"Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 42762 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Munira xonim  12 Dekabr 2008, 12:28:07

ILM VA FAN FARQI.

Endi ilm — fan farqini
Qilaylik bir oz tahlil,
Quloq tut bul suhbatimga,
So’ng barining farqin bil!

Fandagi bor yutuqlaring
O’tkinchi omonatdur,
Barcha faning foniy dunyo
Kori uchun hojatdur.

Fan degani hayotingning
Bir qismi-chun zarurdir,
Ilm ikki dunyo baxtin
Taratguvchi bir nurdir.

Istagan bir faningni ol,
Qilaylik mushohada,
U kerakdir tiriklikda
Har qadam har sohada.

Lekin fandan olganlaring
Bu dunyoga qoladir,
Ilm esa har insonni
Haq yo’liga soladir.

Bu degani:"Ilm izlayu,
Fanni tashlab qo’y"masdir,
Fozil kishi har ikkisin
Teng izlashdan to’ymasdir.

Ko’p ulug’lar borliq nadur
Bilishga intilganlar,
Barcha sirlar kalitini
ILmda deb bilganlar.

Ilm izlab o’zliklarin
Qiynamishlar beayov,
Qancha-qancha o’lkalarni
Kezmishlar ular yayov.

Ushbu yo’lda hormamishlar
Farqlamayin qishmu yoz,
Ko’ngli to’lmay bor bilimdan
Izlashmish ulug’ ustoz.

Har ish kabi ilmni ham
Boshlagil:"Bismilloh"¦"dan,
Ezgi maqsad matlabingni
So’ragil sen Allohdan.

Dono ustoz etagin tut,
Boshlagil "œAlif,lom"¦"dan,
Ilm uchun bor javobni
Topgaydursan Kalomdan.

Bul sohada bo’lmasa gar
Ustoz — ulug’, donishmand
Barcha avqting zoye o’tgay
Behudaga bo’lib band.

Ilm izlash bu — riyozat,
Mashaqqat,lek soz ishdir,
Ilm izlash go’yo igna
Bilan quduq qazishdir.

Kitoblarga "œko’mil" hamda
Allohdan so’ra, tilan,
Tilaganga Tangri bergay,
Ilm ham tilak bilan.

Ilm qaydan, qachon kelar
Deb jim yotib ko’z tikma,
Seni izlab kelmagaydur
Bag’doddan "œBayt-ul Hikma".

Buloq sari borgay beshak
Suv izlagan tashna lab,
Kim ishongay buloq kelsa
U labni o’zi izlab.

To tanangda jon bor ekan
Ilm izlagil har mahal,
Bildirayin bir hadisni:
"œIbodatdan ilm afzal".

Yana hadis:"Teng kelmasdur
Oltmish yillik ibodat,
Kimki limning halqasida
Bo’lsa agar bir soat".

Iymonim hech ketmasin deb
Istasang o’z dilimdan,
"œBeshikdan to lahadgacha
Baxt izlagil ilmdan".

Ilm izla,Haq tanirsan
Oyu kun o’tgan sayin,
Fikr bo’lib tiniq, ravon,
So’z bo’lur o’tlug’, mayin.

Sof ilmni izlashni sen
Astoydil qilsang niyat,
His qilarsan qanchalar keng
Sendagi imkoniyat.

O’zlashtirgil o’zingga sen
Yorug’lik g’oyasini,
Bilsang chiroq ko’rmas aslo
O’zining soyasini.

Bul borlqini yoritishdir
Ul yorug’lik nur ishi,
Shabistonni ko’rmaslikdir
Uning yolg’iz tashvishi"¦

Kim ilmni ulamolar
Oldida maqtanishga,
Yo bahs uchun nodon bilan
Yo diqqat qaratishga

O’rgansa gar ul "œolim"ning
Joyi erur Jahannam!
Bul hadisni yodingda tut
Ilm izlar chog’ing har dam.

Qancha bilsang bilarman deb
O’zingni tutma "œkatta",
Bor biliming borni bilish
Uchun ozdir albatta.

Ilming bo’lsa g’urulanma,
Bunday g’urur bekordur,
Unutmagil ilmda ham
Sendan kuchlilar bordur!


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Dekabr 2008, 12:28:45

TUSH TUSHUNCHASI.

Kel, endi bir to’xtatalamiz,
Kunda ko’rar tushingga,
Tush degani nimaligi
Helarmu hech hushingga?

O’nga ko’rgan kechirganing
Tushda tushga tushgaydur,
Ba’zan oddiy holatdasan,
Ba’zan jisming uchgaydur.

Tush deganda ruhing tushar
O’zgacha bir olamga,
Ba’zan to’lar u quvonchga,
Ba’zida g’am alamga.

Tushingdagi turli holat,
Quvonchlaru havf xatar,
Ruhing tanang tin olsa ham,
Yashashini eslatar.

Uxlaganda butun tanang
HArakatda bo’lmaydi,
Bor holatni ruhing ko’rar,
Demak, ruhing o’lmaydi"¦

Deydilarki, uxlaganda
Ruhing tanangdan ketar,*
Tanang jim-u, ruhingdachi,
HArakat davom etar.

Tana bilan ruhning ushbu
VAqtincha ayri holi —
Ruhing boqiy yashashligin
Ochiq oydin misoli.

Tushda og’ir holat bo’lsa,
Uyg’onib qutularsan,
Mahsharda ish og’ir bo’lsa,
Bu holda ne qilarsan?

* "œAn’om"surasi,60-oyat; Shul mazmunda hadis ham bor. Abu Lays Samarqandiy,"Bo’ston ul orifiyn",52-bob,"Uxlash odobi haqida" bobida ham shunday fikr berilgan.



Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2008, 10:42:15


NOTIQLIK NAFOSATI.

Yana boshqa bir mavzuning
Keldi yana fursati,
Bul mavzuning nomi erur:
"œNotiqlik nafosati".

Yo boshqacha qilib aytsam,
Bul bo’limning niyati —
Notiqlikning siri,ya’ni —
Nutq madaniyati.

Voizlikka eng muhimi,
Biliming bo’lsin puxta,
Nutq bo’lmasin, chala, yolg’on
So’zlar ila omuxta.

Qay davrda bo’lsang avval
SO’zingni unga mosla,
Tinglovchini ishontirgil,
Har bir so’zing asosla!

Qay bir notiq to’g’ri tanlab
Bilmas agar mavzuni,
Dildan tinglab xushlamaslar,
Tinglamasdurlar uni.

Talaffuzing tiniq qilib,
Soz’lagil dona-dona,
Har aytilgan so’zing o’qdek
Aniq tegsin nishonga.

Tinglaganni tinglay bilish
Holatini so’rab tur,
Qabul qilar u qandayin
Ko’zlaridan ko’rib tur!

Ko’zlari,axir, aytib turar
Tushunar yo tushunmas,
Koz’lari bejo bo’lsa demak,
So’zlaring u uchunmas.

Ta’na toshlar tegmasin-chun
Rost soz’lardan tom ayla,
Suhbatingni soz ayla-yu,
Har bir qalbni rom ayla!

Shirin so’zlar shirasidan
Totgan har dil "œoh"lasin,
"œOh"lab yana totmoqlikni
Takror-takror hohlasin.

Va’z vaqtida hayajoning
Eng birinchi dushmaning,
Biladurgan bor bisoting
Chalg’itish ishi oning.

Jumlalaring bo’lar mujmal,
Hayajon agar bossa,
Qani endi,ul suhbatga
Biror kim quloq ossa!

Bu barchasi notiq uchun
Erur gapning yotig’I,
Amal qilgan notiq erur
Notiqlarning notig’i.

Istagan har inson uchun
Bul maslahat asqotar,
Istamaslar so’zlaganda
Gap boshlar-u, bosh qotar.

Yana bitta fikr aytsam,
Bul tegmasin g’ashingga,
Yomon fikr ichda qolsin,
Qo’y, chiqmasin tashingga!

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2008, 10:44:17

G’IYBAT,TUHMAT TA’RIFINDA.

G’iybat,tuhmat ta’rifi bu —
Behuda vaqt o’tkazish,
Kimdir ortidan tosh otib,
Kimgadur chuqur qazish.

G’iybat — hasadning bolasi,
Ha, hasaddan tug’ilgay.
Tuhmat dilga ozor berib,
Tirnagay, yulgay, tilgay.

G’iybat asli yeyish erur
Birodarning go’shtini.*
Tuhmat qilar ul kimsakim,
Kimgadir bo’lsa kini.

G’iybat turli ayb-nuqsonga
El diqqatin tortishdir,
Tuhmat esa yo’q gunohni
Kimlargadur ortishdur.**

Kasb aylar bul ikkisinkim,
Kim Xudodan bexabar,
Yoar og’zin oxir og’ir
OQibatin bilsa gar.

Qay dilda gar bo’lsa doim
Baxillik, hasad, g’araz.
Oxiratda oqibatin
Qaniydi qilsa faraz!

Kim g’iybatchi yo tuhmatchi
Hech vaqt do’st tutma ani,
Bilsang alar borligini
Tark etgil ul davrani.

Tillari tosh otar doim
Gap tinglamas u "œkar"lar,
"œbulbul" bo’lib bildirgani
Bari onging zaharlar.

G’iybat tuhmat har qandayin
Davraning dardi dog’I,
Kel to’xtatay ta’rifini,
Chunki yo’qdir adog’i.

*"Hujurot"surasi,12-oyat;
**"Hadis"dan.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2008, 10:45:13


YIG’I  IZOHI.

Endi navbat boshqa bobga,
Bob nomi — "œNadur yig’i?"
Ul ko’z yoshi — biror zarba,
Yo bir zahar til tig’i"¦

Kel, chiroyli gap qilaylik,
Bunday bobni boshlatmay,
Qisqa qilay inson bo’lsang,
Inson ko’zin yoshlatma!

Aytmasam-da allaqancha
Koz’lari to’ladir yoshga,
Qisqa bayon qilay, so’ngra
Suhbat qilaylik boshqa.

Qisqasi shu — gar yig’lasang,
Yig’lagil Yaratganga.
So’ng ko’r, yig’I qanday huzur
Baxsh etar jonu tanga!

Yig’a yolg’iz, yig’la xolis,
Qolmasin hech armoning.
Yig’la tavba qilib dildan,
Ketgunicha darmoning.

Bir yig’laki toshbag’irning
Kelsun senga havasi,
Ko’z yoshi bu dilingdagi
Dardlarning "œmag’zavasi".

Hayron bo’lma bu so’zga sen
Xunuk so’z deb"¦Quloq sol!
Bul o’xshatish o’rinlidur
Keltiray bunga misol.

Kirni yuvib bir necha bor
Siqilsa, bu orada,
Siqilgandan chiqqan kir suv
Yig’ilar tog’orada.

So’ng matoni siltash, yoyish,
Bajarasan bu ishni,
Undan keyin mag’zavadan
Bo’shatasan idishni.

So’ngra yengil tin olasan,
Qilasan yengil huzur"¦
Menimcha sharh kerakmasdur,
Izohin qilmam, uzr!

Izohtalab narsa boshqa,
Bir marosim yig’ilish,
Ketgan bir inson ortidan
To’xtamay yig’I qilish.

Ko’z yoshga ham me’yor kerak,
U axir so’ngisz selmas,
Ko’p ko’zyoshi befoydadur,
Ketganlar qaytib kelmas.

Yig’I kerak g’aflatdagi
"œBexabar" tiriklarga,
Bu dunyoda ustunlikka
Da’vogar "œyirik"larga.

Haq yo’lini tan olmagan
Ko’kragi keriklarga,
Yurar yo’lin xatar bozgan,
Shaytonga "œsherik"larga.

Barchalari bexabardur
"œnoma"ga ne yig’ilar,
Ana ular yig’lasunlar,
SO’ng befoyda yig’ilar.

Xato yo’ldan chiqib, kirgan
Mo’minlar ro’yxatiga,
Yig’lasinkim shukr qilib
Alloh marhamatiga.

Bu — bu dunyo sahnidagi
Tengsiz bir baxtdir g’oyat,
Haqning Kalomida ko’pdir
Bunday mazmunda oyat.

Anglab oyatlar mazmunin
Baxtin izla har damda,
Yig’lab kelib, yig’lab ketar
Bu bebaqo olamda.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2008, 10:46:12

JAHL JAVOBI.

Endi tahlil qilaylik bir,
Jahl neni anglatar?
Gar jahldor bo’lsa fe’ling
Hayoting to’la xatar!

Qiyosini qilsak agar
Zang tushgandek temirga,
Jahl otlig’ illat
Asablaring kemirgay.

Amal qilgin ajdodlaring
Aytgan ushbu naqlga:
"œJahl kelsa ot qamchilar,
O’rin qolmas aqlga".

Jahl chiqish sababi ham
Farmoyishi shaytondan,
JAhl kelsa aql ketgay
Miya otlig’ maydondan.

Juda muhim erur jahl
Neligini uqqaning,
Bul qusur gar odat bo’lsa,
Tanimassan tuqqaning.

JAhl bir kun oxir albat
Ayirgay do’st — yoringdan,
Molu mulku es-hushingdan,
Xullas butkul boringdan.

Yetkalagay jahl jarga,
Ul jarga nom — "œjonsizlik"
Johillik bu — nodonlikdir,
Johillik — irfonsizlik.

Ul ajratar jamiyatning
YAxshi — yomon kasini,
Johillik bu belgilagay
Iymon darajasini.

Qutulishga chora buldir:
Sen shaytonga bo’lma qul,
Jahl kelsa shu zahoti
Istig’for aytgan ma’qul.

Bilar bo’lsang buni qancha
Bilishliging bu sozdir,
Lekin barcha bilishiliklar
Bilganlar uchun ozdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Yanvar 2009, 11:43:47

AHMOQ AYTAR,JINNI JIM.

Ming muammo ichra bilsang,
Bir muammo hech halmas,
Barcha dardga davo bordir
Lekin ahmoq tuzalmas.

Ko’p izlanmish donishmandlar
Hamda ular kabilar,
Ahmoq zotin tuzatolmay
O’tmish hatto nabiylar.

Milodiy yil boshlaridan
Bordir shunday bir xabar:
"œAhmoqqa yo’q hech bir davo"
Demish Iyso payg’ambar.

Ahmoq, jinni ikkisi bir,
Deyishing mumkin, balkim.
Aslo unday emas, aytay:
-Ahmoq kim-u, jinni kim?

To’g’ri yo’lni ko’rib turib,
Unda yurmas ahmoqdur.
Uning ishi ne gap bo’lsa
O’ylamasdan aymoqdur.

Unga biron pand nasihat
Befoyda kor qilmaydur,
Bir tayinli yaqini yo’q,
Bir do’stu yor qilmaydur.

Quloq tutmas biron so’zga,
O’zinikin ma’qullar,
Xullas, ular ixtiyorin
Shaytonga bergan qullar.

Lekin qiziq, birontasi
Aytmaski:"Men ahmoqman!"
Barchasi der:"Aqlliman,
Sen nohaqsan, men haqman.

Qachon ko’rding, birontasi
"œXo’p" deb tilini tiydi,
Ranjigali arzimasdur
Lek aslida arziydi.

Bir axmoq deb bir aymoqning
Burdi, tinchi ketadi,
Butun boshli yutni ahmoq
Bossa, ul yurt netadi?

Haq asrasin, agar bir yurt
Bo’lsa ahmoq qo’lida
Xalqi teshik qayiq bilan
Suzar xorlik ko’lida!

Yana bir bor hech tugamas
TA’rifin qilsam aning,
Bilib qo’ygil ahmoq erur
Eng "œoily nav" dushmaning"¦

Hozirda ham ko’pdir ular,
Har elda ular bordur,
Alar safu qatorlari
Eng xavfli qatordur.

Xullas, ular haqda shunday
Bir ma’no tutsa bo’lar:
Uzoq yurgin ahmoqlardan
Har balo kutsa bo’lar!

Haq borligin yolg’on degan
Ahmoqning eng kattasi,
FAqat uning qo’lida yo’q
"œAhmoq" degan pattasi.

Ahmoqlikning bobbin bo’ldi,
Shul baytda men to’xtatay,
O’xshamagil ula kaslarga
Deb bir oz cho’zdim atay.

O’hshamagil ularga deb,
Qara, ibrat ol uchun,
Alloh O’zi yaratmish har
Narsani misol uchun"¦

Sen jinni deb kulgan zotning
Senga yo’q yomonligi,
Faqat qo’ldan ketmish oning,
Sog’ligi, omonligi.

"œJinni" emas, asli "œjinli",
Talaffuzi buzilgan.
Yillar o’tib is’temoldan
Bitta harfi uzilgan.

"œLom" o’rniga yana bitta
Qo’yilmishdir harfi ‘nun".
Bir ikkita misol aytay
Senga bir izoh uchun.

Uyi borni uyli deysan,
Ko’ylagi bor ko’ylakli,
Jini borning jinli desang,
Tuzalar so’zning shakli.

Xullas,o’sha zot — "œjinni" deb
Ataladirgan jinli,
Hatti harakatlarida
Ma’no bo’lmas tayinli.

Yeyish-ichish qiziqtirmas,
So’zlari ham poyma-poy.
Kiyim-kechak tanlamasdur,
Tanlamasdur hatto joy.

Uni dunyong qiziqtirmas,
Unda o’zga dunyo bor,
Ahmoqqa sen kulsang kul-u,
Jinniga kulma zinhor.

Jinni kechar holat, albat,
Tushunchangdan tashqari,
Uni o’rab olgan jinlar
Ketmaslar undan nari.

Ular bilan doim suhbat
Qurar "œko’ngli chog’" bo’lib,
Ko’rardir ul ko’rinmasni
Ko’rmassan sen so’g bo’lib!

Ne bitilar qay insonga
Barchasi Yaratgandan,
Kimga neni bitishlikni
Ulug’ Zot so’rmas sandan!

Har ishingda yolg’iz Haqdan
So’ragil yordam madad,
Xizmatingda Yer — Samoviy
Lashkarlari beadad"¦


Qayd etilgan


Munira xonim  10 Yanvar 2009, 11:45:50

XATO XUSUSINDA.

Ana endi to’xtalamiz
Yana bir so’z — xatoga,
Bu gap asli taqalgaydur
Davri Odam Atoga.

Ilk ro’y bergan xatolikni
So’ylab o’tmish ajdodlar,
Qiyomatga qadar qissa
Qilinar qilib "œdod"lar.

Ul xatokim, ibtidoda,
Qilingankim adashib,
Davomini hech uzmayin,
Avlodlar kelar tashib.

Ma’luminkim, ul xatoga
Sababchi Iblis erur,
O’z ishidan mamnun mal’un
Hozir ham ko’krak kerur.

Ul  ibliskim Yaratgandan
Izn olmish to Qiyomat,
Uning hiyla nayrangidan
Har qadam bir alomat.

HAr xatoning hatoligin
Bila turib xos, avom,
Quloq tutar ul mal’unga
Xatoda eue davom.

Xato so’zin tahliliga
Menda bor bir urinish,
Borki, xato harakatda
Bordir ikki ko’rinish.

Biri, xatoligin bilmay
Qilinar beixtiyor,
Yana biri, xatoligin
Bilib qasddan qilish bor.

Bul hayotda har sohada,
Xatolar ko’pdir g’oyat,
Bilib xato qilishlik bu —
Xato emas — jinoyat!*

Kim xatoni bilmay qilsa,
Kechirish, avf mumkindir,
Bilib qilsa, jazolagin
Qat’iy nazar, u kimdir.

Bilmay qilsa xato ishni
Tushuntir, unga uqdir,
Gar bu ishni qilsa takror
Kechirim keyin yo’qdir.

Adashgan, so’ng haq yo’l topgan
Banda har elatda bor,
Adashgaydur har bir banda,
Beayb bu — Parvardigor!

Xato yo’ldan, gumrohlikdan,
Yomonlikdan bazsa kim,
To’g’ri yo’ldan toyib, chetda
Yurganligin sezsa kim.

So’ngra to’g’ri yo’l topsa gar,
Unga kulishni bas qil
Darrov tutgil etagidan,
Ergash, unga havas qil!

Xato yo’lning xatoligin
Bilib, qaytganga qoyil!
Demak, sezdi kimligini
Dili Iymonga moyil.

Iymoni but banda uning
Darhol tutsin dastini,
Va o’rgatsin unga to’g’ri
Yo’lning baland pastini.

O’zi qaytmay xato yo’ldan,
Qaytganga bor kulganlar,
Undaylarda xasta ruhni
Ko’tarib yurgay tanlar.

Ahli taqvo ul kaslardan
O’zni olib qochgaydur,
Alloh O’zi istaganning
Qulfi dilin ochgaydur.

Alloh bergay kimda bo’lsa
Xohish, istak, intilish
Muslim bo’lish asta-asta
O’zni va Haqni bilish.

* "Ahzob" surasi,5-oyat.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Yanvar 2009, 17:02:37

QO’RQUV — QANDOQ NARSA U ?

Bitigimda boblar ko’pdir,
Bir-birin qilar "œquv-quv",
Bul bobda bir tahlil qilsak
Qo’rquv — qandoq narsa u?

Har qadamda Yaratgandan
Qo’rqish bu — taqvodorlik.
Taqvosizlik tortiq qilar
Har ikki olam xorlik.

Gar qalbingda qo’rquv yo’qdir
Qalbingni Qodir ochmas,
Qo’rquv bilmas qalblarga Haq
Iymon urug’in sochmas.

Qo’rqqil eng oily qo’rquvdan —
Allohga yov bo’lishdan,
Bila turib o’z baxtingga,
O’zing bir go’v bo’lishdan.

Qo’rqqil har dam, har soniya,
Haq yo’lidan toyishdan,
Behuda har harakatdan
Va ortiqcha boyishdan.
Qo’rqqil harom topishlaru,
Harom luqma yutishdan,
Yoki uni bir qondosh yo
Tug’ishganga tutishdan.

Qo’rqma o’ylab ajrashingni,
Ba’zida xonumondan,
Dod faryod qil agar sezsang,
Ajralishing Iymondan!

Qo’rqma, Allohdan qo’rqqandan,
Unga o’zni yaqin tut,
Qo’rqmas ersa kim Allohdan,
Undan har baloni kut!

Yov ko’rinsa, do’stdek qo’rqqil,
Qo’rqqil do’st nayrangidan,
Qo’rqqil, qarmoq, tuzoq tutgan,
Turli jinlar jangidan.

Yana qo’rqqil bir narsadan —
Shu narsadan qo’rq juda,
Qimmatli har vaqting sarfin
Qilishlikdan behuda"¦

O’ylab jondan ajralishni
Qo’rqasan, tosh qotasan,
Neni yaxshi ko’rib, qo’rqsang
O’sani yo’qotasan.

Yo’q demagil, kamday yana,
Bir gunohga botasan,
Qo’rqsang hamki, vaqti kelib,
Yerda yo’giz yotasan!

"œBul qo’rqadur" deb kelganlar
Ketmaslar senga tegmay,
Hech kim qolmas bu dunyoda
Abadiy, boshin egmay!

Hosil pishgach sohib kelib,
Tekis o’rar maydonni,
Birday solar o’rog’ini,
Qoldirmas biror donni.

Faraz qilgil biror boshoq,
Chetda qolsa o’roqdan,
Biron hayvon yeb ketishi,
Tayin, eklib bir yoqdan.

Yoki biron qush ul donni
Bir zumda ketar cho’qib,
Ana endi xulosani
O’zing qil, buni o’qib!

Qo’rqsang hamki ko’tarishar
Bir kun boshing bolishdan,
Qo’rqqin burching adog’ini
Qilolmasdan qolishdan!


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Yanvar 2009, 17:03:13

ISHQ IZOHI

So’rdilar bir ulug’ zotdan:
"œAlloh ishqi ne aytgil?"
Ul ulug’ zot qisqa javob
Ayladi:"Men bo’l-da, bil!" *

Ulug’larning ulug;ligi
Shundadir, ko’p tasanno!
Javob qisqa, lek har so’zda
Olamga to’la ma’no.

Bunday a’lo javib yo’qdir,
O’zga javob yo’q andoq.
Ul ulug’ zot so’zlaridan
O’rtiq so’z topay qandoq?

Haq ishqiga izoh istab,
Tortmoq kerak oh-zorlik,
Kunduzlari tinim bilmay,
Tunda kerak bedorlik.

Alloh ishqin yod qylasang,
Bezovtalik boshlanar
Jisming junbushga kelib ko’z
Beixtiyor yoshlanar.

Ta’rifiga hech qanday soz’,
Hech bir izoh topilmas,
Tunlardachi, to tonggacha
Ko’zlar bedor, yopilmas.

Ayrimlaring ayrimlardan
Ishqda baland ustundir,
Bunga bois ibodatda
O’tkazilar kun, tundir.

Asta-asta har qadamda
Har dam tavba qilishing,
Asta-asta o’zligingni,
Yaratganni bilishing.

Ishq neligin tushuntirib,
Tortishma axmoq bilan,
O’z ishqingni ko’rsat go’zal
Amal, xush axloq bilan.

Allohga ishq belgisi bu —
Haqqa xush har bir ishing,
Har ibodat, har bir damda
Haqqa xush ko’rinishing.

* Mavlono Jalolinddin Rumiy.


Qayd etilgan