Muallif Mavzu: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma  ( 30038 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
146.    “Turunglar, qamug’ beklar, qadashlar, Tang tangriga ugalim…” Ajratilgan so’zlarning ma’nosini ayting?-Qamug-barcha, qadashlar- qardoshlar, tang-tong, ugalim madh etaylik.

147.      Muayyan qofiya tartibiga ega bo’lgan, mazmun va ohang jihatdan tugallangan musiqiylikni yuzaga keltiruvchi she’r bo’lagiga……….?- ….band Deyiladi.

148.    Sharq she’riyatida necha misragacha bo’lgan bandlar uchraydi?- Ikki Misradan o’n misragacha bo’lgan bandlar uchraydi.(Ikki misra-masnaviy, uch- misrali musallas, to’rt misrali-murabaa, besh misrali-muxammas, olti- misrali-musaddas, yetti misrali- musabba, sakkiz misrali- musamman, to’qqiz misrali-mutassa, o’n misrali bandlar esa muashshar deb yuritiladi).

149.   Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari qaysi vaznda yozilgan?- Aruzda bitilgan.

150.    “Inversiya” so’zi qanday ma’noni bildiradi. Uning asosiy vazifasi nimadan iborat? – Lotincha “o’rin almashtirish” degan ma’noni bildiradi hamda so’zlarning gapdagi holati, tartibini o’zgartirilishini anglatadi. Tinglovchining e’tiborini asosiy ma’no tashiyotgan so’zga tortish, xabar, so’roq, buyruqning ma’no noziklarini yanada bo’rttiribroq ko’rsatish, shuningdek, his-hayajon kuchini ta’kidlash, inversiyaning asosiy maqsad, vazifasidir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
151.    “Sandan qachar sandilach,
           Mandan tinar qarlig’ach.
           Tatli o’tar sandug’ach,
            Erkak-tishi uchrashur”. Berilgan to’rtlik kimning nutqidan va undagi ajratilgan so’zlar ma’nosini ayting?- Daraxt nutqidan; sandilach-sa’va, qarlig’ach – qaldirg’och, sandug’ach – bulbul.

  152.   Atoqli olima Fozila Sulaymonova yunonlar To’maris deb atagan bu qahramonni qanday nomladi?- Tumor deb nomladi.

153.   â€œTo’maris” afsonasidagi voqealar asosan qaysi hududda yuz bergan?- Qadimgi O’kuz  (hozirgi Amudaryo)daryosi qirg’oqlarida.

154.    “Agar biz dushmanni o’z yerimizga o’tkazsak-da, yengilsak, podshohligingdan batamom ayrilasan. Chunki g’olib chiqqan dushman mamlakat ichkarisiga intiladi. Agar dushman yeriga o’tib, g’alaba qilsang, oldinga intilasan…” Berilgan kimning nutqiga tegishli?- Eron shoxi Kirning maslahatchisi Krezga.

155.     â€œTo’maris” afsonasidagi Kambiz kim?- Eron shohi Kirning o’g’li.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
156.      “Sen ko’zingni ochsang, olam nurga to’ladi, ko’zingni yumsang, yer yuzini qorong’ulik lashkarlari bosadi ”. Ushbu parcha kimning nutqidan va u kimga qaratilmoqda?- To’maris nutqidan; Quyosh tangrisi (Mixra)ga.

157.       Seyiston qaysi qabila mamlakati va uning hozirgi hududini belgilang?- Sak qabilasi; hozirgi Eron va Afg’oniston hududida joylashgan.

158.       â€œShiroq” afsonasidagi Rustak kim?- Yurt oqsoqollaridan biri, u el ichidagi mashxur pahlavonlardan edi.

159.       O’zbek adabiyotida Shiroq obrazini badiiy talqin etgan yozuvchilar?- Mirkarim Osim (“Shiroq”hikoyasi), Yavdot Ilyosov (“Xolxol o’lim”), Mirmuhsin (“Shiroq dostoni”).

160.      Asotir, afsona, rivoyat o’rtasida qanday farq bor?- Asotirlar ertaklarga yaqin turadi. Ularning har ikkisida ham fantastika, badiiy hayolot yetakchilik qiladi. Qahramonlarga g’ayriodatiy sifatlar “yuklanadi”. Afsonalarda esa asosan osmoniy hodisalar emas, balki yarim hayotiy, yarim hayoliy voqealar tasvirlanadi. Rivoyatlar esa tarixga yanada yaqin turadi. Afsonalar asosan muayyan voqea-hodisa haqidagi ayrim ma'lumotlarni berish bilan kifoyalanadi. Ularda shu voqea va voqea ishtirokchilarining tasviri asosiy o'r’n tutmaydi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
161.    “Oltin qon” nomli tig’ haqidagi afsonani kim yozib olgan va u nega shunday ataladi?- Mahmud Koshg’ariy (XI asrda); Turk askarlaridan biri Zulqarnayn askaridan birini qilich bilan urib, kindigigacha ikkiga ajratib yubordi. O’lgan askarning belbog’ida oltin hamyon bor edi. Hamyonga qilich tegib kesildi. Undagi qonga belangan oltinlar yerga sochildi. Ertasi ertalab turib askarlar qonga bo’yalgan oltinlarni ko’rib, bir-birlariga “bu nima?”deyishar va “oltin qon” deb aytishar edilar. Bu joydagi katta tog’ shu ism bilan ataladi.

162.    Ertak, doston, afsona, rivoyat ijrosiga ko’ra qanday farqlanadi?- Ertakni ertakchilar, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda, afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin.

163.    Afsona Mahmud Qoshg’ariy kitobida qanday nomlanadi?_- “Sav” deb.

164.    G’azna davlatining asoschisi kim va u qaysi qabiladan edi?- Nosiruddin Sabuktagin; Turkistondagi barsqon qabilasidan.

165.     Mahmud G’aznaviy kim?- Sabuktaginning katta o’g’li. U keyinchalik g’aznaviylar sulolasining asoschisi sifatida taniladi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
166.     Hasan Bug’roxon Movarounnahr ustiga qachon lashkar tortdi?- 992 yilda.

167.     Somoniylar davlati o’rniga qaysi davlatlar maydonga keldi?- Qashqardan Amudaryogacha cho’zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismi Yettisuv, Shosh, Farg’ona va qadimgi So’g’dni qamrab olgan qoraxoniylar hamda shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg’og’igacha bo’lgan G’aznaviylar davlati.

168.     Xorazm qachon G’aznaviylar tarkibiga qo’shib olinadi?- 1017 yilda.

 169.    Saljuq ibn Dukak qaysi qabila boshlig’i bo’lgan, bu qabilalar asosan qayerlarda ko’chib yurishgan?- Turk-o’g’uz qabilasi boshlig’i; ular asosan Kaspiy va Orol bo’ylarida ko’chib yurishgan, X asr oxirlarida Nur (Nurato) atrofida joylashgan edilar.

170.   Saljuqiylar nechanchi yilda Nishopurni egalladi va kimni sulton deb e’lon qilishdi?- 1038 yili; boshliqlari Tug’rulbekni (1038-1063) sulton deb e’lon qilishgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
171.    Qoraxoniylar xoni qanday nom bilan yuritilardi?- “Tamg’ach”yoki “Tabg’ach” nomi bilan. Turklar xitoy imperatorini ham shu nom bilan atashgan.

172.    Buxorodagi Minorai Kalon qaysi hukmdor davrida qurilgan?- Qoraxoniylar hukmdori Arslonxon zamonida.

173.     Qoraxoniylar hukmronligi davrida qaysi shaxarlarni o’ziga poytaxt qilib olgan edi?- Isfijob (Sayram), O’tror, Shosh, Bolosog’un, Xutan.

174.     Mahmud Qoshg’ariy qayerda tug’ilgan va uning to’liq ismini toping?- Bolosog’un shaxrida; Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad.

175.     Mahmud Qoshg’ariyning ilk ustozlaridan biri?- Qashqarlik Husayn Xalifa.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
176.     Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olimning (Mahmud Qoshg’ariyning) “Devonu lug’otit-turk” asari nechanchi yillarda yozilgan?- 1072-1074 yillarda.

177.    Yigitlaring ishlatu,
           Yig’ach yamish irg’atu,
      Qulan, kayik avlatu,
      Bazram qilib avlanim.
   Ushbu to’rtlikning ma’nosini izohlang?- Yigitlarni ishlatib, Daraxt mevalarni qoqtiraylik. Qulon, kiyiklarni ovlatib, bayram qilib ovunaylik.                                       

  178.   Erdi ashin taturgan, Yavlak yagik qatargan. Bo’ynin tutib qazirgan  Basti o’lim agtaru. Berilgan parcha qaysi mazmunda bitilgan?- Bir kishining o’limiga achinib aytilgan to’rtlik.

179.    Iqilachim erik bo’ldi,        
           Erik bo’lg’u eri ko’rdi.
           Bulut o’rub ko’k o’rtuldu,
           Tuman turib to’li yag’di.  To’rtlik mazmunini izohlang?- Sho’x, o’ynoqi otim sur’at bilan chopdi, Yugurishda o’zdi. Bulut ko’tarilib, tuman to’shib, do’l yoqqani uchun u shunday sho’xlikni munosib topdi.

180.Bulnar meni ulas ko’z, Qara mengiz qizil yuz. Andin tamal tugal tuz Bulnap yana gul qachar.  Yuqoridagi to’rtlik qanday mavzuda bitilgan va unda ajratilgan so’zlarni izohlang?- Yorning go’zalligi, latofati madh etiladi. Ishqiy hayajon, muhabbat shavqi tilga olinadi; ulas-mastona, mengiz – xol, bulnap- asir qilmoq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
181.     Quyidagi misralar ma’nosini bering va unda qo’llangan badiiy san’atni toping.  Aqtirur ko’zum yo’lak, Tushlanur o’rdak,yug’aq?- Ko’zim yoshlari buloq singari oqadi, Hatto unda o’rdak, oqqush kabi qushlar yig’iladilar, sho’ng’ishadilar; mubolag’a.

182.     Qaqlar qamug’ ko’lardi. Tag’lar bashi ilardi. Ajun tani yilirdi. Tutu chechak yerkash ur. Ushbu to’rtlik qanday mavzuga bag’ishlangan, ajratilgan so’zning ma’nosini ayting?- Qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, muzlar erib, oqar suvlarning ko’paygani, tabiatning uyg’ona boshlashi tasvirlanadi; dunyo.

183.     Munozara janrining o’ziga hosligi va uning o’zbek adabiyotidagi go’zal namunalaridan keltiring?- Munozara o’ziga xos adabiy janr bo’lib, u asar qahramonlarining o’zaro tortishuvi, bahsi asosida quriladi. Munozaradagi ishtirokchilar asosan ramziy (kinoyaviy) hususiyatga ega bo’ladi. U she’ri yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin; Yusuf Amiriyning “Bang va Chog’ir”, Yaqiniyning “O’q va Yoy”, Nishotiyning “Shohboz va Bulbul”, “Gul va Daf”, “Binafsha va Chang” kabilar.

184.   Qish yay bila to’qushti, Qing’ir ko’zun baqishdi. Tutushqali yaqishdi. Utg’alimat o’g’rashur. Yuqoridagi to’rtlik qaysi janrda yozilgan va uning ma’nosi hamda qo’llangan badiiy san’ati?- Munozara janrida; Qish yoz bilan to’qnashdi. Bir-birlariga ular yomon ko’z bilan qarashdi. Bir-birlarini tutish uchun yaqinlashdilar. Ularning har biri yengishni istardi; jonlashtirish.

185.   â€œQo’shiq” atamasi ilk marta kim tomonidan qayd etilgan va u qanday nom bilan izohlanadi?-Mahmud Qoshg’ariy; she’r qasida.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
186.   Quyidagi to’rtlikning mazmuni va qofiyalanishi tartibini ko’rsating. 
Qo’shni-qo’num ag’ishqa,
    Qilg’il angar ag’irliq,
    Artut alib anung’il,
    Ezgu tavar o’g’urliq?- Qo’ni-qo’shnilaringa yaxshilik qil. Ularni hurmatla. Ulardan biror sovg’a olsang, undan yaxshiroq mukofot xozirla; A-b-v-b.

187.   â€œAlp Er To’nga” qanday ma’nosini bildiradi?- Kuchli, baxodir odam.

188.   â€œAlp Er To’ngan marsiyasi” “Qish bilan Yoz” munozaralari she’riy qofiyaning qanday shaklida yozilgan?- Murabba.

189.   Turklarning qadimiy qahramoni bo’lmish “Alp Er To’nga”ni tojiklar qanday nomlagan va bu ma’lumotni qaysi adib keltiradi?- Afrosiyob; Yusuf Xos Hojib.

190.   â€œAlp Er To’nga”ning farzandlari haqida ma’lumot bering va Qoshg’ariy uning qaysi farzandi haqida to’liqroq fikr bildiradi?- Barman, Barsg’an-o’g’illari, Qaz-qizi; “Qaz-Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shaxrini shu qurgandir. Bu so’zning asli qaz o’yini-g’oz o’ynaladigan joy demakdir…”.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
191.   â€œDevon”da keltirilgan sariqligiga ko’ra mis shaxri deb ham nomlanadigan shaxarni ko’rsating?-Yankand-Dizro’yin.

192.   Alp Er To’nga o’ldimu?
Esiz ajun qaldimu?
O’dlak o’chin aldimu?
Emdi yurak yirtilur?
Ushbu to’rtlik qaysi janrda yozilgan va ajratilgan so’zlarning ma’nosini izoxlang?- Marsiya janrida; esiz-yomon, yaramas, manfur ajun-olam, dunyo; o’dlak-vaqt, zamon,taqdir.

193.   Bo’ri bo’lib ul/i/dilar, Yoqa yirtib turdilar. Yig’lab siqtab yurdilar. Ko’z yoshlari mo’l bo’ldi. Keltirilgan parcha qaysi asardan?- “Devonu lug’totit turk”dagi “Alp Er To’nga” marsiyasidan.

194.   Marsiya deb nimaga aytiladi?- Biror kishining vafoti munosabati bilan g’am – alam, hasrat va qayg’uni ifodalagan lirik she’r yoki qo’shiqdir.

195.   Adabiyotimizning keyingi bosqichlarida marsiyaning qanday shakllarda yozilganligi kuzatiladi?- G’azal, qasida, muxammas, musaddas, tarjiband, tarkibband kabi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
196.   â€œAlp Er To’nga” marsiyasining bo’g’inlar tuzilishi va turoqlanish tartibini ko’rsating?- Har bir misra yetti bo’g’indan tuzilgan, turoqlar asosan 4+3 shaklida.

197.   â€œTulku o’z iniga ursa, ujuz bo’lur”. Keltirilgan misra xalq og’zaki ijodining qaysi janriga mansub va uning ma’nosi?- Maqol; Tulki o’z uyasiga qarab ulisa qo’tir bo’ladi.

198.   â€œDevon”da keltirilgan “Dushmanga (qarshi)qurol hozirlagan kishi qulun (toy)bo’ladi, qurol hozirlashni unutgan kishi asir bo’ladi”degan mazmundagi maqolni toping?- Tulum anutsa,qulun bo’lur, Tulum unutsa, bolun bo’lur.

199.   Qul savi qalmas,
Qag’il bag’i yazilmas.
Maqolning ma’nosini ayting?- Keksalar so’zi, nasihati bekor ketmaydi.
   Tolning ho’l novdasining bog’i yozilmaydi

200.   Ma’nosi keltirilgan ushbu maqol “Devon”da aynan qanday keltiriladi? “Zamon o’tar, kishi to’ymas, inson bolasi mangu qolmas”?- “O’d kechar kishi to’ymas, yalinguq o’g’li mangu qalmas”.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
201.   â€œSuv ichirmasga sut ber”, “Ko’b sukutga qush qo’nar, Qo’rqlik kishiga so’z kelar ,””Yig’ach uchina el tegir,Qo’rqlig kishiga so’z kelir”kabi maqollarning ma’nolarini ayting?- Suv ichirmaydigan odamga sut ber.  Shoxi ko’p, shoxlari uralib ketgan daraxtga qush qo’nadi, yaxshi kishiga so’z (maqtov)keladi.

202.   Berilgan barcha maqollarning ma’nolarini izoxlang. 
1.   Tuzin birla urush, o’tun birla ustarma.
2.   Erik Erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’.
3.   Tag’ig’ uqruqin egmas, tengizni qayg’iqin bukmas.
4.   Emgak ekinda qolmas.
5.   Kengashlik bilik o’zlashur, Kengashsiz bilik o’prashur.
6.   Sabanda sandrish bo’lsa, O’rtugunda irtash bo’lmas.
7.   O’kuz azaqi bo’lg’incha, bozag’u bashi bo’lsa yik.
8.   Ko’k ko’rdi keragi yazti.
9.   Achush aytur tubum altun, qamich ayur men qaydaman.
10.   Ag’ilda o’g’laq tug’sa, ariqda o’ti unar.
11.   Tavg’ach xanning to’rqusi telim, tenglamazib bichmas.
12.   Anuq o’tru tutsa, yo’qqa sanmas.
13.   Uma kelsa, qut kelar.
14.   Qaz kishi savi yo’rig’li bo’lmas? -

1.   Yuvosh odam bilan urush, Uyatsiz, yuzsiz odam bilan urushma.
2.   Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik.
3.   Tog’ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi.
4.   Mehnat bo’sh ketmaydi.
5.   Maslahatli ish borgan sari yaxshilanib boradi, bemaslahat ish borgan sari buzilishga yuz tutadi.
6.   Yer xaydash vaqtida puxtalik bo’lsa, xirmonda anglashilmovchilik bo’lmaydi.
7.   Xo’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqni boshi bo’lgan yaxshiroq.
8.   Mehnat va mashaqqat ko’rdi-yu, o’tovini orqasiga yuklab oldi.
9.   Qozon aytur; Tubim oltin,  Cho’mich aytur: Men qaydaman.
10.   Molxonada buzoq tug’ilsa, ariqda o’ti chiqadi.
11.   (Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko’p, lekin o’lchamay kesilmas.
12.   Mehmonga bor taom taqdim qilingach, ko’rmadim demaydi.
13.   Mehmon kelsa, qut kelar.
14.   Baxil odamning ovozasi chiqmaydi.
 
203.   Turk xoqonronligi qachon va qayerda yuzaga keldi hamda qachon ikkiga bo’lina boshladi?- YI asr Oltoyda; YII asr boshlarida ikkiga – Sharqiy va G’arbiy qismlarga ajraldi.

204.   Ikkinchi Turk xoqonligi qachon tashkil topadi va uning shuxrat topgan davri qaysi hukmdorligiga to’g’ri keladi?- YII asr oxirlarida; Qapag’on xoqon(691-716).

205.   Turk xoqonligining butunlay yo’qolib ketishiga sabab nima edi?- YII asr oxiri YIII asr boshlarida O’rta Osiyaga arablarning bostirib kelishi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
206.   Arablar Eronga xujum qila boshlaganlarida u yerda qaysi sulola hukm surardi va necha asrdan buyon?- Sosoniylar sulolasi; besh asrdan buyon.

207.   Qutayba ibn Muslim Hurosonga bostirib kelganda eng jiddiy qarshilikni qaysi shaxar axolisi ko’rsatdi va bu shaxar necha yil qamalda ushlandi?- Poykent; 10 yil qamalda.

208.   Arablar Bosqini davomida har bir movarounnahrlik jangchining boshi uchun 100 dirham mukofot belgilagan shaxsni ko’rsating?- Qutayba ibn Muslim.

209.   712-713 yillarda qaysi shaxarlar birgalikda arablarga qarshi kurashadilar?- So’g’d, Choch, Farg’ona.

210.   720-722 yillarda Qum qishlog’ida arablar bilan murosasiz kurash olib borgan qahramonning nomini ko’rsating?- Panjakent hokimi Divashtich.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
211.   Xalifa al- Maxdi (775-785) davrida yuz bergan xalq qo’zg’olonining boshlig’i kim edi, uning shaxsiyati va fojiasi haqida gapiring?- Muqanna; Asli marvlik hunarmand bo’lib, hur fikrli kishi bo’lgan. 780 yilda arablarga qarshi kurashda yengilib, o’zini yonib turgan olovga tashlaydi.

212.   Islom ta’limotiga asos solgan musulmonlarning payg’ambari Muhammad ibn Abdullo asli qayerlik?- Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan.
213.   Islomning asosiy aqida va g’oyalari ifodalangan muqaddas Qur’on necha suradan iborat?- 114 suradan.

214.   Qur’ondagi 1-2-3-4-suralarning nomlarini keltiring?- 1-sura “Fotiha”, 2-sura “Baqara”, 3-sura “Ol-i Imron”, 4-sura “Niso”.

215.   Qur’on Muhammad payg’ambarga qachon nozil qilina boshlagan?-Ramazon oyining 27 kuni kechasida; Shuning uchun ham bu oy muqaddas, tuni esa laylat-ul-qadr, ya’ni qadr kechasi deyiladi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
216.   Qur’onda jamiyat intizomini saqlash uchun zarur bo’lgan ko’pgina yo’l-yo’riqlar qaysi surada keltiriladi?- “Xujurot” surasida.

217.   â€œQur’onni o’zbekchaga o’girgan mashxur tarjimon kim va “Xujurot”surasida tilga olingan uch illatni qanday izoxlaydi”?- Alouddin Mansur; birinchisi-o’zgalar haqida yomon gumon qilish, ikkinchisi-josuslik, ayg’oqchilik qilish; uchinchisi-g’iybat.

218.   â€œâ€¦ Aql-hushi joyida bo’lgan biror inson boshqa bir insonni go’shtini yeyishni istamaydi. Endi agar o’sha inson o’zining birodari bo’lsa-chi, yana u o’lgan holda bo’lsa-chi! Uning go’shtini yeyish dunyodagi eng vaxshiy hayvon ham hazar qiladigan bir jinoyatdir”. Qur’onda Olloh bu jinoyatdan ham ko’ra og’irroq jinoyat deb nimani aytadi?- G’iybatni.

219.   Islom adabiyotida Qur’on rivoyatlari va hikmatlari asosida ko’plab asarlar yaratgan allomalardan sanang?-Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Nosiruddin Rabg’uziy.

220.“Tasavvuf” so’zining ma’nosini Abu Rayxon Beruniy qanday izoxlaydi?-“Faylasuf” so’zidagi “suf”so’zi bilan bog’laydi. Suf so’zi arablarda jun va jundan to’qilgan matoni anglatadi. Sufiylar kiyimi dastlab jun chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin bo’lgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 169662
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Ismlar o'yini yoxud ismingiz ma'nosini bilasizmi?

Muallif AbdusalomBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 178
Ko'rilgan: 115252
So'nggi javob 16 Avgust 2013, 23:29:52
muallifi Zumrad1995
Yana reklamalar haqida

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 7295
So'nggi javob 05 Iyun 2013, 18:27:45
muallifi _IYMONA_
QANDLI DIABET yoxud uning asoratlari xususida

Muallif NodiBo'lim Salomatlik

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26035
So'nggi javob 20 Mart 2013, 22:52:27
muallifi Skato
Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 257860
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya