AHMOQ AYTAR,JINNI JIM.
Ming muammo ichra bilsang,
Bir muammo hech halmas,
Barcha dardga davo bordir
Lekin ahmoq tuzalmas.
Ko’p izlanmish donishmandlar
Hamda ular kabilar,
Ahmoq zotin tuzatolmay
O’tmish hatto nabiylar.
Milodiy yil boshlaridan
Bordir shunday bir xabar:
"œAhmoqqa yo’q hech bir davo"
Demish Iyso payg’ambar.
Ahmoq, jinni ikkisi bir,
Deyishing mumkin, balkim.
Aslo unday emas, aytay:
-Ahmoq kim-u, jinni kim?
To’g’ri yo’lni ko’rib turib,
Unda yurmas ahmoqdur.
Uning ishi ne gap bo’lsa
O’ylamasdan aymoqdur.
Unga biron pand nasihat
Befoyda kor qilmaydur,
Bir tayinli yaqini yo’q,
Bir do’stu yor qilmaydur.
Quloq tutmas biron so’zga,
O’zinikin ma’qullar,
Xullas, ular ixtiyorin
Shaytonga bergan qullar.
Lekin qiziq, birontasi
Aytmaski:"Men ahmoqman!"
Barchasi der:"Aqlliman,
Sen nohaqsan, men haqman.
Qachon ko’rding, birontasi
"œXo’p" deb tilini tiydi,
Ranjigali arzimasdur
Lek aslida arziydi.
Bir axmoq deb bir aymoqning
Burdi, tinchi ketadi,
Butun boshli yutni ahmoq
Bossa, ul yurt netadi?
Haq asrasin, agar bir yurt
Bo’lsa ahmoq qo’lida
Xalqi teshik qayiq bilan
Suzar xorlik ko’lida!
Yana bir bor hech tugamas
TA’rifin qilsam aning,
Bilib qo’ygil ahmoq erur
Eng "œoily nav" dushmaning"¦
Hozirda ham ko’pdir ular,
Har elda ular bordur,
Alar safu qatorlari
Eng xavfli qatordur.
Xullas, ular haqda shunday
Bir ma’no tutsa bo’lar:
Uzoq yurgin ahmoqlardan
Har balo kutsa bo’lar!
Haq borligin yolg’on degan
Ahmoqning eng kattasi,
FAqat uning qo’lida yo’q
"œAhmoq" degan pattasi.
Ahmoqlikning bobbin bo’ldi,
Shul baytda men to’xtatay,
O’xshamagil ula kaslarga
Deb bir oz cho’zdim atay.
O’hshamagil ularga deb,
Qara, ibrat ol uchun,
Alloh O’zi yaratmish har
Narsani misol uchun"¦
Sen jinni deb kulgan zotning
Senga yo’q yomonligi,
Faqat qo’ldan ketmish oning,
Sog’ligi, omonligi.
"œJinni" emas, asli "œjinli",
Talaffuzi buzilgan.
Yillar o’tib is’temoldan
Bitta harfi uzilgan.
"œLom" o’rniga yana bitta
Qo’yilmishdir harfi ‘nun".
Bir ikkita misol aytay
Senga bir izoh uchun.
Uyi borni uyli deysan,
Ko’ylagi bor ko’ylakli,
Jini borning jinli desang,
Tuzalar so’zning shakli.
Xullas,o’sha zot — "œjinni" deb
Ataladirgan jinli,
Hatti harakatlarida
Ma’no bo’lmas tayinli.
Yeyish-ichish qiziqtirmas,
So’zlari ham poyma-poy.
Kiyim-kechak tanlamasdur,
Tanlamasdur hatto joy.
Uni dunyong qiziqtirmas,
Unda o’zga dunyo bor,
Ahmoqqa sen kulsang kul-u,
Jinniga kulma zinhor.
Jinni kechar holat, albat,
Tushunchangdan tashqari,
Uni o’rab olgan jinlar
Ketmaslar undan nari.
Ular bilan doim suhbat
Qurar "œko’ngli chog’" bo’lib,
Ko’rardir ul ko’rinmasni
Ko’rmassan sen so’g bo’lib!
Ne bitilar qay insonga
Barchasi Yaratgandan,
Kimga neni bitishlikni
Ulug’ Zot so’rmas sandan!
Har ishingda yolg’iz Haqdan
So’ragil yordam madad,
Xizmatingda Yer — Samoviy
Lashkarlari beadad"¦