O'zbekiston tarixidan nimalarni bilasiz!!!  ( 42859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


asr  20 Noyabr 2008, 01:15:58

TURKISTONDA ISTIQLOL  UCHUN KURASHNING G'OYAVIY ASOSLARI

 Milliy g'oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin. Ular o'zaro yaxlit chirmashib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo'lib, milliy g'oya uning o'zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g'oya tevaragida shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma'naviy yo'nalishlaridan tortib, to siyosiy qarashlargacha bo'lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy mafkura milliy g'oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda qanday qadriyatlar asosida o'z davlati va hayotini ko'rmoqchi, buni qanday tasavvur etadi va o'z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustamlaka etish mafkurasiga qaysi g'oyalar qarshi turgan va ular nimalarga asoslangan, degan savolga milliy taraqqiyparvarlar harakatlari g'oyalari deb javob berish mumkin.
Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g'oya va mil¬liy mafkura alohida o'rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo'lib qolmasdan, u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o'z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo'lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
Jadidlarning milliy g'oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo'yilgan edi:
a) xalqimizni dunyoning ma'rifatli millallari darajasiga ko'tarish;
b) Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish.
Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketgan. Chunki millat ma'rifatli bo'lishi uchun o'z yo'li bilan o'zgalarga tobe bo'lmay rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatni puxta egallashi kerak edi.
Jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi.
Ota yurt — Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg'usi, uning kelajagi haqida o'ylar, Vatanning taraqqiyot yo'llari rejasini tuzish, Sharq va G'arb an'analarini birlashtirish jadidlarni bu yo'lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy harakatning asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiy «Oyna» jurnalida quyidagicha yozgan edi: «Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg'onlarni «qul-marquq» derlar». Bu so'z keyinchalik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov tomonidan «manqurt» nomi bilan qayta kashf etildi.
Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g'oyaning asosiy bo'g'ini — Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g'oyasi qizil ip bo'lib o'tganligini ko'ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko'rsatgan edi: «Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga qadam qo'ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamoimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz».
Milliy taraqqiyparvarlar g'oyasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri tarixiy ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo'lgan. Abdurauf Fitrat 1917-yilda bu haqda shunday yozgan edi: «Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o'rganaturg'on ilmdir».
Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli,  boshqaruv shakllari,  davlatchilik nazariyasi va namaliyoti bilan faol shug'ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon ma'rifatdan siyosatga tomon yo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi.
Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan, parlament orqali erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag'ri kengligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos milliy g'oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'lboshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi.
Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, «Rusiyada bosh ko'targan yangi bir balo — bolshevik balosi» (Fitrat) kuchlar nisbatini butunlay o'zgartirib yubordi. Mahmudxo'ja Behbudiy tomonidan o'rtaga tashlangan «Haq olinur, berilmas!» shiori butun millatning jangovar chaqirig'iga   aylandi.   Mustaqillik  va   ozodlik  uchun,Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.
Bolsheviklar tomonidan nafaqat Rossiyada, balki uning «chekka o'lkasi» hisoblangan Turkistonda ham mustabid tuzum o'rnatildi. Sovet rejimi o'nlab xalqlar ustidan o'z hukmronligini zo'ravonlik yo'li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g'oya yurtimizda sovet tuzumi davrida ham o'lmadi, u yashashda davom etdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g'oya va milliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay ildizi bilan sug'urib tashlashga intildi. Bosqinchilar o'z rejalarini amalga oshirish uchun qanchalik intilmasinlar, ular bunga uzoq vaqt muvaffaq bo'la olmadilar. Xalqimizning milliy g'oya va mafkuraga sadoqati Turkiston mintaqasida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Sovet rejimi davrida qariyb 20 yil davom etgan bu harakat noto'g'ri talqin qilinib, unga «bosmachilik« deb tamg'a bosildi. Aslini olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning manfaatlariga zid keladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratil¬gan edi.
Afsuski, uzoq davom etgan kurashlardan so'ng Turkistondagi bu harakat mag'lubiyatga uchradi. Kommunistik mafkura milliy g'oyaga qarshi kurashda, vaqtincha bo'lsa-da, muvaffaqiyatga erishdi. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari hukumatlarining boshliqlari (Fayzulla Xo'jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o'tkazilayotgan milliy murosa va kehshuvchilik siyosati ham bolshevik rahbarlarning kuchh tazyiqlari natijasida o'zgartirildi. Markazdan yuborilgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O'rta Osiyo byurosi kabi turii komissiya va partiya tashkilotlari amalda mintaqaning mutloq hukmdori bo'lishga intildilar va ko'pincha bunga muvaffaq ham bo'ldilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur».
Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o'rganmasdan turib kelajakni anglab bo'lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o'z o'tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o'qish, o'rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo'jizakor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas bo'lamiz, o'tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari bilan ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o'ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati o'z-o'zidan ravshan.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:17:13

1917-YILDA O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL.
ROSSIYADA 1917-YIL VOQEALARI VA
UNING TURKISTONGA TA'SIRI

Hozirgi   O'zbekiston   yerlari  1917-yilda    Rossiya   imperiyasining Turkiston o'lkasi, shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibida bo'lgan. Turkiston o'lkasi Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarning katta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g'arbiy qismlarida, Xorazm vohasida aholining ko'pchiligini o'zbeklar tashkil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan.
Buxoro amirligi va Xivada hokimiyat va ma'muriy boshqaruv an'anaviy bo'lib, Buxoroda amir, Xivada xon hukmronlik qilardi.
Qishloq aholisi paxtachilik, pillachilik, bog'dorchilik, chorvachilik bilan shug'ullangan. Buxoroning qorako'l terilari jahonga mashhur bo'lgan. Turkistonning uchta viloyatida paxta maydoni 466 ming desyatinaga borib yetdi, buning eng ko'pi — 226 ming desyatina yer Farg'ona viloyatiga to'g'ri keldi.
Turkistonda hunarmandchilik keng yoyilgan joylar Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo'qon, Namangan, Marg'ilon shaharlari, Chust va boshqa aholi yashaydigan markazlar edi. O'lkada, umuman, O'zbekiston hududida hunarmandchilik an'yanalari uzoq vaqtlardan davom etib kelgan, bunda ishlab chiqarilgan ko'pgina hunarmandchilik buyumlari sifat va ko'rinish jihatidan san'at asarlari darajasida bo'lgan. Shuning uchun qator mahsulotlar, chunonchi, Chust qilich, xanjar, pichoqlari, Mar¬g'ilon atlaslari, tilla baldoq va taqinchoqlar, zardo'zlik buyumlari chet ellarga olib ketilgan, ajnabiy tujjorlar uchun xaridorgir bo'hb kelgan.
O'zbekistonning ichki savdosi, uning tarkibiy qismlari o'rtasida iqtisodiy aloqalar ham avj oldi. Bunda temir yo'lning ahamiyati tobora kuchaydi. Hunar¬mandchilik, joylarning muayyan mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi kengayib bordi. Hunarmand-kosiblar uy-ro'zg'or jig'ozlari, xo'jalik mollari, mehnat vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, bayramona mollar va zeb-ziynat taqinchoqlarini ishlab chiqib va yasab bozorga chiqarar edilar. Farg'ona vodiysida to'qilgan turli xil matolar, xususan, xonatlas, yasalgan asl pichoqlar, tikilgan do'ppilar chiroyi va sifati bilan ajralib turardi. Buxoro yagona zardo'zlik markazi bo'lib dong taratdi.
Chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar jarayonida O'zbekiston hududida yangi mollar, ya'ni gazlamalar, metall, tikuv mashinalari, shuningdek, yog'och-taxta, g'alla keltirish yo'lga qo'yildi. Bu yerdan esa ba'zi hunarmandchilik mahsulotlari, paxta tolasi, pilla, qorako'l teri, quritilgan mevalar chet el bozorlariga olib borib sotilgan. O'zbek savdogarlari Eron, Afg'oniston, Qashg'ar, Hindiston va boshqa davlatlar bilan aloqa qilganlar.
Ammo chor Rossiyasining mustamlakachihk siyosati oqibatida O'zbekistonda yetishtirilgan xom ashyolarni asosan rus savdogar va sanoatchilari olib ketar edilar. Turkistonga g'alla, temir buyumlari esa Rossiyadan keltirilardi. Jahon urushining ta'siri natijasida Rossiya bilan aloqalar ancha qisqardi, bu esa muayyan qiyinchiliklar tug'dirdi.
Rossiyaning Birinchi jahon   urushi   (1914-1918) da   qatnashishi, frontlardagi mag'lubiyatlar jiddiy xo'jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va tub o'zgarishlarga olib keldi. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo'lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chiqarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqat yetishmasligidan qiynaldilar. Ish tashlashlar, dehqonlar g'alayonlari tobora kuchaydi. 1916-yil qo'zg'oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko'rinishi edi. Frontdagi mag'lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdor qilindi. Faqat «pastdagilar» emas, balki «yuqoridagilar» ham o'zgarishlar muqarrar ekanmi tushundilar. Petrograd, Moskva, ko'plab sanoat rayonlarini ommaviy ish tashlashlar qopladi. Podsho, uning vazirlari layoqatsizlik ko'rsatdilar. Bunday sharoitda IV Davlat dumasi deputatlari ahvolni o'zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolav II taxtdan voz kechdi. Podsho hokimiyati tugadi.
Mamlakatda 2 ta hokimiyat — qo'sh hokimiyatchilik paydo boldi: IV Davlat dumasi deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hol 1917-yil oktabr oyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat demokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroq mamlakatdagi inqiroz shunchalik og'ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g'azabini qo'zg'atdi. Urushdan odamlar azob chek-moqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabr) bolsheviklar mensheviklar va «so'l» eserlar bilan birga davlat to'ntarishini amalga oshkdilar va hokimiyatm qo'lga oldilar.
Jahon urushi qiyinchiliklari,  Rossiyadagi   1917-yil voqealari Turkiston, umuman, O'rta Osiyo xalqlari hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. 
O'lkada yuz bergan oziq-ovqat tansiqligidan bolshevikiar foydalanib, 1917-yil kuzida Sovetlar hokimiyatni  qo'lga olishi masalasini ilgari surdilar. Ular ishchi va soldatlar boshdan kechirgan  qiyinchiliklar, noroziliklarni o'z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa so'l guruhlar,  harbiy asirlar,  frontdagi kommunistlar qo'shildilar.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida Toshkentda norozilik yig'ilishlari va mitinglar avj olib ketdi. Petrogradda qurolli to'ntarish ro'y bergani, Muvaqqat hukumat ag'darilgani, hokimiyatni bolsheviklar qo'lga olgani to'g'risidagi xabar Toshkentga yetib keldi. Turkiston bolsheviklari rahbarlik qilgan Toshkent soveti ishchi va soldatlarni qo'zg'olon ko'tarishga da'vat qildi. Lekin gene¬ral Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik ko'rsatdilar. 1917-yil 28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida qurolli to'qnashuvlar avj oldi. Qo'zg'olonchilar general qismlaridan ustun keldilar. 1-noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo'ldi, shu kuni qurolli qo'zg'olon g'alaba qozondi, deb e'lon qilindi.
1917-yil 15-noyabrda isb hoshiagan o'lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III quriltoyi tortishuvlar oqibatida hukumat - Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetini tuzdi. Unda 8 o'rin so'l eserlarga, 7 o’rin bojsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq faqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkis¬ton XKS raisi lavozimini kashi chizmachi bo'lgan bol¬shevik— F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o'rtamiyona yurist va shunga o'xshaganlar tayinlandilar. Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi.
Turkistondagi so'1-ekstremist siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga, oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada bo'lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kambag'al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari reaksion, ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar — ekspluatator, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o'qimishli, obro'-e'tiborli xalq vakillari — milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari — reak¬sion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Inqilobiy «ijtimoiy adolat»ni o'rnatish, «odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish» uchun jamiki boyliklarni, ishlab chiqarish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Yerli aholi jamoatchihginmg demokratik yo'nalishdagi sa'y-harakatlari, milliy davlatchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga dushmanona ashaddiy qarshilik ko'rsatildi.
Ajnabiylar hukumati o'lkadagi harbiy qismlari, qurollangan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko'rdi. Bu hokimiyat faoliyati faqat zo'rllikka, buzg'unchilikka, qon to'kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko'pincha jinoiy unsurlar bo'lgan soldatlar, gvardiyachilar yerh aholi, ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar.
Shunday qilib, 1917-yil kuzida o'lkadagi so'1-bolshevistik doiralar, ular tuzgan hukumat, bir tomondan
kolonial-shovinistik, ikkinchi tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.   

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:19:18

TURKISTON MUXTORIYATI - TUB YERLI
XALQLAR DAVLATCHILIGI TARIXIDA YANGI BOSQICH
1917-yil boshlarida Petrogradda bo'lib o'tgan voqealar ta'siri    ostida    Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o'lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilari orasida, hatto oddiy odamlar o'rtasida ham ancha ommalashgan edi.
1917-yilning mart-aprel oylari o'lkaning siyosiy uyg'onishida burilish davri bo'ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilar va islom ulamolarining yetakchilari bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiy (1875—1919), Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li (1878—1931), Ubaydulla Xo'jayev (1882-1938), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo'jayev (1896—1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Usmon Xo'ja (1878-1968), Mustafo Cho'qay (1886—1941), Muhamrnadjon Tinishboyev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zaki Validiy To'g'on (1890-1970), Obidjon Mahmudov (1858—1936) o'lkada yangi tashkil qilingan «Sho'roi Islomiya» (1917-yil, mart), «Sho'roi Ulamo»(1917-yil, iyun), «Turon» jamiyatlari va «Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasi» (1917-yil, iyul), «Ittifoqi muslimin» (1917-yil, sentabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o'ynadilar.
Jadidchilik 1917-yilda ma'rifatchilik harakatidan siyo¬siy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi. O'sha 1917-yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o'tkazildi. 1917-yil 16—23-aprelda Toshkentda bo'lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g'oyasi olg'a surildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi.
Butunturkiston musulmonlar I qurultoyining so'nggi majlisida Markaziy rahbar organ — Turkiston o'lka musulmonlari kengashi (KpaйMycСoвeт) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy-ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo'lgan jamiyat, qo'mita va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashiga Mustafo Cho'qayev rais, Zaki Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, O.Mahmudov, U.Xo'jayev, T.Norbo'tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a'zo qilib saylandi. Munavvar Qori va Sadriddinxon afandi boshchihgida Toshkent qo'mitasi tuzildi. Shuningdek, Beh¬budiy rahbarligida Samarkand va Nosirxon To'ra yetak-chiligida Farg'ona bo'limi ham tashkil topdi. Markaziy Sho'roning organi sifatida «Najot» (muharriri — Munavvar Qori), keyinchalik «Kengash» (muharriri — Validiy va Munavvar Qori) gazetalari chiqa boshladi.
Shunday qilib, 1917-yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurul¬toyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o'z an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo'lgan Milliy Markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:20:21

IKKINCHI; Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan «jadid-qadim« nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Ma'lumki, 1917-yil 14 martda Toshkgntda «Sho’roi Islomiya» tashkil topgan edi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot a'zolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917-yil iyun oyida Munayvar Qori boshchiligidagi «Sho'roi Islomiya»dan «Sho'roi Ulamo» ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent sho’basiga_asos soldi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Qo’qon shahrida ham «Sho’roi Ulamo» jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o'rtasida g'oyaviy kelishmovchiliklar mavjud bo'lib, ular bir-biri bilan kelisha olmasdilar. Chunki «Sho'roi Ulamo» jamiyati o'z dasturida islom dinining an'anaviy asoslari bo'yicha ish ko'rishini ma'lum qilsada, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so'ngra bolshevizm g'oyalari bilan o'z harakatlarini muvofiqlashtirishga behuda urindilar. «Sho'roi Ulamo» jamiyati o'z maqsadlari targ'iboti uchun "œAl-Izoh" jurnalini chiqara boshladi (muharriri — Abdumalik hoji Nabiyev). Har ikki jamiyat o'rtasidagi g'oyaviy kurashni o'sha davr voqealarining shohidi bo'lgan M.Cho'qayev keyinchalik shunday xotirlaydi: «Ulamo Jamiyati» va «Sho'roi Islomiya» o'rtasidagi kelishmovchilik bizning umumiy kurashimizni zaiflashtirmoqda va ishlarimizni chuvalashtirmoqda edi. Ikkinchi tarafdan, «Ulamo Jamiyati»ning siyosiy programmasi milliy harakatimizning ochiq dushmanlariga bizga qarshi qurol bermoqda edi».
1917-yil 10-sentabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. «Sho'roi Islomiya» tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o'zi tutadigan yo'lning muhim asoslarini birinchi marta qat'iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo'lsa, ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy Markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin, degan fikr qat'iy qilib qo'yildi.
1917-yil 17—20-sentabrda Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston va Qozog'iston musulmonlarining qurultoyi «ulamochilar» bilan «sho'roi islomchilar» o'rtasidagi uzoq va qizg'in bahslarga qaramay, nihoyat, kelishish va murosa yo'lini topdi. Qurultoyda «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo'li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo'lgan «Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.
Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o'lkasining bo'lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. O'sha paytda Toshkentda nashr qilingan "œUlug' Turkiston" gazetasida yozilishicha, «Qurultoy Mulla Muhammadxo'ja eshon va Mulla Siddiqxo'ja eshonlarning boshqaruv shakli haqidagi nutqlarini tinglab, duoyu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi». Qurultoy muxtoriyatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degan nomni qo'yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo'lg'usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me'yorlarini belgilab berdi.
Shu tarzda Turkistonda Muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg'or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:21:56

UCHINCHI;  Siyosiy partiyalar tuzishni, ular  tomonidan dasturiy hujjlatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petrograddagi oktabr to'ntarishi oqibatida 1917-yil oktabr-noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toshkent va Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy-ozodlik harakatini butunlay boshqa yo'nalishdan ketishga majbur qildi. 1917-yil 26—28-noyabrda (yangi hisob bilan 9—11-dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston o'lka musulmon¬larining favqulodda IV qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o'sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo'yilgan.
Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar o'n yillar davomida «millatchilar guruhining yig'inida e'lon qilingan burjua muxtoriyati» deb noto'g'ri talqin qiiib kelindi. Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bo'lganini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mah-mudxo'ja Behbudiy o'z ma'ruzasida qurultoyning Tur¬kiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanini ta'kidlab, «Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar», deydi. Behbudiy qurultoy hay'atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo'lishini yoqlab chiqdi.
Turkistonni boshqarish shakli to'g'risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so'zga chiqqanlarning ko'pchiligi Tur-kistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o'lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos turmushini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e'lon qilish fikrini hamma qo'llab-quvvatladi.
Qurultoyda 1917-yil 27 noyabr (yangj hisob bilan 10 -dekabr) kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis majlisiga havola etadi». Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilishini tantanali ravishda e'lon qildi.
28-noyabr ( 11 -dekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning noibi aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan boldi. Qurultoy o'sha kungi yig'ilishda Bu'tunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo'lida bo'lishi kerak, deb qaror qabul qildi.
Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a'zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton o’g’li Shoahmedov — Bosh vazir o'rinbosari, Mustafo Cho'qayev — tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo'jayev — harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg'uli Agayev — yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov — oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O'rozayev — ichki ishlar vazirining o'rinbosari, Solomon Abramoviya Gersfeld — moliya vaziri lavozimlarini egallashdi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o'zgarishlar yuz berdi. Mustafo Cho'qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o'rtacha malakali huquqshunos ekanligi Muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:23:09

BESHINCHI; Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi.
Oradan ko'p o'tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917-yil 26-dekabrda Turkiston Milliy bayrog'i qabul qilindi. «E1 bayrog'i»,    «Birlik    tug'i»,    «Свободнс‹й Туркестан», kabi hukumat gazetalari o'zbek, qozoq va rus tillarida nashr qiдшna boshlandi. Avval chiqayotgan "œUlug' Turkiston" gazetasi ham o'z sahifalarida Muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o'rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o'tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo'shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918-yil boshida bu qo'shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo'lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo'jayev ishtirokida o'tkazilgan ko'rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo'qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi.  Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so'm miqdorida ichki zayom chiqarishni yo'lga qo'ydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo'shinlarining ta'minoti va hukumatning ichki xarajatlari uchun mablag' zarur edi. Shuningdek, hukumat a'zolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g'alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.
Turkiston   Muxtoriyati   hukumati qisqa muddat ichida xalq o'rtasida katta e'tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati faqat Qo'qonda yoxud Farg'ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlandi. Fitrat, Cho'lpon, Hamza Muxto¬riyat hukumatini alqab, o'tli she'rlar bitishdi. Fitrat Muxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr (10-dekabr) tunini «Milliy Laylatulqadrimiz» deb atadi. Alloma Fitratning bu so'zlarida olam-olam ma'no mujassamlashgan.
O'sha davrda chiqqan gazetalarning yozishicha, namoyish qatnashchilarining bayroqlarida «Yashasin Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» deb yozilgan so'zlar hilpirab turardi.
Samarqandda bo'lib o'tgan viloyat soveti s'yezdida yig'ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo'shilishga qaror qildilar va Millat Majlisi tarkibiga 5 vakil sayladilar.
Turkiston o'lkasining turli shahar va qishloqlarida muxtoriyatni olqishlab, ko'p ming kishilik namoyishlar bo'lib o'tdi.  1-dekabrda Namangan uyezdida  100000  kishi qatnashgan namoyish bo’ldi.
«Ulug' Turkiston» gazetasining yozishicha, 1917-yil 6-dekabrda Toshkentda 60000 kishi ishtirok qilgan miting o'tkazildi. Munavvar Qori rahbarligida uyushtirilgan bu miting qatnashchilari Muxtor Turkiston hukumatini bir ovozdan ma'qulladilar va Turkistonda endi ushbu muvaqqat hukumatdan boshqa hech qanday hukumatni tan olmaslikka qaror qilganliklarini e'lon qildilar.
Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917-yil 1'3-dekabrda bo'lib o'tgan fojeali voqealar muhim o'rin tutadi. O'sha kuni Toshkentda eski shahar aholisi «Muxtor Turkiston uchun!» shiorlari ostida tinch bayram namoyishini o'tkazdilar. Ammo Toshkent sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o'rnatishga buyruq berdilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o'qqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu to'qnashuv qurboni bo'ldi.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:24:32

OLTINCHI; Lekin o'lkadagi bolshevikcha rejimning bunday tazyiqlariga qaramay, Muxtoriyat hukumatini qo'llab-quvvatlash davom etaverdi. Turkiston Muxtoriyatiga munosabat masalasi 1917-yil 26—30-dekabrda (1918-yil 8— 12-yanvarda) Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan yerli ishchi, askar va dehqon deputatlari 1 favqulodda qurultoyining diqqat markazida bo'ldi.
Qurultoy ochilishini Turkiston o'lka Harbiy Sho'rosi rahbari Orif Klivleyev qutladi. Muvaqqat Millat Majlisi nomidan Islom Shoahmedov va boshqalar ham qurultoyni tabrikladilar. Faqat bolsheviklar partiyasining vakili, o'lka mehnat komissari P.Poltoratskiy qurultoyda dag'dag'ali ohangda so'zlab, xalqimiz tarixidagi ilk demokratik hukumatni «boylar muxtoriyati» deb tuhmat qildi. «Biz kambag'allar muxtoriyatiga qarshi emasmiz», deb Poltoratskiy munofiqlik qildi. Qurultoy vakillarining ko'pchiligi Poltoratskiyning bunday ig'vo va aldovlariga uchmadilar. 30-dekabrda Turkiston Muxtoriyati huku¬matini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish to'g'-risida rezolyutsiya qabul qilindiki, bu hoi qurultoy qatnashchilari siyosiy ongining yetuklik darajasidan nishona edi. Rezolyutsiyada quyidagi fikrlar alohida ta'kidlanardi:
 1) Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi, ayniqsa, musulmonlar xohish-istaklarining ifodachisi emasligini;
 2) Turkiston o'lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e'lon qilinganda ifodalanganligini;
 3)  Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning qurultoyida tashkil topgan va musulmon
ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida to'ldirilgan Turkiston  Muxtoriyati  hukumati  ekanligini  e'tiborga
olib;
Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Tur¬kiston Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga topshirsin deb istak bildiradi, chunki ushbu qurultoy Muxtor Turkistondagi barcha demokratik qatlamlardan tash¬kil topib, butun yo'qsillar o'y-fikrlarining ifodachisidir...»
Afsuski, o'lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo'lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. Toshkent   soveti bolsheviklari unga katta xavf deb qaradilar.   
      Muxtor  hukumatning  xalq o'rtasidagi  obro'-e'tibori  va nufuzli bolsheviklami   tashvishga solib qo ydi.  1918-yil 19—26-yanvar (1—8-fevral) da Toshkentda bo'lgan Turkiston o'lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV qurul¬toyida muxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi. Qurultoyda bolsheviklar fraksiyasi tomonidan so'zga chiqqan Toshkent sovetining raisi I.Tobolin surbetlarcha shunday dedi: «Muxtoriyatni hayotga tatbiq etish uchun hali vaqt erta. Chunki biz bu ishni amalga oshirsak, muxtoriyatning birinchi sharti sifatida rus qo'shinlari o'lkadan chiqib ketishi kerak bo'ladi». Qurultoy Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish to'g'risida qaror chiqardi. Bolsheviklar bu qabih va mudhish «hukm«ni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:26:11

YETINCHI; Atigi uch kun o'tgach, 30-yanvar (12-fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni bpshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning «Dashnoqsutyun» partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurolli to'dalardan ham keng foydalandi. 30-yanvar kechqurun Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahridan Qo'qonga dastlabki qizil askar otryadlari to'p va pulemyotlar bilan yetib keldi. Bu otryadning komandiri K.Osipov edi. 31-yanvar (13-fevral) ertalab Andijondan va sal keyinroq Perovskdan ham qizil askarlar yetib keldilar. «Ulug' Turkiston* gazetasida yozilishicha, 31-yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevral (eski hisob bilan 2-fevral)da esa shaharda yong'inlar bo'ldi.
Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qo'shinidan tashqari qo'qonlik aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, cho'kich, tayoq ko'targan xaloyiqning soni 100000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo'qon shahriga hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar.
Shu kunlarda Muxtoriyat hukumati ichida ham ziddiyatlar  kuchaydi.   Hukumat   a'zolarining  bir  qismi Qo'qon yangi shahar bolsheviklari yuborgan ultimatum asosida ular bilan muzokarani davom ettirishni yoqlab chiqdi. Aslida muzokaralar dastlab qon to'kilishi oldini olish  maqsadida  30-yanvar  (12-fevral)da  boshlangan bo'lib,  muxtoriyatchilar bolsheviklarga o'z talablarini bayon qilishgan edi. Ammo Qo'qon revkomi qonuniy hukumatning qal'ani bo'shatib qo'yish haqidagi adolatli talabiga rozi bo'lmagach, u o'z-o'zidan to'xtab qoldi.17-fevralda bolsheviklar o'z talablari asosida qayta muzokara  boshlashni  taklif qildilar.   Tabiiyki,   ularning Muxtoriyat hukumati rahbarlarini sovetlarga topshirish kabi shovinistik talablarini Muxtoriyat hukumati rad qildi.   18-fevralda  bolsheviklar   Muxtoriyat   hukumati sovet hokimiyatini tan olishi va unga bo'ysunishi, milliy qo'shinni tarqatib yuborishi kerak, degan yangi talablar qo'ydilar. Bu safar ham ularga rad javobi berildi. Shu orada  muxtoriyatchilar  qatorlarida  parokandalik  yuz berdi.  Baxtga qarshi o'sha  18-fevralda M.Cho'qayev hukumati ulamochilarning tazyiqi bilan iste'foga chiqdi. Vazirlarning  ba'zilari  Qo'qonni  tark  etishga  majbur bo'ldi. Hukumatning boshqa a'zolari esa bolsheviklar tomonidan keyinchaUk qo'lga olindi.
Qo'qon shahar mirshablari boshlig'i Kichik Ergash 18-fevraldan boshlab amalda Muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi. Turkiston o'lkasi harbiy komissari Ye.Perfilev boshchiligidagi piyoda otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon Qo'qonga keldi. Qizil askarlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-toroj qilishga kirishdilar. Shahar ustida uch kun davomida to'plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qo'shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari oqibatida ag'darib tashlandi. Ammo Qo'qon va uning atroflarida tinch aholini talash, o'ldirish avjga chiqdi. Faqat Qo'qonning o'zida uch kun davomida 100000 kishi o'ldirildi. Sobiq xonhk poytaxti bo'lgan Qo'qon shahri butkul vayronaga aylantirildi.
"œUlug' Turkiston" gazetasi chuqur qayg'u bilan xabar berganidek, «20(7)- fevral Ho'qand (Qo'qon) tarixining eng dahshath kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar...». Gazetadagi ushbu maqola «Ho'qand hozir o'liklar shahri» degan dahshatli ibora bilan tugaydi.
Nihoyat, 1918-yil 22(9)- fevralda Qo'qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Ushbu shartnomaning ikkinchi moddasida: «Aholi o'lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi», deb yozilgan edi. Ha, o'qqa tutilgan, o'ldirilgan, talangan va tahqir etilgan qo'qonliklarning tirik qolgan qismi sovet hokimiyatini tan olishga majbur bo'ldi.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:26:55

SAKKIZINCHI; Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da'vat etdi. Vatan tuyg'usidek muqaddas tuyg'u qalbining to'ridan joy olgan Turkiston munavvarlarining muxtoriyat uchun olib borgan kurashlari izsiz ketmadi. 1918-yilning erta bahorida avval Farg'ona vodiysida, so'ngra butun Turkistonda Sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshlandi.

Qayd etilgan


asr  20 Noyabr 2008, 01:27:39

TURKISTONDA O'RNATILGAN SOVET REJIMI VA BOLSHEVISTIK
DIKTATURANING MOHIYATI
Zo'ravonlik     va     xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o'zining ilk kunlaridan boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik tizimi sovetlar davrida yanada takomillashtirildi.
Turkiston Xalq Komissarlari Soveti o'zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan mutlaqo farqli hukumat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o'lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan. O'lkada o'rnatilgan sovet boshqaruv tizimining o'ziga xos va farqli tomoni shundaki, u tashkil topgan zahotiyoq Rossiyadagi markaziy hukumat—bolsheviklarni tan oldi.
1917-yil 23-noyabrda Turkiston o'lkasidagi yangi hukumat aholiga qilgan murojatida o'zining maqsadlarini yashirib o'tirmadi. Murojaatda quyidagi fikrga alohida urg'u berilgan edi: «Xalq Komissarlari Soveti mar¬kaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og'ishmay amalga oshiradi va o'z faoliyatida butun Rossiya sovetlar s'yezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo'lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko'rish bilan kutib olinadi».
Demak, Turkiston XKS o'z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o'lkasida sovet rejimini mustahkamlashga jon-jahdi bilan kirishdi.
Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif qilindi. O'lka komissarligi tarkibida bo'lgan va boshqaruvda asosiy rol o'ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta, telegraf va temir yo'llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralar ixtiyoriga berib qo'yildiki, oqibatda Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markaz-dan yuborilgan barcha mas'ul xodimlar, turli komissiya, byuro va tashkilotlar o'z siyosatlarini qo'g'irchoq organ¬ga aylangan o'lka XKS orqali yuritdilar.
Turkistonda bolsheviklar ases solgan sovet rejimi chorizmning mustamlakachilik siyosatidan oshib tushdi. Turkiston o'lkasi ikkinchi marta Markaziy Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'la boshladi.
O'lkada hokimiyatning faqat ishchilar va yevropali unsurlar qo'lida bo'lib qolishi Turkistondagi barcha demokratik kuchlarning yangi hukumatga bo'lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bolsheviklar va so'l eserlar Turkiston Muxtoriyati hukumatini ag'darib, mamlakat aholisining o'lkani boshqarishga bo'l¬gan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to'g'-risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy ha-yotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishini oldindan muqarrar qilib qo'ydi.
Markazdagi bolsheviklar hukumati Turkistonda "œsovetcha andozadagi avtonomiya"

Qayd etilgan