Muallif Mavzu: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 29090 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #45 : 25 Fevral 2009, 09:11:45 »
SHAROB SHARHI.

Ko’p qabohat ishalringga
May, sharob erur bois,
Axir, bejiz atamaslar
Uni “ummul habois”.

Chin do’stlaring chetda qolib
Agarki unga “yor”san,
O’zing bilmay har qandayin,
Gunoh ishga tayyorsan.

Bul obi shar ham shaytonning
Senga “sovg’a” hunari,
Inson ersang ishin menga,
Ket har dam ondin nari.

Ul sababkim, tug’ilgaydur
Turli mayib, majruhlar,
Oh, bilsayding qay daraja
Majruhda ruhlar “uh”lar!

Erkak ayol bir davrada
Ichsalar to’yib chog’ir,
Yo, alhazar, azim gunoh
Bormikin bundan og’ir?

Ko’z quloq va dil xushlamas
Turli jarang-jurunglar,
Jilovini shayton olgan
Ko’pdir bunday gurunglar…

Bul ishing ham qator-qator
Qilmishing bir qismidir,
Inson o’zi xato qilib
Unutguvchi ismidir.

Mayni topgan uning mudhish
Oqibatin bilmagan,
Barcha borliqni bilguvchi
Bekorga man qilmagan.*

*”Moida” surasi, 90-oyat.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #46 : 26 Fevral 2009, 13:05:39 »
ERKAK VA AYOL HAQINDA XAYOL.

Ko’pdir ayollik sha’niga
Befarq boqqan ayollar,
Oqibatda ko’z yoshlari
Soydek oqqan ayollar.

Gulday ayollaring kirib
Go’zallik degan uyga,
Go’zal bo’ldim deb chiqsalar
Tushib kulguli ko’yga.

Uzun sochlar kalta bo’lib,
Aylanar sap-sariqqa,
Yarim ochiq ko’kragida
Ko’zing tushar ariqqa.

Qalin qaro qoshlar go’yo
Igna misol terilgan,
Qoshlar terib tashlashgamas,
Husn uchun berilgan.

Ko’z qovoqlar ko’m-ko’k, xuddi
Eri uch kun urganday,
Labga turli bo’yoq bergan
“Haligini” surganday.

Gulday yuzga uch to’rt qavat
Sun’iy suvoq suvalgan,
Bo’ynidachi shoda simlar
Chuvalchangday chuvalgan.

Bul yasam qo’g’irchoqqa
Qalbing qanday ochasan,
Tirnoqlarin ko’rgandayoq
Jonin saqlab qochasan.

Yeng, yoqasiz kalta ko’ylak
Xuddi tars yorilguday
Shumi chiroy, bo’lsakim ul
Tuproqqa qorilgudek.

Ziyon zahmat tegmasin ayt,
Alloh bergan chiroyga,
Axir pardoz bermaslarku
Dog’li sanalgan oyga.

Bunday o’zdan ketishlari
Bo’ldi o’zidan ketsin,
Bosit bilib bergan borki,
Chiroyga nima yetsin.

Ba’zi xotin xonadonda
Erga tashlanar tikka,
Xonadonda xo’jayinday
Da’vo qilar erlikka.

Er dodini berib bu “er”
Bul ishi kamday tag’in,
Ko’cha ko’yda ham “zo’r’ erur,
Jilovlamasdur jag’in.

Er o’rnida ko’rmay erni
Bigizday barmoq sancha,
Erni haydan “boshi ochiq”
Yurganlar soni qancha.

Qialr ishi sharobxo’rlik,
Tortib turli tamaki,
Tunlarda-chi, turli mehmon,
Turli tuman amaki…

Chala yarim pardoz qilib
Qo’lga qo’yib “xino”lar
Qilar ochiq oydin gunoh
Ochiq oydin zinolar.

Buni go’yo go’zal hayot
Bilib kayfin surishar,
Yo, alhazar, bun e bilsang
Basharalar burishar.

Deging kelar:”Ayol bo’lib
Burching bilganing qani?
Erga ayol itoati –
Bu Haqqa bosh eggani!

Unutmagin ayolliging
Har kech, har tong ertalab,
Haq asrasin bo’lishingdan
Har kun har xil er talab.

Har ayolda iffat, iymon
Bo’lmasin hech mosuvo,
Har ayolga insof istab
Qo’l ochib qilgum duo…

Nima bo’ldi ko’p erlarga
Balki jinlar chalishgan?
Nazarimda kiyimlari
Xotin bilan alishgan.

Bozor, ko’cha aylanarlar
Kiyib ich kiyimini,
Chunki xotin tortib olgan
Ustga kiyar shimini.   

Shim deb kiygan kalta shimi
Arang yopar sonini,
Balki ko’z-ko’z qilmoq bo’lar
Erkakalik nishonini?

Axir to’g’ri kiymaysanmi,
Ota-bobong ne kiygan,
Alar kofircha kiyimdan,
Har dam oz’larin tiygan.

Sochlar sal kam belda, tayyor
Pilik solib o’rgudek,
Chin insonning bu holatni
Ko’zi yo’qdir ko’rgudek.

Hujjatida erkak bo’lib,
Quloqqa taqsa baldoq,
O’z erkaklik vazifasin
Bajararkan ul qandoq?

Yana qiziq,qo’l bo’yinga
Turli taqin taqishlar,
Tutib turli tamakini,
Chappilatars aqichlar.

Otilgaydir og’izlardan,
Har turli shaloq so’zlar,
Bir ma’no yo’q jalanaglagan,
Ko’zlar foydani ‘ko’zlar”.

Bunday hol bor barcha yurtda
Har bir qishloq, ovulda,
Chunki hayol Haqda emas,
Xayollar bari pulda.

Xayollarda bor behayo
Xarom ishni o’ylashlar,
O’ylamasdir oilasin,
Xayolida ‘o’ynash”lar.

Yana ne deb ta’rif qilay
Zotingning bunday kazin?
Ta’rif tamom…Tez ayt unga,
Tezroq qilsin tavabasin.

Go’zal bo’lsin har holating,
So’zlaring bo’lsin bolday,
Erkak erkak bo’lib qolsin,
Ayol qolsin ayolday!

So’zlarim noo’rin bo’lsa
Mendan qilmagil araz,
Istaramki, sendan ketsin,
Har turli illat, maraz!

Shirin bo’lsin so’zing, bo’lsin
Qalb go’zal, iymon go’zal,
Barcha dil bir go’zal bo’lsa
Bo’lgaydur har yon go’zal!

Go’zal so’zi nadir o’zi?-
Avval Haqqa yoqishdir,
Barcha birday ul narsaga
Havas bilan boqishdir!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #47 : 26 Fevral 2009, 13:06:27 »
MAQTOVGA MUNOSABAT.

Qaysiki bir mamlakatda
Neb or maqtovga doir,
Albat olgay qalamiga
O’sha yurtdagi shoir.

Men yozarda bul nomani
Boshqacha yo’l tutarman,
Ko’proq aytib xatolaring,
O’nglanishing kutarman.

Senga dushman illatlardan
Biri bu maqtov bo’lar,
Bu “chiroyli so’z” hayotda,
Ko’rinmas bir g’ov bo’lar.

“Zo’rsiz!” degan yaqiningga
Yaqin turma, undan qoch,
Xatolaring ochiq aytar
Begonaga qalbing och!

To’g’ri ba’zi ishlaring bor
Maqtovlarga sazovor,
Lek ul ishni haddab ortiq
Maqtovchi bandalar bor.

Hech kimsa bul maqtov uchun
Berilmasin, shoshmasin,
Maqtasa ham, ul maqtovlar
Keragidan oshmasin!

Maqtovga mast bo’lgan, maddoh
Madhiga mastdek qarar,
Bilmasmudir hayotini
Maqtov izdan chiqarar.

Hamdu sano xususinda
Shunga sen bo’lgil amin,
Barcha maqtov Egasi bu –
Yolg’iz Robbil olamiyn.

Bandaning soz har ishiga
Sozdir maqtovning ozi,
Kamtarlarga kifoyadir
Har ishda Rahmon rozi.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #48 : 26 Fevral 2009, 13:07:46 »
LAGANBARDOR HAR DAM BOR.

Har millatda minglab bordir
Laganbardor kimsalar,
Qani endi tumandayin
Tarqamasdan tinsalar.

O’tmishda ham ul kimsalar
Bo’lishgan qator-qator,
Odam borki bu olamda
Laganbardor har dam bor.

Bu kasallik bo’lsakim, gar
Qay kimsaning qonida,
Chora qilgay bo’lishlikka
Biror rahbar yonida.

Ilk istagi avval o’sha
Rahbar qo’njiga kirish,
Ya’ni maqtab ul to’rani
Biror bir naf undirish.

Darhol yotar kichikkina
Ul rahbari “YOT!” desa,
Hatto o’zin tomdan otar
O’sha rahbar “OT” desa.

O’sha rahbar tovonini
Yalashga ham tayyordir,
Davri o’tsa, go’riga o’t
Qalashga ham tayyordir.

Laganbardor tabiatan
Shaytonga qul malaydur,
Har kimsani yomon otlig’
Qilib ortdan talaydur.

Ha, ularning atrofida
Shayton doim pildirar,
Ne istasa, shu zahoti
Aytganini qildirar

Unda insof bo’lmas aslo,
Diyonat or bilmasdur,
Chin insonga qadriyatga
Zarra parvo qilmasdur.

Olsa bo’ldi o’sah rahbar
Qo’lidan oltin, zardan,
Qo’rqsa edi Allohdan ham,
Qo’rqqandayin rahbardan.

Bul xususda bir shoiring
Chiroyli so’z degandi,
Mana o’sha shoiringning
Sh’eridan uch – to’rt bandi.

“…Hayot bizni shunday ko’yga
Solib qo’ygan netamiz,
Qaysi yo’lga boshlasangiz,
O’sha yo’ldan ketamiz.

Og’zingizdan chiqqan so’zni
Ma’qullaymiz, qo’llaymiz,
Gap qaytarib, fikr aytib,
Fikringizni bo’lmaymiz.

Siz donosiz, siz mehribon,
Sizdir g’amxo’r otamiz,
Birov sizni desa yomon
Drahol kelib sotamiz.

O, rahnamo bilmaysizda
Bizlar asli kimlarmiz,
O’zimiz ham bilolmagan
Jumboqmiz, tilsimlarmiz…”

Mutlaqo chin ular aslo
Bilishmas kimligini,
Bilishmaski, boshlarida
Shayton xokimligini.

Rahbarnimas, asli sahyton
Aytganini qilishar,
Ko’z rahbarda, lek quloqqa
Shayton soz’in ilishar.

Ular inson shaklidagi
Jamiyatning yarasi,
Qoch ulardan, hazar qilgil,
Bo’lsang inson sarasi.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #49 : 26 Fevral 2009, 13:08:59 »
PORA HAQINDA PORA.

Uzr, ancha xatolaring
Majbur bo’ldim yozishga,
Yana biroz to’xtalaman
Ba’zi bir xunuk ishga.

Mani doim o’ylantirar
Ajib qiziq bir narsa,
Jinoyatni qo’lar qilib,
Hayodan yuz qizarsa!

Poraxo’rga pora bergan
Insonlar bari “tanish”,
Uzatsalar darrov olar
Unda yo’q ikkilanish.

Poraxo’rlik illatiga
Duchor bo’lsa kimda-kim,
Bilsin azim gunohligin,
Jazo ham erur azim!

Pora borki, bari xarom
Yoq’dir uning tozasi,
Poraxo’rga pora ochar
Do’zaxning darvozasin.

Qilmishlari qiyomatda
Uni ichkari boshlar,
Guvoh bo’lur pul deb olgan
Qarg’ish, alam, ko’z yoshlar.

Pora olguvchida bo’lgay
Qo’llar go’yo to’rttadan,
Gunohkordir olgan, bergan,
Yana turgan o’rtada.

Bu illatga chalingan kas,
Turolmaslar olmasdan,
Nazarimda shu illating
Qolgaydur yo’qolmasdan.

Nima yetsin yaxshilikka
Bo’lib to’g’ri, halol, sof,
Barcha qo’li egrilarga
Egamiz bersin insof!

Ha, ko’plaring sarhad bilmas
Gunohlarga egadur,
Sabab, bilmay o’z egasin,
Shaytonga bosh egadur.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #50 : 28 Fevral 2009, 14:03:15 »
O’G’RILIK VA TO’G’RILIK.

Nima yetsin bu dunyoda
Yashashga to’g’ri bo’lib,
Hech bir banda tug’ilmasdir,
Onadan o’g’ri bo’lib.

Ko’z ochib dunyo ko’rib ul,
Bunga asta qo’l urar,
:Ta’min” tuyib, so’ngra butkul
Bu illatga yuz burar.

O’marishni boshlagaydur
Avval oddiy tuxumni
So’ngra sekin tinchitadur
Yog’, asal to’la xumni.

So’ngra tovuq, xo’roz, qo’chqor…
Bir kun yetar xo’kizga,
Shul yo’sinda tushib olar,
Bir zumda “yaxshi” izga.

Bu shaytoniy hislat uning
Singmasaydi qoniga,
Tegmas erdi hattoki bir
Chumolining doniga.

Ba’zisi der:”Bunga sabab
Menda bir oz yo’qchilik”.
Xo’sh, ne sabab ro’kach qilar
Yurtda bo’lsa to’qchilik?

Hamma o’g’ri hayoti ham
O’tmagay bir xil tusda,
Ko’pi o’nglab hayotini,
Tavba qilar afsusda.

Bir voqea soz’lab beray
Senga sh’eriy yo’sinda,
Hech kim senga aytmagan bir
O’g’rilik xususinda.

…Qaysidir  bir qishloqda yosh
Eru xotin o’rta hol
Yashashardi, bunga sabab
Topishar edi halol.

Kuyov bir oz ishlab topib,
To’lagach to’yning qarzin,
Sog’in sigir xohlab qoldi,
Eshitib xotin arzin.

Ayol qilib ayolligin,
Kunda javrab, ochib jag’,
Eri sho’rlik tinmay topib
To’plashdi bir oz mablag’.

Kam yeb, kamroq ichib, kunda
Orttirganini hammasi,
Bo’g’oz bo’lgan bir sigirga
Yetar bo’ldi chamasi.

Bir kun kech payt kelin asta
Joyni soldi ayvonga,
Kuyov pulni sanab ko’rdi
Yetarmi deb hayvonga.

Barakasin tilab kelin,
O’tirar choy uzatib,
Bu holatni hamsoyasi
Turar edi kuzatib.

Kuyov pulni sanab so’ngra
Bir belboqqa boyladi,
So’ng belbog’ni uyga kirib
Qayergadir joyladi.

Bir oz o’tib, ko’ngli to’lmay
Yostiq tagiga joylar,
Hamsoya ham hamon bedor,
O’marishga payt poylar…

Va nihoyat payt keldi deb
Yarmidan oqqanda tun,
Qo’shni “ish”ga kirishdiyu,
Devordan oshdi beun.

Shuncha yillik do’st qo’shni bir
Zumda aylanib yovga,
Astagina yaqin keldi
Yotgan kelin kuyovga.

“Ish” boshladi har bir nafas,
Xurrakka quloq osib,
“Pishiq”kuyov qotib yotar,
Yostiqni mahkam bosib.

Olish kerak pulni!Tamom!
Bo’lmas uni olmasa,
Nahot buning ilojini
Tonggacha topolmasa?

Xayolidan turli yovuz
Fikr bir-bir o’tardi,
Oxir kelin yonidagi
Beshikni shart ko’tardi.

Ko’zi kelin-kuyovda-yu,
Asta yurdi ketiga,
So’ng beshikni olib bordi
Hovlining bir chetiga.

Beshikda tinch orom olar
Chaqaloq – uch to’rt oylik,
Hamsoyaning hayolidan
Ketmasdi tekin boylik.

So’ngra asta chaqaloqni
Belidan chimchiladi,
U bilardi, shunday qilsa
Kuyov joydan jiladi.

Bola boshlab chinqirishni
Bo’ldi xuddi aytgani,
Avval xotin sakrab turdi
“Voy, sjo’rom, bola qani?”

So’ngra birdan dod voy solib
Erni siltab uyg’otdi,
Er anglamay ne bo’lganin,
“chiroyli” bir so’z qotdi.

So’ng chiqarib xotinini,
“Ovsar, jinni yomon”ga
Ikkov birdan otilishdi
Ovoz kelgan tomonga.

Qorong’uda paypaslashib,
Beshiklarin topishdi,
Bu lahzada “uchar” qo’shni,
“O’ljasiga” yopishdi.

Aytsam shu payt ne bo’lganin
Hayron qolar har kishi,
Xuddi shu payt birdaniga
Boshlandi yer silkishi!

Hamsoyaning ul holiga
Hatto maymun kuladi,
Ul badfe’lning boshiga bir
Balo – ayvon quladi!

Shum niyatli ul tadbirkor,
Bo’yaldi o’z qoniga,
Yosh oila omon qoldi,
Pul ham qoldi yoniga.

Angladilar keyin ko’rib
Jonsiz qo’shni tanasin,
Ana senga halollig-u,
Haqiqat tantanasin!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #51 : 28 Fevral 2009, 14:04:59 »
MUSIQA MOHIYATI.

Endi bir oz quvib yomon
Gapni ruhu tanlardan,
Tanlagaymiz boshqa mavzu –
Senga tanish fanlardan.

Aytar bo’lsam ochiq oydin,
Ushbu bobning niyati:
Anglatishdir neligini
Musiqa mohiyati.

Tabiatan Tangri bermish
Dardga dori davoni,
Deylik, bulbul xonishini,
Tabiiy kuy, navoni!

Musiqaning mazmunida
Sehrli sir bo’ladir,
Ohang toza bo’lsa tebrab,
Ko’ngling zavqqa to’ladir.

E’tibor qil har usulni
Soz berib turishiga,
Har zarbasi hamohangdir
Yuraging urishiga.

Ikki holda tebratasan
Boshni – tanang tomini,
Tinglay turib Haq kalomin
Hamda xalq maqomini.

Olis damlar mamnun bo’lib,
Musiqaning boridan,
O’rin bermishlar falsafiy,
Fanlarning qatoridan.

Ko’p zotlarga ta’sir qilib
Jozibali nolalar,
Izlab sirli ma’nosini,
Bitishgan risolalar.

Sezsang sof kuy so’ylar senga:
“Makoni yeti pardam,
Tutash yeti qat falakka
Nolishim shundan har dam.

Yetti qat yer sadosidan
Jo’rovoz qil nolishing,
Eplolmasang jozibamdan
Tayin ajrab qolishing.

Qovushtirgil kuy, ovozni,
Dil tubidan kuyla…Kuy!
Ta’rifini til topmasdir,
Ta’birga taajjud tuy!”

Kuyni tinglab ushbu sirga
Go’yo e’tibor qilmassan,
Demak, yolg’on tinglaganing,
Sen tinglashni bilmassan.

Ermak uchun sozni qo’lga
Tutma, aslo ushlama,
Tinglaganning g’ash dilini
Aldab soxta xushlama!

Sahnalarda sonsiz bu kun
Soxta, yolg’on yonishlar,
Be’tasir kuy, be’tasir dard
Ko’p be’tasir xonishlar.

Ko’p yurtlarda yoshlar ba’zi
Xunuk holga ko’z tashlar,
Qiyqirishar bo’lsa agar
Qip-yalang’och kuylashlar.

Tomoshagoh ta’rifini
Bitar bo’lsam baayni,
Eslatgaydur bamisoli
To’ng’iz bosgan to’qayni.

Tomoshabin to’lganidan
Bosib bo’lmasdir oyoq,
Soatlab soz chalish qolib,
Taqillar quruq tayoq.

Yo, alhazar, bun e holat
Bu kuy atalar qanday?
Yoshlar tinglab quturishar
Jazavaga tushganday.

Yo’q bu kuymas, san’at emas,
San’atga qarshi san’at,
Agar shuni san’at desang
Ul san’atga ming la’nat!

Qo’ziqorin kabi bosgan
Ko’p kuylar ta’sir qilmas,
Tayinli bir muxlis topib
O’ziga asir qilmas.

Sozandang ko’p sen soz degan,
Lek sozlari soz emas,
Qichqiriqni ovoz deysan,
Garchi bu ovoz emas.

Eshakda ham ovoz bordir,
Hangrashdir uning ishi,
Uning ishin eslatgay ko’p
Xonandalar xonishi.

Chalasavod ular, chunki
Chalasavod ustozi,
Chala erur chalganlari,
Chala chalinur sozi…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #52 : 04 Mart 2009, 08:04:29 »
KULGU VA TABASSUM TA’RIFI.

Endi kulgu haqida erur
Xatimning ushbu bobi,
Bilaman ba’zilarning
Shu bobga yo’qdir tobi.

Kulish yoki kulmaslik bu
Inson uchun farz emas,
Kulmaslarga albat bu bob,
O’qish uchun arzimas.

Kalomdan bir so’z keltiray,
Bu Allohning so’zidir:
”Yig’latgan ham Uning O’zi,
Kuldurgan ham O’zidir”.*

Bul his ham har inson uchun
Allohning bir ne’mati,
Go’yo qushga berilgandek
Qanotining bir pati.

Shirin hayot mazmunida
Unda ham bir ulush bor,
Lek har kulish kulishmasdir
Kulishdayam kulish bor.

Kulgan inson haddin bilsin,
Xandon urib qotmasin,
Hushyor qilsin, qaysidir bir
Dilga og’ir botmasin.

Kulsang shunday kulki,kluging
Bo’lsin sof,go’zal, xolis,
Dilozorlik turli tuman,
G’arazdan bo’lsin oils.

Hech vaqt behold, bechorani
Kulib qilma masxara,
Ul sho’rlikka bitilgan sho’r
Taqdirga to’g’ri qara!

Bo’lsa imkon, ber boringni
Olma borini shilib,
Kelsa qo’ldan, qo’y qo’ling ul
Qo’lga kulsin qo’shilib.

Kulgu haqda fikrim shudir:
Kulgudan oily niyat –
Insonlarga baxsh etishdir
Bir oz yaxshi kayfiyat.

Sof kulguning sof maqsadi
Yuvish dul g’uborini,
Dildagi g’ashliklar-u
G’am-alamning borini.

Kulgu – qora qalbni qoqish,
Tanni toza qildirish,
Kulgu – davradoshlaringga
Hamrozliging bildirish.

Faraz qilgin, bir insonga
Boqsang agar xo’mrayib,
Fikr qilar senga boqib:
“Balki bir joyi mayib?

Yoki biron bir joyiga
Kirib qolgandir tikan,
Nega buncha qovoq osar
Balki qarzim bormikan?”

Tabassuming darig’ tutma,
Axir ul emas yemak,
Bir insonga tabassuming –
“Sizga mehrim bor” – demak.

Tabassuming dildan bo’lsa
Bu – bir huzuri jondir,
Xabar beray bir hadisdan:
“Tabassum ham ehsondir”.

Mo’min ko’rsa bir mo’minni
Quchoq ochsin quvonib,
Boqmasinlar xo’marayishib,
Iymonlaridan tonib.

Kulmaydigan el yo’q, kulgu
Berilgan har millatga,
Chin kulgu bir zo’r zarbadir
Ko’plab buzuq illatga.

Turi ko’pdir:Tabassum bor,
Qahqaha bor, xanda bor,
O’z-o’zingga bergil savol”
“Xo’sh qay biri manda bor?”

Iljayish bor, tirjayish bor,
Turi ko’p mayday-chuyda,
Bo’lmagani yaxshiroqdir
Bachkanasi hech uyda.

Yengil hazil mutoyiba
Aylanmasin pichingga,
Kulsang kulgil me’yorda va
Ehtoyit bo’l ichingga!

Yetar ancha sayr qildik
Kulgu degan vohada,
Sabab shulkim, ijod qildim
Uzoq yil shu sohada.

Nega ketding deb so’rsalar,
Javobim shuldir manim,:
“Endi jiddiy gaplar aytay,
Yetar shu kuldirganim”.

Nelar aytdim, nelar bitdim
Shuncha yil, shu yoshgacha,
Bildim, ba’zan bo’lmish xato,
Bul kun fikrim boshqacha.

Boshdan boshlash uchun ortga
Qaytishga iloj yo’qdir,
Endi bosar qadam aniq,
Bu yo’ldan ko’nglim to’qdir.

Kun ortidan kun kelgandek,
Yoz ketidan qish bordek,
Ko’p kulguning orqasida
Bilgil bir tashvish bordek.

Shul o’rinda bir hadisni
Keltirsam erur sozroq:
“Men bilganni bilsalaring
Kular edinglar ozroq.

Kam kulib, ko’p yig’lashni siz
Qilar edingiz odat”.
Bul hadisning ma’nosini
Anglamoqlik – saodat!

*”Van-najm” surasi, 43-oyat.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #53 : 04 Mart 2009, 08:05:20 »
TAN TUZILISHI TA’RIFINDA.

Ong berildi anglagil deb
Sen Haq bilan botilni,
Ko’r, shukr qil, tushuntir deb
Berdi Haq ko’z va tilni. *

Har a’zoni ul Musavvir
Nozik did ila bosdi,
Eshitgil har tarafdan deb
Har yonga quloq osdi.

Berdi oyoq-qo’llaringni
Rizq, nasiba topgil deb,
Og’iz berdi keragin yeb,
Nokerakka yopgil deb.

Keragidan oshmasin deb
Har bir olgan nafasi,
Bir shaklda terilgandir
Inson ko’krak qafasi.

Ko’plab nozik a’zolaring
Shu qafasga joylangan,
Barchasining ta’minoti
Qon tomirga boylangan.

Katta-katta yeb botmasin
Deb gunohi azimga,
Berdi kichik bir oshqozon
Ovqat uchun hazmga.

Bular barin bilsang hamki,
Shunchaki bir bayondir,
Qolgan ba’zi a’zolaring
Vazifasi ayondir.

Barcha shalu suratlarning
Eng hayratli qizig’I,
Sen siriga yetmas bo’lgan
Barmoqlaring chizig’i. **

Fikrlashga sabab senda
Uchragaydur xilma-xil,
Fikr ongga joylashgaydur,
Ongga-chi, miyya, manzil.

O’ylangan o’y qandayligin
Baholab turgaydur dil,
Uning hukmu xulasasin
Bayon qilib turgay til.

Voqelikni ko’z qulog’ing
Ko’rib, tinglab bilguvchi,
Ma’lumotni zudlik bilan
Miyya qabul qilguvchi.

Miyya darhol farmon berar
Kerakli bir qismga,
Ul qismchi, ta’sir qilar
Ko’z ko’rgan ul jismga.

Bor a’zoni ta’min etar
Tanangda neki boring,
Kunda uch bor so’rab turar
Qorin degan omboring.

Barchasining nazoratin
Qilguvchi bosh miyyadir,
Har noma’qul farmoyishdan
Uni Iymon tiyadir.

Bu barchasin borligi ne?
Bunga jiddiy qara-da,
Tafakku qil va bil: bu jon
Tanangda ijarada.

Ma’lum muddat omonatdir
Joning bu “jon qafas”da,
Faqat Haq bilgay bu muddat
Qanchadir qaysi kasda. ***

Tanang tirik chog’I to’ldir
Joningni Iymon bilan,
Tanni topshirib tuproqqa
Iymon qolar jon bilan.

Achchiq aytsam ajablanma,
Hozrdagi holima,
Aytarimga amal ayla,
So’ngra yig’lab, nolima.

* “Nahl” surasi,78-oyat;
** “Qiyomat” surasi,4-oyat;
*** “Luqmon”surasi,34-oyat.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #54 : 04 Mart 2009, 08:06:08 »
MA’NAVIYAT     MA’NOSI.

Inson umri davomida
Ustun bo’lar uch jihat,
Buni bilsang, senga doim
Haroh tinchlik va sihat.

Birinchisi, ma’naviyat,
Iqtisod bu ikkinchi,
So’ng siyosat deb bilganning
Buzilmas sira tinchi.

Erta tongda turib avval
Qilgaydursan ibodat,
So’ng nonushta, so’ngra esa
Xalq xizmati – bu odat.

Ibodating ma’naviyat,
Iqtisod – ichish, yeyish,
Siyosat bu hushyor holda
Xalqqa ma’qul so’z deyish.

Ma’naviyat tom ma’noda
Allohga bog’lanishdir,
Har bandaga o’zligin va
Yaratganni tanishdir.

Iqtisod bu – banda bilan
Tabiatga bir rishta,
Siyosat bu bir-biringga
Bog’lanishing har ishda.

Yaralishning chin ma’nosin
Bilish, bu ma’naviyat,
Ma’naviyat chin ma’nosin
Bilmaslik chindan uyat.

Ma’naviy bir buzuq derlar
Kim shundayin kishini,
Anglamasni bu dunyoga
Kelishu ketishini.

Kim bilmasa bu dunyoga
Kelishdan maqsadini,
Ulkim buzgay chin insonlik
Saroyining sadini.

Ma’naviyat ma’nosini
Bilsa kim, dono bo’lar,
Donolikdan hayotingda
Chiroyli ma’no bo’lar.

Ma’no bu Iymondandur
Ma’naviyat Iymondur,
Qay zamonda Iymon ustun
Go’zal o’sha zamondur.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #55 : 04 Mart 2009, 08:06:56 »
IQTISOD IZOHI.

Endi navbat iqtisodga
Ya’ni, uning mazmuni,
O’ylab tahlil qilib shunday
Izohladim men uni.

Topish tutish, tirikchilik –
IQtisodga kiradur,
Tejab-tergab sarf qilmagan
Hayot doim xiradur.

Iqtisod bu o’rgatadur
Tirikchilik sarfini,
To’kin hayot uchun to’g’ri
O’rgan har bir harfini!

Ne karakdir Haq joylamish
Yerning usti ostiga,
Keragin ol, ne karkdur
Tog’lab “bosti-bosti”ga.

Iqtisodda barqarorlik
Nafsingga bog’liq bo’lar,
O’zgani ham o’ylab yesang,
Barakotga uy to’lar.

Iqtisodning tub mazmuni
Bu moddiy ta’minoting,
Hisobing gar to’g’ri bo’lsa,
Doim to’kin hayoting!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #56 : 04 Mart 2009, 08:07:36 »
SIYOSAT SAHIFASI.

Siyosat, bu – bandalarning
O’zaro aloqasi,
Aloqani bo’sh qilganga
Joydir jarning yoqasi.

Siyosati to’g’ri elning
Ishin bo’lur rivoji,
Xalqi rozi bo’lib,shohin
Ketmas boshidan toji.

Kelajakka eltar har bir
Yo’llari ham ravondir,
Mamalakat tinch, davlat mahkam,
Xalqi to’q, farovondur.

Rizqin to’liq berur Razzoq
Xalq Haq tanigan sorin,
Xalq holiga qarab xoliq
Belgilagay sardorin.

Lek siyosat ko’p yurtlarda
Avom uchun o’yindur,
Quchoq-quchoq va’da qilgan
Asli bo’m-bo’sh qo’yindur.

Haq siyosat xalqni doim
Haq yo’liga undagay,
Aksi go’yo haql boshini
Qo’yar bir kun kundaga!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #57 : 04 Mart 2009, 08:14:49 »
AYRIMLARGA   AYTARIM.

Elga shohni tayin etish
Irodangdan tashqari,
Senga ayon, oson emas
Inson zotin boshqarish.

To’rt odamga to’ra bo’lib
Hech kim tengday yoqmagan,
Berganiga ma’qul kelar,
Bermagani boqmagan.

Podshoih axir Yaratganning
Yerdagi bir soyasi,
Norizolik bekorchining
Bo’lmag’ur bir g’oyasi.

Ahyon ahyon ayrimlaring
Amirlaring ayblaydur,
Qo’yib bersang, shoh sh’niga
Har ne deyishga shaydur.

Aytish oson…og’izda bir
Ishni qilish osondur,
U ham ba’zan adashgaydur,
U ham, axir, insondur.

Ayblamagil zamon, shohni,
Xalqing holiga qara,
Avval tuzat o’z fe’lingni
Shundan bir naff, samara.

Ibodat qil, istaganing
Allohdan so’ra berar,
Fe’lu holing, amalingga
Munosib to’ra berar! *

Halollikni kasb qilsa qavm,
Jamoa har xodimi,
Tetik bo’lar rahbarining
Ruhi hamda odimi.

Shohlik tojin kiygan shohing
Shoh bo’lsin qay Vatanda,
Unutmasin Yaratganga
U ham oddiy bir banda.

Podshohing hech faslga,
Bilki, farmon berolmas,
Magar qishga farmon bersin,
Lekin qish qorsiz qolmas.

Sening shohing yerda shohdir
Yerda uning amali,
Eng zo’r ishi yo quradur
Yoki biron qamali.

Haq yo’linda Haqdan so’ra,
Odil bo’lsin rahbaring,
Haq yo’lidan toysa to’rang,
Jardan joy olgung baring!

* Hadis:"O'zlaringiz qanday bo'lsangiz, ustingizga ham shunday hokim kelur".
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #58 : 04 Mart 2009, 08:15:48 »
EL,ELAT VA MILLAT.

Agarki bir yurt xor bo’lib,
Xalqi gar xarob bo’lar,
Oqibati yo’qlik bo’lib,
O’ylari sarob bo’lar.

Haq tanimas xalq xalqmasdur,
Elatmas, haloyiqmas,
El ekanin bilmagan el
El deyishga loyiqmas.

Bir vaqt kelib ko’r qalbiga
Qadalgay o’q u elning,
Kechar kuni yolg’on erur,
Ertasi yo’q u elning!


El bo’lib, xor qilsa o’zni
U elga zamin zormas,
Tug’ishganni talaganni
El deyishga til bormas.

Ulamosin aylasa xor,
Adolatsiz umaro,
Oxirati kuyib bo’lgay
Qiyomatda yuz qaro.

Hazar qilmay haromdan el,
Nafsi-la mashg’ul bo’lar,
Ul yurtgakim boshdin oyoq
Gado to’lar, qul to’lar.

Har qadamda aldob, shilish,
Yurting to’lsa xoingga,
Havas qilma bundayin xor
Yurt atalmish joyingga.

Xoinlik, bu senga aytsam,
Iymonsizlik belgisi,
Sotqin zoti iymonga hech
Kelmasdur past kelgisi.

Qasd qilgandan iymon, albat,
O’z qasdini oladir,
Oqibat har ikki dunyo
Xarob holga soladir.

Halqumiga harom tiqqan
Borki ba’zi “jo’ra”lar,
O’ylamaki javobsiz deb,
Bari bir kun so’ralar.

Bir elat o’zga elning
Bo’lsa erkin qasdida,
Ul hayot ermas hayotki,
Bo’lsa ta’qib ostida.

Millat ko’pmas bu dunyoda
Bor faqat ikki millat,
Shu ikkisi o’rtasida
Tug’ilar barcha illat.

Biri doim taqvodadir,
Yaratganga shukr etar,
Boshqa biri bosh ko’tarmay
Boshi berk yo’ldan ketar.

Biri borliq boisini
Boisidan deb bilar,
Boshqa biri zalolatdan
Chiqmaslik yo’lin qilar.

Haq yo’linda hamroz bo’lib,
Birlashgan xalq to’zimas,
Bunga amal tadbir kerak,
Quruq gapning o’zimas.

Qay elatda har qadamda
Bo’lsa mehru oqibat,
Barcha ellar ichra ul el
Eng baxtli eldur albat.

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.
« Javob #59 : 04 Mart 2009, 08:16:36 »
ORZULANGAN  OLAM.

Kel, birga bir boqaylik men
Havas qilgan olamga,
Shu istagim to’lmasaydi
Dillar anduh alamga.

Barcha ellar bu zaminda
Yashasa do’stu inoq,
Farq qilmasa millat, rangi,
Qorami u yoki oq.

Ahillik va do’stlik degan
Istak agar tandadur,
Ul joyda bor baxt saodat,
Bor barokat andadur.

Gar ahillik, hamjihatlik
Qaysi bir eldan ketar,
Ul elatni baxtu davlat
Shul zahoti tark etar.

Istagim – hech bir elatga
Bunday zahmat yetmasin,
Chora qilsin ul elatkim,
Baxti qo’ldan ketmasin.

Zamin uzra to abadga
Yangrasa tinchlik sozi,
Hech bironta nuqtasidan
Chiqmasa o’q ovozi.

O’q degani otilmasa
Hatto ko’kda qushlarga,
Urush degan kirmasaydi
Hatto tunda tushlarga.

Zoting sira bilmasaydi
Bir-biridan qo’rqishni,
Tinch osuda o’tkazsaydi
Har yilu yozu qishni.

Har o’lkada qurilsaydi
Tinchlik nomli bir qasr,
Peshtoqida yozuv bo’lsa:
“Tinch o’tdi bizning asr!”

Va kelgusi avlodlarga
Bundan bir ilhom bo’lib,
SHunday shirin shiorlarga
Ketsa har bino to’lib.

Bir madhiya bo’lsa umum
Bashar-chun erk kuyiday,
Har tong bir bor yangrasa ul
Har insonning uyida.

Ul madhiya Insonlikka
Da’vat kabi yaralsa,
Zamin uzra barcha dilga
Bir nur kabi taralsa.

Har bir inson umri o’tsa
O’sha nurday charog’li,
Hech qayerda hech insonning
Bo’lmasa dili dog’li.

Qani, kunda bo’lsa ko’kda
Tinchlik qushi parvozda,
Tinchlik kuyi yangrasaydi
Baralla bor ovozda.

Hech elatning osmonini
Qora bulut bosmasa,
Hech bir elga urush yovuz
Shironi osmasa.

Yer yuzida qani endi
Tinchlik qilsa tantana,
Faraz qilgil ul hayotni,
Zavq ana, shodlik ana!

Qani eni biron yuz yil
Yo’q, loaqal bion yil,
Shunday yashab ko’rmoqlikka
Biron chora, tadbir qil!

Ma’qul bo’lsa abadiyga
Shunday yashab qolaver,
Qaysi hayot ma’qul bo’lsa,
O’zing tanlab olaver!

Qani, kirish bul tadbirga,
Urushlarga ber barham,
Bul tadbirning to’g’riligin,
Bilar bog’cha bola ham.

Qolma, axir sen isnodga
Avlodlaring oldida,
Aytmasinlar:”Ular bizni
Shunday ko’yga soldi-da!”

To’g’ri tanla chora, tadbir,
O’z nomingga mosini,
Toza topshir avlodlarga
Ajdodlar merosini!

U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6691
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13725
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7371
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7334
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 112577
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu