"Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 42761 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:19:29

SUHBAT SO’NGSO’ZI.

Endi bir dam to’xtam topsa
Kamina hikoyati,
Bu hikoyat kaminaga
Allohning inoyati.

Ko’rib bilgan qayg’u hamda
Shodliklarim bo’ldi dars,
Asar bitdim shul sababkim,
Ikki qo’ldan chiqar qars.

Satrlarim safi to’ldi
Undovlarga, so’roqqa,
Foydali gap olgandursan
Ilingudek "œo’roq"qa?

Satrlarga to’ldirdim men
So’rog’u undovlarni,
Bul undovlar undash bo’lsin
Yo’qotgali g’ovlarni.

Seni bilmam, lekin men ko’p
Naf oldim bul suhbatdan,
Alloh O’zi panoh bersin
Turli fitna, tuhmatdan.

Nasib qilsa suhbatimiz
Davom etar unoq kun,
Hozircha bul bitganlarim
Vaqtincha topsa yakun"¦

To’kildi to’rt tomonimga
To’lib dard alam jomi,
Endi boqding bir tarafga
Hali ko’pdir davomi"¦

Bul barchasi debochadur,
Aytar gapim ko’p hali,
Istagim shul Yaratgandan —
Imkon bersin aytgali"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:20:59

Hayrulla Hamidov.

"œInsonnoma"ga noma!!!


"œInsonnoma" — ya’ni, menga
Noma ekansan oldim,
Har baytingni o’qib hayron,
Men chuqur o’yga toldim.

Har baytin bu haqiqatdur,
Haqqa chorlov,xitoblar,
Avval ham ko’p qo’lga oldim
"œNoma" nomlig’ kitoblar.

Ish muhabbat, zafar hamda
Ko’p shohlarga nomlar,
Bitgandurlar o’tmishda xo’p
Donishmand, allomalar.

Lekin "œInsonnoma" otlig’
Sen bitilding nihoyat,
Boqib borki bob-baytingga
Hayratda qoldim g’oyat.

Insonga xos har hislatni
QOldirmabsan javobsiz,
Kimligimni anglab endi
Yashay olmam savobsiz.

Qancha umrim gunohlarga
To’lib o’tdi, tamom puch"¦
Bundan bayon o’nglanishga
Baytlaring baxsh etdi kuch.

Hayqiriqlar ummonida
Suzib, ichimda alam,
Ko’nglim tusab senga javob,
Qo’limga oldim qalam.

Sendan ilhom olib, men ham
Yozgim keldi senga hat,
Bul nomaga sabab senga
Mendagi bo’lgan hayrat.

Bul javobim bitganlaring
Barchasini tan olish,
Tan olmagan bandalarni
Mushkuldir yo’lga solish.

Garchi menga bul uslubing
Bo’lsa ham sal noqulay,
Ijozat men ham bir oz
Baytlaringga bayt ulay.

Bir oz kechib yeb ichishdan
Balki bir oz ozarman,
Haq qo’llasa, hechmas, men ham
Senga loyiq yozarman.

Niyatim shul qo’lda qalam
Hamda shashtim sinmasin,
Mendek muxlislar tillari
Tasannodan tinmasin.

Ko’nglim sezar muxlislaring
Safi ortgani sayin,
Ko’p adashgan bandalarning
O’zin tanishi tayin.

Sabab — seni o’qib men ham
Kimligim anglab yetdim,
Qilmishlarim qanchasining
Xatoligin his etdim.

Qayta qayta o’qib seni
Quvondi xo’p ko’zlarim,
Xolis Alloh uchun aytgum
Tashakkurli so’zlarim.

"œInsonnoma", xitobingga
Go’zal javob yo’llay, deb
Men ham nomamni sensirab
Yozdim yaqin bo’lay deb.

Bitganlaring barchasini
Bir qonun deb bilay men,
Savollaring bari javob
Topishini tilaymen.

Sening har bir xitongda
Har insonga ulush bor,
Ymonlik va yovuzliklar
Ildizini yuvish bor.

O"qib chindan, chin xulosa
Chiqargaydur chin odam,
U badbaxtdir, ortga qaytsa
Shuncha gapdan keyin ham.

"œInsonnoma", senga rahmat
O’tmishimni eslatding,
Sekinlashgan harakatim
Bu shahtingla tezlatding.

Ko’zimdan yosh oqqaniga
Bo’lib qolgandi ancha,
Yig’lab chiqdim kechalari
Uxlamay tong otguncha.

Sen aytganday bir paytlar
Osiyliklar qilgandim,
O’zimcha shoh, boshqalardan
O’zni ustun bilgandim.

Seni o’qib, o’zim go’yo
His qildim og’ir xasta,
Birovlarga qilgan zulmim
Anglab yetdim birpasda.

Yodga tushdi zulmat tunlar,
Allohdan yiroq damlar,
Bilmam,hozir qayda mendan
Ranjib ketgan odamlar?

Kayf safoga o’chligim-chun
Vijdonim qo’ygandim yeb,
Allakimlar aytishgandi,
"œSen ham insonmisan"¦",deb

Sen-chi, ro’y rost eslatding
Menga insonligimni,
Barcha tirik ongli
Bir tirik jonligimni.

Menga bitgan o’gitingdan
Xulosam bo’ldi beshak:
Men o’zimni bundan buyon
Alday olmasam kerak!

Agar Haqqa ibodatni
Qo’yolmasak joyiga,
Qorishgani yaxshimasmi
Inson asli — loyiga?

Tanimasdan Tangrisini,
Sajda bilmay yursa bosh,
Bunday boshga hayot nechun,
Nechun yer, nechun quyosh?

Bitganlaring bari bor gap
Inson vaxshiy gohida,
Bu vahshaylik sado berar
So’nggi ohi-vohida.

Inson qachon bilsa o’zin
Yig’lab Haqqa qaytadi,
Peshonasi sajdada-yu
Osiyman, deb aytadi.

Ulug’ zotlar haqiqatni
Aylamishlar qasida:
"œChin rohat boshlanar faqat
Jannat ichkarisida’.

Xullas, seni o’qib bildim
Kimligimni, o’zimni,
Hamda endi izhor etay
Tilagimni so’zimni.

Ajab ermas, agar tutsang
Qay kimsaning qo’lini,
Ul kimsa ham hohlab qolsa
Yaratganning yo’lini.

Senga oq yo’l tilagum men,
Yo’llaring bo’lsin ravon,
Dunyo kezgil, izla muxlis,
Yurtlar kez, oshgil dovon.

Ma’nolaring makon topsin
Har bir inson dilida,
Satrlaring sado bersin
Har bir millat tilida"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 08:23:51

Assalamu alaykum.
Mana nihoyat, ancha vaqtda bo'lsa ham bu mo'jazgina, lekin hikmatu nasihatlarga boy bo'lgan risolani barcha birodarlarimizga taqdim qilib tugatdik. Har bir INSON bunda bitilgan hikmatlardan, haqiqatlardan o'ziga foyda olsa, o'z ayblarini, kamchiliklarini anglasa, Yaratganga ozgina bo'lsa ham yaqinlashishiga sabab bo'lsa biz o'zimizni baxtli hisoblardik.
Bu bitiklarni bitgan shaxsdan, buni kitob qilib bizga yetib kelishiga sababchi bo'lgan har bir inosndan Alloh rozi bo'lsin.
Ularga ikki dunyo saodatini nasib qilsin!!! Amiyn!!!

Qayd etilgan