1917-YILDA O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL.
ROSSIYADA 1917-YIL VOQEALARI VA
UNING TURKISTONGA TA'SIRI
Hozirgi O'zbekiston yerlari 1917-yilda Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasi, shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibida bo'lgan. Turkiston o'lkasi Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarning katta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g'arbiy qismlarida, Xorazm vohasida aholining ko'pchiligini o'zbeklar tashkil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan.
Buxoro amirligi va Xivada hokimiyat va ma'muriy boshqaruv an'anaviy bo'lib, Buxoroda amir, Xivada xon hukmronlik qilardi.
Qishloq aholisi paxtachilik, pillachilik, bog'dorchilik, chorvachilik bilan shug'ullangan. Buxoroning qorako'l terilari jahonga mashhur bo'lgan. Turkistonning uchta viloyatida paxta maydoni 466 ming desyatinaga borib yetdi, buning eng ko'pi — 226 ming desyatina yer Farg'ona viloyatiga to'g'ri keldi.
Turkistonda hunarmandchilik keng yoyilgan joylar Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo'qon, Namangan, Marg'ilon shaharlari, Chust va boshqa aholi yashaydigan markazlar edi. O'lkada, umuman, O'zbekiston hududida hunarmandchilik an'yanalari uzoq vaqtlardan davom etib kelgan, bunda ishlab chiqarilgan ko'pgina hunarmandchilik buyumlari sifat va ko'rinish jihatidan san'at asarlari darajasida bo'lgan. Shuning uchun qator mahsulotlar, chunonchi, Chust qilich, xanjar, pichoqlari, Mar¬g'ilon atlaslari, tilla baldoq va taqinchoqlar, zardo'zlik buyumlari chet ellarga olib ketilgan, ajnabiy tujjorlar uchun xaridorgir bo'hb kelgan.
O'zbekistonning ichki savdosi, uning tarkibiy qismlari o'rtasida iqtisodiy aloqalar ham avj oldi. Bunda temir yo'lning ahamiyati tobora kuchaydi. Hunar¬mandchilik, joylarning muayyan mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi kengayib bordi. Hunarmand-kosiblar uy-ro'zg'or jig'ozlari, xo'jalik mollari, mehnat vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, bayramona mollar va zeb-ziynat taqinchoqlarini ishlab chiqib va yasab bozorga chiqarar edilar. Farg'ona vodiysida to'qilgan turli xil matolar, xususan, xonatlas, yasalgan asl pichoqlar, tikilgan do'ppilar chiroyi va sifati bilan ajralib turardi. Buxoro yagona zardo'zlik markazi bo'lib dong taratdi.
Chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar jarayonida O'zbekiston hududida yangi mollar, ya'ni gazlamalar, metall, tikuv mashinalari, shuningdek, yog'och-taxta, g'alla keltirish yo'lga qo'yildi. Bu yerdan esa ba'zi hunarmandchilik mahsulotlari, paxta tolasi, pilla, qorako'l teri, quritilgan mevalar chet el bozorlariga olib borib sotilgan. O'zbek savdogarlari Eron, Afg'oniston, Qashg'ar, Hindiston va boshqa davlatlar bilan aloqa qilganlar.
Ammo chor Rossiyasining mustamlakachihk siyosati oqibatida O'zbekistonda yetishtirilgan xom ashyolarni asosan rus savdogar va sanoatchilari olib ketar edilar. Turkistonga g'alla, temir buyumlari esa Rossiyadan keltirilardi. Jahon urushining ta'siri natijasida Rossiya bilan aloqalar ancha qisqardi, bu esa muayyan qiyinchiliklar tug'dirdi.
Rossiyaning Birinchi jahon urushi (1914-1918) da qatnashishi, frontlardagi mag'lubiyatlar jiddiy xo'jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va tub o'zgarishlarga olib keldi. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo'lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chiqarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqat yetishmasligidan qiynaldilar. Ish tashlashlar, dehqonlar g'alayonlari tobora kuchaydi. 1916-yil qo'zg'oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko'rinishi edi. Frontdagi mag'lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdor qilindi. Faqat «pastdagilar» emas, balki «yuqoridagilar» ham o'zgarishlar muqarrar ekanmi tushundilar. Petrograd, Moskva, ko'plab sanoat rayonlarini ommaviy ish tashlashlar qopladi. Podsho, uning vazirlari layoqatsizlik ko'rsatdilar. Bunday sharoitda IV Davlat dumasi deputatlari ahvolni o'zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolav II taxtdan voz kechdi. Podsho hokimiyati tugadi.
Mamlakatda 2 ta hokimiyat — qo'sh hokimiyatchilik paydo boldi: IV Davlat dumasi deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hol 1917-yil oktabr oyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat demokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroq mamlakatdagi inqiroz shunchalik og'ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g'azabini qo'zg'atdi. Urushdan odamlar azob chek-moqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabr) bolsheviklar mensheviklar va «so'l» eserlar bilan birga davlat to'ntarishini amalga oshkdilar va hokimiyatm qo'lga oldilar.
Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917-yil voqealari Turkiston, umuman, O'rta Osiyo xalqlari hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.
O'lkada yuz bergan oziq-ovqat tansiqligidan bolshevikiar foydalanib, 1917-yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qo'lga olishi masalasini ilgari surdilar. Ular ishchi va soldatlar boshdan kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o'z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa so'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kommunistlar qo'shildilar.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida Toshkentda norozilik yig'ilishlari va mitinglar avj olib ketdi. Petrogradda qurolli to'ntarish ro'y bergani, Muvaqqat hukumat ag'darilgani, hokimiyatni bolsheviklar qo'lga olgani to'g'risidagi xabar Toshkentga yetib keldi. Turkiston bolsheviklari rahbarlik qilgan Toshkent soveti ishchi va soldatlarni qo'zg'olon ko'tarishga da'vat qildi. Lekin gene¬ral Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik ko'rsatdilar. 1917-yil 28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida qurolli to'qnashuvlar avj oldi. Qo'zg'olonchilar general qismlaridan ustun keldilar. 1-noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo'ldi, shu kuni qurolli qo'zg'olon g'alaba qozondi, deb e'lon qilindi.
1917-yil 15-noyabrda isb hoshiagan o'lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III quriltoyi tortishuvlar oqibatida hukumat - Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetini tuzdi. Unda 8 o'rin so'l eserlarga, 7 o’rin bojsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq faqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkis¬ton XKS raisi lavozimini kashi chizmachi bo'lgan bol¬shevik— F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o'rtamiyona yurist va shunga o'xshaganlar tayinlandilar. Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi.
Turkistondagi so'1-ekstremist siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga, oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada bo'lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kambag'al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari reaksion, ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar — ekspluatator, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o'qimishli, obro'-e'tiborli xalq vakillari — milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari — reak¬sion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Inqilobiy «ijtimoiy adolat»ni o'rnatish, «odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish» uchun jamiki boyliklarni, ishlab chiqarish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Yerli aholi jamoatchihginmg demokratik yo'nalishdagi sa'y-harakatlari, milliy davlatchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga dushmanona ashaddiy qarshilik ko'rsatildi.
Ajnabiylar hukumati o'lkadagi harbiy qismlari, qurollangan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko'rdi. Bu hokimiyat faoliyati faqat zo'rllikka, buzg'unchilikka, qon to'kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko'pincha jinoiy unsurlar bo'lgan soldatlar, gvardiyachilar yerh aholi, ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar.
Shunday qilib, 1917-yil kuzida o'lkadagi so'1-bolshevistik doiralar, ular tuzgan hukumat, bir tomondan
kolonial-shovinistik, ikkinchi tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.