 1 vitaminining kattalar uchun zarur bo'lgan miqdorining 25% ga yaqinini ta'minlaydi. Shuningdek unda asosiy antioksidant, ya'ni ateroskleroz kasalligining oldini oluvchi E vitamini bor. Makkajo'xorini iste'mol qilib turish yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va saraton kasalligidan himoya qiladi. Makkajo'xoridagi uglevodlar organizmda yog' qatlamlarini hosil qilmagan holda, uni quvvat bilan ta'minlaydi.

Men xortirjam va sarvqomatman!

Makkajo'xori stressga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Uning tarkibida asab tizimi, mushaklar, yurak faoliyatiga hamda qonda qizil hujayralarning ishlab chiqarilishiga ta'sir qiluvchi B guruhi vitaminlari, ayniqsa juda ko'p miqdorda B 1 vitamini mavjud.

Tarixdan


Makkajo'xorining vatani Markaziy Amerika hisoblanadi. Uni eramizdan oldingi 7000 yillardayoq yetishtira boshlashgan. U Mayya, Astek va Ink kabi amerika qabilalarining asosiy ozuqasi hamda madaniyatining bir qismi bo'lgan. Asteklar afsonasida Quyosh xudosi oltin do'lni (makkajo'xorini) odamlarni boqish uchun yuborgani hikoya qilinadi.

Makkajo'xorini Yevropaga Yangi dunyoning boshqa g'aroyibotlari bilan birga Kolumb olib kelgan. Oldiniga uni "hindular bug'doyi" deb atashgan. XVI asrda uni frantsuzlar va italyanlar yetishtira boshlaydi. Ispanlar va portugalliklar tufayli makkajo'xori Afrikaga borib qoladi.

Oldiniga makkajo'xori uncha omambop bo'lmagan, faqat undan olinadigan un qadrlangan xolos.

XIX asrdagina makkajo'xori ommaviy ravishda iste'mol qilina boshlandi.

Bugungi kunda makkajo'xori pazandachilikda juda keng qo'llaniladi. Makkajo'xori unidan non va pechenelar, shuningdek italyan polentasi tayyorlanadi. Shuningdek u meksika tortilyaslarining asosini tashkil etadi. Ulardan tako va enchilada kabi meksikancha taomlar tayyorlanadi. Makkajo'xori salatlarga qo'shiladi, iliq holda go'shtli taomlar bilan birga tortiladi. Uni popkorn va makkajo'xori yormasi ko'rinishida iste'mol qilishadi. Bundan tashqari, makkajo'xorini burbon ichimligini tayyorlashda qo'llashadi.

Kuniga 300 millionta - Meksikada kuniga aynan shuncha tortilyas iste'mol qilinadi. Agar hisoblab chiqadigan bo'lsak, bu yiliga 100 milliard dona tortilyasni tashkil etadi!

Tomorqadagi ma'buda . Hindular loviya va qovoq bilan birga makkajo'xorini ham dehqonchilik ma'budalaridan biri deb hisoblashgan. Ular makkajo'xorini hamma narsada ishlatishgan:

  • donlarini - ozuqa sifatida, o'simlik moyi, alkogol ishlab chiqarish uchun hamda bezak sifatida;
    • barglarini - matraslarning ichini to'ldirish, qo'g'irchoq va mokasin tayyorlash uchun;
    • marhumlar och qolmasligi uchun ularning og'ziga makkajo'xori donlari qo'yilgan.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Qora smorodina
« Javob #40 : 15 Oktyabr 2010, 10:24:46 »

Qora smorodina mevalari tarkibida B, P vitaminlari, A provitamini (karotin 3 mg% gacha), qand moddasi, pektin moddalari, fosfor kislotasi, efir moyi, K guruhi vitamini, karotin moddalari mavjud. U kaliy tuzlariga boy bo'lib, fosfor va temir tuzlari ham bor. Smorodina barglarida fitonsidlar, magniy, marganets, oltingugurt, kumush, mis, qo'rg'oshin, efir moyi va C vitamini (250 mg%) mavjud . C vitaminiga to'xtaladigan bo'lsak, qora smorodina bu borada boshqa o'simliklar orasida yetakchi hisoblanadi. Odamning askorbin kislotasiga bo'lgan bir sutkalik ehtiyojini ta'minlash uchun 15-20 dona smorodina mevasini iste'mol qilishning o'zi yetarli bo'ladi. Shuningdek ushbu o'simlik mevasi va barglaridan tibbiy maqasdlarda ham foydalaniladi.

Smorodinani qo'llash va uning xususiyatlari

Qora smorodina tarkibidagi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar miqdoriga ko'ra barcha mevalardan o'zib ketgan. Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida qora smorodina mevalari diabet paydo bo'lishining oldini olish xususiyatiga ega ekani aniqlangan. Smorodinani aynan shu xussiyatlari uchun turli kasalliklarda darmonsiz bo'lib qolgan organizmni mustahkamlash va sog'lomlashtirishga mo'ljallangan funktsional ozuqa mahsulotlariga qo'shishadi.

Shuningdek qora smorodinada saraton xastaliklari va Alsgeymer kasalligi paydo bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi, yurak va tomir xastaliklaridan himoyalovchi hamda ko'zning o'tkirligini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi xususiyatlar borligi ham aniqlangan.

Bundan tashqari, uning barg va mevalari buyrakdagi toshlarni chiqarib tashlashda, jigar va nafas olish yo'llari xastaliklarida foydalaniladi. Smorodina mevasini iste'mol qilish ateroskleroz xastaligida juda katta foyda beradi.

Smorodina tarkibidagi C vitamini organizmning normal hayot faoliyati uchun juda muhim. Ushbu vitamin hamda antotsianidinlar juda kuchli antioksidlovchi xususiyatga ega. Shu bilan birga smorodinada yallig'lanishga qarshi va dezinfeksiyalovchi qobiliyat ham bor. Uning suvi anginani davolashda qo'llaniladi. Xalq tabobatida ushbu mevadan giyohli choy damlamasi hamda diareya va haroratni tushirish uchun dorilar tayyorlanadi.

Qora smorodina olimlar tomonidan salomatlik uchun eng foydali bo'lgan meva sifatida tan olingan. U immunitetni hamda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatini oshiradi.

Smorodinaning ushbu foydali xossalari uni qayta ishlash va konservalash jarayonida ham saqlanib qoladi.

Qora smorodina yaxshigina tiklovchi vosita ham hisoblanadi, xususan uning s harbati darmonsiz va yaqinda jarrohlik amaliyotidan o'tgan bemorlarga katta yordam beradi.

Qora smorodina mevalaridan tayyorlangan qaynatmalar kamqonlikda, gipertoniya xastaligi, milklarning qonashi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit kabi kasalliklarda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Turli toshmalar va teri kasalliklarida smorodina barglari qaynatilib vanna qilinadi. Smorodina barglaridan tayyorlangan damlamalar organizmni siydik va purin kislotasidan xalos qiladi. Shuningdek, undan terlatuvchi, yengil ichni suruvchi vosita sifatida foydalaniladi va qon ketishlarida hamda moddalar almashinuvi buzilganida qo'llaniladi. Qora smorodina suvi yo'talda asal yoki qand qo'shilib iste'mol qilinadi.

Smorodina tirnoqlarni ham mustahkamlaydi, buning uchun uning mevasi tirnoq plastinasiga va uning atrofidagi teriga ishqalab suriladi.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Kartoshka
« Javob #41 : 15 Oktyabr 2010, 10:26:48 »


Kartoshka universal ovqat bo'lishdan tashqari (uni qovurish, dimlash, olovda toblab pishirish, qaynatish mumkin), o'z xususiyatlari ga ko'ra noyob sabzavot ham hisoblanadi. Har bir kartoshka mevasi tarkibida 20-25% kraxmal moddasi hamda inson organizmi mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydigan mineral tuzlar va aminokislotalar mavjud .

Xalq tabobati allaqachonoq kartoshkani kundalik davolovchi ozuqalar ro'yxatiga kiritgan - uni qon aylanishi, bosimi va buyragida muammolari bor kishilarga ko'proq tavsiya etishadi.

Kartoshkaning yangi olingan sharbati oshqozon yarasi kasalligida yordam beradi, u yarani tuzatish xususiyatiga ega. Shuningdek kartoshka shamollashda va tumovda qo'llaniladi. Esingizdami, bolaligimizda buvimiz yoki oyimiz bizni kartoshka po'sti qaynayotgan kastryulyaga yaqinlashtirib, nafas olishga majbur etardi. Shundan so'ng ertalabgacha tumovning izi ham qolmasdi.

Bundan trashqari, tanadagi kuygan yoki qadoq joylar tezroq tuzalishi uchun xom kartoshkaning yarmi o'sha yerga bog'lab qo'yiladi. Aytish joizki, bu televizorda reklama qilinayotgan surmadorilarga qaraganda tez va arzonga tushadi.

Xalq tabobatida kartoshkadan bavosil (ya'ni gemorroy) kasalligini davolashda ham foydalaniladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra yer yuzidagi aholining 20% ushbu xastalikdan aziyat chekar ekan. Ertalablari xom kartoshkaning suvini ichish, uxlashga yotganda esa kartoshkadan tayyorlangan svechalarni (shamsimon dori) qo'yish tavsiya etiladi.

Ko'rish qobiliyatini yaxshilash uchun yangi unib chiqqan kartoshka niholi aroqqa solinib, nastoyka (bir osh qoshiqqa bir stakan aroq) tayyorlanadi. Bir choy qoshiqdan kuniga uch mahal qabul qilish tavsiya etiladi.

Oxirgi paytlarda dori-darmon narxlari oshib borayotgani bois, aholi o'rtasida xalq tabobati ommalashib ketmoqda. Axir ajdodlarimiz turli-tuman aspirin, koldreks va boshqa modaga aylangan dorilarni tushlarida ham ko'rishmagan. Shunga qaramasdan, tabiat insonga yashashi uchun barcha zarur narsalarni bergan deb hisoblab, giyohlar va sabzavotlar bilan davolanishgan.

Sarimsoq piyoz, piyoz, karam, kartoshka, sabzi, lavlagi - bularning barchasi ancha arzon va kuchli tabiiy dorilar hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zlarining kimyoviy analoglariga qaraganda ular mutlaqo bezarar (albatta, ularni yetishtirishda kimyoviy dori qo'shilmaganlari). Xalq tabobati vositalari zamonaviy dorilardan hech narsada qolishmaydi.

Yagona farqi shundaki, ular tayyor holatda sotiladi. Agar oshqozon yarasini davolash uchun ikkita hapdorini yutishning o'zi kifoya bo'lsa, xuddi shu kasallikni yaxshi davolaydigan karam suvini siqib olishga to'g'ri keladi. Bu esa hatto o'z salomatligi uchun ham erinchoqlik qiladigan zamonaviy odamni vaqt va kuch ishlatishga majbur etadi.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Qovoq
« Javob #42 : 15 Oktyabr 2010, 10:28:30 »


Qovoq bir necha ming yildan buyon yetishtirib kelinayotgan sabzavot hisoblanadi. Vatani Amerika, 20 ga yaqin navlari mavjud.

100 g qovoqda - 19 kkal bor.

Tarkibida sellyuloza, oqsil, karotin, kalsiy, temir, magniy, fosfor moddalari va A, B1, B2, PP va C vitaminlari mavjud.

Qovoq o'z tarkibidagi ko'p miqdordagi sellyuloza, suv va biriktiruvchi to'qimalari tufayli ozish uchun yordam beradigan parhezlarda ko'p qo'llaniladi. U ovqat hazm bo'lish jarayonlarini tezlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadigan ortiqcha mahsulotlarni yo'q qiladi hamda organizmdagi suv balansini tartibga soladi.

Mineral tuzlar va vitaminlarga boy qovoq tarkibida oqsil moddalar, to'yinmagan omega-3 yog'li kislotalari, selen, magniy, rux, shuningdek C vitamini va B guruhi vitaminlari mavjud bo'lgan ajoyib qimmatli urug'larga ham ega. Qovoqning urug'lari ko'pgina tanosil tizimi kasalliklarini davolashga yordam beradi. Peshob haydash, safro haydash ta'siriga ega bo'lib, parazitlarni yo'q qiladi.

Shveysariyada har yili eng katta qovoq tanlovi o'tkaziladi. Tanlovga taqdim etiladigan qovoqlar yildan yilga kattalashib bormoqda. Endilikda ularning vazni 450 kg ga yaqin.

Bugungi kunda ommalashib ketgan va Amerikaga qiyos qilinadigan Xellouin bayramiga Barcha Avliyolar Kuni arafasida, ya'ni 31 oktabrda keltlar asos solganini hamma ham bilmasa kerak. Ular shu kuni marhumlarning ruhlari tiriklarning tanalari bilan birlashish uchun qaytishlariga ishonishgan va bunga xalaqit berish maqsadida, kechqurun Xellouin bayrami arafasida niqoblardan foydalanishgan hamda shaytonlarni qo'rqitadigan liboslarga burkanishgan. Keltlar gulxan atrofida raqs tushib, qichqirgan holda marhumlarning ruhlarini quvishga urinishgan. Amerikaga ushbu bayram irlandiyalik muhojirlar bilan birga faqat XIX asrdagina kirib kelgan.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Selderey
« Javob #43 : 15 Oktyabr 2010, 10:30:24 »


Ovqatga sharsimon shakldagi ildizi hamda xushbo'y barglari va poyasi ishlatiladi.

100 g seldereyda 18 kkal mavjud.

Tarkibida kaliy, rux , kalsiy, temir, fosfor, magniy, C vitamini, B, PP, E guruhi vitaminlari va A provitamini kabi muhim mineral moddalar juda ko'p.

Qon bosimini tartibga soladi.
Xitoy tibbiyotida selderey yuqori qon bosimini davolovchi dori sifatida foydalanilgan. Olib borilgan tadqiqotlar seldereyda arterial bosimni tartibga soladigan moddalar borligini tasdiqladi.



Immunitetni oshiradi.
Selderey tarkibida bizning immun tizimimizga ta'sir qiladigan S vitamini mavjud. U organizmning shamollash va yallig'lanishlarga bo'lgan qarshiligini oshiradi.

Yaxshi kayfiyat .
Ayniqsa pishirilmagan yangi uzilgan seldereyning shifobaxsh xususiyatlari katta. U oshqozon kasalliklarida, revmatizm, semirish, qovuq kasalliklarida juda foydali. Seldereydan tayyorlangan salatlar va sharbatlar salomatlikni saqlash uchun ajoyib vosita hisoblanadi, u organizmni toksinlardan samarali tozalaydi. Shuningdek, selderey shirasidan tayyorlangan kompress ko'kargan va shilingan joylarni tuzatishga yordam beradi.

Tabiiy afrodiziak.
Qadim zamonlardanoq selderey afrodiziak hisoblangan. Erkaklarga ovqatlariga selderey qo'shib yeyishni, ayollarga esa uning barglaridan gulchambar to'qib sochlariga taqishni tavsiya etamiz.



Dorixonadan oshxonaga
Selderey Yevropa va Osiyoda botqoq joylarda o'suvchi yovvoyi o'simlikdan kelib chiqqan. Oldiniga undan shifobaxsh giyoh sifatida foydalanishgan, shuningdek u dasturxonni bezash uchun ishlatilgan. Faqat XVII asrdagina seldereyni ozuqa sifatida ishlata boshlashdi. Amerikaga selderey XIX asr boshlarida kelib qoladi. Bugungi kunda uning ikki xil turi yetishtiriladi: ildizli va poyali turlari.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3281
  • Xabarlar: 4043
  • Jins: Erkak
Sabzi
« Javob #44 : 15 Oktyabr 2010, 10:31:50 »


Ikki yillik sabzavot, to'q sariq va sariq ildizmeva beradi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Amerikada o'sadi.

O'tkir ko'zlar

Kaloriyaliligi - 31 kkal

Sabzining tarkibida uglevodlar, oqsil, karotin, B1, B2, B6, C, E, N, K, PP vitaminlari hamda kalsiy, temir, kaliy, mis moddalari mavjud . Qimmatli vitaminlar va mineral tuzlarning birikmasi tufayli anemiyaning oldini oladi va ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi .



Tillarang sabzavot

Boshqa sabzavotlarga qaraganda sabzida beta-karotin miqdori juda ko'p. Shu tufayli sabzini iste'mol qilish organizmning ultrabinafsha nurlarning zararli ta'siriga qarshiligini kuchaytiradi, teriga silliqlik va tiniqlik baxsh etadi.

Birinchi sabzi qora rangda bo'lgan!

Sabzining vatani Osiyo. Qadim zamonlardan uni yunonlar va rimliklar davolash vositasi sifatida qo'llashgan. U paytlarda sabzi deyarli qora rangda bo'lgan. Mutatsiya natijasida esa uning hozirgi sariq navlari paydo bo'lgan. Faqat XVIII asrdagina fransuz bog'bonlarining sharofati bilan sabzi o'zining ishtahani ochadigan to'q sariq rangiga ega bo'ldi.

Sabzidan bijuteriya?!

Angliyada qirolicha Yelizaveta I davrida sabzi gullari, barglari va ildizmevasidan ko'ylaklar va shlyapalarni bezash uchun foydalanilgan.

 

Mevalar tilidan...

Muallif Muhammad AminBo'lim She'riyat

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 3320
So'nggi javob 08 Aprel 2008, 16:45:58
muallifi Muhammad Amin