146. "œTurunglar, qamug’ beklar, qadashlar, Tang tangriga ugalim"¦" Ajratilgan so’zlarning ma’nosini ayting?-Qamug-barcha, qadashlar- qardoshlar, tang-tong, ugalim madh etaylik.
147. Muayyan qofiya tartibiga ega bo’lgan, mazmun va ohang jihatdan tugallangan musiqiylikni yuzaga keltiruvchi she’r bo’lagiga"¦"¦"¦.?- "¦.band Deyiladi.
148. Sharq she’riyatida necha misragacha bo’lgan bandlar uchraydi?- Ikki Misradan o’n misragacha bo’lgan bandlar uchraydi.(Ikki misra-masnaviy, uch- misrali musallas, to’rt misrali-murabaa, besh misrali-muxammas, olti- misrali-musaddas, yetti misrali- musabba, sakkiz misrali- musamman, to’qqiz misrali-mutassa, o’n misrali bandlar esa muashshar deb yuritiladi).
149. Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig", Ahmad Yugnakiyning "œHibatul haqoyiq" asari qaysi vaznda yozilgan?- Aruzda bitilgan.
150. "œInversiya" so’zi qanday ma’noni bildiradi. Uning asosiy vazifasi nimadan iborat? — Lotincha "œo’rin almashtirish" degan ma’noni bildiradi hamda so’zlarning gapdagi holati, tartibini o’zgartirilishini anglatadi. Tinglovchining e’tiborini asosiy ma’no tashiyotgan so’zga tortish, xabar, so’roq, buyruqning ma’no noziklarini yanada bo’rttiribroq ko’rsatish, shuningdek, his-hayajon kuchini ta’kidlash, inversiyaning asosiy maqsad, vazifasidir.