...Halol nomin ho'p bemalol oldi xaromlar,
Minbarlarda to'r saylamish ahli kalomlar,
Mazlum bo'lgan masturalar sonin oshirib
Hijob shartmas deyishgacha bordi imomlar.
Qur'ondan bir hujjat topib, indayolmadik,
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik...
...Hozir esa ummat hayron, o'ksinar beun,
Alamdadir o'tgan har bir xatosi uchun
Haq yo'liga qaytmoqchilar hayqirmoqdalar:
"Mahdiy kelsa kelaqolsin rozimiz bugun".
Bu yolg'onchi imomlarga o'rganolmadik,
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik.
(Xayrulla Hamidov nutqidan)