O'zbekiston tarixidan nimalarni bilasiz!!!  ( 42855 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


asr  20 Noyabr 2008, 01:28:40

ikkinchi; ornatishga     qattiq kirishdi. Bu ishm bajarish uchun Moskvadan ko'plab partiya va sovet xodimlari Turkiston o'lkasiga yuborildi. Leninning buyrug'i bilan bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komissari qilib jo'natildi. 1918-yil 10-apreldan boshlab u Turkiston o'lkasining amaldagi xo'jayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini o'z qo'lida saqlashga harakat qildi.
1918-yil 20-aprel —1-mayda Toshkentda Turkiston sovetlarinhig V s'yezdi bo'lib o'tdi. Unda qatnashgan 300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millat vakillari edi. S'yezd delegatlari Lenin va Stalinning ko'rsatmasi asosida 30-aprelda Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi (TSR)ni tuzish to'g'risida qaror qabul qilishdi. Qarorda «Turkiston sovet respublikasi avtonom tarzda boshqariladi, Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va o'z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi», deb yozilgan edi.
S'yezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy organi—36 kishidan iborat (18 tadan bolshevik va so'l eser¬lar   kirgan)   Turkiston   Markaziy   Ijroiya   Komiteti (MIK)ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favqulodda komissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi. Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: S.Jo'raboyev, S.Yusupov, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev birinchi marta MIK a'zoligiga saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so'l eser) kiritildi. S.Tursunxo'jayev (sog'liqni saqlash komissari) va S.Ashurxo'jayev (milliy ishlar komissari) tub millatlarning dastlabki vakillari sifatida hukumat tarkibiga kirishdi. Shuningdek, tatarlardan I.Gabitov ichki ishlar va H.Ibrohimov adliya komissarlari qilib saylandi.
Afsuski, «sovetcha andozadagi avtonomiya» tabiatan milliy muxtoriyat bo'lmay, balki hududiy bir avtonomiya edi. Buning ustiga ushbu «muxtoriyat» samaralaridan birinchi galda o'lkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand bo'ldi.
1918-yil 17—25-iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston bolsheviklarinnig o'lka konferensiyasi Turkis¬ton kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'yezdi deb nomlandi. Unda o'lkadagi kommunistik guruhlar ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Turkiston Kompartiyasiga (RKP(b) tarkibida) birlashdilar. Kommunistlarning miqdori 2000 kishidan oshmas edi. S'yezdda I.Tobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, uning tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xo'jayev ham kiritildi.
«Temir qonun», «po'latdek kuchli intizom», «diktatorlik vakolatlari» kabi sinfiy xislatlarni o'zida jamlagan Turkiston Kompartiyasi RKP(b)ga bo'ysunar edi. Markaz bolsheviklari bergan har qanday topshiriq so'zsiz ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asosda yo'lga qo'yildi.
Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilingan qarorlar o'lkaning keyingi taqdirida o'ta salbiy rol o'ynadi. Masalan, Turkiston Muxtoriyati hukumatini tor-mor qilishda faol qatnashgan arman dashnoqlari par¬tiyasining yo'lboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi. Tobolinning aytishicha, ular og'ir vaziyatlarda «Dashnoqsutyun» partiyasining yordamiga suyanishgan edi.
Bolsheviklar tomonidan «sovet Turkistoni»ga aylantirilayotgan mintaqada hokimiyatni siyosiy markazlaslitirish borasidagi harakat kuchaydi. Turkistonda Markazning siyosiy hukmronligi boshqaruv tizimi orqali shakllandi va izchillik bilan amalga oshirishga kirishildi. Shunday qilib, sovetlarning V s'yezdi Turkistonni Rossiya tarkibidagi o'lka sifatida e'lon qilib, davlat boshqaruvi va xalq xo'jaligi sohasidagi siyosatini markazdagi bolsheviklar hukumati belgilashini «qonuniy akt» bilan muhrlagan bo'lsa, o'lka bolsheviklarining I s'yezdi ham Rossiyaning partiyaviy, g'oyaviy va nazariy hukmronligini tan olib, shimoldagi bu davlat qo'l ostida boiishni yoqlab chiqdilar.

Qayd etilgan


asr  03 Dekabr 2008, 12:27:25

 TURKISTONDA 1917-YILGI IJTIMOIY-SIYOSIY O'ZGARISHLAR
Turkiston xaiqiarming      Ma'lumki, Turkiston p'lkasi
asriy orzusi   спог Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilib,  bu hududda
o'zga millat hukmdorlarining zo'rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e'ti-boran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o'z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo'l ostiga tobe bo'lib qoldilar. Hattoki Turkistonning so'nggi general-gubernatori A. Kuropatkindek yuqori martabali «zot» ham: «Biz 50 yil tub joy aholini taraqqiyotdan jilovladik, uni maktablar va rus hayotidan chetda tutdik», deb e'tirof etgan edi. Biroq shu narsa haqiqatki, bu o'lka-ning tabiatan mag'rur xalqlari hech qachon o'zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o'zgalar jiloviga bo'ysunib yashashga rozi bo'lmaganlar, balki, aksmcha, o'z erki, milliy mustaqilligi yo'lida mardonavor kurash-ganlar.
Olis ko'hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o'rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlonzoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning el boshiga mushkul kunlar tushgan qaltis tarixiy jarayon-larda ko'rsatgan favqulodda jasoratlari bunga jonli guvohdir. Ular yurt ozodligi, mustaqilligini jon qadar e'zozlab, shu muqaddas maqsad yo'lida aziz jonlarini qurbon qildilar. Yurt milliy istiqloli uchun kurash darg'alaridan bin, qatag'onlik qurboni, buyuk ma'rifat-parvar A. Fitratning «Vatan sajdagohimdir», degan bir kalima iborasida olamjahon teran ma'no aks etganini anglash qiyin emas.
Yurtboshimiz I. A. Karimovning mana bu ibratomuz so'zlarida ulug' ajdodlarimizning mustaqillik g'oyasiga sodiq bo'lib, shunga intilib yashab kelganligiga yana bir bor amin bo'lamiz:
«Biz ona O'zbekiston istiqlolini, uning sha'ni shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog'imiz darker.
Ulug' ajdodlarimizdan muqaddas meros bo'lib kelayot-gan vatanga muhabbat tuyg'usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e'tiqodga, chi-nakam aqidaga aylansin».

Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o'zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o'chmas dog'-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma'nan va ruhan qo'llab-quwatlab kel-gan asl ma'naviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ular-ning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg'ularini asta-sekin so'ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog'ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo'r general Skobelevning: «Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'a-tini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan behayo so'zlari bekorga aytilma-gan, albatta.
Lekin shunga qaramay yurt o'g'lonlari ajnabiylar zo'ravonligiga tik boqib, o'lka xalqlarining erki va ozodligi uchun kurashganlar. 1898-yilgi Andijon qo'zg'oloni yetakchisi Muhammadali Eshon va uning ko'p sonli hammaslaklari ustidan chor ma'murlari uyushtirgan sud jarayoni paytida chor amaldorlaridan binning eshonga qarata, seni avom xalqqa bosh bo'lib, oq podsho tuzumiga qarshi chiqishga nima majbur etdi, qabilidagi savoliga, u o'sha zahoti: «Sizlarning mahalliy xalq boshiga solgan behad zulmingiz, uning erkini, qadr-qimmatini tahqirlayotganingiz...» deya dangal javob berganligi fakti ham bunga yaqqol dalildir. Turkiston xalqlarining erk, ozodlik uchun kurash g'oyasi XX asr boshlariga kelib yangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida\jadidlar nomi bilan mashhur bo'lgan, o'z ongli hayotini, butun borlig'ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqi-ga baxsh etgan istiqlol darg'alari yetishib chiqdi.

Qayd etilgan


asr  03 Dekabr 2008, 12:28:07

Ikkinchi; Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdura-shidxonov, Abdulqodir Shakuriy singari yurt ilg'or peshvolarining Turkiston ozodligi, istiqloli yo'lida qilgan ulkan sa'y-harakatlari, millat farzandlari ta'limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari dara-jasiga ko'tarish borasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir. Eng muhimi, ular xalqimiz ongi, tafakkurini ziyo nuri bilan yoritish, o'zligini anglatish, yorqin kelajakka komil ishonch bilan qarash, o'z erki, mustaqiiligi uchun izchil kurashish bobida benazir faoliyat ko'rsatdilar.
O'lka jadidlarining rahnamosi M. Behbudiyning «Haq olinur, berilmas!» shiorida ozodlik uchun kurash g'oyasining muqarrarligi o'z yorqin ifodasini topgan edi.
Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o'lka xalqlarining 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligi yo'liga bag'ishlangan edi.
Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini, davlat mustaqilligini qo'lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi.
Chor  samoderjaviesi   zulmi,
1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston
 hukmronligiga qarshi uzluksiz davom etib kelgan kurash,
nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g'alaba qozondi. Uch asr davomida Rossiya saltanatini to'xtovsiz boshqarib kelgan Romanovlar sulolasi hukmronligi ag'darildi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi..Mart oyi boshlarida rus bur-juaziyasi doiralari vakillaridan tashkil topgan Muvaqqat hukumat faoliyat ko'rsata boshladi. Ayni chog'da Petrogradda va boshqa joylarda ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida ish yurita boshladi. Shu tariqa, Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan-kam uchraydigan noyob hodisa -ikki hokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi. Bu hoi o'sha vaqtdagi mamlakatda vujudga kelgan siyosiy kuch-lar nisbatini o'zida aks ettirardi.
"¢Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o'zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. O'lka hayotida yuz bergan muhim siyosiy o'zgarishlardan biri— bu chor mustamlakachiligi boshqaruvi ramzi bo'lib kelgan Turkiston general-guber-natorligi mahkamasining tugatilganligi bo'ldi. Uning o'rniga Muvaqqat hukumatga bo'ysunuvchi Turkiston qo'mitasi tashkil etildi. Ayni chog'da viloyatlardagi har-biy gubernatorlik lavozimlari ham tugatildi. Ularning o'rniga viloyat komissarlari lavozimi ta'sis etildi. Eng muhimi, fevral o'zgarishi Turkiston o'lkasi xalqlari hayo-tiga muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi.» Endilikda keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qat-lamlari faol harakatga kela boshladi. O'lkaning yirik sha-harlarida tashkil topgan va asosiy tarkibi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, chunonchi, binokorlar, quruvchilar, ko'nchilar, duradgorlar va boshqa kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlari, ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilib faoliyat yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o'lkasidan mardikorlikka zo'rlik bilan olinib, Rossiyaning g'arbiy hududlariga safarbar qilingan ko'plab yurtdoshlarimizning o'z ona zaminlariga qaytib kelishlari ham, shubhasiz, inqilobiy kuchlar safini to'ldira bordi. Bu o'rinda fevral o'zga-rishidan keyin o'lka xalqlari hayotida muhim rol o'yna-gan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko'plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar, kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg'u bermoq kerak bo'ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko'plab siyosiy par-tiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o'z faoliyatlarini aktivlashtirib, aholining turli ijtimoiy tabaqalarini o'zlariga jalb qilish, o'z dasturiy g'oyalarini ularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar.

Qayd etilgan


asr  03 Dekabr 2008, 12:28:43

Uchinchi; Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va soldat de-putatlari soveti tashkil etildi. Mart oyi oxirlarida o'lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 soveti faoliyat yurit-di. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko'pchiligi yevropalik millatlar vakillari edi. Bu davrda Turkistonda kechayotgan barcha alg'ov-dalg'ovli voqealar, jiddiy o'zgarishlarning chinakam yalovbardorlari istiqlol uchun kurashning tolmas darg'alari bo'lgan jadid rahnamolari edilar. O'lka hayotining pastu balandini teran bilgan, mustamlakachilarning riyokorlik siyosatidan, uning tez o'zgaruvchan mohiyatidan boxabar va o'z kurash das-turlariga ega bo'lgan Turkiston jadidlari mahalliy aholi-ning siyosiy ongini o'stirish, uni katta tarixiy o'zgarish-larga tayyorlash, hal qiluvchi kuraslilarga o'z ketidan ergashtirib borishda bosh-qosh bo'ldilar. Ayniqsa, Rossiya Muvaqqat hukumatining ikki yuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masalalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli bahonalar bilan chetga suri-shi ilg'or jadid arboblarini inqilobiy-demokratik yo'na-lishda izchillik bilan kurash olib borishga da'vat etdi.
Bu kezlarda to'la kuch bilan namoyon bo'lgan jadid-lar faoliyatida vaqtli matbuot nashrlarini yo'lga qo'yish, ularda inqilobiy-demokratik rahdagi maqola, material-larni muntazam chop etish, ularni ommaga yetkazish muhim o'rin tutgan. Ularning sa'y-harakati bilan Turkistonning bir qator yirik shaharlarida gazeta va jur-nallar nashr etila boshlandi. Jumladan, Toshkentda «Turk eh», «Najot», «Kengash», «Ulug' Turkiston», «Turon», Samarqandda «Hurriyat» vaqtli nashrlari chiqa boshladi. Ular orqali e'lon qilingan materiallarda kechayotgan davrning o'ziga xos xususiyatlari, o'tkir ijti-moiy-siyosiy masalalar, joylardagi ahvol, ommaning fikri-dilini to'lqinlantirayotgan muammolar va boshqa shu kabi dolzarb hayotiy masalalar aks ettirildi.
Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917-yil apreli-dan chiqarila boshlagan «Turon» gazetasining ilk sonida «Yashasin xalq jumhuriyati» shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq maslak-maqsad: «Musulmonlar orasida ko'p yillardan beri davom etgan umumga zo'rlik, bid'at odatlarni bitirmak, kelajakda bo'ladirgon jumhuriy idoraga xalqni tayyorlampq» g'oyasi ilgari surilgan edi.
Xuddi shuningdek, Munawar Qorining o'sha yili «Najot» gazetasining 26-mart sonida bosilgan: «Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olib bo'lmas, faqat qon va qurbon ilagina olib bo'lur» degan xitobi ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli yo'lida jiddiy kurashga bel bog'laganliklaridan dalolat beradi.
1917-yil   boshlarida   Turkis-tonda yuz berayotgan tarixiy
o'zgarishlar silsilasida mahalliy vatanparvar va taraqqiy-parvar kuchlarning bo'lg'usi jangu jadal kurashlar oldidan birlashish sari intilishi ustuvor bo'lib bordi. Yerli tub aholining asosiy ko'pchiligi ham yevropalik siyosatchilar, firqalar arboblari ketidan emas, balki musulmon ulamolari, jadid yo'lboshchilari yo'lidan uyushib bordilar. Buning uchun esa obro'li siyosiy tash-kilot tuzish zaruriyati tug'ilgandi. Negaki, shunday tashkilotgina bo'lg'usi o'lka milliy hokimiyatining bir-dan-bir nufuzli, vakolatli organi bo'la olardi. 1917-yil 14-martda Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan tuzilgan «Sho'roi Islomiya» shunday tashkilotlardan bo'ldi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munawar Qori Abdurashidxonov (yetakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo'minboev, Ahmadbek hoji Temirbekov, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Salimxon Tillaxonov singari sinalgan yurt rahnamolari o'rin olgan edilar. «Sho'roi Islomiya» musulmon aholining vakolatli organi (musulmonlar kengashi) sifatida uning irodasini ifoda etdi, manfaatlarini himoya qildi.
O'lkaning turli joylarida «Sho'roi Islomiya»ning quyi sho"balari tuzilib, ular mahalliy aholi orasida qizg'in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, «Sho'roi Islomiya» ta'sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlar vujudga keldi. Toshkentda «Turon», «Ittihodi taraqqiy», Andijonda «Ozod xalq», «Hurriyat», «Ma'rifat», Sa-marqandda «Mirvaj-ul Islom», «ЮиА¬ Islomiya», «Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», Kattaqo'rg'onda «Ravnaqul Islom», «Guliston» va boshqalar shular jum-lasidandir. Bu tashkilotlar va ularning rahnamolari ilg'or jadidchilik g'oyalari ta'sirida ish yuritdilar. M. Behbudiyning «Haq olinur, berilmas!», Munawar Qorining «Hurriyat berilmas, olinur!» shiorlari ularning chinakam kurash bayrog'iga aylangan edi.

Qayd etilgan


asr  03 Dekabr 2008, 12:29:20

to'rtinchi; Turkiston milliy istiqloli uchun kurashga bel bog'lagan va awalboshdan «Sho'roi Islomiya» ta'sirida bo'lgan ulamolarning bir qismi qadimchilar nomi bilan atalardi. Ular islom ta'limoti va aqidalarining murosasiz tarafdorlari sifatida siyosiy vaziyatni o'zlaricha tushunar, muxtoriyat talabiga qarshi chiqqanlar. Bu hoi 1917-yil iyuniga kelib qadimchilarning «Sho'roi Islomiya» taraf¬dorlari bilan uzil-kesil aloqani uzib, bo'linishining asosiy sababi, eng awalo, Turkistonning milliy mustaqilligiga erishish yo'lidagi ikki xil qarama-qarshi taktik yon-dashuvning kelib chiqqanligidadir. Konservativ, mutaas-siblik qarashlar nuqtai nazaridan yondashgan ulamochi-lar Turkiston mustaqilligini faqat hukmron mustam-lakachilarga qarshi g'azovot boshlash, ya'ni qurolli qarshilik ko'rsatish yo'li bilan qo'lga kiritishni yoqlardi-lar. Ilg'or ziyolilar — jadidlar esa Rossiyada yuzaga kel-gan qulay shart-sharoitlardan, siyosiy vositalardan foy-dalanib, behuda qon to'kmasdan bosqichma-bosqich yurt mustaqilligiga erishishni yoqlardi. Ularning Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Turkiston Muxtoriyati talabi ham shu maqsadni ko'zda tutardi. O'lkaning milliy kuchlari o'rtasida yuz bergan bu ajralish va g'oyaviy ixtiloflar, shubhasiz, ularning harakat birligiga rahna solar, uning istiqboliga jiddiy putur yetkazardi. Ayniqsa «Sho'roi Ulamo»chilarning nashri - - «Al-Izoh» jurnali sahifalarida millatning ilg'or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyolilarga nisbatan adovat va xusumat urug'i se-pildi. Bu esa aslida dushman tegirmoniga suv quyish bilan barobar edi. Zero, milliy istiqlol uchun kurash yangi, hal qiluvchi bosqichga kirib borayotgan mas'uli-yatli bir vaziyatda milliy kuchlar o'rtasida davom etayot-gan bunday behuda bahs va olishuvlar oxir-oqibatda xunuk oqibatlarga olib kelishi tabiiy edi. Negaki bundan o'lkada faoliyat yuritayotgan yot begona siyosiy kuchlar o'z maqsadlari yo'lida foydalanishlari ehtimoldan xoli emas edi. Afsuski, oqibatda shunday bo'lib chiqdi ham.
Turkistonda inqilobiy-demokratik harakatlarning o'sib
borishi, undagi turli ijtimoiy atlamlar va tabaqalarni yanada istiqlol kurashi bayrog'i ostida birlashtirishda 1917-yil davomida bo'lib o'tgan Umumturkiston musulmonlari I va II qurultoylari va ular tomonidan ishlab chiqilgan hamda qabul qilingan dasturiy hujjatlarning roli katta bo'lgan. «Sho'roi Islomiya» tashkiloti tashabbusi bilan 1917-yil 16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirila-di. Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo'lib, uning ishi-da Turkistonning ko'plab atoqli kishilari, taniqli siyosiy arboblar qatnashgan edilar. Ular orasida Mustafo Cho'qay, Munawar Qori, Behbudiy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Sherali Lapin, Tashpo'latbek Norbo'tabekov, Validiy, Sobir Yusupov, Islorn hoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun tartibi-ga 16 ta masalaning qo'yilishining o'zi ham lining katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o'lkaning bo'lajak davlat qurilishiga alohida to'xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya Federatsiyasi tuzilishi g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Markaziy rahbar organ - - Turkiston o'lka musulmonlar Sho'rosini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Uning birinchi yig'ilishida Mustafo Cho'qay Markaz raisi, Munawar Qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, Behbudiy, U. Asadullaxo'jaev va boshqalar a'zolar etib saylandilar. Markaziy sho'ro zimmasiga o'lkadagi barcha tarqoq, o'z holicha ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo'lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashtirish, ular-ning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Bu vazifani uddalashda Markaziy sho'roning joylarda tash-kil etilgan sho"ba (bo'lim)lari muhim rol o'ynadi. Jumladan, Toshkent sho"basini Munawar Qori, Samarqand sho"basini Behbudiy, Farg'ona sho"basini esa Nosirxon To'ra Kamolxon To'ra o'g'li boshqardi. Shu tariqa Turkistonda ilk hokimiyatchilik — Muvaqqat hukumatning Turkiston qo'mitasi, ishchi va soldat de-putatlari soveti va Turkiston o'lka musulmonlar sho'rosi vujudga keldi.

Qayd etilgan


asr  03 Dekabr 2008, 12:29:53

Beshinchi; O'lka xalqlarining sobitqadam rahnamolari bo'lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o'z sa'y-narakatlarida faqat mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, shu bilan birlikda boshqa mintaqalardagi musulmonlar ommasi, ularning ilg'or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo'lishga intildilar. Shu maqsadda ular 1917-yilning 1—2-mayida Moskvada bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlari I qurultoyida ishtirok etdHar. Unda musulmonlar manfaa-tini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federatsiya asosidagi demokratik respublika bo'lishi hamda Butunrossiya Musulmonlar sho'ro Ijroiya Qo'mitasi ta'sis etilishi to'g'risida qaror qabul qilindi. Bu sho'ro Ijroiya Qo'mitasiga Turkistondan U. Asa¬dullaxo'jaev va I. Shoahmedovlar saylandilar.
Xuddi shuningdek, Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917-yilning 21—31-iyul kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurul-toyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik va mus-taqillik sari harakatlanish yo'lini muvofiqlashtirish borasida muhim qadam bo'ldi. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqamvini mehnatkashlarning o'zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkii etish uchun Butunrossiya harbiy Sho'rosini ta'sis etish to'g'risida qarorlar qabul qilindi. Shubhasizki, Rossiya musulmonlari vakillarining bu xildagi sa'y-harakatlari mazkur mazlum xalqlarning mushtarak manfaatlariga mos bo'lgan holda ularning milliy mustaqilligi, ichki davlat qurilishi masalalarining hal etilishiga muhim turt-ki bo'lib xizmat qilardi.
1917-yilning 17—20-sentyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan Umumturkiston musulmonlari vakillarining II qurultoyi o'lka xalqlari hayotida muhim rol o'ynadi. Unda 500 nafar vakillar ishtirok etdi. Qurultoyning max-sus qarorida tarkibi 12 kishilik Turkiston o'lka qo'mitasi, 24 kishilik «Mahkamai Shar'ia» (parlament) tashkii etili-shi va ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta'kidlangan edi. Qurultoyda «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona «Ittifoqi Muslimin» («Musulmonlar Ittifoqi») siyosiy partiyasini tuzish g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Behbudiy nutq so'zlab, hammani birlikka, jipslashishga da'vat etgandi. «Ulug' Turkiston» gazetasi mazkur qurul-toy ruhini aks ettirib, Turkistonning o'z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo'lgan o'lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g'oyasini asosiy o'ringa qo'ygan edi.
Shunday qilib, Turkistonning ilg'or ziyolilari, uning asl yurtsevar, erksevar o'g'lonlari milliy istiqlolga erishish yo'lida o'lkadagi barcha sog'lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da'vat etgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, o'z nafsoniyatiga berilgan hamda o'zaro qarashlarida muxo-lifatchilik ustuvor bo'lgan ayrim mahalliy, milliy tash-kilotlar mana shu yuzaga kelgan noyob irnkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, vaziyatni ustamonlik bilan o'z izmiga burib yuborishga urinayotgan bolsheviklar firqasiga qo'l keldi.

Qayd etilgan


asr  04 Dekabr 2008, 11:04:14

XALQ MILLIY ONGININQ o’SISHI. DEMOKRATIYA VA IJTIMOIY FAOLLIK
1985—1990-yillar O’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi, milliy ongining o’sishida juda muhim ahamiyatga ega. Qayta qurish siyosati jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida jiddiy sifat o’zgarishlarini amalga oshirmagan, jamiyatning yangi mazmun jihatdan yangilanishini ta'minlamagan bo’lsa-da, biroq uning natijasida o’ziga xos milliy uyg’onish yuz berdi. Sovetlar davrida hukm surgan bolshevistik-kommunistik ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sobiq Ittifoqdagi har bir millat kabi O’zbek millatining ham ijtimoiy faolligidan manfaatdor emas edi. O’zbek xalqining qadimiy, ko’hna madaniyati, urf-odati, an'analarining boyligi va uning chuqur, mustahkam ildizi mavjudligi Markazdagi g’oyaviy maddohlarni cho’chitardi. Shuning uchun ham ular doim O’zbek xalqi tarixi, madaniyatini kamsitish yo’lini tutdilar.
Biroq, qayta qurish O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg’ondi, milliy o’zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. 1985-yildan boshlangan jarayonlar eng avvalo mustaqillik to’g’risidagi g’oyalarning yana tiklanishi, shakllanishi uchun zamin yaratdi.
80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqelik, xalq milliy ongining keskin ravishda o’sishi jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi. Xususan, akademik Erkin Yusupov (1928— 2003) publisistik maqolalarida Markaz o’yinlarini ochib berdi. Mazkur davr ayni paytda jamiyat a'zolarining ruhiy biqiqlikdan milliy-an'anaviy asoslarga qaytish davri sifatida ham izohlanadi. Milliy o’zlik, milliy ongning o’sishi dastavval milliy tarix, ma'naviyatni o’rganishga bo’lgan qiziqishning kuchayishida ko’rindi. Qayta qurish tufayli sodir bo’lgan ayrim erkinliklar, «temir parda»ning ko’tarilishi xalqimizning o’z tarixi, madaniyatini biroz bo’lsa-da, erkin o’rganishiga imkon yaratdi.
Avvalo, milliy-tarixiy merosimizni o’rganishga bo’lgan qiziqish o’sdi, u ijtimoiy ehtiyojga aylandi. Buning sabablari mavjud edi. Birinchidan, sovetlar hukmronligi davrida O’zbek milliy madaniyatini o’rganish turli yo’llar, siyosiy nayranglar bilan mumkin bo’lmadi, bunday harakat esa millatchilik sifatida baholandi.
Ikkinchidan, xalq mafkuraviy yakkahokimlik va siyosiy qo’rqitishlar tufayli milliy o’zligini anglash, milliy ongini o’stirishdan hadiksirardi. Shu tufayli ham 80-yillarning o’rtalarigacha xalqning milliy-an'anaviy asoslariga qaytishi amalda mumkin bo’lmadi.

Qayd etilgan


asr  04 Dekabr 2008, 11:04:51

2; 80-yillar o’rtalaridan esa vaziyat o’zgardi. Diniy, millatchilik yorliqlari yopishtirilgan va o’rganishi taqiqlangan milliy xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy, falsafiy voqea, hodisalar, allomalar faoliyatini tadqiq etishga biroz erkinlik berildi. Natijada islom dini, uning ahamiyati, so’fiylik, tasavvuf masalalariga oydinlik kiritila bosblandi. O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, jadidchilik harakati, oktabr to’ntarishi, «bosmachilik» (istiqlolchilik), «Hujum» harakati, sovet davrining boshqa masalalari yangicha tafakkur asosida talqin etila boshlandi.
Mazkur davrda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Shayxzoda va boshqalarning millatchilikda, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag’on qilinganliklarining tub sabablari ochib tashlandi. 30—40-yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag’on qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi. "œChig’atoy gurungi", "œMilliy ittifoq", "œMilliy istiqlol" "œBotir gapchilar singari «aksilinqilobiy guruh»lar vakillari aslida madanivatimiz va tari-ximizning yetuk ziyolilari, millat gullari ekanliklari, istiqlol uchun jon fido qilganliklari ma'lum bo’ldi. Birgina 1937—1939-yillar orasida ichki ishlar xodimlari tomonidan qamoqqa olinib otib tashlangan 6920 ta ziyolining qatag’on qismati o’rganildi, keyinchalik mamlakatimiz siyosiy rahbariyatining sa'y-harakatlari bilan ulaj oqlandilar
O’zbekistonda 80-yillar o’rtalaridan boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy uyg’onish sovetlar ma'muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy, aksilinsoniy tomonlarini ochib tashladi.
Ayni paytda ta'kidlash lozimki, hech qanday real, ilmiy asosga ega bo’lmagan «qayta qurish» g’oyasi asosida amalga oshirishga harakat qilingan demokratiya siyosiy jihatdan cheklangan edi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, kommunistik mafkuraning yakkahokimligi sharoitida demokratik tartiblarni o’rnatish, qonun ustuvorligiga erishish mumkin emasdi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va demokratiya hech qachon bir-birini e'tirof etmaydigan tushunchalar edi.

Qayd etilgan


asr  04 Dekabr 2008, 11:05:24

3;O’zbekiston hali sobiq Ittifoq tarkibida turgan davrdayoq saylov o’tkazish tartibini takomillashtirishga kirishdi. 1987-yilda mahalliy sovetlarga saylovda har bir viloyatning bittadan tumanida eksopriment sifatida saylov o’tkazildi. Qo’llangan yangiliklar bu saylovlarning ko’p mandatli okruglar bo’yicha o’tkazilganligi, deputatlar bilan birga ularning o’rinbosarlarini saylash belgilangani va nomzodlar soni saylanadigan deputatlar sonidan ko’p bo’lganida edi. Bu muqobillik asosida o’tkazilgan birinchi saylov bo’ldi. 1990-yil 18-fevralda o’tkazilgan saylovlar keng demokratik asosda o’tdi. Xususan, viloyat sovetlariga saylovda 138 okrugda, shahar sovetlariga savlovda 268 okrugda birinchi bosqichda hech kim yetarli ovoz to’playolmay, ikki haftalik muddatda takror ovoz berish o’tkazilgani saylovlar ma'lum ma'noda tanlash asosida o’tganini ko’rsatdi.
Aytish lozimki, xalq saylovlarning ahamiyatini hali yaxshi tushunib yetmagan edi. Masalan, 1990-yil fevral-aprel ovlarida O’zbekiston Oliy Sovetiga o’tkazilgan saylovlarda 500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar dcb ko’satilmadi, nomzodlarning hammasi ham o’z platformalarini tushuntirib berish imkoniyatiga ega bo’lmadilar. Kommunistlarning ta'siri esa kuchli edi. Deputatlarning deyarli 95 foizini ular tashkil etardilar.
Hali SSSR mustabid tuzumi parchalanmasdan oldin O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish uchun harakatning boshlanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, shaxsan Islom Karimovning tashabbusi bilan demokratiyani qaror toptirish uchun O’zbekistonda yangi Konstitutsivani qabul qilish maqsadida boshlangan harakatni shu ma'noda tushunish mumkin.
1990-yilning iyunida bo’lib o’tgan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasi respublika Prezidenti I. Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzdi. Islom Karimov Konstitutsiyani tayyorlash jarayonida milliy O’zbek davlatchiligi asoslari, O’zbek xalqining ruhiyati, qadimiy qonunchilik tajribasini har tomonlama chuqur o’rganishni alohida uqtirdi.
Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta'sir etmasligi mumkin emas edi.
Ma'lumki, O’zbeklar azaldan mehmondo’st, ko’ngli ochiq, qo’ni-qo’shnilarini hurmat qiluvchi xalq. Lekin O’zbekistonda sovetlar mafkurasi tomonidan olib borilgan g’ayrimilliy siyosat o’zining juda ashaddiyligi bilan ajralib turardi. Xususan, xalq xo’jaligini boshqarishdagi qattiq markazlashuv, milliy o’zlikni anglashning mil-latchilik bilan tenglashtirilishi, milliy til, tarix, urf-odatlarga yetarli e'tibor berilmasligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy, baynalmilal va milliy manfaatlarning inkor etilishi 80-yillar o’rtalarida avjga chiqdi.

Qayd etilgan


asr  04 Dekabr 2008, 11:06:01

4; Shu asnoda 80-yillardagi «etnik omil» respublikalar-ning Markazdan qochish siyosatiga, so’ngra esa SSSRning parchalanib ketishiga olib keldi. Shunday sharoitda Markaz murakkab «etnik vaziyat»dan soxta baynalmilallik shiorlari ostida qutulishga harakat qildi.
1989-yil iyun va oktabr oylarida Farg’ona, Toshkent va o’sh viloyatlarida bo’lgan voqealar, ayniqsa katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Ularning ro’y berishiga O’zbek xalqining hech qanday aloqasi yo’q edi. Aslida O’zbekistondagi millatlararo nizolar Markaz uchun, uning yanada qattiqroq siyosat olib borishi, o’zlarining jinoyatlashgan, millatchilikka asoslangan siyosatini yashirishi uchun zarur bo’ldi.
90-yllarning oxirlariga kelib O’zbekistonda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilib, ularning 71,4 foizini o’zbekiar tashkil etardi. Biroq 8,2 foizni tashkil qilgan ruslar til, madaniy, ijtifnoiy-siyosiy masalalarda o’zbeklarga qaraganda ko’proq imkoniyat va imtiyozlarga ega edilar. Tabiiyki, bunday holatlar 80-yillarning o’rtalaridan milliy resgublikalardagi millatlararo munosabatlarning keskinlashuviga, mahalliy millat aholisida norozilikning kuchayishiga, milliy o’zlikni anglash jarayonining oshishiga, pirovard natijada SSSRning parchalanishiga olib keldi.
80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o’zgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi, siyosiy madaniyatining keskin ko’tarilishi yuz berdi. Jumladan, 1988-yilning 11-novabrida «Birlik» xalq harakati (rahhari Abdurahim Po’latov) jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi. Shuningdek, xuddi shu paytda O’zbekiston erkin yoshlar uyushmasi tuzildi. Ular 90-yillarning boshlarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida ma'lum rol o’ynadi.
Biroq «Birlik» harakati ilk jamoat tashkilotlaridan biri bo’lganligi sababli ham ko’plab xato va kamchiliklarga yo'1 qo’ydi. Harakat ko’p hollarda, jamoat tashkiloti sifatida tashkil etilgan va davlat ro’yxatidan o’tgan bo’lsada, siyosiy partiyaga xos faoliyat olib bordi.
«Birlik» harakatining eng asosiy xatolaridan biri — bu ularning  xalqimiz   tub   manfaatlarini  anglamasliklari bo’ldi. Harakat faollari ko’proq miting, namoyishlar o’tkazish, mahalliy rahbarlarga tazyiq qilish, qanday qilib bo’lmasin hukumat va uning mahalliy organlari faoliyatidan xato va kamchiliklar topish, turg’unlik davrida nochor holga tushib qolgan kishilarning ehtiroslarini ayj oldirish orqali faoliyat ko’rsatdilar. Shuning uchun ham harakat xalq ichida o’z ildiziga ega bo’la olmadi.

Qayd etilgan