"Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 42795 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Munira xonim  28 Fevral 2009, 14:03:15

O’G’RILIK VA TO’G’RILIK.

Nima yetsin bu dunyoda
Yashashga to’g’ri bo’lib,
Hech bir banda tug’ilmasdir,
Onadan o’g’ri bo’lib.

Ko’z ochib dunyo ko’rib ul,
Bunga asta qo’l urar,
:Ta’min" tuyib, so’ngra butkul
Bu illatga yuz burar.

O’marishni boshlagaydur
Avval oddiy tuxumni
So’ngra sekin tinchitadur
Yog’, asal to’la xumni.

So’ngra tovuq, xo’roz, qo’chqor"¦
Bir kun yetar xo’kizga,
Shul yo’sinda tushib olar,
Bir zumda "œyaxshi" izga.

Bu shaytoniy hislat uning
Singmasaydi qoniga,
Tegmas erdi hattoki bir
Chumolining doniga.

Ba’zisi der:"Bunga sabab
Menda bir oz yo’qchilik".
Xo’sh, ne sabab ro’kach qilar
Yurtda bo’lsa to’qchilik?

Hamma o’g’ri hayoti ham
O’tmagay bir xil tusda,
Ko’pi o’nglab hayotini,
Tavba qilar afsusda.

Bir voqea soz’lab beray
Senga sh’eriy yo’sinda,
Hech kim senga aytmagan bir
O’g’rilik xususinda.

"¦Qaysidir  bir qishloqda yosh
Eru xotin o’rta hol
Yashashardi, bunga sabab
Topishar edi halol.

Kuyov bir oz ishlab topib,
To’lagach to’yning qarzin,
Sog’in sigir xohlab qoldi,
Eshitib xotin arzin.

Ayol qilib ayolligin,
Kunda javrab, ochib jag’,
Eri sho’rlik tinmay topib
To’plashdi bir oz mablag’.

Kam yeb, kamroq ichib, kunda
Orttirganini hammasi,
Bo’g’oz bo’lgan bir sigirga
Yetar bo’ldi chamasi.

Bir kun kech payt kelin asta
Joyni soldi ayvonga,
Kuyov pulni sanab ko’rdi
Yetarmi deb hayvonga.

Barakasin tilab kelin,
O’tirar choy uzatib,
Bu holatni hamsoyasi
Turar edi kuzatib.

Kuyov pulni sanab so’ngra
Bir belboqqa boyladi,
So’ng belbog’ni uyga kirib
Qayergadir joyladi.

Bir oz o’tib, ko’ngli to’lmay
Yostiq tagiga joylar,
Hamsoya ham hamon bedor,
O’marishga payt poylar"¦

Va nihoyat payt keldi deb
Yarmidan oqqanda tun,
Qo’shni "œish"ga kirishdiyu,
Devordan oshdi beun.

Shuncha yillik do’st qo’shni bir
Zumda aylanib yovga,
Astagina yaqin keldi
Yotgan kelin kuyovga.

"œIsh" boshladi har bir nafas,
Xurrakka quloq osib,
"œPishiq"kuyov qotib yotar,
Yostiqni mahkam bosib.

Olish kerak pulni!Tamom!
Bo’lmas uni olmasa,
Nahot buning ilojini
Tonggacha topolmasa?

Xayolidan turli yovuz
Fikr bir-bir o’tardi,
Oxir kelin yonidagi
Beshikni shart ko’tardi.

Ko’zi kelin-kuyovda-yu,
Asta yurdi ketiga,
So’ng beshikni olib bordi
Hovlining bir chetiga.

Beshikda tinch orom olar
Chaqaloq — uch to’rt oylik,
Hamsoyaning hayolidan
Ketmasdi tekin boylik.

So’ngra asta chaqaloqni
Belidan chimchiladi,
U bilardi, shunday qilsa
Kuyov joydan jiladi.

Bola boshlab chinqirishni
Bo’ldi xuddi aytgani,
Avval xotin sakrab turdi
"œVoy, sjo’rom, bola qani?"

So’ngra birdan dod voy solib
Erni siltab uyg’otdi,
Er anglamay ne bo’lganin,
"œchiroyli" bir so’z qotdi.

So’ng chiqarib xotinini,
"œOvsar, jinni yomon"ga
Ikkov birdan otilishdi
Ovoz kelgan tomonga.

Qorong’uda paypaslashib,
Beshiklarin topishdi,
Bu lahzada "œuchar" qo’shni,
"œO’ljasiga" yopishdi.

Aytsam shu payt ne bo’lganin
Hayron qolar har kishi,
Xuddi shu payt birdaniga
Boshlandi yer silkishi!

Hamsoyaning ul holiga
Hatto maymun kuladi,
Ul badfe’lning boshiga bir
Balo — ayvon quladi!

Shum niyatli ul tadbirkor,
Bo’yaldi o’z qoniga,
Yosh oila omon qoldi,
Pul ham qoldi yoniga.

Angladilar keyin ko’rib
Jonsiz qo’shni tanasin,
Ana senga halollig-u,
Haqiqat tantanasin!

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Fevral 2009, 14:04:59

MUSIQA MOHIYATI.

Endi bir oz quvib yomon
Gapni ruhu tanlardan,
Tanlagaymiz boshqa mavzu —
Senga tanish fanlardan.

Aytar bo’lsam ochiq oydin,
Ushbu bobning niyati:
Anglatishdir neligini
Musiqa mohiyati.

Tabiatan Tangri bermish
Dardga dori davoni,
Deylik, bulbul xonishini,
Tabiiy kuy, navoni!

Musiqaning mazmunida
Sehrli sir bo’ladir,
Ohang toza bo’lsa tebrab,
Ko’ngling zavqqa to’ladir.

E’tibor qil har usulni
Soz berib turishiga,
Har zarbasi hamohangdir
Yuraging urishiga.

Ikki holda tebratasan
Boshni — tanang tomini,
Tinglay turib Haq kalomin
Hamda xalq maqomini.

Olis damlar mamnun bo’lib,
Musiqaning boridan,
O’rin bermishlar falsafiy,
Fanlarning qatoridan.

Ko’p zotlarga ta’sir qilib
Jozibali nolalar,
Izlab sirli ma’nosini,
Bitishgan risolalar.

Sezsang sof kuy so’ylar senga:
"œMakoni yeti pardam,
Tutash yeti qat falakka
Nolishim shundan har dam.

Yetti qat yer sadosidan
Jo’rovoz qil nolishing,
Eplolmasang jozibamdan
Tayin ajrab qolishing.

Qovushtirgil kuy, ovozni,
Dil tubidan kuyla"¦Kuy!
Ta’rifini til topmasdir,
Ta’birga taajjud tuy!"

Kuyni tinglab ushbu sirga
Go’yo e’tibor qilmassan,
Demak, yolg’on tinglaganing,
Sen tinglashni bilmassan.

Ermak uchun sozni qo’lga
Tutma, aslo ushlama,
Tinglaganning g’ash dilini
Aldab soxta xushlama!

Sahnalarda sonsiz bu kun
Soxta, yolg’on yonishlar,
Be’tasir kuy, be’tasir dard
Ko’p be’tasir xonishlar.

Ko’p yurtlarda yoshlar ba’zi
Xunuk holga ko’z tashlar,
Qiyqirishar bo’lsa agar
Qip-yalang’och kuylashlar.

Tomoshagoh ta’rifini
Bitar bo’lsam baayni,
Eslatgaydur bamisoli
To’ng’iz bosgan to’qayni.

Tomoshabin to’lganidan
Bosib bo’lmasdir oyoq,
Soatlab soz chalish qolib,
Taqillar quruq tayoq.

Yo, alhazar, bun e holat
Bu kuy atalar qanday?
Yoshlar tinglab quturishar
Jazavaga tushganday.

Yo’q bu kuymas, san’at emas,
San’atga qarshi san’at,
Agar shuni san’at desang
Ul san’atga ming la’nat!

Qo’ziqorin kabi bosgan
Ko’p kuylar ta’sir qilmas,
Tayinli bir muxlis topib
O’ziga asir qilmas.

Sozandang ko’p sen soz degan,
Lek sozlari soz emas,
Qichqiriqni ovoz deysan,
Garchi bu ovoz emas.

Eshakda ham ovoz bordir,
Hangrashdir uning ishi,
Uning ishin eslatgay ko’p
Xonandalar xonishi.

Chalasavod ular, chunki
Chalasavod ustozi,
Chala erur chalganlari,
Chala chalinur sozi"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:04:29

KULGU VA TABASSUM TA’RIFI.

Endi kulgu haqida erur
Xatimning ushbu bobi,
Bilaman ba’zilarning
Shu bobga yo’qdir tobi.

Kulish yoki kulmaslik bu
Inson uchun farz emas,
Kulmaslarga albat bu bob,
O’qish uchun arzimas.

Kalomdan bir so’z keltiray,
Bu Allohning so’zidir:
"Yig’latgan ham Uning O’zi,
Kuldurgan ham O’zidir".*

Bul his ham har inson uchun
Allohning bir ne’mati,
Go’yo qushga berilgandek
Qanotining bir pati.

Shirin hayot mazmunida
Unda ham bir ulush bor,
Lek har kulish kulishmasdir
Kulishdayam kulish bor.

Kulgan inson haddin bilsin,
Xandon urib qotmasin,
Hushyor qilsin, qaysidir bir
Dilga og’ir botmasin.

Kulsang shunday kulki,kluging
Bo’lsin sof,go’zal, xolis,
Dilozorlik turli tuman,
G’arazdan bo’lsin oils.

Hech vaqt behold, bechorani
Kulib qilma masxara,
Ul sho’rlikka bitilgan sho’r
Taqdirga to’g’ri qara!

Bo’lsa imkon, ber boringni
Olma borini shilib,
Kelsa qo’ldan, qo’y qo’ling ul
Qo’lga kulsin qo’shilib.

Kulgu haqda fikrim shudir:
Kulgudan oily niyat —
Insonlarga baxsh etishdir
Bir oz yaxshi kayfiyat.

Sof kulguning sof maqsadi
Yuvish dul g’uborini,
Dildagi g’ashliklar-u
G’am-alamning borini.

Kulgu — qora qalbni qoqish,
Tanni toza qildirish,
Kulgu — davradoshlaringga
Hamrozliging bildirish.

Faraz qilgin, bir insonga
Boqsang agar xo’mrayib,
Fikr qilar senga boqib:
"œBalki bir joyi mayib?

Yoki biron bir joyiga
Kirib qolgandir tikan,
Nega buncha qovoq osar
Balki qarzim bormikan?"

Tabassuming darig’ tutma,
Axir ul emas yemak,
Bir insonga tabassuming —
"œSizga mehrim bor" — demak.

Tabassuming dildan bo’lsa
Bu — bir huzuri jondir,
Xabar beray bir hadisdan:
"œTabassum ham ehsondir".

Mo’min ko’rsa bir mo’minni
Quchoq ochsin quvonib,
Boqmasinlar xo’marayishib,
Iymonlaridan tonib.

Kulmaydigan el yo’q, kulgu
Berilgan har millatga,
Chin kulgu bir zo’r zarbadir
Ko’plab buzuq illatga.

Turi ko’pdir:Tabassum bor,
Qahqaha bor, xanda bor,
O’z-o’zingga bergil savol"
"œXo’sh qay biri manda bor?"

Iljayish bor, tirjayish bor,
Turi ko’p mayday-chuyda,
Bo’lmagani yaxshiroqdir
Bachkanasi hech uyda.

Yengil hazil mutoyiba
Aylanmasin pichingga,
Kulsang kulgil me’yorda va
Ehtoyit bo’l ichingga!

Yetar ancha sayr qildik
Kulgu degan vohada,
Sabab shulkim, ijod qildim
Uzoq yil shu sohada.

Nega ketding deb so’rsalar,
Javobim shuldir manim,:
"œEndi jiddiy gaplar aytay,
Yetar shu kuldirganim".

Nelar aytdim, nelar bitdim
Shuncha yil, shu yoshgacha,
Bildim, ba’zan bo’lmish xato,
Bul kun fikrim boshqacha.

Boshdan boshlash uchun ortga
Qaytishga iloj yo’qdir,
Endi bosar qadam aniq,
Bu yo’ldan ko’nglim to’qdir.

Kun ortidan kun kelgandek,
Yoz ketidan qish bordek,
Ko’p kulguning orqasida
Bilgil bir tashvish bordek.

Shul o’rinda bir hadisni
Keltirsam erur sozroq:
"œMen bilganni bilsalaring
Kular edinglar ozroq.

Kam kulib, ko’p yig’lashni siz
Qilar edingiz odat".
Bul hadisning ma’nosini
Anglamoqlik — saodat!

*"Van-najm" surasi, 43-oyat.


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:05:20

TAN TUZILISHI TA’RIFINDA.

Ong berildi anglagil deb
Sen Haq bilan botilni,
Ko’r, shukr qil, tushuntir deb
Berdi Haq ko’z va tilni. *

Har a’zoni ul Musavvir
Nozik did ila bosdi,
Eshitgil har tarafdan deb
Har yonga quloq osdi.

Berdi oyoq-qo’llaringni
Rizq, nasiba topgil deb,
Og’iz berdi keragin yeb,
Nokerakka yopgil deb.

Keragidan oshmasin deb
Har bir olgan nafasi,
Bir shaklda terilgandir
Inson ko’krak qafasi.

Ko’plab nozik a’zolaring
Shu qafasga joylangan,
Barchasining ta’minoti
Qon tomirga boylangan.

Katta-katta yeb botmasin
Deb gunohi azimga,
Berdi kichik bir oshqozon
Ovqat uchun hazmga.

Bular barin bilsang hamki,
Shunchaki bir bayondir,
Qolgan ba’zi a’zolaring
Vazifasi ayondir.

Barcha shalu suratlarning
Eng hayratli qizig’I,
Sen siriga yetmas bo’lgan
Barmoqlaring chizig’i. **

Fikrlashga sabab senda
Uchragaydur xilma-xil,
Fikr ongga joylashgaydur,
Ongga-chi, miyya, manzil.

O’ylangan o’y qandayligin
Baholab turgaydur dil,
Uning hukmu xulasasin
Bayon qilib turgay til.

Voqelikni ko’z qulog’ing
Ko’rib, tinglab bilguvchi,
Ma’lumotni zudlik bilan
Miyya qabul qilguvchi.

Miyya darhol farmon berar
Kerakli bir qismga,
Ul qismchi, ta’sir qilar
Ko’z ko’rgan ul jismga.

Bor a’zoni ta’min etar
Tanangda neki boring,
Kunda uch bor so’rab turar
Qorin degan omboring.

Barchasining nazoratin
Qilguvchi bosh miyyadir,
Har noma’qul farmoyishdan
Uni Iymon tiyadir.

Bu barchasin borligi ne?
Bunga jiddiy qara-da,
Tafakku qil va bil: bu jon
Tanangda ijarada.

Ma’lum muddat omonatdir
Joning bu "œjon qafas"da,
Faqat Haq bilgay bu muddat
Qanchadir qaysi kasda. ***

Tanang tirik chog’I to’ldir
Joningni Iymon bilan,
Tanni topshirib tuproqqa
Iymon qolar jon bilan.

Achchiq aytsam ajablanma,
Hozrdagi holima,
Aytarimga amal ayla,
So’ngra yig’lab, nolima.

* "œNahl" surasi,78-oyat;
** "œQiyomat" surasi,4-oyat;
*** "œLuqmon"surasi,34-oyat.


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:06:08

MA’NAVIYAT     MA’NOSI.

Inson umri davomida
Ustun bo’lar uch jihat,
Buni bilsang, senga doim
Haroh tinchlik va sihat.

Birinchisi, ma’naviyat,
Iqtisod bu ikkinchi,
So’ng siyosat deb bilganning
Buzilmas sira tinchi.

Erta tongda turib avval
Qilgaydursan ibodat,
So’ng nonushta, so’ngra esa
Xalq xizmati — bu odat.

Ibodating ma’naviyat,
Iqtisod — ichish, yeyish,
Siyosat bu hushyor holda
Xalqqa ma’qul so’z deyish.

Ma’naviyat tom ma’noda
Allohga bog’lanishdir,
Har bandaga o’zligin va
Yaratganni tanishdir.

Iqtisod bu — banda bilan
Tabiatga bir rishta,
Siyosat bu bir-biringga
Bog’lanishing har ishda.

Yaralishning chin ma’nosin
Bilish, bu ma’naviyat,
Ma’naviyat chin ma’nosin
Bilmaslik chindan uyat.

Ma’naviy bir buzuq derlar
Kim shundayin kishini,
Anglamasni bu dunyoga
Kelishu ketishini.

Kim bilmasa bu dunyoga
Kelishdan maqsadini,
Ulkim buzgay chin insonlik
Saroyining sadini.

Ma’naviyat ma’nosini
Bilsa kim, dono bo’lar,
Donolikdan hayotingda
Chiroyli ma’no bo’lar.

Ma’no bu Iymondandur
Ma’naviyat Iymondur,
Qay zamonda Iymon ustun
Go’zal o’sha zamondur.


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:06:56

IQTISOD IZOHI.

Endi navbat iqtisodga
Ya’ni, uning mazmuni,
O’ylab tahlil qilib shunday
Izohladim men uni.

Topish tutish, tirikchilik —
IQtisodga kiradur,
Tejab-tergab sarf qilmagan
Hayot doim xiradur.

Iqtisod bu o’rgatadur
Tirikchilik sarfini,
To’kin hayot uchun to’g’ri
O’rgan har bir harfini!

Ne karakdir Haq joylamish
Yerning usti ostiga,
Keragin ol, ne karkdur
Tog’lab "œbosti-bosti"ga.

Iqtisodda barqarorlik
Nafsingga bog’liq bo’lar,
O’zgani ham o’ylab yesang,
Barakotga uy to’lar.

Iqtisodning tub mazmuni
Bu moddiy ta’minoting,
Hisobing gar to’g’ri bo’lsa,
Doim to’kin hayoting!


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:07:36

SIYOSAT SAHIFASI.

Siyosat, bu — bandalarning
O’zaro aloqasi,
Aloqani bo’sh qilganga
Joydir jarning yoqasi.

Siyosati to’g’ri elning
Ishin bo’lur rivoji,
Xalqi rozi bo’lib,shohin
Ketmas boshidan toji.

Kelajakka eltar har bir
Yo’llari ham ravondir,
Mamalakat tinch, davlat mahkam,
Xalqi to’q, farovondur.

Rizqin to’liq berur Razzoq
Xalq Haq tanigan sorin,
Xalq holiga qarab xoliq
Belgilagay sardorin.

Lek siyosat ko’p yurtlarda
Avom uchun o’yindur,
Quchoq-quchoq va’da qilgan
Asli bo’m-bo’sh qo’yindur.

Haq siyosat xalqni doim
Haq yo’liga undagay,
Aksi go’yo haql boshini
Qo’yar bir kun kundaga!


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:14:49

AYRIMLARGA   AYTARIM.

Elga shohni tayin etish
Irodangdan tashqari,
Senga ayon, oson emas
Inson zotin boshqarish.

To’rt odamga to’ra bo’lib
Hech kim tengday yoqmagan,
Berganiga ma’qul kelar,
Bermagani boqmagan.

Podshoih axir Yaratganning
Yerdagi bir soyasi,
Norizolik bekorchining
Bo’lmag’ur bir g’oyasi.

Ahyon ahyon ayrimlaring
Amirlaring ayblaydur,
Qo’yib bersang, shoh sh’niga
Har ne deyishga shaydur.

Aytish oson"¦og’izda bir
Ishni qilish osondur,
U ham ba’zan adashgaydur,
U ham, axir, insondur.

Ayblamagil zamon, shohni,
Xalqing holiga qara,
Avval tuzat o’z fe’lingni
Shundan bir naff, samara.

Ibodat qil, istaganing
Allohdan so’ra berar,
Fe’lu holing, amalingga
Munosib to’ra berar! *

Halollikni kasb qilsa qavm,
Jamoa har xodimi,
Tetik bo’lar rahbarining
Ruhi hamda odimi.

Shohlik tojin kiygan shohing
Shoh bo’lsin qay Vatanda,
Unutmasin Yaratganga
U ham oddiy bir banda.

Podshohing hech faslga,
Bilki, farmon berolmas,
Magar qishga farmon bersin,
Lekin qish qorsiz qolmas.

Sening shohing yerda shohdir
Yerda uning amali,
Eng zo’r ishi yo quradur
Yoki biron qamali.

Haq yo’linda Haqdan so’ra,
Odil bo’lsin rahbaring,
Haq yo’lidan toysa to’rang,
Jardan joy olgung baring!

* Hadis:"O'zlaringiz qanday bo'lsangiz, ustingizga ham shunday hokim kelur".

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:15:48

EL,ELAT VA MILLAT.

Agarki bir yurt xor bo’lib,
Xalqi gar xarob bo’lar,
Oqibati yo’qlik bo’lib,
O’ylari sarob bo’lar.

Haq tanimas xalq xalqmasdur,
Elatmas, haloyiqmas,
El ekanin bilmagan el
El deyishga loyiqmas.

Bir vaqt kelib ko’r qalbiga
Qadalgay o’q u elning,
Kechar kuni yolg’on erur,
Ertasi yo’q u elning!


El bo’lib, xor qilsa o’zni
U elga zamin zormas,
Tug’ishganni talaganni
El deyishga til bormas.

Ulamosin aylasa xor,
Adolatsiz umaro,
Oxirati kuyib bo’lgay
Qiyomatda yuz qaro.

Hazar qilmay haromdan el,
Nafsi-la mashg’ul bo’lar,
Ul yurtgakim boshdin oyoq
Gado to’lar, qul to’lar.

Har qadamda aldob, shilish,
Yurting to’lsa xoingga,
Havas qilma bundayin xor
Yurt atalmish joyingga.

Xoinlik, bu senga aytsam,
Iymonsizlik belgisi,
Sotqin zoti iymonga hech
Kelmasdur past kelgisi.

Qasd qilgandan iymon, albat,
O’z qasdini oladir,
Oqibat har ikki dunyo
Xarob holga soladir.

Halqumiga harom tiqqan
Borki ba’zi "œjo’ra"lar,
O’ylamaki javobsiz deb,
Bari bir kun so’ralar.

Bir elat o’zga elning
Bo’lsa erkin qasdida,
Ul hayot ermas hayotki,
Bo’lsa ta’qib ostida.

Millat ko’pmas bu dunyoda
Bor faqat ikki millat,
Shu ikkisi o’rtasida
Tug’ilar barcha illat.

Biri doim taqvodadir,
Yaratganga shukr etar,
Boshqa biri bosh ko’tarmay
Boshi berk yo’ldan ketar.

Biri borliq boisini
Boisidan deb bilar,
Boshqa biri zalolatdan
Chiqmaslik yo’lin qilar.

Haq yo’linda hamroz bo’lib,
Birlashgan xalq to’zimas,
Bunga amal tadbir kerak,
Quruq gapning o’zimas.

Qay elatda har qadamda
Bo’lsa mehru oqibat,
Barcha ellar ichra ul el
Eng baxtli eldur albat.


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:16:36

ORZULANGAN  OLAM.

Kel, birga bir boqaylik men
Havas qilgan olamga,
Shu istagim to’lmasaydi
Dillar anduh alamga.

Barcha ellar bu zaminda
Yashasa do’stu inoq,
Farq qilmasa millat, rangi,
Qorami u yoki oq.

Ahillik va do’stlik degan
Istak agar tandadur,
Ul joyda bor baxt saodat,
Bor barokat andadur.

Gar ahillik, hamjihatlik
Qaysi bir eldan ketar,
Ul elatni baxtu davlat
Shul zahoti tark etar.

Istagim — hech bir elatga
Bunday zahmat yetmasin,
Chora qilsin ul elatkim,
Baxti qo’ldan ketmasin.

Zamin uzra to abadga
Yangrasa tinchlik sozi,
Hech bironta nuqtasidan
Chiqmasa o’q ovozi.

O’q degani otilmasa
Hatto ko’kda qushlarga,
Urush degan kirmasaydi
Hatto tunda tushlarga.

Zoting sira bilmasaydi
Bir-biridan qo’rqishni,
Tinch osuda o’tkazsaydi
Har yilu yozu qishni.

Har o’lkada qurilsaydi
Tinchlik nomli bir qasr,
Peshtoqida yozuv bo’lsa:
"œTinch o’tdi bizning asr!"

Va kelgusi avlodlarga
Bundan bir ilhom bo’lib,
SHunday shirin shiorlarga
Ketsa har bino to’lib.

Bir madhiya bo’lsa umum
Bashar-chun erk kuyiday,
Har tong bir bor yangrasa ul
Har insonning uyida.

Ul madhiya Insonlikka
Da’vat kabi yaralsa,
Zamin uzra barcha dilga
Bir nur kabi taralsa.

Har bir inson umri o’tsa
O’sha nurday charog’li,
Hech qayerda hech insonning
Bo’lmasa dili dog’li.

Qani, kunda bo’lsa ko’kda
Tinchlik qushi parvozda,
Tinchlik kuyi yangrasaydi
Baralla bor ovozda.

Hech elatning osmonini
Qora bulut bosmasa,
Hech bir elga urush yovuz
Shironi osmasa.

Yer yuzida qani endi
Tinchlik qilsa tantana,
Faraz qilgil ul hayotni,
Zavq ana, shodlik ana!

Qani eni biron yuz yil
Yo’q, loaqal bion yil,
Shunday yashab ko’rmoqlikka
Biron chora, tadbir qil!

Ma’qul bo’lsa abadiyga
Shunday yashab qolaver,
Qaysi hayot ma’qul bo’lsa,
O’zing tanlab olaver!

Qani, kirish bul tadbirga,
Urushlarga ber barham,
Bul tadbirning to’g’riligin,
Bilar bog’cha bola ham.

Qolma, axir sen isnodga
Avlodlaring oldida,
Aytmasinlar:"Ular bizni
Shunday ko’yga soldi-da!"

To’g’ri tanla chora, tadbir,
O’z nomingga mosini,
Toza topshir avlodlarga
Ajdodlar merosini!


Qayd etilgan