"Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 42773 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Munira xonim  12 Noyabr 2008, 12:11:39

XUNUK XABARLAR HAQINDA.

Bul kun qirg’in har qadamda
Kim sabab, nelar sabab?
Barcha buzg’unliklaringga
Qayerdan kelar sabab?

Bul behayo buzg’unchilar
Hech nasradan tortmas tap,
Insoniylik qiyofasi
Yo’q,bu axir qanday gap?

Har kun, har dam turli tuman
Vahimayu mish-mishlar,
Bir-biringga uyushtirgan
Jirkanchli xunuk ishlar.

Har kuningga to’la xunuk
Xabarlar,vahimalar,
Katta yoshlar qilar qiliq
Murg’ak jonlar qiynalar.

Ro’znomalar to’lib yotar
Mash’um ma’lumotlardan,
Har elating pusib yotsa
Ichidagi "œyot"lardan.

Ko’pdir to’ng’iz qavmli to’da,
Ongli majruh qoloqlar,
Farqi bo’lmas nishoniga
Onalar,chaqaloqlar.

Yonib bitsin va kul bo’lsin
Yovuz kuchlar tiragi,
Sinib bitsin yovuzlikning
Arava,g’ildiragi.

Nomi o’chsin yovuzlikning
Tarixning har betida
Tavqi la’nat, duoyi ba’d
Quvib yetsin ortidan.

Har dam xunuk xabarlardan
Jaridalar jar solar,
Adog’szi shum xabarlardan
Ko’z tinar, quloq tolar.

Shum xabralar to’lib ketdi
Oynayi jahonlarga,
Tasvirlari to’la turli
Noxush lahza, onlarga.

Asablar dosh bermas bunday
So’zga quloq osishga,
Dil hayiqar, yaqin kelib
Tugmasini bosihga.

Yoqding, tamom, boshlanadi
Yana kimdir urushar,
Til boshlaydi la’natlashni,
Afting birdan burishar.

Og’ri, xunuk xabralarsiz
O’tmagay biron kuni,
Ey,Xudoyim, bormikan bul
G’avg’olarning yakuni?

Nega buncha dil poralik
Dillar nega dog’likdir?
Bu kori-hol tomoshlar
Inson, senga bog’liqdir.

Maqsad nadir?Vujudingni
Iymonga to’ldirishmi
Yoki "œurush-urush" o’ynab
Bir-biring o’ldirishmi?

Nega zoting ahd ayladi
Bu o’yinga kirishga?
Kim zotingga amr ayladi
Bir-birigni qirishga?

Loydan bo’lga inson nomin
Rostdan loyga qorishga,
Uyat!O’zni jazm aylasang
Portlatish, qo’porishga.

Bunday jirkanch barcha holat
Yarashmas sendek zotga,
Bul ketishda INSON nomi
Qolgay, axir, isnodga.

Borki jonzot kular axir,
Kular Osmon,Yer tog’lar
Vayron bo’lsa qo’rg’onlarin
Huvillab qolsa bog’lar.

Gar maqsading buzish bo’lsa
Maqsadingga yetmagil,
Yaratganga ayon ishing
Bo’ldi, o’zdan ketmagil!

Kelsa gar bir noxush xabar
Deylik bir tayyoradan,
Kelib yordam bermagaylar
O’zga bir sayyoradan.

Faqat inson yordam berar
O’zga bir inson uchun,
O’zga jonzot qo’l uzatmas
Ko’makka bu jon uchun.

Albat avval zarur erur
Har ishga Haq hohishi,
Hohlamasa Haq bekordur
Har kishining har ishi.

Niyating pok bo’lsa, unga
Loyiq Alloh royishi,
Go’zal bo’lsa dilda iymon,
Go’zaldir farmoyishi.

Balki bo’lgan bir bitimlar
Dersan:"Bari bu ozda",
Albat, ozday tuyulgaydur
Bari qolsa qog’ozda.

Bu bitimlar bari bekor,
Gar amalgam oshmasa,
Inson o’zi barqarorlik
Chorasiga shoshmasa.

Xalqlar aro tuzgin ko’proq
Turli-tuman kengashlar,
Faqat bo’lsin bir foydasi,
Befoydasi dil g’ashlar.

Jahondagi janjallaring
Kel, bir tomon suraylik,
Istasang,kel, yo men boray,
Shirin suhbat quraylik.


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Noyabr 2008, 12:13:07

YOG’ILMASIN YOSHLAR YOSHLARGA!!!

Yuksalikka yetgan sari
Kundan-kun ahli bashar,
Ne sababdan ortmoqdadur
Saflaringda ahli shar?

Ko’p zotdoshing zoti quruq,
Suratlari so’likdir,
Ko’plab ko’zi ochiqlaring
Tirik murda — o’likdir.

Bul barchasin tingla xolis,
Uyma qovoq-qoshlaring,
O’yla erta-indin kuning,
Ehtiyot qil yoshlaring.

Ko’p yoshlaring bosmas qadam
Bobolar bosgan izda,
Yaroqlisi sanoqlidir,
Ko’pi tugar o’ttizda.

Ho’lu quruq giyohlarni
Tortgan,ichiga tiqqan,
Turli sanchqi ignalardan,
Tomirlari toliqqan.

Turli maraz, illatlardan
Qaltirar qarichlari,
Ezilgan,ko’p xarob bo’lgan
Tugab bo’lgan ichlari.

Tanasidan taralgaydur
Har turli badbo’y hidlar,
Har millatda ortib borar
So’nggi vabo — SPIDlar.

Giyohvandlik bozirga
Bul kuch oson borilar,
Har soniya is’temolda
Qop-qop qora dorilar.

Xarob holda yotsa hamki,
Qanchalar majruh-mayib,
Xumor tutib "œqora yem"ga
Qo’l uzatar bukchayib.

Tomirlga turli tuman
Ignalarni sanchadur,
Bilsang edi, bular soni
Saflaringda qanchadir?

Xumor tutib xurpayadur
Xuruj qilar asablar,
Parvoyingyo’q,qurib borar,
Tugar naslu nasablar.

Bul fojia sababi ham
Och nafsingga taqalar,
Nahot afzal bo’lsa INSON
Zotidan shul chaqalar?

Tutam o’lat o’qiga sen
Voh, shunchalar asirsan,
Seskan, axir, yo alhazar
Bunchalar be’tasirsan.

Ozor berar ozuqalar
Ortasan oshqozonga,
Barg tutatib, ichga tortib
Puflaydursan har yonga.

Boshda bu xil hunarlarni
O’rganasan arang sen,
So’ngra bu xil xunarlardan
Qutulolmay garangsan"¦

Qizlar qirqar sochlarini
Qirq kokil o’rmasdan,
Qancha qizlar — tayyor kelin,
Chimildiqni ko’rmasdan.

Yosh nigohlar tayyor turar
Bir ko’rishda yoqishga,
Ba’zi kuyov chora bilmas,
Hatto o’zin boqishga.

Gul yuzli oy chehralarni
Kelinlikka so’rmaslar,
Ko’p yoshalring kuyovlikka
O’zni loyiq ko’rmaslar.

Yo to’y qilib uch kun o’tmay
Turli qiliq, zardalar,
Soxta sevgi, hatto soxta
Erur iffat pardalar.

Haqqa xiyonat emasmu
Bunday qiliq,sohirlik?
O’z sha’ningni toptashmasmu,
Bunday sun’iy zohirlik?

Ko’pdir, kimsa kiyim demas
"œKiyim"larni kiyishlar,
So’z talashar tushuntirsang,
Yo’qdir tilni tiyishlar.

Tushungali tobi yo’qdir
Gap talashar basma-bas,
Yoshalringga yozadurman:
"œBu holni qilmang havas!"

Shunday yoshlar ham bor alar
To’g’ri yo’ldan toyishmas,
Duo qilib barchalarin
Keksalar ham koyishmas.

Yosh avloding Yaratganga
Sodiq bir avlod bo’lsin,
Sodiqlarning har savobli
Sohada safi to’lsin.

Yoshlarni deb bir kun ko’zdan
Yog’ilmasin yoshlaring
Yoshlarga de:"Buzilmasdan
Bu yoshlikdan oshlaring".

Yoshlik barcha mahluqotning
Chiroyli bir gul fasli,
Bul yoshlikning bil qadrini
Qurimay INSON nasli!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2008, 14:41:54

UNUTMAGIL UNI — UL KUNNI!

Imkon qidir har soniya
Yaratganga yoqishga,
Bul imkoning imkon berur
Ul Kun Unga boqishga.

Bul tiriklik chog’ing mashg’ul
Bo’l ibodat toatda,
Shunda qo’rquv bilmagaysan
Sur chalaingan soatda.

Vaqt kelibki qo’lga olsang
Nomai a’molingni,
Hech bir qondosh kelib so’rmas
Ne bo’ldi deb holingni.

Do’st-birodar kor kelgaydur
Bu o’tkinchi olamda,
Ulug’ Kunda birov so’rmas
Ne kundasan, ne g’amda.

Molu dunyo amal unda
Bermagay aslo najot,
Unda bordir ajr mukofot,
Hamda turli darajot.

Ul dam afsus nadomatlar,
Tavbalardan foyda yo’q,
Tanish-bilish,qon qarindosh
Oshnalar ul joyda yo’q.

Mol-davlating so’nggi nafas
To tanangdan ketguncha
Do’st deganing jonsiz tanang —
To qabrga yetguncha.

So’ngra kiming borar ekan
Xarob holing so’rgali,
Darcha, tuynuk bitilmagan
Zax kulbangni ko’rgali.

Senga abad hamrohlikka
Amallaring qoladir,
Amalingga qarab ruhing
Chap-o’ngdan joy oladir.

Kofir,badbaxt,fosiq uchun
Ulug’ Kunda, o’shal dam
Kor qilmasudr hatto oqlov,
Qilsa hamki bor odam.

Ul payt bo’lmas do’st birodar
Yoramu qo’llash, yoqlash,
Ish bermagay amal, unvon,
Iltimos, so’rov, oqlash.

Tog’lar kelib bir junbushga,
Quyosh birlashsa oyga,*
Lom-mim demay borgaydursan
Haq hukm qilgan joyga.

Ul Kun iloj yo’qdir biron
Janjalga, "œsan-san"lashga,
Belgilangan joying aniq,
Imkon yo’q joy tanlashga.

Barcha borliq jonzot uchun
Bo’lur umututulish,
Yodga kelmas va topilmas
Biron chora qutulish.

Ul Kun aqlu irodangga
Bo’ysunmas butun tanang,
Ul Kun bo’lmas bir najotkor,
Bo’lmas biror boshpanang.**

Ul Kun hech zot quloq solmas
Hech kimsa oh vohiga,
To’dalar teng yo’l olishar,
Haqning qarorgohiga.

Ul Kun yana tinglamaslar
Hech kimsaning zorini,
Ul Kun barcha birday tinglar
To’plovchi qarorini.

Ul Kun senga berilgaydir
Barcha ishing xabari,***
To’plam holda tutilgaydur
Yaxshi — yomoning bari.

Rost bitilgan bo’lur barcha
Qilgan amal nechog’liq,
Ajri esa o’ngu chapdan
"œNoma" olishga bog’liq.

"œNoma" qolga tekkach faqir
Yoki deylik, boydadur,
Iltimoslar ish bermagay,
Barchasi befoydadur.

Ulug’ Kunda maydon bitta,
Barcha bitta joydadur,
Yosh-u qari, sho-u gado
Barchaga bir qoidadur.

Holingdan hech xabar olmas
Farzand yo ota-ona,
Ul Kun bekor befoydadur
Biror uzr, bahona.****

Ul Kundagi holatingni
Ta’rif etsam yanada,
Guvoh bo’lur har bir a’zo
Neki borki tanada.

Qilgan ishing barchasini
Deyolmassan:"Qilmadim"
Hohlarsan-u til aytolmas,
Xatoligin bilmadim.

Yolborish-u, iltijolar
Ul Kun ko’kka yetmaydi,
Hayotdagi turli qiliq,
Mug’ombirlik ketmaydi.

Dod-voyingga bir ko’makchi
Bir qayrilib qaramas,
Qilganmiding yaramaslik,
Tamom!Noming —"œYaramas".

Tiriklikda tinglab, amal
Qilmasang har oyatga,
Ul Kun jazong aniq, ul dam
O"rin yo’q shikoyatga.

Yuzi qaro kofir qavmni
Ul maydondan surishar,
Balo o’rlab boshlariga,
Qaro yuzlar burishar.*****

To’gri tanla tadoruking
Tanda nafas borida,
Haq asrasin, bo’lishlikdan,
Badbaxtlar qatorida.

Pok asragil Alloh ato
Qilgan tana,jon, ruhni,
To’g’ri tanlab, lozim topgil,
Saodatmand guruhni.

Sharaf ishing sharbatini
Sezarsan sen ketarda,
Qo’rqinch, armon sezmagaysan,
Jon xalqumga yetarda.

Omonatin olg’uvchisi
Omonat so’rg’onida,
Oson yengil xatlagaysan
Bu dunyo qo’rg’onidan.

Bilarmusen ne degani
Bu dunyodan ajralish?
Bu degani amalingga
Loyiq biron ajr olish.

Inkor o’tmas, taklif bo’lgach
Oxirat diyoriga,
Ne hojatdur, kegash yig’in
Inson do’stu yoriga.

Tanag taslim, yotganingda
Oyoqlaring chalmashib,******
Jon o’rniga molu-dunyo
Olmagaylar almashib.

Xo’sh, kelarmu yo qo’lingdan"¦
Istagan moling alish!
Topilarmu biron zo’ring
Farmon bo’lsa "œHaydalish".*******

Bir yaqining yaramasdur
Seni olib qolishga,
Zarra parvo qilmagaylar
"œDavolab, dam solishga".

Tinglab parvo qilmagaylar
Hatto zo’rlar zo’riga,
Gar bandasi safar qilsa
Allohning huzuriga.

Oy-kun bitib xalqumingga
Taqalsa agar joning,
Befoyda bor boyliklaring
Befoyda xonumoning.

Obro’ mansab befoydadur,
Befoydadur shavkat shon,
Taslimi jon olidda sen
Ojizsan,ojiz INSON.

Gar haytoing zulmat kabi
To’lsa bir jaholatga,
Uni hayot atamagil
Ta’rif yo’q bu holatga.

Kim Allohning Kalomini
Agarki der:"Yolg’ondir!"
To abad ul o’z bo’yniga
Tavqi la’nat olg’ondir.

Yaratganning O’zi uni
Shunday ko’yga solg’aydur,
Xor-zor bo’lib,Ulug’ Baxtdan
Ul benasib qog’aydur.

Ul mal’unning ta’rifini
Yozarga bormas qo’lim,
Alloh O’zi tilar unga
Takror va takror o’lim.********

Alloh uni to abadga
Koz’larin yoshlab qo’yar,
O’tin qilib jahannamga
To abad tashlab qo’yar.

Men bir bora yashayman,deb
Kerilganlar kibordur,
Anglaganga bir bor emas
Tiriklik ikki bordur.

Avvaligisi bamisoli
Biro y yo bir kun bo’lar,
Bir zum kechar hayotingga
Bir sinov, yakun bo’lar.

Keyingisi abadiydir
Boqiy, bilmas nihoya,
U bordur, bir haqiqatdur
Dema:"Oddiy hikoya".

Ruh hozircha tanagdadur
Demak hali imkon bor,
Bu imkoning tavba uchun
Tavba qil, ayt istig’for.

Bu dunyoda kimki agar,
O’zin qo’yar yuqori,
Ul Kun shuncha pastda bo’lur
Bo’lsin ul shoh yo qori.

Gar soz’alrim hushyor tinglab
Ma’nosini chaqqing yo’q,
Deak, demam inson seni
Bu xatoga haqqing yo’q!

Bular bari bir haqiqat,
Demagil:- "œCho’zding rosa".
Istagim ol keragini
O’zing yasa xulosa!

* "œQiyomat" surasi,9-oyat.
** "œQiyomat" surasi,11-oyat.
*** "œQiyomat" surasi,13-oyat.
**** "œQiyomat" surasi,14-15-oyatlar.
***** "œQiyomat"surasi,24-oyat.
****** "œQiyomat" surasi,29-oyat.
******* "œQiyomat surasi,30-oyat.
******** "œQiyomat" surasi,34-35-oyatlar.



Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2008, 14:43:53

SIRLAR SABABLARI SIR.

Yetti o’lcha bu hayoting
Oddiy keldi kettdimas,
Osmon, zamin qati va rang
SOni bejiz yettimas.

Sir ko’p sirli bu olamda
Sirlar ongda uyular,
Biz bilmagan barcha narsa
Mo’jizaday tuyular.*

Son-sanoqsiz sayyoralar
Aylabon sokin sayr,
Pat-qanotsiz, hamda unsiz
Uchsalar misli tayr"¦

Bis jismni bir bo’shliqda
Sen muallaq qotirchi,
Eplolmassan nega debon
Miyang o’yga botirchi!

Bul behisob jismlarni
Tergan ma’lum tizmiga,
Barchasini, shak — shubhasiz
Bo’ysundurgan izmiga.

Bu ne xilqat, bun e kuchdir,
Nega hayron qolmassan?
Atrof to’la tirik misol
Nega ibrat olmassan?

Maysa — yashil, ko’mir — qora,
Qor va paxta nega oq?
Bilmagaylar hanuz sirin,
Bekor boqma, o’ylab bor!

Bir muddatga yashil bo’lib
Yashnagan har bir yaproq,
Tus yo’qotgan jon taslimda,
Xazon fasli kelgan chog’.

Ko’klam chog’I biron nihol
Libos kiysa g’unchadan,
Kim kiydurmush yiroqdursan
Bundayin tushunchadan.

Seni faqat qiziqtirar
Shirin-totli mevasi,
Ishing yo’qdir ichida ne,
Senga zarur tevasi.**

Daraxt qulluq eshitmagay
Mevaga to’lgan chog’da,
Gar hosili sal kamaysa,
O’zin ko’rar o’choqda.

Mevasini bir zumdayoq
Terib yeysan tindirib,
Uzgaydursan ozor berib,
SHox-shabbasin sindirib.

Tayyorini yeyish oson,
Bog’ yaratish qiyindir,
Qiyin ishga qo’l bog’layu,
Yerni ko’kka kiyintir.

Shukr qil-u, ushrini ber
Daraxt hosil tutganda,
Shukr qilgil Yaratganga,
HAr luqmani yutganda.

Hosil uchun, rizqing uchun
Yaratganga shukr qil,
Ushr beru, barakot ko’r
Hosildan kelasi yil!

Barakot bor bog’laringda
Dilda shukr bor qilsang,
Tortib olgay bog’ingni cho’l,
Hosilin gar xor qilsang.

Mehringga zor bo’lib nihol
Harakating kuzatar,
E’tiboru parvarishga
Loyiq meva uzatar.

Sezmagaysan, senga so’zlar
Dilda borin shivirlar,
Sezmagaysan, behisobdur
Atrofing to’la sirlar.

Shuncha dalil ko’ra turib,
Kufr yo’liga shaylansang,
Seni yo’qdan bor qilganni
RAqibiga aylansang!

Hayron bo’lma, biroz o’yla
Desamki, nuqul sir-sir,
O"qi, izlan,shunda sirlar
"œSirlarin" ochar bir — bir.

Dunyo o’zi yaralishi
Bilsang, axir sir bo’lgan,
Shundanmi, bu dunyo otlig’
Ichi ham sirga to’lgan.

Sirdir — ko’rib, tinglab, o’qib,
Bilib o’yga tolishing,
Hayoting sir, sirdir hatto,
Har bir nafas olishing.

Sirdir turli kechinmalar,
Sirdir qalbda his nima,
Ko’rish, sezish, barchasi sir,
Rang nima-yu, is nima?

Sirdir maqsad istaklaring,
ULarga yetishing sir,
Sirga to’la bu dunyoga
Kelishu ketisning sir.

Samoviy, sir, yer sirlari
Qaydadur avval boshi?
FAqat ayondur Xoliqqa
Yetmas inson bardoshi!

Sizga to’la bu hayoting
Sirlar ichra kechgaydur,
Sir sababin so’rganlarga
Uni ilm yechgaydur.

Sen bilishing mumkin emas
DUnyoda sirlar qancha,
Bilishingga bilim berar,
Haq O’zi istagancha.***

Atrofga boq, har jismga,
Har harakat, har holat —
Yaratganning borligiga
Emasmudur dalolat?

Yer, Oy, Quyosh bir maromda
Aylanishib yurgaydur,
O’ylarmusan kim yurguzar
Va yo kim buyurgaydur?

BArchasini bir tizimga
Boylantirguvchisi bor,
Har aylanar narsa borki,
Ayalntirguvchisi bor.

Ushbu sirga tafakkuri
Tiniq qari, yosh qarar,
Ular bilar bu borliqni
ILohiy kuch boshqarar.

Bu ilohiy kuch tizgini
Yolg’iz Alloh qo’lida,
Shukr qilu, ibodat qil
Yaratganning yo’lida!

Atrofga boq, hushyor qara,
Ayatim dilda saqla,
Sirlar senga ochar sirin
O’tir, kitob varaqla!

Sirli qilib yaralgandur
Borliqning bor ta’siri,
Ilm ila yechilgaydir
Borlqining barcha siri!

*  Augistindan.
**  Tepasi ma’nosida.
***  "œBaqara" surasi,255-oyat.



Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2008, 14:46:38

"œKO’RINMAS"LAR KO’RINMAS.

Ko’pdir ko’rinmas narsalar
Lekin ular bordir, bil,
Kunda ko’rib bilganingdan
Keltiray senga dalil.

Issiq, sovuq, achchiq, shirin
Ko’rinmasdur barchasi,
Ko’rinmaslar hidlar hamda
Biron narsaning sasi.

Ko’rinmasdur tuzning ta’mi,
Yoki shaker shirini,
Hozirgacha hech kim bilmas
Bu barchaisn sirini.

Maysa, daraxtni tebratib
O’zi ko’rinmas shamol.
Demak, u bor, biladursan
Ko’rsatmasa ham jamol.

Bul ko’rinmas narsalarni
Bilarsanki bari bor,
Maloika,jin borligin
Nega qilasan inkor?

Butun borliqni tebratib
Turgan "œkuch"ga ne deysan?
Yana ne dey?...Ishonmasang
G’ofil bandasan, ey san!

Erur osmon, falak, fazo-
Farishtalar makoni,
Sanog’iga teng kelmasdur
Hattoki qumlar soni!

Tasavvur qil, maloika
Saflari ko’pdir qancha,
Qancha ko’pdir kori dunyong,
Yozgaydurlar o’shancha.

Bilib bitib turgaydurlar
Xatga barcha koringni,*
Sezdirmasdan senga yozgay
Hatto dilda boringni.

Allomalar bilib aytgan:
-Har sohada, har ishda
Haq hukmiga havola,-deb
"œOmin" degay farishta.

His qilarsan borliklarin,
Lek o’zlarin ko’rmassan,
Bul qissadan hissa shulki,
Sen ulardan zo’rmassan.

Sen ko’rmaysan,lekin qushlar
"œKo’rinmas"ni ko’rarlar,
Senga xabar bergandayin,
Doim sayrab turarlar.

Allohga hamd aytar ular
Chor atrofda sayrashib,
"œKo’rinmas"lar kelishganda
Tasbeh aytar yayrashib.

Bir alloma bir so’z demish
Buni tahlil etarda,
:Ko’rinmas"ni ko’ri-chun qush
Ko’zida bordir parda.

"œZo’rman!" debon zamin yuzin
Buzay deb qilma niyat,
Senday "œzo’r"ga berilmagan
Qushlardagi xosiyat!

Bu ayondir yolg’iz Haqqa
Sendan soqit siridir,
Sirlari ko’p Yaratganning
Bu ulardan biridir.

Farishtalar Yaratganning
Ko’rinmas bir lashkari,
Ko’rinmas ko’p ko’pdir yana
Bu kuchlardan tashqari.

Ko’rinmaslar ichra bordir,
Shuningdek, yovuzlari,
Ular yashar yovuzlar-la
Yo yasharlar oz’lari.

Toza qalbli vakillaring
Ko’rolmaslar undaylar,
Har qadamda yomonlarni
Yomonlikka undaylar.

Qo’rqqin doim ul mal’unlar
Eshigingni qoqishin,
Chunki ular xohlamaslar
Yaratganning xohishin.

Maqsadlari chin insonga
Qo’yishdir doim tuzoq,
Iymon dgan tushunchadan
Barchasi butkul uzoq.

Yo’q! Barchasi deyish xato
Bordir iymonlisi ham,**
Faqat o’sha iymonlisi
Uchragaydur kamdan-kam.

Chin mo’minga ular doim
Havas bilan qarashar,
Chin mo’minga havas bilan
Qarash albat yarashar.

Balki bunga ishonmassan,
Sabab — ko’rinmas bari,
Lek ularning yomoni ko’p,
Yolg’onchidir ko’plari.***

Shul o’rinda bir so’z aytay
Aqli sog’ har kishiga,
Bila turib kirishmagil
Shaytonning har ishiga!

Har dam sening qulog’ingga
Yomon soz’alr osar u,
Zotingdagi zolimlar-chun
"œBadal — o’rinbosar" u.****

Bilki, "œbadal" — dushmaning
Yotar ekan qo’yningda,
Yer yuzida barcha buzuq
Ishlar sening bo’yningda.

Iblis undab har xil ishga,
Inson zotin har qadam,
"œIsh" bitirib, qochib qolar,
Isnodga qolar odam.

Ul "œqora qalb" qurib bo’lgan
Qalbingni battar siqar,
Bul ketishda yaqin kunda
Qo’yningdan boshga chiqar.

Boshga chiqdi, dunyo ishi —
Tamom! Zeru zabardur.
Nega zoting vakillari
Bul ishdan bexabardur?

"œDos’t" ko’rinib ali kular
Har bir fahmi kaltangga,
U tufayli to’lib ketdi
Gunoh "œgunoh xaltang"ga.

Gunohlarga to’ldi xalatang
To’ldi yovuzlik jomi,
To’lsa hamki, bor idishing
To’xtamasdur davomi.

Iblis "œizn"I to Qiyomat,
Muddati qisqarmoqda,
Shul sababdir ergashganlar
Safi ortib bormoqda!

Kim bimasa kimligini,
Kim biladir ul kimdir,
Johillarning boshlarida
Shayton doim hokimdir.

Barcha illat egasi bu,
Shaytonligin bilsang bas,
Buzuq ishlar yaramasdur,
Qutlug’ nomingga,ey, kas!

* "œAn’om"surasi,61-oyat; "œRa’d"surasi,11-oyat; "œToriq" surasi,4-oyat.
** "œJin" surasi,1-2oyatlar.
*** "œShuaro"surasi,223-oyat.
**** "œKahf" surasi,50-oyat.



Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2008, 14:49:47

RISOLAI RIZQ.

Rizq topmoqlik muammongni
Jamlab jonu jismga,
Bu yo’ldagi toifangni
Bo’ldim to’rtta qismga.

Bir toifang halol topib,
HArom qilib yeyishar,
Topgani hech yuqmagandan
Bebaraka deyishar.

Oylab topib, zumda sochib
Mehnat qadrin bilmaslar,
Halol rizqning qoidasiga
Ular amal qilmaslar.

Boshqa qisming harom topib
Sarf qilar haromlarga,
Nopoklikka to’liq to’lgan
Osti buzuq tomlarga.

Bor betayin buzuqliklar
Borki, bular bilgaylar,
Barcha bezor badfe’llar
Bor bisoting shilgaylar.

Ularga hech ta’sir qilmas
Ozor tortganlar dodi,
Afsus, juda kech bo’lgaydur
So’nggi o’kinch, faryodi.

Uchinchi bir qisming, iqziq,
Harom topib, halol yer,
Buni ne deb atagaylar
Qani, o’zing javob ber?

Ayt, ularga o’rin bormi
Odamzod orasida?
Ular turli yo’l izlashar
Tiriklik chorasida.

To’rtinchi egn so’nggi qisming
Halol  yer. Halol topar,
Har xil xarom luqmalardan
Qo’l tortar, o’giz yopar.

Bilsang, ular bor orangda
Ular bor, dunyo bordir,
Bilsang, ular hisobiga
Borliging barqarordir.

Ular kun-tun Yaratgandan
Halollikni so’rarlar,
Boir barokat sababini
Halollikdan ko’rarlar.

Halol topib, sarf qilguncha
Kim biladi, kimlarga,
Afzal bo’lgay,silab boshin
Yedirsang yetimlarga.

Bilsinkim, betayin bo’lsa
Kimningki kasbi-kori,
Bo’lmas uyda barakoti,
But bo’lmagay ro’zg’ori.

Alloh berar rizq mo’l-ko’ldir,
Barchaga yetib ortar,
Lekin kimdir jig’ildonga
Kimdandir ortiq tortar.

HArom luqma bir vaqt kelib
Misoli bir manjaniq,
Yo bir moling yoki joning
Yulib otishi aniq!

Hurmat ila eslasunlar
Desang agar otingni,
Mol topgin, dunyo topgin,
Unutma zakotingni!

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2008, 14:53:25

MEHNATGA MUNOSABAT.

Hayvonlaru qushlar rizqin
Kezib, izlab topadi,
Inson esa o’z rizqini
Halol ishlab topadi.

Qurt-qumursqa ham shundayin,
Kecha-kunduz chopadi,
Ketmon chopib ishlamaydi,
Tayyorini topadi.

Hayvonlaru hasharotning
Kecha kunduz kechishi —
Nazdida shu harakatni
Mehnatligin sezishi.

Insonliging shulki, Inson
Ongli mehnat yelkangda,*
Shul mehnating bosi Alloh
Fayz yog’dirar o’lkanda.

Bejizgamas, bir bitikni
Bitishgandir ulug’lar,
Inson mehnat bilan tirik,
Uni mehnat ulug’lar!

Bul xususda o’tmishdagi
Bir ulug’ zot — alloma,
BAshariyat uchun bitmish
Chiroyli,qisqa noma:

"œQo’ling ishda, lek hamisha
Alloh bo’lsin dilingda!"
Bul shior bir dastak bo’lsin
Har bitta vakilingda!


Qayd etilgan


Chustiy  21 Noyabr 2008, 02:43:03

 :bs1:

Омад олар бахт берар

А­нди бошқа бир мавзудан ссзламоққа қилдим ахд,
Гсё сгиздек туюлган омад недир, недир бахт?
Иккиси хам асли сенга шодлик, қувонч бағишлар,
Маъносида бордир гсё бир бирига оғишлар.

Лек омадни хар лахзада келиш кетиши осон,
Хаётда бир ё сришар ё сришмас бир инсон,
Хеч инсонга омад келмас кунда ё кун ора,
Хаётингда омад келар бир ёки икки бора.

Бирон ютуқ ютсанг агар, дейликки келиб омад,
Бил, бу ютуқ хузурингда бир муддатлик омонат,
Осон олган омонатинг омад кетарда олар,
Бахт бергани бисотингда билки боқийга қолар.

Фақат омад орқасиндан инсон ризқин емасдур,
Омад деган ссз бу билсанг бу бахт дегани смасдур,
Бахтни сенга хадс қилмас бирон дсстинг ё таниш,
Бахтни қслга киритмоқ учун керак илм, изланиш.

Бахт ногахон омад каби кириб келмас сшикдан,
Бахт боқишин боши билсанг агар бошлангайдур бешикдан,
Бахт дегани умринг бсйи илминг ила топилгай,
Ғофил, нодон, жохил учун бахт сшиги ёпилгай.

Билим отлиқ калит очагай, бахт қасрин дарвозасин,
Ул қасирки қабул қилар, фақат қалблар тозасин,
Қслингдаги мол-давлатинг, хону монинг бахт смас,
Аки бахт бу, остингдаги вақтинчалик тахт смас.

Тожу тахтинг, бор давлатинг бир неча кун ойликдир,
Чин бахт сса абадийдур, битмас боқий бойликдир,
Бахт бобига бслди, бу байт бслар бслса хотима,
Ўқи, излан, Хақни бил сснг биларсан бахт нима.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Dekabr 2008, 12:24:54

ME’YORGA MUNOSABAT.

Har dam bilki, hayotingda
Me’yor zarur har ishda,
Fasllarga boqsang u bor
Bahor, yoz, kuz va qishda.

Kun,oy,yil ham bir me’yorda
Vaqtidan hech ham oshmas
Sayri sayyor bir me’yorda
Kech qolmas yoki shoshmas.

Me’yorin bil har narsaning,
U suv, hoh olov bo’lar,
Me’yordan sal oshirsng gar
Bilgilki, u yov bo’lar.

Me’yor bo’lsin har kundagi
Ichish ovqat yeyishda,
KO’rish, tinglash, o’ylash, so’ylash
Pand nasihat deyishda.

Me’yor bo’lsin xaridingda
Me’yor bo’lsin sotishda,
Me’yor bo’lsin mehtaingda
Huzur qilib yotishda.

Hattoki eng xush ko’rganing
Asal qilgaydur kasal,
Bir qoshiqdan ortiq bo’lib
Me’yoridan oshsa sal.

Me’yor zarur har bir ishda
Har hayrli odatda,
Hatto ilm izlashingda,
Ham toat ibodatda.

Ertayu kech ibodatla
Mashg’ul inson bo’lmagay,
Tinim bilmas ibodatga
Unda imkon bo’lmagay.

Yetar "œme’yor-me’yor" deyish,
Endi-chi yakun darkor,
Xulosa shul unutmagil,
Umringda ham me’yor bor!

Avval ming yil yashaganlar
Bari xatga olingan,
Hozirda-chi, hayot zavqi
Bir me’yorga solingan.

Solih amal, ibodatga
Shu me’yor ham yetadur,
Oqilona sarf etmasang,
Baxting qo’ldan ketadur.

Oliy baxtga erishmoq-chun
Shul ham yetib ortadur,
Bundan ortsa inson zoti
Faqat azob tortadur.

Baxting — insonliging erur,
Har dam nafas olishing,
O’z muqaddas vazifangga
Har dam sodiq qolishing.

Bundan-da bir buyuk baxt bor —
Yaratganni tanishing,
Zikr et, shukr et, shunda doim
Unum topar har ishing!

Ba’zilar der:"Tashvishim ko’p
Hozir bu yosh boshimda,
Ibodatni keyin qilgum
Yetmish-sakson yoshimda"¦"

Bu bir xomlik, o’ta xomlik
O’ta ayanchli holat,
Xo’sh!Qo’lida bormu uning
Sakson yoshga kafolat?

Yoki yuz yil yashashiga
Bormu biron nomasi,
Yoki Alloh bilan yakka
Tuzilgan shartnomasi?

Bunday hujjat hech zotda yo’q,
Unda ham bunday xat,
Tayin uning oxirati,
Izohga yo’qdir hojat"¦


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Dekabr 2008, 12:25:37

JUFTLIK JUZ’I.

Endi aytar fikrimni sen
Takrorlab turgin bot-bot,
Har narsaning jufti bordir
Keltiray senga isbot.

Sendan boshlay.Yolg’izlikda
Sen parishon hayolsan,
Toparsan yor,qarabsanki,
Juftsan, erkak ayolsan.

Kunning jufti tun bo’ladir,
Oyniki-chi Quyoshdir,
Osmon juftlik qilar Yerga,
Oyoqqa esa boshdir.

Past-baland,oq-qora juftdir,
Achchiqla juft shirindir,
Barcha juftlik ichra senga
Bir ma’no yashirindir"¦

Dunyodagi borki narsa
Juft erur, juftdir alar,
Biz bilgan bu dunyoga-chi,
Oxirat juft sanalar.

Bu ochiq bir isbot senga
Boqiy dunyo borliqqa,
Yo’q deb, borma xatolikka
Borma fikri torlikka!

Hayotingga ma’no to’lar
Bul isbotga ishonsang,
Va aksincha, aksi bo’lar
Agar miysoqdan tonsang.*

Ha, har narsa jufti bordir,
Faqat Alloh ahaddur,
Uni bilmas bandalarga
Ahadning qahri baddur!

* Odam zurriyotlari ruhining yaralishidan avvalgi va’dasi.


Qayd etilgan