Insho!  ( 37929 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


lolo  30 Aprel 2007, 16:41:28

Assalamu alaykum qadrli forumdoshlar!
Men ma'rifatni mustahkamlashga hissa qo'shishimiz maqsadida shunday mavzuni ochishni ma'qul deb bildim. Bu mavzuga insho yozish orqali ma'naviyatimizni tiklab boramiz, va ayniqsa hozirda dolzarb muammo hisoblanmish imlo hatolariga yo'l qo'ymaslikni o'rganamiz (shu mavzuni o'zim nazorat qilib birgina harfda xato bo'lsa ham buni ko'rsatishga harakat qilaman, natijada o'sha user yozganida boshqa shu xatosini takrorlamasligi uchun). Men keyingi user uchun mavzu tashlab ketaman, u user 10-20 qator keladigan insho (diktant, yozma ish, hikoya, bayon va hokazo) yozadi va o'zidan keyingi ishtirokchi uchun ham bir mavzu tashlab ketadi. E'tiboingiz uchun raxmat! Endi ishga...


"Daraxtzor"

Qayd etilgan


Robiya  01 Oktyabr 2007, 10:17:25

Daraxtzor...Bu daraxtzorning bino bo'lishi uchun Ochil otaning kuchli belidan quvvati ketib, o'zi qurgan daraxtlariga suyanib qoldi.Ochil ota xotirlaydi: Esimda,mana shu daraxtlarning nihollarini olib kelib o'tkazgan paytlarim kechagidek esimda.Qara-ya,hozir bo'yim yetmas yuksaklikka erishgan daraxtlar xuddi menga minatdorchilik bildirayotgandek tuyulyapti.Mana bu daraxtni sevimli nevaram Jamshidjon o'tkazgan edi."Bobojon,bu daraxt qachon katta bo'ladi?U meva qiladimi?"deb turli savollar berardi tushmagur.Bu daraxtlar meva tugmaydi,bolajonim,bu daraxtlar baland-baland bo'lsa uni odamlar kesib olib uy qurishadi,boshqa ishlariga ishlatishadi deganimda,o'zi qurgan daraxtni yerdan sug'urib olib,unaqada men daraxtni ekmayman.Baribir kesisharkan-ku, deb xafa bo'lgandi nevaraginam.Mana,hozir uning o'z bog'i bor,turli mevali daraxtlar o'tkazgan,onda-sonda kelib mening daraxtzorimdan ham xabar olib ketadi.Faqatgina uzoqdan qarab,essiz,yana 10 ta daraxt kesilibdi deb xo'rsinib qo'yadi.

Keyingi mavzu :"Kechdim sendan..."

Qayd etilgan


Robiya  10 Oktyabr 2007, 14:20:39

Inson dunyoga kelar ekan, u o'zini kelajakda qanday ishlar,qanday vaziyatlar,qanday muammolar-u quvopnchli kunlar kutib turganini bilmaydi.Vaqti-vaqti bilan ularni o'zi amalga oshira boshlaydi.Va ularni bajarish davomida ko'p kishilarga va narsalarga "kechdim sendan" deyishga majbur bo'ladi.).Masalan:
Do'stga: - Sendan buni kutmagandim.Seni o'zimga yaqin olib,dardlarimga hamdard qilgandim.Oqibati ...Bugun hamma ustimdan kulyapti.Menga har qancha og'ir bo'lmasin,senga bu gapni aytish yuragimni pora-pora qilsa-da "kechdim sendan"
Tilga: - Alloh harom sanagan gaplarni gapirganing,uning iymonli bandalarini soatlab g'iybat qilganing sababli gunohlarim yozilgan a'molimni to'ldirganing uchun "kechdim sendan"
Oynayi jahonga: - mening qimmatli vaqtimni behuda ishlarga ,turli foydasi yo'q seriallarga,hidoyatdan yiroqlashtiruvchi qo'shiqlarga jalb qilganing uchun "kechdim sendan"
Orzuga: - menga haddan tashqari ko'p umid berganing(aslida amalga oshmasang-da) uchun,oqibatda haqiqiymaqsadimdan adashtirganing uchun "kechdim sendan"


  Keyingi mavzu: "Xayr,Mohi Ramazon!!!"

Qayd etilgan


Robiya  23 Oktyabr 2007, 12:22:19

Sen bilan xayrlashganimizga ancha bo'lgan bo'lsa-da, sendan ayrilgim yo'q,sevimli Mohi Ramazon!
Bilasanmi,sen tufayli bir oy mobaynida ko'nglim xotirjam,ruhim orom oldi.
 Senga necha marta minnatdorchilik bildirsam ham oz.Sababi,sen bizga bergan narsani hech  kim va hech nima berolmaydi.Ey oylar sayyidi, har bir saharlik qilganimdagi quvonchni,har iftorlik qilgandagi dasturxon atrofidagi aytiladigan bir-biridan ajoyib hikmatlar... Eh,bu onlar qanchalik oz bo'lsa, shunchalik foydali va masrur onlarni taqdim etgandi.
  Sening sharofating ila necha-necha iymonli kishilar suhbatidan bahramand bo'ldim.Ular bilan seni bizga farz qilgan Allohimga hamdlar aytganimiz kechagidek esimda.
  Biz tomonlarga qilgan bir oylik safaring bizga yillarga tatigulik yaxshiliklar,savob amallar,ajrlarga erishishimizga kifoya.

  Mana,Ey Mohi Ramazon, sen bilan yana bir yilga xayrlashyapman.Yo'q, bu xayrlashish emas,senga aytadigan eng so'nggi so'zim: Keyingi yil diydorlashguncha...

    Keyingi mavzu: "Mening sevimli forum.ziyouz.com" im

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Oktyabr 2007, 18:21:26

Keyingi mavzu: "Xayr,Mohi Ramazon!!!"

O'z uyingda, ota-onang, yaqinlaring bilan ramazonning so'nggi kuni, haitning arafasini nishonlash qanday baxt...

...Hammaning yuzida tabassum-u, lekin buvim hadeb yig'lardilar... Hayron bo'lib, ularning yonlariga bordim. Ular go'ya menga e'tibor bermas, hadeb: "Bizdan rozi bo'ling, yo mohi Ramazon, rozi bo'ling, hafa bo'lmasdan keting, ey mohi Ramazon. Sizni hurmatizi joyiga qo'yolmagan bo'ksak, bizdan rozi bo'ling. Bizdan rozi bo'ling..." - deya takrorlardilar. Bu holat odatda peshindan to asrga qadar davom etardi.
 
Asr namozidan keyin ayollar osh qilishga va bugungi bayramona, so'nggi iftorlikka unnashardi. Shomga yaqinlashadi. Hammamiz to'planamiz. Shunda buvimdan haligi holat haqida so'rayman. Buvim:
"Atigi yilda bir marta keladigan Ramazon oyini rozi qiloldikmi? Bu Oy bizdan xafa bo'lmadilarmi, shuni o'ylab, tafakkur qilgandim..."

Asta-sekin qo'shnilardan osh chiqadi, biz ham osh tarqatamiz. O'zim qo'shnilarga olib chiqib beraman. Ziyofatdan keyin Qur'on tilovat qilinadi. Shukronalar aytiladi, duolar qilinadi:
Bizdan rozi bo'ling, ey Mohi Ramazon!

Qayd etilgan


Muvahhid  30 Noyabr 2009, 06:45:50


    Keyingi mavzu: "Mening sevimli forum.ziyouz.com" im

Forum.ziyouz.com bilan tanishganimga bugun 40 kun bo'ldi. Lekin shu 40 kun ichida u mening eng yaqin do'stimga aylandi. Bu yerda ko'plab do'stlar orttirdim, lekin bu do'stlarimni o'zlari ham menga do'st ekanliklarini bilishmaydi,balkim ular ham meni o'z do'stlari qatoriga qo'shib qo'iishgandir ! Balkim....

Har kuni bo'lmaganda 1 soat har bir inson butun dunyo ishlaridan charchab, odamlar bilan jonli muloqot qilishdan zerikib, yolg'iz o'zi bilan o'zi qolgisi keladi, ana shunday vaqtda forum eng yaqin sirdoshga aylanadi ! Undagi ma'lumotlarni birma-bir titkilab ketaversang huddi qadimgi xalqlardan qolgan katta bir kitubxonaga tushib qolganday bo'lasan. Lekin bu kutubxonaning "joni bor" ! Unga o'zing biron bir ma'lumot qoldirsang tezda unga nisbattan javob olasan...

Qadimgi Yevropada bozorlarni Forum deb atashgan ekan ! Bozor,birgina shu so'z aytilganda rang-barang ranglar, turli odamlar, turfa xil mollar ko'z oldingga keladi ! Ziyouz.com "bozori" ham boshqalardan qolishmaydi. Bu "bozorda" har xil yurtlarda yurgan, har xil dunyo qarashga ega bo'lgan, o'zining turfa xil maqsadlari bilan hayot karvonida odimlab ketayotgan, lekin shu bilan birga ziyouz.com Forumi ularni bir-biriga bog'lab turgan Insonlarni uchratasan. Ularning birlarini fikridan o'rnak olasan, biridan norozi bo'lasan, ya'na biriga qarshi chiqasan,birlariga rahmat aytib, ko'plari bilan real hayotda ham uchrashib so'hbatlashging keladi ! Ular qanday bo'lishmasin-Sening Do'stlaring !

Mana bugun ham ertalabdan Ziyouz "kutubxonasini" titkilab "qadimdan qolgan" mana shu mavzuga duch kelib qoldim ! "INSHO!" Bu mavzu shuncha vaqtdan beri meni kutib turganday bo'ldi hayolimda...
Bugungi inshoning mavzusini ko'rganimda esa,"Mening sevimli forum.ziyouz.com"im haqidagi mana shu fikrlar hayolimga keldi !

Siz ham bu haqda o'z fikringizni bildirishingiz mumkin, inshoning mavzusi esa usha-usha:

"Mening sevimli forum.ziyouz.com"im deb nomlanadi !


Qayd etilgan


JaviK  23 Fevral 2010, 11:24:43

  Keyingi mavzu: "Mening sevimli forum.ziyouz.com" im
[/quote]

Forum.ziyouz.com bu forumga men kirganimda forumni ko`rib hayron qolganman bu forumga men 16 yoshimda kirganman va hali hech qayerda o`zimdan kattalarni fikrlarini o`qimagan mening fikrlarimga javob ham olmagan edim. Bu forumda men ko`p marotaba forumdagi  akalarim opalarimdan tanbeh, maslahat olganman, hafa bo`lib oylab, ahir men hali yoshman hammaham adashadi meni hatolarimni ular to`g`irlashmasa kim to`g`irlashadi deb, Ulardan doim hursand bo`lganman. Bu forumga birinchi kirgan inson yangi bir dunyoga tushib qolgandek bo`ladi bu yangi olamda esa haqiqat, iymon, vijdon degan tushunchalarni anglashadi, o`rgatishadi. Bu forumning barcha ishtirokchilarini men o`z akam, singlim, opamdek qadrlayman va hurmat qilaman. Ularning menga aytgan gaplari men uchun saboq. Forum.ziyouz.com forumimiz bor ekan biz yolg`izmiz deb aytishimiz noto`g`ri.

Mavzu qolsin

Qayd etilgan