MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.  ( 162085 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Habib  15 Oktyabr 2010, 10:24:46


Qora smorodina mevalari tarkibida B, P vitaminlari, A provitamini (karotin 3 mg% gacha), qand moddasi, pektin moddalari, fosfor kislotasi, efir moyi, K guruhi vitamini, karotin moddalari mavjud. U kaliy tuzlariga boy bo'lib, fosfor va temir tuzlari ham bor. Smorodina barglarida fitonsidlar, magniy, marganets, oltingugurt, kumush, mis, qo'rg'oshin, efir moyi va C vitamini (250 mg%) mavjud . C vitaminiga to'xtaladigan bo'lsak, qora smorodina bu borada boshqa o'simliklar orasida yetakchi hisoblanadi. Odamning askorbin kislotasiga bo'lgan bir sutkalik ehtiyojini ta'minlash uchun 15-20 dona smorodina mevasini iste'mol qilishning o'zi yetarli bo'ladi. Shuningdek ushbu o'simlik mevasi va barglaridan tibbiy maqasdlarda ham foydalaniladi.

Smorodinani qo'llash va uning xususiyatlari

Qora smorodina tarkibidagi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar miqdoriga ko'ra barcha mevalardan o'zib ketgan. Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida qora smorodina mevalari diabet paydo bo'lishining oldini olish xususiyatiga ega ekani aniqlangan. Smorodinani aynan shu xussiyatlari uchun turli kasalliklarda darmonsiz bo'lib qolgan organizmni mustahkamlash va sog'lomlashtirishga mo'ljallangan funktsional ozuqa mahsulotlariga qo'shishadi.

Shuningdek qora smorodinada saraton xastaliklari va Alsgeymer kasalligi paydo bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi, yurak va tomir xastaliklaridan himoyalovchi hamda ko'zning o'tkirligini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi xususiyatlar borligi ham aniqlangan.

Bundan tashqari, uning barg va mevalari buyrakdagi toshlarni chiqarib tashlashda, jigar va nafas olish yo'llari xastaliklarida foydalaniladi. Smorodina mevasini iste'mol qilish ateroskleroz xastaligida juda katta foyda beradi.

Smorodina tarkibidagi C vitamini organizmning normal hayot faoliyati uchun juda muhim. Ushbu vitamin hamda antotsianidinlar juda kuchli antioksidlovchi xususiyatga ega. Shu bilan birga smorodinada yallig'lanishga qarshi va dezinfeksiyalovchi qobiliyat ham bor. Uning suvi anginani davolashda qo'llaniladi. Xalq tabobatida ushbu mevadan giyohli choy damlamasi hamda diareya va haroratni tushirish uchun dorilar tayyorlanadi.

Qora smorodina olimlar tomonidan salomatlik uchun eng foydali bo'lgan meva sifatida tan olingan. U immunitetni hamda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatini oshiradi.

Smorodinaning ushbu foydali xossalari uni qayta ishlash va konservalash jarayonida ham saqlanib qoladi.

Qora smorodina yaxshigina tiklovchi vosita ham hisoblanadi, xususan uning s harbati darmonsiz va yaqinda jarrohlik amaliyotidan o'tgan bemorlarga katta yordam beradi.

Qora smorodina mevalaridan tayyorlangan qaynatmalar kamqonlikda, gipertoniya xastaligi, milklarning qonashi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit kabi kasalliklarda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Turli toshmalar va teri kasalliklarida smorodina barglari qaynatilib vanna qilinadi. Smorodina barglaridan tayyorlangan damlamalar organizmni siydik va purin kislotasidan xalos qiladi. Shuningdek, undan terlatuvchi, yengil ichni suruvchi vosita sifatida foydalaniladi va qon ketishlarida hamda moddalar almashinuvi buzilganida qo'llaniladi. Qora smorodina suvi yo'talda asal yoki qand qo'shilib iste'mol qilinadi.

Smorodina tirnoqlarni ham mustahkamlaydi, buning uchun uning mevasi tirnoq plastinasiga va uning atrofidagi teriga ishqalab suriladi.

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 10:26:48



Kartoshka universal ovqat bo'lishdan tashqari (uni qovurish, dimlash, olovda toblab pishirish, qaynatish mumkin), o'z xususiyatlari ga ko'ra noyob sabzavot ham hisoblanadi. Har bir kartoshka mevasi tarkibida 20-25% kraxmal moddasi hamda inson organizmi mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydigan mineral tuzlar va aminokislotalar mavjud .

Xalq tabobati allaqachonoq kartoshkani kundalik davolovchi ozuqalar ro'yxatiga kiritgan - uni qon aylanishi, bosimi va buyragida muammolari bor kishilarga ko'proq tavsiya etishadi.

Kartoshkaning yangi olingan sharbati oshqozon yarasi kasalligida yordam beradi, u yarani tuzatish xususiyatiga ega. Shuningdek kartoshka shamollashda va tumovda qo'llaniladi. Esingizdami, bolaligimizda buvimiz yoki oyimiz bizni kartoshka po'sti qaynayotgan kastryulyaga yaqinlashtirib, nafas olishga majbur etardi. Shundan so'ng ertalabgacha tumovning izi ham qolmasdi.

Bundan trashqari, tanadagi kuygan yoki qadoq joylar tezroq tuzalishi uchun xom kartoshkaning yarmi o'sha yerga bog'lab qo'yiladi. Aytish joizki, bu televizorda reklama qilinayotgan surmadorilarga qaraganda tez va arzonga tushadi.

Xalq tabobatida kartoshkadan bavosil (ya'ni gemorroy) kasalligini davolashda ham foydalaniladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra yer yuzidagi aholining 20% ushbu xastalikdan aziyat chekar ekan. Ertalablari xom kartoshkaning suvini ichish, uxlashga yotganda esa kartoshkadan tayyorlangan svechalarni (shamsimon dori) qo'yish tavsiya etiladi.

Ko'rish qobiliyatini yaxshilash uchun yangi unib chiqqan kartoshka niholi aroqqa solinib, nastoyka (bir osh qoshiqqa bir stakan aroq) tayyorlanadi. Bir choy qoshiqdan kuniga uch mahal qabul qilish tavsiya etiladi.

Oxirgi paytlarda dori-darmon narxlari oshib borayotgani bois, aholi o'rtasida xalq tabobati ommalashib ketmoqda. Axir ajdodlarimiz turli-tuman aspirin, koldreks va boshqa modaga aylangan dorilarni tushlarida ham ko'rishmagan. Shunga qaramasdan, tabiat insonga yashashi uchun barcha zarur narsalarni bergan deb hisoblab, giyohlar va sabzavotlar bilan davolanishgan.

Sarimsoq piyoz, piyoz, karam, kartoshka, sabzi, lavlagi - bularning barchasi ancha arzon va kuchli tabiiy dorilar hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zlarining kimyoviy analoglariga qaraganda ular mutlaqo bezarar (albatta, ularni yetishtirishda kimyoviy dori qo'shilmaganlari). Xalq tabobati vositalari zamonaviy dorilardan hech narsada qolishmaydi.

Yagona farqi shundaki, ular tayyor holatda sotiladi. Agar oshqozon yarasini davolash uchun ikkita hapdorini yutishning o'zi kifoya bo'lsa, xuddi shu kasallikni yaxshi davolaydigan karam suvini siqib olishga to'g'ri keladi. Bu esa hatto o'z salomatligi uchun ham erinchoqlik qiladigan zamonaviy odamni vaqt va kuch ishlatishga majbur etadi.

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 10:28:30



Qovoq bir necha ming yildan buyon yetishtirib kelinayotgan sabzavot hisoblanadi. Vatani Amerika, 20 ga yaqin navlari mavjud.

100 g qovoqda - 19 kkal bor.

Tarkibida sellyuloza, oqsil, karotin, kalsiy, temir, magniy, fosfor moddalari va A, B1, B2, PP va C vitaminlari mavjud.

Qovoq o'z tarkibidagi ko'p miqdordagi sellyuloza, suv va biriktiruvchi to'qimalari tufayli ozish uchun yordam beradigan parhezlarda ko'p qo'llaniladi. U ovqat hazm bo'lish jarayonlarini tezlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadigan ortiqcha mahsulotlarni yo'q qiladi hamda organizmdagi suv balansini tartibga soladi.

Mineral tuzlar va vitaminlarga boy qovoq tarkibida oqsil moddalar, to'yinmagan omega-3 yog'li kislotalari, selen, magniy, rux, shuningdek C vitamini va B guruhi vitaminlari mavjud bo'lgan ajoyib qimmatli urug'larga ham ega. Qovoqning urug'lari ko'pgina tanosil tizimi kasalliklarini davolashga yordam beradi. Peshob haydash, safro haydash ta'siriga ega bo'lib, parazitlarni yo'q qiladi.

Shveysariyada har yili eng katta qovoq tanlovi o'tkaziladi. Tanlovga taqdim etiladigan qovoqlar yildan yilga kattalashib bormoqda. Endilikda ularning vazni 450 kg ga yaqin.

Bugungi kunda ommalashib ketgan va Amerikaga qiyos qilinadigan Xellouin bayramiga Barcha Avliyolar Kuni arafasida, ya'ni 31 oktabrda keltlar asos solganini hamma ham bilmasa kerak. Ular shu kuni marhumlarning ruhlari tiriklarning tanalari bilan birlashish uchun qaytishlariga ishonishgan va bunga xalaqit berish maqsadida, kechqurun Xellouin bayrami arafasida niqoblardan foydalanishgan hamda shaytonlarni qo'rqitadigan liboslarga burkanishgan. Keltlar gulxan atrofida raqs tushib, qichqirgan holda marhumlarning ruhlarini quvishga urinishgan. Amerikaga ushbu bayram irlandiyalik muhojirlar bilan birga faqat XIX asrdagina kirib kelgan.

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 10:30:24



Ovqatga sharsimon shakldagi ildizi hamda xushbo'y barglari va poyasi ishlatiladi.

100 g seldereyda 18 kkal mavjud.

Tarkibida kaliy, rux , kalsiy, temir, fosfor, magniy, C vitamini, B, PP, E guruhi vitaminlari va A provitamini kabi muhim mineral moddalar juda ko'p.

Qon bosimini tartibga soladi.
Xitoy tibbiyotida selderey yuqori qon bosimini davolovchi dori sifatida foydalanilgan. Olib borilgan tadqiqotlar seldereyda arterial bosimni tartibga soladigan moddalar borligini tasdiqladi.



Immunitetni oshiradi.
Selderey tarkibida bizning immun tizimimizga ta'sir qiladigan S vitamini mavjud. U organizmning shamollash va yallig'lanishlarga bo'lgan qarshiligini oshiradi.

Yaxshi kayfiyat .
Ayniqsa pishirilmagan yangi uzilgan seldereyning shifobaxsh xususiyatlari katta. U oshqozon kasalliklarida, revmatizm, semirish, qovuq kasalliklarida juda foydali. Seldereydan tayyorlangan salatlar va sharbatlar salomatlikni saqlash uchun ajoyib vosita hisoblanadi, u organizmni toksinlardan samarali tozalaydi. Shuningdek, selderey shirasidan tayyorlangan kompress ko'kargan va shilingan joylarni tuzatishga yordam beradi.

Tabiiy afrodiziak.
Qadim zamonlardanoq selderey afrodiziak hisoblangan. Erkaklarga ovqatlariga selderey qo'shib yeyishni, ayollarga esa uning barglaridan gulchambar to'qib sochlariga taqishni tavsiya etamiz.



Dorixonadan oshxonaga
Selderey Yevropa va Osiyoda botqoq joylarda o'suvchi yovvoyi o'simlikdan kelib chiqqan. Oldiniga undan shifobaxsh giyoh sifatida foydalanishgan, shuningdek u dasturxonni bezash uchun ishlatilgan. Faqat XVII asrdagina seldereyni ozuqa sifatida ishlata boshlashdi. Amerikaga selderey XIX asr boshlarida kelib qoladi. Bugungi kunda uning ikki xil turi yetishtiriladi: ildizli va poyali turlari.

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 10:31:50



Ikki yillik sabzavot, to'q sariq va sariq ildizmeva beradi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Amerikada o'sadi.

O'tkir ko'zlar

Kaloriyaliligi - 31 kkal

Sabzining tarkibida uglevodlar, oqsil, karotin, B1, B2, B6, C, E, N, K, PP vitaminlari hamda kalsiy, temir, kaliy, mis moddalari mavjud . Qimmatli vitaminlar va mineral tuzlarning birikmasi tufayli anemiyaning oldini oladi va ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi .



Tillarang sabzavot

Boshqa sabzavotlarga qaraganda sabzida beta-karotin miqdori juda ko'p. Shu tufayli sabzini iste'mol qilish organizmning ultrabinafsha nurlarning zararli ta'siriga qarshiligini kuchaytiradi, teriga silliqlik va tiniqlik baxsh etadi.

Birinchi sabzi qora rangda bo'lgan!

Sabzining vatani Osiyo. Qadim zamonlardan uni yunonlar va rimliklar davolash vositasi sifatida qo'llashgan. U paytlarda sabzi deyarli qora rangda bo'lgan. Mutatsiya natijasida esa uning hozirgi sariq navlari paydo bo'lgan. Faqat XVIII asrdagina fransuz bog'bonlarining sharofati bilan sabzi o'zining ishtahani ochadigan to'q sariq rangiga ega bo'ldi.

Sabzidan bijuteriya?!

Angliyada qirolicha Yelizaveta I davrida sabzi gullari, barglari va ildizmevasidan ko'ylaklar va shlyapalarni bezash uchun foydalanilgan.

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 10:33:20



Bir yillik o'simlik, ovqatga ismaloq barglari ishlatiladi.

Xavfsiz temir moddasi

Kaloriyaliligi - 17 kkal


Ismaloq tarkibida biriktiruvchi to'qimalar, kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, natriy, temir, rux, ftor moddalari, C, B1, B2, B6, PP, E, K vitaminlari, foli y kislotasi, A provitamini bor. Ismaloqda temir moddasi xavfsiz, tabiiy ko'rinishda mavjud, ushbu moddani farmakologik tarzda qabul qilishda esa dozani oshirib yuborish mumkin, bu ayniqsa bolalar uchun xavfli.

Kuch manbayi

Ismaloq, yuqorida aytib o'tganimizday, temir moddasining manbai bo'lib, u organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta'minlovchi va metabolizm hamda quvvat ishlab chiqarish uchun javobgar bo'lgan tizim tarkibiga kiruvchi gemoglobinning tarkibiy qismi hisoblanadi. U ayniqsa ayollar, bolalar va o'smirlarga tavsiya etiladi.

Mustahkamlik

Ismaloq K vitaminiga juda boy, ushbu vitamin suyaklarning mustahkamligiga ta'sir ko'rsatadi.

Ismaloq tarixidan

Ismaloqning vatani Eron hisoblanadi. IX asrda Yevropaga keladi. Odamlarning e'tiborini asta-sekinlik bilan qozongan. Amerikaliklar tomonidan kuchli reklama qilinganidan so'ng Ikkinchi jahon urushidan keyin ommabop bo'lib ketgan. Markaziy Osiyoda Turkiston ismalog'i ostida ma'lum. Undan ayniqsa bahor oylarida turli taomlar tayyorlanadi. Ismaloq solingan mazali ko'k somsani kim yemagan deysiz.


Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 11:10:29



Yapon olimlari boshpiyozning yangi va g'aroyib xususiyatini aniqlashdi.

Ma'lum bo'lishicha boshpiyoz bosh miya hujayralarini "tozalashga" va ularning qarish jarayonini sekinlashtirishga qodir ekan. Piyoz tarkibida faol oltingugurt birikmalari mavjud bo'lib, ular organizm tomonidan yengil o'zlashtiriladi. Ushbu birikmalar qonga tushib, bosh miyaning bir qator muhim zonalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xususan, piyozdan ajralib chiquvchi moddalar xotira va hissiyotlar uchun javob beruvchi hujayralarni faollashtiradi va yoshartiradi.

O'tgan yili frantsuz olimlarining bu borada olib borgan tadqiqot natijalari taqdim etilgandi. Tadqiqotlar shimoli-sharqiy Frantsiyada istiqomat qiluvchi ayollar orasida o'tkazildi. Ularga ko'ra, sarimsoq piyoz va boshpiyozni iste'mol qilish ko'krak saratoni bilan xastalanishni kamaytirar ekan.

Qayd etilgan


Ansora  15 Oktyabr 2010, 13:41:08

 :as:

Habibjon, Alloh rozi bo'lsin. Ma'lumot kiritish mana bunday bo'ladi : )

Qayd etilgan


Habib  15 Oktyabr 2010, 16:15:33


Mevalarni ko'rib, ulardan foydaliroq narsa bo'lmasa kerak, deb o'ylaysiz. Ammo britaniyalik olimlar tomonidan o'tkazilgan oxirgi tadqiqotlar ularning nufuzini biroz tushirib yubordi. Hatto parhezchilar ham "Har kuni 5 portsiyadan meva va sabzavotlar iste'mol qilish kerak" degan mashhur formulani ham o'zgartirishni taklif qilishmoqda.



"Bu britaniyalik olimlar hech tinib-tinchishmadi-ya!" - deb, olmangizni karsillatib yeyishda davom etishni istaysiz, albatta. Ammo London qirollik kolleji parhezshunoslarining dalillari temirday mustahkam mantiqqa asoslangan. Masalan, agar ko'proq meva va sabzavot iste'mol qilinsa qondagi xolesterin tarkibi kamayadi deb hisoblab kelingan. "Ha, kamayadi, - deb bu fikrga qo'shiladi olimlar. - Ammo so'nggi tadqiqotlar katta miqdorda mevalarni iste'mol qilish va lipidlarning boshqa fraksiyasi bo'lgan trigitseridlarning yuqori darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatmoqda. Triglitseridlar esa, xuddi xolesterin kabi, ateroskleroz kasalligining rivojlanish xavfini oshiradi, u bilan birga infarkt va insultning ham".

Bundan tashqari mevalarga yeb-to'yish qiyin, ular to'qlik hissini bermaydi, faqat ishtahani kuchaytiradi, xolos. Gap shundaki, mevalar tarkibida fruktoza moddasi mavjud. U, bir tomondan, glyukozaga qaraganda kam kaloriyali bo'lsa, boshqa tomondan, aynan glyukoza insulin ishlab chiqilishiga yordam beradi va uning qonda paydo bo'lganini sezib, «to'xta, sen to'qsan», deb miyaga xabar qiladi. Fruktoza esa aksincha, qancha iste'mol qilsang ham, organizm to'qlikni his etmaydi. Meva va sabzavotlarda kaloriya juda kam bo'lgani uchun, biz ularni istagancha iste'mol qilamiz va osongina kunlik me'yordan oshib ketishimiz mumkin. Bir bog'lam bananda 500 kkal gacha bo'lishi mumkin!

Shu bilan birga mevalar arterial bosimni oshirishi mumkinligi ham ma'lum bo'ldi. Kolorado universiteti olimlari 4500 nafar kishi ishtirokida tajriba o'tkazib, kuniga 74 g dan (bu 10 ta olma yoki 3 ta katta stakan olma sharbatiga teng) ko'p fruktoza iste'mol qilgan kishilarda gipertoniya rivojlanish xavfi 87% ga oshishini aniqlashdi.

Stomatologlar ham bu borada o'z fikrlarini bildirishdi. Olma, nok va ayniqsa tsitrus mevalari kariesni kelitirb chiqarishiga ularning ishonchi komil. Chunki ovqatdan so'ng tishlarda meva qoldiqlari qoladi, ularning tarkibidan fruktoza esa, bakteriyalar uchun ajoyib oziqlanish muhiti hisoblanadi.

Sabzavotlar ushbu kamchiliklarning deyarli barchasidan mahrum. Shu bois parhezshunoslar ularni tez-tez iste'mol qilish va «1 kun = 5 portsiyadan meva va sabzavotlar» formulasini qayta ko'rib chiqishni maslahat berishadi. Endi u quyidagicha jaranglaydi: "kuniga 4 portsiya sabzavot va faqat bir portsiya meva".

«Mevalar oldingiday sog'lom parhezning muhim tarkibiy qismi bo'lib qolaveradi, - deya ta'kidlashadi parhezshunoslar. - Ammo ularni qancha iste'mol qilayotganingizni nazorat qilib borishingiz lozim. Ayniqsa bu ortiqcha vazningiz yoki yurak va tomirlar bilan muammolaringiz bo'lsa, juda muhimdir».

Qayd etilgan


Habib  19 Oktyabr 2010, 16:48:19


Аок ейишни ёқтирадиганлар бу мева одамни аччиқ чой ёки қаҳвадан ксра схшироқ тетиклаштиришини, кайфистни кстариб, чанқоқни босишда беназир восита сканлигини  схши билишади.
 
Аок таркибидаги қанд, пектин, ҳужайралар ва снг асосийси, А,В1,В2,Е,С,А А ,А  витаминлари, каротин, фолий кислотаси, минерал тузлар (темир, калий, молибден, фосфор, кобалт, йод, манган, каляий) йиғиндиси инсон организмига тетиклаштирувчи ва соғломлаштирувчи таъсир ксрсатади. Бундан ташқари микробларга қарши курашишда ноёб ҳисобланган гликозидлар мавжуд бслиб, у организмдаги турли инфекяион касалликлар (буйрак ва пешоб пуфагининг сллиғланиши)нинг олдини олишда самарали ёрдам беради. Аок капиллсрларни кучайтириб, юрак-қон томир тизимига ёшартирувчи таъсир стказади.
 
Қандли диабетга чалинган ва оғир вазнли беморлар кундалик таомномасига бемалол 3-4 дона схши пишган нокни киритишлари мумкин. Жигар, ошқозон-ичак тизими касалликлари билан оғриган беморлар сса хом нокдан истеъмол қилишлари керак.
 
Янги тайёрланган нок шарбати организмдан заҳарли чиқиндиларни чиқариш хусусистига сга бслгани учун, антибиотиклар билан даволашдан кейин тозаловчи ва тикловчи восита сифатида (кунига 1-2 пиёладан ичилади) қслланилади.
 
Шамоллаш, юқори ҳарорат ва йсталда кунига уч маҳал 0,5-1 пиёладан (4 та нок майда тсғралиб, устига 3 пиёла қайноқ сув қуйилиб 10 дақиқа паст оловда қайнатилади. 3-4 соат давомида тиндирилади) ичилади.
Камқонликда, қон айланишининг бузилишида (томирлар торайиши, синувчанлиги), варикознинг олдини олиш учун ҳар куни 2-3 дона нок тановул қилиш сз самарасини ксрсатади.
Ҳафақонда бир пиёла қуритилган нок ва срик мевасини аралаштириб бир литр совуқ сув қуйилади, срта оловда пишгунча қайнатиб 4 соат давомида тиндирилади. Қайнатмани кунига 3-4 маҳал срим пиёладан ичилади.
Буйраклар касаллигида, жумладан пиелонефритда бир пиёла қуритилган, майдаланган нокка 4 ош қошиқ сули ёрмасини қсшиб, устига 1 литр совуқ сув қуйилади. Ўрта оловда 15-20 дақиқа қайнатиб, сснг 3 соат тиндирилади.
Бод касаллигида қуритилган, майдаланган нокдан 2 чой қошиқ олиб, устига 1 пиёла қайноқ сув қуйиб, 2 соат сраб қуйилади. Тиндирилгандан сснг кунига уч маҳал 1-2 ош қошиқдан ичилади.
Холеяестит (ст пуфаги сллиғланиши)да ҳар куни наҳорга икки дона нок тановул қилиш ёки ёввойи нокдан тайёрланган, шакар солинмаган компот ичиш схши фойда беради.
 
Диққат! Ошқозон ҳазм қилиш аъзолари касалликлари (гастрит, ошқозон сраси) зсрайганда нок тавсис стилмайди. Аок шарбатини сурункали қабзистга дучор бслган одамлар ичиши мумкин смас. Аокни овқатдан 30-50 дақиқа кейин истеъмол қилиш керак. Аок тановул қилгандан кейин сув ичилмайди.
Аввойи нокдан тайёрланган компот ҳалқ табобатида простатитнинг  олдини олишда кенг қслланилади:
Куз ва қиш давомида қуритилган нокдан компот тайёрлаб (бир пиёла қуритилган нокнинг устига 1 литр совуқ сув қуйиб ивитиб қуйилади. Сснг срим пиёла шакар қсшиб қайнатилади. 3-4 дақиқадан кейин оловдан олиб 2-3 соатга сраб қсйилади) истеъмол қилинади.
Шунингдек,қуйидаги дамлама ҳам ста фойдали: сримпиёла қуритилган нокка 2 пиёла қайноқ сув қуйиб, термосда 1 соат тиндирилади. Сснг докадан стказиб кунига 2 пиёладан ичилади.
 
Аоклардан қуйидаги мурабболарни тайёрлаб қишда истеъмол қилиш дардларнинг олдини олишда қсл келади.
 
«Асалли нок»
Керакли масаллиғлар: 1 килограмм нок, 200 грамм асал, 1 чой қошиқ лимон кислотаси, 5 ош қошиқ сув ёки 3-4 пиёла лимон шарбати.
Тайёрлаш жараёни: Лишган, аммо қаттиқ нокни псстидан тозалаб, тсртбурчак шаклда тсғралади. Меваларнинг устига лимон шарбати қуйилади. Асални срта оловда сритиб, аралаштириб турилади. Аок бслакчалари битталаб асал устига қсйиб чиқилади. Сснгра срта оловда 30-40 дақиқа қайнатилади. Сироп қуюқлашгач, стерил банкаларга қуйиб ёпилади.
 
Хушҳазм мураббо    

Керакли масаллиғлар: 1 килограмм нок, 1 килограмм шакар.
Тайёрлаш жараёни: Қаттиқ нокларни тозалаб, бслакчаларга бслиб, тоғорага солинади. Устидан мевалар сиртини ёпадиган қилиб, совуқ сув қуйилади. Улар юмшагунича срта оловда пиширилади.
Тоғорага 1 килограмм шакар солинади, устига 400 грамм меваларнинг қайнаган сувидан қуйиб, кспиги олиниб, қайнатилади. Ҳосил бслган сиропга пишган нок бслакчаларини солиб, қуюқлашгунча паст оловда қайнатилади. Аок доимо дастурхон ксрки бслган беназир неъматдир.

Manba: TIB.UZ

 

Qayd etilgan