Har insonga teng berilmish,
Inson degan ulug’ nom,
Inson bo’lib ko’z ochdimi,
Berilgay ushbu maqom.
Har chaqaloq yo’rgagida,
Chinqiragan pallasi,
Ona tilda yangragaydir,
Onasining allasi.
Onaning bu dil sadosin,
Bejiz topmagan bashar,
Bir umr vujudingda,
Bu nido birga yashar.
Ayt-chi,tokay Ona zoti
Qo’rqib yurak hovuchlar?
Bu qo’rquvchi his qilarmu,
Mal’unlar — yovuz kuchlar?
Tavba,Ona talab qilsa,
Bolalar — yosh jonlardan:
"œJon bolalar hushyor bo’ling,
Ko’chada INSONlardan!"
Kichkintoylar kulib qilsa
Boshlarin sarak-sarak,
To kelguncha onalarning,
Koz’lari olazarak.
Ana,inson hayotining,
Holidan bir manzara,
Ne kunlarga qoldi bosing,
Ahvolingga bir qara.
Bu yovuzlik illatining
Bormikan bir dorisi
Bu illatga ilashganning,
Bo’lmasin bir vorisi.
Inson emas ul yovuzlar —
Harakatli haykallar.
Xo’sh, ularning bo’sh qalbini
Ayt-chi, nima sayqallar?
Topsang-u tup tugadigan,
Tuvagiga tupursang,
Tarixingdan temir tishli,
Supurgi-la supursang.
Qirg’in barot ortar,go’yo
Tugab borar to’ylaring,
Yerni go’yo bo’ri bosgan,
Qirilmoqda "œqo’y"laring.
Farmonlarda tinchlik degan,
Moddalar kamaymoqda,
Mug’ombirlar safi ortib,
Soddalar kamaymoqda.
Badxulq kaslar shumligidan,
Dunyo ozor tortmoqda
Demak inson shaklidagi
Shayton sfi ortmoqda.
To’lmay turib bu iblislar,
Bu badkorlar orasi,
Qidir,izlan, to’plan, so’ra
Bormi tinchlik chorasi?
Bunga chora barcha birdan,
Sof Iymonga kelishdir,
Bunga imkon borku senda
Nahot, bu o’gir ishdir?
Tokaygacha tinchlik uchun,
To’xtam yo’q bir bitimga
O’zni bunday aldab yashash
Ayt-chi, kerakdir kimga?
Qani, tinchlik uchun tayyor,
Insoniylik g’ururi?
Qachon qaytar qalblaringga
O’sha tinchlik sururi?
Tinchlik istab bul bitikni
Bitarman, bilsang, atay,
O’rgat menga tinchlik nedur,
Bilmasang,kel o’rgatay.
Yetar "œurush-urush"!Kirish,
Buzganlaring butlashga,
Tadbir tuzgil endi tinchlik,
Tantanasin qutlashga.
"œZo’r"ligingdan tuynuk solding,
Sen zaminning tomiga,*****
O’ylamassan uchrashingni
Alloh intiqomiga.
Sezmadingmu,yaqin kunda
Zamin ichdan ketdi darz,******
O’nglanmasang foyda bermas,
Ul Kundagi nolish,arz.
Darz ketdi Yer-qarorgohing,
Qo’rg’oning o’qi,sinchi,
Bir sen emas, bor jonzotning,
Buzildi rohat, tinchi.
Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Vahima gap emasdur,
Bu gaplarni har odamga,
Har uchragan demasdur.
Anglarmusan, negaligin,
Avming xilma-xilliging,
Alloh sinab ko’rmoq bo’lar,
O’zaro ahilliging.*******
Qani, Alloh kutgan o’shal,
Ahilligu ittifoq,
U tark etar yurtlaringni,
O’rtada nizo-nifoq.
Shul bois har elatingda
Turli balo, kasofat,
Har tarafdan o’rlab kelar,
Yeru samoviy ofat.
Inson uchun ziynat erur,
Birodarlik, ahillik,
Ne kerakdur qavming aro,
Nohaqligu baxillik?
Nohaqliging ko’pdir sanab
Sig’dirib bo’lmas tanga,
Ot o’g’risi jazo bersa
Tovuq o’g’irlaganga.
Johilingda qop-qop oltin,
Olimingda mis tanga,
Qay biri ko[p foyda berar,
Elu yurtga, vatanga.
Har elingda, har bir yurtda
Uchragay bunday holat,
Dunyo xarob holga kelgay
Bo’lmasa gar adolat.
G’alamislar ko’p orangda,
Qilmishiga payt poylar,
Imkon topsa zumda qalbga,
G’alamis urug’ joylar.