Muallif Mavzu: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 28535 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
"Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« : 04 Noyabr 2008, 10:11:59 »
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
O'z bek adabiyotida yaqindagina nomayon bo'lgan va tezda o'z muxlislarini topgan ushbu dostonni shu yerga joylashga qaror qildik. Bu kitobchani Islomiy kitoblar bo'limiga joylasak ham bo'lardi, lekin bu bo'limga kiruvchilarni ko'pligini hisobga olgan holda, bu kitobda aytilgan so'zlar har bir INSONMAN degan insonga taalluqli bo'lgani uchun va bunga hamma muhtojligini hisobga olgan holda shu yerga joylashga qaror qildim.
Bundagi satrlarni chuqur mulohaza bilan o'qib, uqishingizni iltimos qilardim.
Bunda zikr qilinga har so'z, har bir jumla hammamizga aslida kim ekanligimizni, bizning burchlarimiz nimadan iborat ekanligini judsa ustalik va go'zal satrlar ila yetkazilganiga amin bo'lasiz,InshaAlloh.
Allohda yordam va madad so'ragan holda, bu "Insonnoma" ni har bir INSONga yetkazishlikni boshlaymiz.
Alloh barchamizni O'zining eng suyukli bandalari qatorida qilsin.
Allohga hamdu sano, Uning suyukli Rasuliga SAV salovatlar bo'lsin. Amiyn.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #1 : 04 Noyabr 2008, 10:13:18 »
Abdug’ofur Sobir Mirzoning “Insonnoma” asari haqida.

Tan olish kerak “Insonnoma” bugungi adabiy jarayondagi go’zal bir kashfiyot bo’ldi. Unutilayozgan uslub adabiyotda tiklandi. “Qutadg’u bilig”,”ma’naviy masnaviy”, Hazrati Yassaviy hikmatlari,”Sabot ul-ojiziyn” va yana o’nlab benazir nazm va hikmat javohirlari qatori ushbu asar ham odamzot uchun g’oyat zarur bo’lgan ma’naviy zuqa.
“Insonnoma”ni o’qiy turib, men o’tgan ulug’larimizni esladim. Dastlabki to’rtliklarni o’qigan chog’dayoq bu asarni besh-o’n sh’eriy kitoblar muallifi emas, kechagina sa’natda dovrug’ taratib, endi adabiyotda o’zini sinayotgan kishi yozganiga ishonging kelmaydi. Naqadar quyma satrlar, naqadar chuqur ma’noli hikmatlar. Shoirning :bul bitikni demasdirman liq to’ladir hikmatga” deb yozganini kamtarlikka yo’yamiz. Asarda bo’sh, puch asar yo’q. Bemaqsad aytilgan fikrlar yo’q. Ibrat bo’larli satrlarni istagancha, hatto behisob keltirish mumkin. Ishonamizki, nuqtadonlik ila bitilgan bu asarni o’qigan har bir odam o’zini inson qilib yaratgan Allohga shukrlar qilgani holda zimmasidagi vazifalarni, mas’uliyatni ham o’ylab ko’radi. Haromdan qochadi, hidoyatga intiladi. Asar ma’naviyat gulshanidagi toza va xushbo’y gullardan ekanligi shubhasizdir.

Tohir Malik,
O’zbekiston xalq yozuvchisi.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #2 : 04 Noyabr 2008, 10:14:13 »
Xitoblardan tuzilgan kitob.

Odatda, shoirlarning ilk kitoblari sh’erlardan iborat bo’lardi.Ammo jahongashta Abdug’ofurning ilk kitobi “Insonnoma” dostonidan iborat bo’ldi. To’g’ri, jahon adabiyotida inson nomi bilan bog’liq sh’erlar, dostonlar anchagina mavjud. Yo’qsa, bu qnadya “Insonnoma”? Unda insonlik sharafi ko’klarga ko’atirb maqtalganmi? Yo’q, unda inson aqliga xitob qilingan, insonlik sharfini oyoq osti qilayotgan insonlarning ahvoli o’zlariga eslatib qo’yilgan. Muallifning dardli-darmonli, alamli-armonli, g’azabli-shafqatli, achchiq-tiziq va mehrli so’zlarining boisi shu: inson inson bo’la turib,yaxshilikdan o’gayotgani, insonlikdan chiqayotgani, tobora halokatga qarab ketayotgani, o’z oyog’iga o’zi bolta urayotgani, insof-adolatni unutayotgani,noshukrlik botqog’iga botayotgani.Muallif odamzod o’z-o’zini va yaratgan Parvardigorini tanishini xohlaydi, butun insoniyatning niyati dunyodagi solih zotlar niyatiga mos kelishini istaydi.
Hadisi sharifda:”Kimki o’z nafsini tanisa, bas, u Rabbisini taniydi” deb marhamat qilingan. Ushbu doston insonga o’z o’zini tanitish yo’lida, uni yaxshilikka qaytarish yo’lida muallifning bir nidosi, faryodi, chaqirig’idir.
Doston shoirning birinchi asari ekanini hisobga olsak, u ilk bitikdayoq ravon,mantiqli fikrga, ta’sirchan she’riy san’atga erishganini ko’ramiz. Shoirning tuyg’ulari jo’sh urib turmasa, sh’eriy san’atga erishganini ko’ramiz. Shoirning tuyg’ulari jo’sh urib turmasa,sh’eriy asar jarangdor chiqmaydi. Bu doston esa jo’shqin, jarangdor va tuyg’ularga boy. Muallif talay bandlarda hikmat aytishga ham intilgan. To’g’ri, dostonda ba’zan “yuzma-yuz”, Avlodlarga maktub”,”Ruhlar isyoni” kabi mahshur asarlar ruhi yoki ohangi ta’siri sezilib turadi. Ammo muallif o’z iste’dodi va ilmi bilan o’z so’zini aytishga erishgan. Doston janri muallifga kenglikda yayrab, barilla so’zlashga imkon bergan. Dostonning ilk nusxasini o’qib, bo’limlarga jaratish, mos sarlavhalarni qo’yish,b’azi ta’sirlardan tozalash, islomiy aqoidga muvofiq keltirish, ba’zi mavzulardan voz kechish, xat usuli o’rniga xitob usulini qo’llash haqida ojizona fikrlarimizni bildiraganimizdan keyin Abdug’ofur aka uzoq vaqt ko’rinmay ketdi.Asarni sabr va tahammul bilan sobirona ishladi. Yana zarur izohlar va ilovalar bilan boyitdi. Endi u ilk kitobi bilan sh’eriyat muhiblarning mehri va hurmatini qozona oladi, deb umid qilaman. “Insonnoma” xalq nazdida ham,Haq nazdida ham maqbul bo’lishini, muallif va kitobxonlarning dunyoyu oxiratlari uchun manfaat keltirishini tilayman.

Mirzo Kenjabek.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #3 : 04 Noyabr 2008, 10:17:59 »
…Shubhasiz,Alloh insonlarga biron zulm – adolatsizlik qilmas, Balki, insonlar o’zlariga o’zlari zulm qilurlar.
Yunus surasi, 44-oyat.


Bitik boshi.

“Bismillah…” deb boshlagum,Haq
Olsin o’z panohiga,
Barcha hamdu sano bo’lsin
Borliq mulkin Shohiga.

Salovat durudlar bo’lsin
Habibi,Rasuliga,
Ul Muhammad Mustafoga –
Haqning sodiq quliga.

Haqning rahmat salomlari
Bo’lsin chahoryorlarga,
Ashoblarga, ya’ni ul dam
Ul saflarda borlarga.

Barcha o’tgan mo’minlarga,
Tilab rahmat, mag’firat,
Inson,senga iymon tilab,
Nomingga yozdim bir xat.

Bag’rimda bir bahr bo’ldi,
Fikrlar toma-toma,
Bul bitikni bitdim,hamda,
Nomladim “insonnoma”.

Qo’lda qalam ibodatim
Sira qilmay kanda man,
Kechir hatim bo’lsa xato,
Men ham ojiz bandaman.

Bul bitikni demasdirman
Liq to’ladir hikmatga,
Liq to’la dil hasratimni
Ag’darmisham bu xatga.

Yo’q, bu noma hasrat emas,
Ezgu niyatli xatdur,
Insonligin bilmaslarga,
Insonlikka da’vatdur.

Kimdir qarshi bo’lar balki,
Ko’ngli to’lmas bu xatdan,
Kimdir hissa chiqargay bul,
Qissayi nasihatdan.

Kimgadir bul maqbul bo’lar,
Kimga mutlaq yoqmasdur,
Kimdir dildan o’qib boqar,
Kimdir qarab boqmasdur.

Qalbim undar rost aytishga,
U yolg’onni to’qimas,
Kimdur buni yod olgaydur,
Kimdur mutlaq o’qimas.

Kimgadir xush kelib, balki
Xolis bir fikr aytar,
InshaAlloh, kimdir qayda,
Nopok bir yo’ldan qaytar.

Bul bitigim boshlamasdur
Biron bir buzuq yo’lga,
Niyating pok qilib so’ngra
Olgin bu xatni qo’lga.

Har insonga har dam zarur,
Haq so’zlar bordur bunda.
Bul damda bul soz’alr kerak,
Har qadamda, har kunda.

Har bandida bordur foyda,
Bunda also yo’q zarar,
Anglab amal aylasang gar,
Fe’ling tubdan o’zgarar.

Bul bitikning chin maqsadi,
Johillikni yo’qotish,   
Haq yo’lida halol yashab,
Halol rizq ta’min totish.

Sh’aningga so’z bitmoqlikka,
Men o’zimni chog’ladim,
Biroz bo’lsin ta’sir kuchi
Deb qofiya bog’ladim.

Yo’q!Kerakmas shuhrat menga,
Yozmadim men shon uchun,
Istarmki, ma’no tutgil,
Yozmadim unvon uhcun.

Hayron bo’lma, ba’zi baytlar
Sal tuyulsa be’tamroq,
Ko’proq yozdim xatolaring,
Shundan maqtovi kamroq.

Men unutib turmushdagi,
Bor mayday tashvishlarni,
Xo’b izladim izohlarni,
Ko’p noma’qul ishlarni.

Men yozmadim bir millatga,
Yoki ma’lum bir Xonga,
Yozdim umumbashar uchun
Ya’ni,senga – INSONga!

« So'nggi tahrir: 04 Noyabr 2008, 11:10:00 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #4 : 04 Noyabr 2008, 11:11:23 »
Bilgil, burching buyukdir!

Tanang Alloh amri ila
Qora loydan qorilgan,*
Ruhing Alloh lutfi hamda
Mehri-la sug’orilgan.

Go’zal shklu shamoyiling,
Va bor go’zal tafakkur,
Oliy hilqat bu o’zingsan,
Aytmoq kerak tashakkur.

Go’zal hislat, fazilatlar
Jamuljam, senda bisyor,
Bu hislatlar, bu muruvvat
Yana qay jonzotda bor?

Yaratgandan o’zga ayt-chi,
Yana kimga qaramsan?
Qara qanday ulug’langan,
Aziz mukarramsan!**

Barcha borliq sen uchundir –
Shu bir tirik jon uchun.
Borlqidagi borki borlar –
Hazrtai INSON uchun.

Yozilmishdur taqdringa
Xalifalik maqomi.***
Berilmishdir senga zamin,
Ham osti hamda tomi.

Xalifasan – Yerda shohsan,
Bilgil, bu burch buyukdir.
O’yin bilma vazingni,
Bu – burch senga, bu yukdir.

Shunga loyiq bo’lgan buyuk
Xatarni ham unutma,****
Gunohing behisob bo’lsa,
Ezgu ajrni kutma!

So’ravim shul, diqqat ila,
Quloq solgil so’zimga,
Bu so’z senga, bu so’z unga,
Ularga va o’zimga.

Inson kimdir?...U – sen, u – men,
Ular, sizlar va bizlar.
Lekin bu nomga loyiq faqat,
Ul kim,kim Haqni izlar.

* “Hijr” s. 26-oyat,”mo’minlar” s.12-oyat,”Rahmon”s.14-oyat.
** “Al-Isro”s.70-oyat.
***”Baqara”s. 30-oyat.
**** Imom G’azzoliydan.


U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #5 : 04 Noyabr 2008, 11:17:23 »
Taajjubli ta’rinfing.

Tomchi suvdan nutfa bo’lding,
So’ngra alaq qon bo’lding,
So’ng bir parcha go’sht bo’lding va
Raso bir inson bo’lding.*

Erkak hamda ayol bo’lding,
O’z jufting-la topishding,
Zurriyotlar orttirishga
Yoppasiga yopishding.

Yaxshi – yomon ishlaring ko’p,
Bir qorasan, bir oqsan,
Ulug’ so’zda yozilgandek,
Mag’rursan, maqtanchoqsan.**

Biring tarso, biring mushrik,
Biring-chi, musulmonsan.
Ota-onang birdur, vale,
Turli tanli bir jonsan.***

Ba’zan tekis yo’ldadursan,
Ba’zan yo’l yo’qotgansan,
Ba’zan ogoh, ba’zan esa,
G’aflatda tosh qotgansan.

Biring qo’lsa qamchi quldor,
Biring qora tan qulsan,
Biring qozi, biring qotil
Boshqa biring maqtulsan.

Mahkum bo’lgan o’zingdursan,
Ham hukmdor o’zingsan,
Osilguvchi o’zingdursan,
Osguvchi dor o’zingsan.

Poylanguvchi o’zingdursan,
O’zingdandur soqchilar,
Xabar kutgan o’zingdursan,
O’zingdan ayg’oqchilar.

Mazlum kimdur?bu o’zingsan,
Va zolim ham o’zingsan.****
Johil kimdur?Bu ham o’zing,
Va olim ham o’zingsan.

Bir yonda xasis, ziqna,
Bir yon hotamtoylaring.
Bir yon to’la faqirlarga,
Bir yonda-chi, boylaring.

Xaridor ham o’zingdursan,
O’z ichingdan tojirlar,
Vafodor qatoringda,
Va oz emas fojirlar.

Istagancha kengliklarni,
Sayhon qilgan o’zingsan,
Ekin ekkkan o’zingsan, so’ng
Payhon qilgan o’zingsan.

Bunyod etib shaharlarni
Dong’I ketgan o’zingsan,
Barchasini bir zumdayoq
Vayron qilgan o’zingsan.

Barcha jonzot hurkib turar,
“Odam” otlig’ otingdan.
To’g’ri “zo’r”san, lekin qiziq,
Qo’rqoq ham o’z zotingdan.

Biring doim vahimada,
Qarilikdan,tolishdan,
Boshqa biring boyligidan,
Ayro tushib qolishdan.

Kaltak yegan kim bo’ldi-yu,
Zarba urgan kim bo’ldi?
Chekkada qo’l qovushtirib,
Qarab turgan kim bo’ldi?

Barcha ta’rif egasi bu
O’zingsan g’ofil INSON,
Yaxshi yomon ishlar bari,
Senikidir,bil INSON.

Yana qancha ta’rif kerak,
Yo’q,charchamam aytishdan,
Qani ayt-chi, umid bormi,
O’zligingga qaytishdan.

Oq-qorani ko’rib nahot,
Farqin anglab yetmasang,
Bunchalar ham o’zligingdan,
Yiroqlashib ketmasang!

* "Mo'minlar" surasi,13,14-oyatlar, "Qiyomat" surasi, 37-38-oyatlar.
** "Hud" surasi 10- oyat.
*** "Hujurot" surasi,13-oyat.
**** "Ibrohim" surasi, 34-oyat.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #6 : 04 Noyabr 2008, 11:18:20 »
Tarixing ta’rifinda.

Fosiq fe’lli ko’p kaslaring,
Noming bulg’ar alhazar,
Shul o’rinda tarixingga,
Tashlasak bir dam nazar…

Qirg’in-barot, qiy chuv ila,
O’tdi qancha asrlar,
Vayron bo’ldi, kuyib bitdi,
Qancha qo’rg’on qasrlar.

Qay elating buyuk bo’ldi,
Egalladi sharf – shon.
Qay biridan qatli om-la,
Qolmadi hech nom nishon.

Xudolikni da’vo qilgan,
Uch to’rt badxulq kasriga,
Qirg’in to’ldi tarixingning
Har bir yilu asriga.

Qirg’iningga qo’l keldi ko’p,
Qilgan kashfiyotlaring,
Insonligin unutdi ko’p,
O’z zotingga yotlaring.

Ilk yasalgan qurollaring,
Turli suyak toshlardan,
Qancha-qancha tanalarni,
Judo qildi boshlardan.

Jonga qasdni qildi maqsad,
Topilgan turli tig’ing,
Qirg’iningni qildi oson,
So’ngra pilta piltig’ing.

Lek miltig’ing kor kelmadi,
Qo’rg’onlarni buzishga,
Zambarakni o’ylab topding,
Kor kelar deb bu ishga.

To’p-to’p qilib odamlarni,
To’plab otdi to’plaring,
Bu ham kamday ixtironi
To’xtatmasdi ko’plaring.

Va nihoyat kashf qilindi,
O’zi yurar qurollar,
Qirildi ko’p begunohlar,
Ayollar, yoshlar,chollar.

So’ngra o’zi uchar, otar,
Qurollar ham topildi,
Go’yoki tosh qurollaring,
Sahifasi yopildi.

Yo’q!Yo’q!Yana bir bora – Yo’q!
Bekorlarni aytasan,
Bu ahvolda yana tezda,
Tosh qurolga qaytasan.

Tarixdagi urushlaring,
Sanog’iga cho’t yetmas,
Yana urush, qirg’in barot,
Miyangdan nari ketmas.

Bul ketishda omonatin,
Xojang qaytib olgaydir,
Minglab yillar yiqqanlaring,
Keyin kimga qolgaydir.

Qurollaring kor kelmasdir,
Haq balosi kelsa zo’r,
Qani, keyin qolarmikan,
Sendan bitta merosxo’r?

Har tarafdan turli to’fon,
O’rlab holing bo’lsa tang,
Kor kelmasdur qanotliyu
Va qanotsiz raketang.

Butun boshli koinoting,
Yonib tursa o’choqday,
Topgan atom bombalaring,
Uchar pista po’choqday.

Nafs yo’lida topganlaring,
Seningcha hali kamdur.
Har topganing tanazzulga,
Qo’yilgan bir qadamdur.

Har g’arazli kashfiyoting,
Har bir yangilik ishing,-
Oqibati bir vaqt kelib,
Boshga balo ortishing.

Har kashfingdan hayratdasan,
Oshib zavqu g’ayrating,
Bu borlqini bor qilganga,
Yo’qdir aslo hayrating.

Ildam bo’l-u,hovliqmagil,
O’zdan ketib shoshmagil,
Har ixtiro borasinda,
Hech haddingdan oshmagil.

Maqsad quyon ovlashmidur,
Yoki o’rdak otishdur?
Qurolingdan maqsad bitta,
Zotingni yo’qotishdir.

Nima bu bir adashishmi,
Yoki istak xohishmi?
Yoki ermak o’yinmidur,
Yo boshqa zarur ishmi?

Tinchligingni tinch yo’l ila,
Nahot hal qilolmasang,
O’zing boshlab o’yiningni,
Adog’in bilolmasang?

Balki dersan bu bir ermak,
Yoki tinchlik qurishdir,
Yo’q,aldama,niyating bad,
Maqsading – shum urushdir.

Orangdagi uch-to’rt kasning,
Cho’ntagi, pul uchundir,
Asli erta paydo bo’lar,
Vayrona, kul uchundir.

Qurollaring uchun bozor
Erur urush maydoni,
Nishon tayin, bu o’zingsan,
Ya’nikim, inson joni.

Ba’zi damlar ketib o’zdan,
Chalib shodlik kuyini,
Huvillatib qo’yding ancha,
Allohning Bayt – uyini.

Ulug’ ibodatxonalar,
Vayron bo’ldi talandi,
Sharobxona ombor bo’ldi,
Va yoki o’t qalandi.

Harom-harish narsa tiqding,
Boqding unda cho’chqalar,
Hozirda ham kimdir qayda,
Ulug’ baytga o’t qalar.

Gumrohlikning sahrosida,
Adashding,kezding, chopding,
Unutib sen Haqni, turli
Dohiylar o’ylab topding.

Tarixingda qaysi bir zot,
Doxiylikni istadi,
Omma aqlin axta qilib,
Daxriylikka qistadi.

Ul “daho”lar xohlamasdan
Xoliqning xohishini,
Xohladilarkim, xaloyiq
Haqni unutishini.

Qani o’sha dixiylaring,
Qani o’sha “daho”lar?
Bilmam,endi Xollaq O’zi,
Buni qandoq baholar?

To’g’ri o’rgan o’tmishini,
Zaminning har xalqini,
Tarxingni to’g’ri bitgil,
To’g’ri bo’lsin talqini.

Ko’p kuzatdim tarixingda,
Yolg’on yashiq bitishlar,
Kimlargadir kerak bo’ldi,
Turli taftish-titishlar.

Avlodlaring adashtirgay,
Bundayin usti ostlik,
Tarix talab qilar sendan,
Hamisha ro’yi rostlik.

Tarix bu – osor maktuba -
Ajdodlaringdan xatdur,
Tarix aytar kimligingni,
Tarix saboq, ibratdur.

Qavmlaring shajarasin
Ko’plar chalkash tuzmishlar,
Atay toptab o’tmishingni,
Tarixingni buzmishlar.

Kim tilabdur o’zga elga,
Bosqinlik, zulm, zo’rlik,
Bir kun oxir qavmi ko’rgay,
Battar bir xorlik, xo’rlik.

Kim quturib tig’ o’natar,
O’zga elat qoshida,
O’sha tig’I bir kun o’ynar,
O’z xalqining boshida.

Kim agar kin, g’araz ila
Yer yuziga chang solar,
Oqibat o’z eli cuhun
Do’ppidek bir yer qolar.

Biz buyukmiz degan zotlar,
Yurtlariga bir-bir boq,
Shumlik shunday saboq berar,
Tarixdan shunday saboq.

Qani o’sha yer yuzini,
Olmoqchi sarkardalar.
Barchasining borlig’iga,
Tarix tutdi pardalar.

Birir oqil, biri johil,
O’tdi qancha amirlar.
O’tdi qancha “bexabarlar”
Hamda valiylar,pirlar.

O’tdi barcha johillar ham,
Ham barcha ahli donnish,
O’tdi jimgina yurganlar,
O’tdi qilgan dil xonish.

O’tdi qancha faqir gado,
O’tdi qancha boylar ham,
Qurib bitdi qancha daryo,
Qancha toshqin soylar ham.

Ketdi qancha tog’,o’rmonlar,
Kesildi qancha tollar,
Ketdi ming yillik chinorlar,
Ketdi yosh navnihollar.

Qora qondan qancha-qancha
Daryolar to’ldi, toshdi,
Qancha yo’llar uzra qavming,
Qilig’I haddin oshdi.

Shu qisqa bir tarixingda
Qavming to’kdi qancha qon,
Xamirturushingga tuproq
Bergan zamin pushaymon.

Oh, ul qancha istamovdi,
O’shal payti ibtido,
Quloq tutgil,qat qatidan,
Har lahza qilur nido.

Sezgan erdi kirdikoring,
Ul berarda loyini,
Ne ilojkim, sendan qochib,
Tark etolmas joyini.

Har quturgan holatingda,
Bo’lmasdur seni tanib,
“Loy hadya”si yodga tushib,
Zamin qo’yar siltanib.

Ba’zan boshi, ba’zan qalbi,
Yo boshqa joy tebranar,
Zotingdagi tushunmaslar,
Tushunmay ajablanar.

Sig’dirolmay ichga alam,
Zamin titragan damda,
Qaysidir bir qavimng qolar,
Falokat g’am alamda.

So’ngra samo saltanati,
Yig’lagay to’yib to’yib,
Sen qolarsan sel ichinda,
Tinchliging bir yon qo’yib.

Ul zamonkim osmon zamin,
Yo’qotsa sabru toqat,
O’shal damda yog’ilgaydur
Boshingga bir falokat.

Qani qavming qachon o’zin,
Fe’lu xuyin tuzatar,
Degandayin Sobir senga
Sezdirmayin kuzatar.

Tugal topmas ta’rifingdan
Qalqisin ko’zda yoshing.
Bitik bitib bilmam charchoq
Yetsa bo’ldi bardoshing…

Nazarimda ko’pchiliging
Kimligin unutganday,
Qani edi ta’sir qilsa
Yozganim men kutganday.

Bul bitigim ta’sir qilsin
Misoli bir chaqinday,
Bul ketishda,nazarimda
Halokating yaqinday.
« So'nggi tahrir: 04 Noyabr 2008, 11:20:13 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #7 : 04 Noyabr 2008, 11:26:58 »
Hozirgi holat haqinda!

Shaharlaring suv bosmoqda,
O’rmonlaring yonadur,
Bul barchasi, balki yaqin,
Jazodan nishonadur.

Yerning qay bir nuqtasida,
Tinmas to’fon, dovullar,
Qayda bilmam, qahatchilik,
Qayda olov lovullar.

“Yutuq”laring tutunlari,
To’lmoqda shaharlarga,
Sof havolar o’z o’rnini,
Topshirar zaharlarga.

Ekinlaring suvga zordir,
Dengizlaring suv so’rar,
Borliq bu hol sababini
Sening fe’lingdan ko’rar.

Zaminga ayt endi uzring,
Unutmagil jazoni,
Tavba qilgil, tazarru’ qil,
Tinch qo’y endi fazoni.

Otish, titish va qo’porish
Bilan yer bag’rin o’yding,
Bu ham kamday kimyo ila
Giyohvand qilib qo’yding.

Yer bag’rini o’yma, bu choh,
O’z halokat chohingdur,
Zamin senga Vatan axir,
Beshik qarorgohingdur.*

Ona yerda rizq topib sen,
Yegaydursan, kiyarsan,
Unga ozor orttirishdan
Qachon o’zni tiyarsan?

Yerga ozor berma zinhor,
Ey,Allohning hilqati,
Ajdodlaring suyagidan
Ko’tarilmish bir qati.

Yaxshi ermas yer sha’niga,
Noma’qul so’z aytishing,
Yeb-yeb oxir yer deganga,
Bordir bir kun qaytishing.

Hosiling sal o’xshamsa,
Ko’rasan ob-havodan,
Xo’b emasdur andisha qil,
Bul noo’rin da’vodan.

Senga suvin beray degan,
Bulutga to’p otasan,
Yomg’ir yog’sa hududingga
Ayt-chi, ne yo’qotasan?

Kun bo’yi qor yog’sa agar,
Buncha yog’ar ko’p deysan,
Na sovuuqa ko’nadursan,
Na issiqqa  xop deysan.

Issiq, sovuq o’z o’rnida,
Ayblamagil yoz qishni,
Aljirama,ayta ko’rma
Haqq xush kelmas ishni.

Qayga quyosh nuri kerak,
Qayga yog’in shodasi,
Bu barchasi Haq hukmidan,
Bari Haq irodasi.

Ba’zan yoqmas bir narsaning
Na ho’lu na qurug’i
Ba’zilar der tarvuz yesa,
“Chiqmasaydi urug’i”.

Har narsaning o’z o’rni bor,
Hayotda aytsam senga,
Deylik bejiz terilmagan
Tikan tipratikonga.

Yaxshiyamki, sen yo’q eding,
Bu olam yaralganda.
Bilmama holi ne bo’lardi,
So’zingga qaralganda?

Alloh sening irodangga
Emasdur aslo muhtoj.
Beadad hamd, sano aytgil,
Boshingga kiydirmush toj.

Fe’ling o’ngla kuch berguncha
Turli “ohu-voh”ingga
Turmushing gar tuzalmasa,
Ag’darma ilohingga.

“Bevafo” deb dunyo sha’nin
Sharhlashga doim sahysan,
Dunyo hovlisida yashab,
Dunyosini yomonlaysan.

Haq berdi bu sayyorani,
“Senga keragi jam” deb
Bekam yaralgan dunyoni,
Qoralaysan “bir kam’ deb.

Bu go’yoki bir hovliga
Kirib, to’yib, ichib, yeb
Ketishdir bu boy hovlidan
“Hovlining kami ko’p” deb.

Omonat dunyoda yasha,
Ijarachi mehmondek,
Ketishing ko’p og’ir bo’lar,
Gar yashasang mezbondek.

Hayot yo’ling ba’zan bo’lib,
Yaxshigayu yomonga,
Biron kamlik chiqib qolsa,
Ag’darasan zamonga.

Hey, zamonni sent inch qo’ygin,
O’z Egasi bor uning.
Har zamonning miqdori teng,
Teng o’tar yil, oy, kuning.

Unutmagil tinglovchi bor,
Doim ohu zoringni,
Sen esa kam eslaydursan,
Oliy hukmdoringni.

Qilg’ilikni o’zing qilib,
Deysanki:”Shayton ishi”,
Shayton miltiq tirab turgan,
Ko’rmadim biron kishi.

Nima qo’ling bog’lab shayton,
Qialrmu seni majbur?
Unda qurol yo’qdir qo’rqma,
Undan faqat yuzing bur.

U hunari to’g’risida
Bilarmusan ne aytar.
Bor yomonni “yaxshi” deydi,
Bu hiylaga sen shay tur.

Uni qo’ygil o’z holiga,
Gunohlari yetadur,
Gar qilmasang aytganini,
Sendan nari ketadur.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #8 : 04 Noyabr 2008, 11:27:48 »
Shayton faqat fikr tashlar,
Shundan qaytsang bo’lgani,
Bu osondur,Alloh aytgan,
So’zni aytsang bo’lgani.

Bilmasang bu soz’ni bul dam,
Bildiray, bu nimadur –
Zoting uchun har dam zarur,
Aytilar kalimadur.

Alloh sen-chun nozil qilgan,
Buyuk Kalomga ko’ra,
Shaddod shaytonning sharridan,
Allohdan panoh so’ra.**

Ba’zan do’stday bo’lib Iblis,
Har yonga boshlab qochar,
Ishonmagil Ulug’ Kunda
Ul “do’sting” tashlab qochar.

Ne kor bo’lsa o’zingdandur,
Aybni qidir o’zingdan.
Tavba o’rniga aytilgan,
Ko’p noma’qul so’zingdan.

Izla,q ay yo’l bilan topgan,
Ichgan oshu tuzingdan.
Hayot fasllaring ichra
O’tgan bahor kuzingdan.

Qilmishingdan qidir, senga
Har bir yomonlik yetsa,
Yaratganing ishi bo’lar,
Ul ofat nari ketsa.***

Alloh derki:”O’nglamasman
O’nglamsang o’izngni”****
Aks holda jazong aniq,
Kattaroq och ko’zingni.

Bul kundagi holatingni,
Aytsam, iqror bo’l chindan,
Avjga chiqqan tubanliklar,
Bani basher ichinda.

Tovuq yuzin ko’rsatmayin,
Jo’jalarni ochirsang,
Buqa yuzin ko’rsatmayin,
Molni sun’iy qochirsang.

Anglamasdan koo’zlab oxir,
Bebiliska qoidani,
Buzma Alloh belgilagan,
Buzilmas qoidani.

Benasib qilma jonni,
Belgilangan savobdan,
O’zni o’ngla, tafakkur qil
Qo’rqqil og’ir javobdan.

Ko’plar oila baxtidan,
Yuzni chetga burmishlar,
Qator-qator qurilgandir,
Ko’p nikohsiz turmushlar.

Padari kim, bilolmasdan,
Zurriyotlar ozorda,
Erman degan uyda qolib,
Xotin yursa bozorda.

Er erkakka nikohlansin
Desa ba’zi davlatlar,
Essiz…erkak deb berilgan
Arosatli savlatlar.

Izlanish deb tirik inson,
Tanalrin tilsalar,
Jarrohlaring erni ayol,
Ayolni er qilsalar.

Ayollaring tug’maslikka
Qandaydir sim soldirsa,
Hohlaganda bola tug’ib,
Hohlaganda oldirsa.

O’,bunchalar ko’p xohishlaring,
Yana nelar tilarsan?
Lekin Xoliq xohishini
Ayt-chi, qachon qilarsan?

Bul kun endi sen joy qilding sen,
Quturish qoyasini,
Inson sun’iy tug’ilmoqda
Ko’rmasdan doyasini.

E, yo’q!Tilim bormagaydur,
Endi inson atashga,
Kim ijozat berdi senga
Sun’iy inson yasashga?

Bu “hunar”ing ochiq oydin,
Da’vodir Xudolikka.
Bu gumrohlik, ko’rnamaklik
Raqiblikdir Malikka.

Bu bir belgi erur inson
Insonlikdan bezganin,
Bul dam ochiq aytadurman
Ko’nglim neki sezganin.

Bu qilmishing qilmishlaring,
So’nggisidir, so’nggi had,
Gar bu haddan bir hatlasang,
Tamom!Ish boshlar Ahad.

Gar bir qadam qo’yding tamom….
Qarabsanki, jardasan.
Ne degaysan, bu “qiliq”qa
Ul Kun so’z aytarda san.

Yoqmasa-da so’zim tingla,
Tishga qo’yib tishingni,
Bundan buyon boshqacharoq,
Bilib qilgin ishingni.

Tinglasunlar tomirida
Insonning qoni borlar.
Tinglamaslar meni devor,
Tinglams jonivorlar.

Bu bir faryod bu bir o’kinch,
So’zim shundoq shakdir,
Sabab, bu hat muallifi,
Ham senga bir vakildir.

Bu fayrodim shu’la bo’lib,
Yer yuziga sochilsa,
Ko’zi ochiq ko’rmaslarning,
Ko’r pardasi ochilsa.

Yetar, bas qil!To’xta!Jim bo’l!
Bo’lma bir pas so’zimni!
Tavba qilgil, Yaratgandan,
So’ra sabr,to’zimni.

Dilda qotgan tugunlarni,
Tangri O’zi yechirsin,
Yetar shuncha gunohimiz,
Tangri O’zi kechirsin.

Bilkim,bul kun zarur erur,
So’z va ishning puxtasi,
Bul kun kutar endi seni,
O’nglanishning nuqtasi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #9 : 04 Noyabr 2008, 11:28:44 »
Unutmagil Yer yuzida
Behisob sonligingni,
Unutmagil Yaratganni,
Hamda Insonligingni.

Unutmagil,Alloh bergan
Qanday ulug’ taxting bor,
Shukr qilgil,istig’for ayt.
Hali hamki vaqting bor.

Maqsadimning ma’nosini
Chaqqil chuqur o’ylagil,
Bilmaganga bildir sen ham,
So’raganga so’ylagil.

Sen unga ayt, u-chi unga,
U aytsin qolganlarga,
Faqat aytgin angglaganga,
Ozuqa olganlarga.

Anglat so’zim yo’l istagan,
G’aflatda yotganlarga,
Behudaga so’z qotmagil,
Dili tosh qotganlarga.

Anglat so’zim quloq tutar,
Keksalarga, yoshlarga,
Aytma quloq tutmaslarga,
Dili xarsang toshlarga.

Aytma husni karaxt qilgan,
Mag’rur qalam qoshlarga,
Bor muddati uch-to’rt kunlik,
Qo’lma qo’l taloshlarga.

Dillar ichra dil poralar,
Toshdan qattiq dillar bor.
Shunday dilga ega bo’lgan,
Behisob vakillar bor.

Uyg’on, axir,qiyomatdan,
Ko’rinar alomatlar,
Ko’rnamaklar o’z qavmiga
Yog’dirar malomatlar.

Haqligini tan olmay yov
Chang solar Haq diniga,
Mehrsizlar mulk talashar
Og’a yotdir iniga.

Iymonlilar boshlariga
Qadalgan tig’ tug’laring,
Fosiqlaring ortib borar
Kamayar ulug’laring.

Otalar o’z farzandlarin
Ilmdan qaytararlar,
Ilm ahliga yov ko’rgandek
Bad nigohla qararlar.

Amirlaring avom haqin
Yamlamasdan yutarlar.
Bilib turib tubanlikka
Shunchalar yuz tutarlar.

Mazlumlarga zulmkorning
Zulmi ziyod ortadur.
Begunohlar soat sayin,
Nohaq azob tortadur.

Mehnatkashing mehnatiga
Arzimas chaqa olgay,
Yer yuzida asta-sekin
Adolat ham yo’qolgay.

Har qadamda xaridorlar
Haqligiga xiyonat,
Tansiqlikning ro’yxatidan
Joy olmoqda diyonat.

Ko’plar oxir bormay qolar,
Halol-harom farqiga,
Inson qadri baholanar,
Oddiy narsa narhiga.

Demishlarkim, bular bari
Qiyomatdan xabardir,
Balo kelsa yaxshi yomon
Barchaga barobardir.

Inson uchun umumqo’rg’on,
Nuraydir asta-asta,
Hushyor bo’l-u, hayron bo’lma,
Jazo olsang bir pasda.

Insonlikning o’zi senga
Alloh bergan inoyat,
Haq yo’li har bir qilgan,
Xatong – ulkan jinoyat.

Keragidan ortib ketdi,
Jinoyating to’plami,
Yetar shuncha jinoyating
Yo bormi, hali kami?

Axir tokay davom etar,
Bundayin xunuk holat,
Xunuk holat tugashiga
Bormi biron kafolat?

Yo, alhazar,nelar bo’lar
Zamonangda shu tobda?
Begunohlar o’ldirilsin
Deyilmish qay kitobda?

Zo’ravonlik,bosqin,zulm,
O’zga yurtni talashlar,
Ayrim aymoq ajdodlarin
Go’riga o’t qalashlar.

Har nuqtaga xohlab uchar
Har xil harbiy uchoqlar,
Har soniya kimdir yig’lab,
Jonsiz tana quchoqlar.

Qay bir elda azob tortar,
Peshonasi sho’rlaring,
Boshqa elda yana battar
Quturadi “zo’r”laring.

Kim xohlasa titkilasa,
O’zga bir yurt yerini,
Qidirganday onasining
Ikkinchi bir erini.

Ayt, kimga kim ruxsat berdi
O’zga yurtni talashga,
Kambag’alning quruq qora
Qozonini yalashga.

Bir bechora el holiga
Kulishga,”ho-ho”lashga,
Yoki “biz bir buyuk halqmiz”
Deb o’zni baholashga.

Bu buyugu,boshqa xalqlar
Nima, kuyuk, xas – xormu,
O’zni buyuk atashlikka,
Allohdan yorliq bormu?

Kerak bo’lsa, har elatning,
O’z ichida “yot”lar bor,
Chin insonlik nomin olgan,
Ulug-ulug’ zotlar bor.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #10 : 04 Noyabr 2008, 11:29:31 »
Har insonga teng berilmish,
Inson degan ulug’ nom,
Inson bo’lib ko’z ochdimi,
Berilgay ushbu maqom.

Har chaqaloq yo’rgagida,
Chinqiragan pallasi,
Ona tilda yangragaydir,
Onasining allasi.

Onaning bu dil sadosin,
Bejiz topmagan bashar,
Bir umr vujudingda,
Bu nido birga yashar.

Ayt-chi,tokay Ona zoti
Qo’rqib yurak hovuchlar?
Bu qo’rquvchi his qilarmu,
Mal’unlar – yovuz kuchlar?

Tavba,Ona talab qilsa,
Bolalar – yosh jonlardan:
“Jon bolalar hushyor bo’ling,
Ko’chada INSONlardan!”

Kichkintoylar kulib qilsa
Boshlarin sarak-sarak,
To kelguncha onalarning,
Koz’lari olazarak.

Ana,inson hayotining,
Holidan bir manzara,
Ne kunlarga qoldi bosing,
Ahvolingga bir qara.

Bu yovuzlik illatining
Bormikan bir dorisi
Bu illatga ilashganning,
Bo’lmasin bir vorisi.

Inson emas ul yovuzlar –
Harakatli haykallar.
Xo’sh, ularning bo’sh qalbini
Ayt-chi, nima sayqallar?

Topsang-u tup tugadigan,
Tuvagiga tupursang,
Tarixingdan temir tishli,
Supurgi-la supursang.

Qirg’in barot ortar,go’yo
Tugab borar to’ylaring,
Yerni go’yo bo’ri bosgan,
Qirilmoqda “qo’y”laring.

Farmonlarda tinchlik degan,
Moddalar kamaymoqda,
Mug’ombirlar safi ortib,
Soddalar kamaymoqda.

Badxulq kaslar shumligidan,
Dunyo ozor tortmoqda
Demak inson shaklidagi
Shayton sfi ortmoqda.

To’lmay turib bu iblislar,
Bu badkorlar orasi,
Qidir,izlan, to’plan, so’ra
Bormi tinchlik chorasi?

Bunga chora barcha birdan,
Sof Iymonga kelishdir,
Bunga imkon borku senda
Nahot, bu o’gir ishdir?

Tokaygacha tinchlik uchun,
To’xtam yo’q bir bitimga
O’zni bunday aldab yashash
Ayt-chi, kerakdir kimga?

Qani, tinchlik uchun tayyor,
Insoniylik g’ururi?
Qachon qaytar qalblaringga
O’sha tinchlik sururi?

Tinchlik istab bul bitikni
Bitarman, bilsang, atay,
O’rgat menga tinchlik nedur,
Bilmasang,kel o’rgatay.

Yetar “urush-urush”!Kirish,
Buzganlaring butlashga,
Tadbir tuzgil endi tinchlik,
Tantanasin qutlashga.

“Zo’r”ligingdan tuynuk solding,
Sen zaminning tomiga,*****
O’ylamassan uchrashingni
Alloh intiqomiga.

Sezmadingmu,yaqin kunda
Zamin ichdan ketdi darz,******
O’nglanmasang foyda bermas,
Ul Kundagi nolish,arz.

Darz ketdi Yer-qarorgohing,
Qo’rg’oning o’qi,sinchi,
Bir sen emas, bor jonzotning,
Buzildi rohat, tinchi.

Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Vahima gap emasdur,
Bu gaplarni har odamga,
Har uchragan demasdur.

Anglarmusan, negaligin,
Avming xilma-xilliging,
Alloh sinab ko’rmoq bo’lar,
O’zaro ahilliging.*******

Qani, Alloh kutgan o’shal,
Ahilligu ittifoq,
U tark etar yurtlaringni,
O’rtada nizo-nifoq.

Shul bois har elatingda
Turli balo, kasofat,
Har tarafdan o’rlab kelar,
Yeru samoviy ofat.

Inson uchun ziynat erur,
Birodarlik, ahillik,
Ne kerakdur qavming aro,
Nohaqligu baxillik?

Nohaqliging ko’pdir sanab
Sig’dirib bo’lmas tanga,
Ot o’g’risi jazo bersa
Tovuq o’g’irlaganga.

Johilingda qop-qop oltin,
Olimingda mis tanga,
Qay biri ko[p foyda berar,
Elu yurtga, vatanga.

Har elingda, har bir yurtda
Uchragay bunday holat,
Dunyo xarob holga kelgay
Bo’lmasa gar adolat.

G’alamislar ko’p orangda,
Qilmishiga payt poylar,
Imkon topsa zumda qalbga,
G’alamis urug’ joylar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #11 : 04 Noyabr 2008, 11:30:20 »
Insoniylik burchin ular,
Hech zamonda uqqanmas,
Inson bo’lsang bil ularni,
Inson zoti tuqqanmas.

Ul badfe’llar ko’zlaringga,
Keng dunyoni tor qilar,
Farzandim deb atashlikka,
Onalar ham or qilar.

Afsus deging kelar afsus,
Ularning ham joni bor,
Mingta unday g’alamisdan,
Afzal bitta jonivor.

Ba’zilari boshliq bo’lib,
Jamoasin talaydur,
Xalqqa zulm qilib rahbar,
Tovonini yalaydur.

Harom harish lqumalardan,
Qorinlari osilgay,
Quruq shishgan o’pkalari,
Faqat o’lsa bosilgay.

Qarg’ish olsin deya, so’kar,
Har bir xodim a’zosi,
O’ylagayki, hech vaqt kelmas,
Qilmishlarin jazosi.

Vaqtinchadir unday kasga,
Har kun tekin ziyofat.
Lek abadiy erur uning,
Boshiga kelar ofat.

Ularni hech qiziqtirmas,
Haq yo’linda majolis,
Quruq, qurtlagan qalblari,
Bunday majlisdan oils.

Saflaringda sonsiz sag’ir,
Siqilgan sof siynalar,
Qilmishingdan qancha-qancha,
Qaynoq qalblar qiynalar.

Bul kun olam to’lgan, anglab
Bo’lmas yolg’on rostlarga,
Bilib bilmay berilgaylar,
Yolg’on extiroslarga.

Qara, zamin hayot uchun
Qanday go’zal qurilgan.
Sen tufayli uning husni,
Bugun biroz buzilgan.

O’zni o’ngla,o’tmay turib,
Yillaring misli poyga,
Bir kun olib borishar sen
Xohlamagan bir joyga.

Ayrimlaring sof iymonli,
Ibodati ham sozdir,
Taassufkim,ayrim damlar
Alar saflari ozdir.

Qani,ulug’ bobolaring
O’gitlari o’ldimi?
MAqsad mujmal kop’laringda,
Shul ham yashash bo’ldimi?

Birov atay birovlarni
Urushgali qistaydur,
Yana derki:”Neki bo’lsa
Alloh O’zi istaydur”.

Shunchalar ham singib ketmish
Urush inson qoniga,
Zoting parvo qilmas hatto
Oylarning sultoniga.

Ulug’ oyda ham tinchi yo’q
Qancha mamlakatlarning,
Ko’milgaydurlar ostiga
Kimlardur la’natlarning.

Qadimda ko’p kimsa bu oy
Iymonin yo’qotmagan,
Hatto urush maydonida,
Bironta o’q otmagan.

Ul damlarda Ulug’ Oyda
To’xtatilgan urushlar,
To’xtatilgan boshqa bir yurt
Qavm ustiga yurushlar.

Bir xabardan bexabardur
Ko’p o’lkalar, ko’p joylar,
Bilmas qaysi oylar urush
Harom qiliungan oylar.

Alloh aytmish kalomida:
“Do’st tutgil bir-biringni”,
Tirnoq ostidan qidirma
Bir-biringning kiringni.

Bu ne holat bir-biringga
Yov qarashlar qilarsan,
Tap tortmasdan bir-biringga
Ba’d niyatlar tilarsan.

Bir-birigni quturgandek
Hech qayovsiz qoparsan,
Bu ham kamday yana turli,
Nizo o’ylab toparsan.
Bir-biringni hayvon deysan,
Eshshak deysan, it deysan,
Tushunsa gar biron hayvon,
Hushyor bo’l, tepki yeysan.

Hayvon debon so’kma sira,
Biron ablah odamni,
Tushunsa gar,ko’tarolmas,
Hayvon aslo bu g’amni.

Bir-biringni so’kma zinhor,
Do’st tut o’zing o’zingni,
Darig’ tutma yaxshilikni
Shirin qilgil so’zingni.

Alloh senga tavba uchun
Imkon berar atayin,
Yo’qsa, barcha berganini
Tortib olishi tayin.

Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Aytaman yana takror,
Tavba qilgil, tazarru’ qil,
Hali hamki imkon bor.

Maqsadim bu kuyunishim,
Senga ta’sir qilsaydi,
“Karquloq”lar qulog’iga
Biroz gapim ilsaydi.

Hafa bo’lma, ko’p to’xtalsam
Nopokliklar haqinda
Istak:umumbashar ofat
Kelmasligi yaqinda.

Yetar, endi chek qo’ygil sen
Qirg’in barot,ur-surga
BAxt toparsan,amal qilgil
Alloh bergan dasturga.

Yaratganning dasturi bu
Nozil qilgan Kalomi.
Anglaganga bo’lsin doim,
Haqning rahmat salomi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #12 : 04 Noyabr 2008, 11:31:37 »
Erta kunga ishonching yo’q,
Vujudingda tolishlar…
Qarashlaring horg’in, ma’yus,
Og’ir nafas olishlar.

B’azan hadding bilding, ba’zan
Haddingdan xop oshgansan,
Tekis, ravon yo’l turib
Tor yo’lda adashgansan.

Bilib-bilmay kirishding sen
O’zliging yo’q qilarga
Tinchimaysan,tirmashasan
Qandaydir cho’qqilarga.

Ko’p urinma, befoydadir,
Joy olmassan samodan,
Neki bo’lsa, yerda qilgil,
Talab shu tirik jondan.

Ko’k qiroli burgutning ham
Rizqini shu yer berur,
Sayri-parvoz ko’k bo’lsa ham
Rizqini yerdan terur.

Bunchalar xush ko’radursan,
Ko’kni,baland parvozni,
Ko’rgil holing ne bo’lishin
Yelda uchgan qog’ozni.

Shamol uni uchirgaydur,
Istasa cho’lga, toqqa.
Yo o’ynatib ko’kda bir dam
Birdan urar botqoqqa.

Xarindingga pul yetmasa,
Deysan:”O’lsin, pul o’lsin”,
Qo’y, o’lmasin, o’sha puling,
Bo’lsin me’yorda bo’lsin.

PUl,mol uchun odam qirish,
Portlatish,chopish,otish?!
Bunga ta’rif bitta bo’lar,
Bu faqat IYMON sotish.

Hozir bir gap aytsam senga
Iltimosim,kulmaysan,
Suv sotganing mayliku-ya,
Havoni ham pullaysan.

Yana bir gap aytsam agar
Ko’plar toshdek qotadir,
Ko’pchiliging kezi kelsa,
IYMONin ham sotadir.

Chunki uni yeb bo’lmasdir,
Ust,boshga ham kiyilmas,
Alloh,O’zing kechir bu til,
Bunchalar ham tiyilmas.

Vujudingda,qulubingda,
Ruhingda bo’lar IYMON,
Barcha xislat IYMONdandur,
Bunga chin dildan ishon.

Alloh O’zi nigohimiz
Haq yo’ldan qayirmasin,
QO’ymasin hech narsadan ham,
IYMONdan ayirmasin.

Har insonda har insonga
Bo’lsin mehr,intilish,
Nega kerak qirg’in barot,
Tana tilish, qalb tilish?

Bir-biring sev dushman dema
Bo’lmasa ham u dindosh,
Ota-onang bir-ku, barchang
Bir-biringga qarindosh.

Xudo O’zi xohlab bo’lmish
Barchani turli dinga,********
Bu bir sinov qon to’kmagil,
Qiliching solgin qinga.

Barchani bir yo’lga buray
Deb qurol olma qo’lga,
Haq xohlasa barchamizni
Boshlar O’zi Haq yo’lga.

Axir, dinda yo’qdir aslo
DInga zo’rlab kiritish,*********
Demak jangga yo’qdir hojat,
Kerak fikr yuritish.

“Bexabar” va “bilmas” banda
Dinga kirmasdir birdan,
Pand-nasihar ila bo’lsa,
Naf border bu tadbirdan.

Sen “kofir” deb kulganlarning
Haq yo’lda yurgani bor,
“Mo’minman” deb mo’minlarni
Haq yo’ldan urgani bor.

Yurt kezib, ul yurtni buzib
Jar solma sen har yonga,
Kim mo’min, kim kofir erur
Hojat yo’qdir bayonga.

Din bahona yurtni buzib,
Ag’darma biron taxtni,
Alloh O’zi jazolagay
Har bir kofir – badbaxtni.

Bu dunyoda din bahona
Bul kun ko’plab g’alayon,
Qay din haqdur Haq biladi
Haqiqat Haqqa ayon.

Har ish Haqning hukmi bilan
Hayoling yig’ bir yona,
Har bandaga IYMON tilab
Duo qil g’oyibona.,

To’xtab jangu jadal birdan
Jahonda barcha jimsa,
O’z – o’zidan jang boshlamas,
Jahoinda biron kimsa.

Har bir jangga sabab – hasad
Va yo’qligi adolat,
So’ngra so’ngisz davom etar
Saflaringda razolat…

Ibtidoda hasad sabab
To’ng’ich akalarimiz
Urushdilar…Hozirgacha
Urushamiz barchamiz.

Arzimas bir sabab kimlar
Qasd qilib biror jonga,
Jang boshlagay…so’ngra bu jang
Tarqalar keng jahonga.

Tarixingni o’qib,izlab
Bunga men bo’ldim iqror,
Har urushga men bu bobda
Sanab o’tgan sabab bor.

Hasad,haqsizlik haqida
Xulosamga quloq sol,
Hasad – shayton qo’lidagi
Senga qarshi bir qurol.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #13 : 04 Noyabr 2008, 11:32:31 »
Haqiszlik, bu bo’lmasligi
Biron joyda adolat,
Bu ham shayton amalidan –
Senga qarshi adovat.

Har betayin bayramlarning
Topib turli turini,
Har bir dining turli vaqtda
Kutar yangi yilini.

Turli tuman mazhablaring
Tinim bilmay bash aylar,
Barchasi “biz haqmiz” deya
Tinmayin tortishgaylar.

Tortishgaylar kecha kunduz,
Tortishar hatto xobda,
Sababi tan olmagaylar
Haq aytganin Kalomda.

Turli-tuman fikr tashlab
Qalblarin shayton ovlar,
Haq aytadur:”Avvaldan ham
O’tkazdik ko’p sinovlar”.**********

Haqman degan banda haqmas,
Haqning O’zi haq erur,
Banda aytgan bari bekor,
Haq aytgani haqd erur.

Dastlab holda vahshiy yashab,
Badaviy bo’lib so’ngra,
Endi raso bo’lganingda
Yig’lab qolmagin xo’ngrab.

O’ngla o’zing fursat bordir
Yig’ib aqlu hushingni,
Imkon bordir asrab qolgin
Chalajon baxt qushingni.

*  “Zuxruf” surasi,10-oyat.
**  “A’rof” surasi,200-oyat, “Nahl” surasi,98-pyat.
***  “Niso” surasi,79-oyat.
****  “Ra’d” surasi,11-oyat.
*****  Osmonda paydo bo’lgan azon tuynugi.
******  2004 – yil, 26-dekabr.Tinch okeanidagi sunami ta’siri.
*******  “Hujurot” surasi,13- oyat.
******** “Moida” surasi,48-oyat.
********* “Baqara” surasi,256-oyat.
********** “Oli-Imron”s, 137-oyat, “An’om” s,6-oyat,”Yunus” s, 13-oyat,”Yusuf” s, 109-oyat,”Maryam” s,74-oyat.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #14 : 11 Noyabr 2008, 08:17:20 »
HAYVONOT HAYRATI.

Fikrlaring ba’zan teran,
Ba’zan o’ta sayozdir.
Ba’zan o’ta qaynoq,ba’zan
Bamisoli ayozdir.

“Ajdodlarim maymunlar…”deb
Aljirab ham qo’ygansan,
Uzoq yur xom hayollardan,
Nahot,jondan to’ygansan.

Lekin ba’zi qiliqlaring
MAymunlardan qolishmas,
Havas qilma, ular seni
Qatoriga olishmas.

Hatto qushlar ko’rsa, zumda
Qochar u yon bu yonga,
O’qday uchib “quyon” bo’lar
Uchrab qolsang quyonga.

Bexos borsang suv bo’yiga
Gar tomog’ing taqillab,
Ko’rgan baqa birdan o’zin
Suvga otar “vaqillab”.

Zoting borki, qimirlagan
Jonning qilin siyohlar,
Tegmasin deb tovonlaring
Titrab turar giyohlar.

Qo’lda bolta, kirmasin deb
Senday zo’ravon botir,
O’rmondagi har bir daraxtDoim olar xavotir.

Bor yovvoyi hayvon zumda
Urib qochar joyidan,
Chora qilar qutulishga
Sendayin “yovvoyi”dan.

Faqat qochmas sendan nari
Yaqinlashgan onlaring,
Sen bo’ynidan bog’lab qo’ygan
B’azi uy hayvonlaring.

Balki ular ham o’ylarlar
Bekor qolsa gohida,
Yasharmidi erkin…arqon
Bo’lmasa gar shohida.

Ular zormas qo’ldan bergan
Bir tutam ko’k o’tingga,
Ichlarida aytar:”Ko’zim
Tushmasa – ko’z betingga”.

O’z jismidan ming bor baland
Sakrar burgaga qarang!
Sen-chi bo’ying barobarga
Sakraysan arang-arang.

Bas, har qancha sakrasang ham
Ko’z tikib bir burdaga,
Bul xususda yetolmassan
Shunday “ojiz” burgaga.

Yoki quzg’un baland ko’kdan
Tikilib turik jonga,
Ko’rib, ko’kdan tikka tashlar
Sen ko’rmagan sichqonga.

Sen sezmagan bir narsani
Sen ko’rmagan bir “ish”ni,
Qorong’uda ko’rib xo’roz,
Boshlagay qichqirishni.

Yoki otlar sen sezmagan
Bor sharpani qilar his,
Qara,bunday hislatlarning
Qanchasi senda tanqis.

Atrofingda biron xatar
Yaqinlashib kelsa gar,
Senga sodiq sanalganlar –
Ot va it bergay xabar.

Oting hurkib kishnab aytar
Sezsa biron sharpani,
Sen-chi, undan qizg’onasan
Ba’zan oddiy arpani.

Itsiz cho’pon qo’ralari
Yaylov qolar huvillab,
It bo’lmasa, kim bo’ridan
Ogoh etar uvillab?

Itlar sen “zo’r” sezmaydigan
Xavfni sezib turadi,
B’azi noxush xatarlardan
Ogoh qilib huradi.

Ba’zi jonivor, hashorotlar
Xavfni sezib oldindan,
Qavmi qator-qator bo’lib,
Qochishar chiqib indan.

Bul ajoyib alomatni
Sen-chi, ilmassan ko’zga,
Ular senga aytishlikni
Ravo ko’rmaslar o’zga.

Chunki hatto hashorotlar
Sendayin “zo’r”dan bezor,
Bul bezorlik sabablari
Qilmishingda “qop”lab bor.

Faat o’zi qochar xavfdan,
“Senchi battar bo’l” deydi,
“Bizni qirding, endi o’zing,
Bir qirilib o’l”,-deydi.

Asalari dala kezib,
Senga bo’lsin deb kirim,
Zarraday bir boli uchun
Uchar minglab chaqirim.

Fil gavdangni oldida u
Misoli bir pistaday,
Tinglab  bunday misollarni
Albat, kulging qistagay.

Zotingdagi ba’zilaring
Yurib qolsa piyoda,
Uch-to’rt qadam qo’ydi, tamom
Yurolmaslar ziyoda.

Halol mehnat, ahillikni

Yo o’rgan chumolidan,
Turtsang hamki, ajralmagay
Halol topgan molidan.

Gar sinchiklab nazar solsang,
Har lahzalik holiga,
Harakatin ko’rib dersan:
“Buyursin haloliga!”

Ibrat olgin undan rizqni
Topishni, puxtalikni,
Bir-biringga oqibatni,
Hatto salom-alikni.

Bir-biriga duch kelsalar,
O’tmagaylar salomsiz,
Faqat bizning nazdimizda
Tovushlarsiz, kalomsiz.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6574
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13535
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7264
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7224
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 107981
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu