Qiziqarli va kerakli ma'lumotlar!  ( 32926 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


registan  25 Noyabr 2008, 20:35:36

Nima uchun tuyalar "sahro kemalari" deb aytiladi?

Tuyalar "sahro kemalari" deb aytilishining sababi ularning sahroda og'ir yuklarni tashish qobiliyatida emas, balki yurish usullaridadir. Tuyalar bir tomondagi old va ort oyoqlarini bir vaqtning o'zida harakatlantiradilar, shuning uchun to'lg'onib yuradilar. Bunday harakatlanish tuyaning ustidagi kishini ham o'zini yomon his qilishga olib kelishi mumkin, shu harakat va holat kemalarda ham kuzatiladi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  25 Noyabr 2008, 21:18:59

Xoh ishoning xoh ishonmang sizga boshqacha tuyulgani bilan buni o'qiy olasiz.

Hzior o'iqtayogn nrsaaliramni tuushna oilshigma kzio'm ytameydi. Kimberj uvinesritteida qnilagin iazlnilashrga kro'a szo'adgi hraflanirng qyasi traitdba yoilzgadinan qt'aiy nzaar, isnon myaisi uni o'iqy oilsh qboilyaitgia ega. Aosiyssi esa brichni va oixgri hrafralinng tg'ro'i trabitda eakinidr. Qlonagrali aarlshariitb tshaalagnadna ham siz uni maumomisz o'iqyisz. Binung sbbaai isonn myaisi har bir szo'ni hrfaalb eams, blkai buutn bir szo'iilgcha oiyqdi. Qizig'-a? :)
Zo'r! Rosa qiziqarli ma'lumot. Raxmat sizga!

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Noyabr 2008, 22:54:05

Odam tanasining 60% suvdan iborat bo`lib, u quyidagicha taqsimlangan:

    *  yog` to`qimalari umumiy og`irligining 20%,
    * suyaklarning 25%,
    * jigarning 70%,
    * muskullarning 75%,
    * qonning 80% va
    * miya umumiy og`irligining 85% ni suv tashkil qilar ekan.




Inson o`z og`irligining 1% ga teng miqdorda suv yo`qotsa, chanqoq his qiladi. 5% dan ko`p suv yo`qotish insonning hushidan ketishiga, 10% dan ko`p yo`qotishi esa qurish tufayli o`limiga sabab bo`lishi mumkin.

Inson organizmida 700 dan ortiq fermentlar ishlab chiqariladi.

Bilasizmi, aslida eng «bag`ritosh» erkaklar ham kuniga 1-3 ml ko`z yosh to`kar ekan. Nima uchunligini bilasizmi? Inson ko`z yosh bezlari tomonidan doimo ko`z yosh ishlab chiqariladi va u ko`z shilliq qavatini havo va changdan himoya qilar ekan.

Inson tanasi 100.000.000.000.000 = 1014 (yuz trillion) dan ortiq hujayradan iborat. Filda esa bu raqam 6.500.000.000.000.000 = 65●1014 (olti yarim kvantrillion) ni tashkil etadi.

Inson organizmining asosiy tashkil etuvchi elementlar kislorod, uglerod, vodorod va azot hisoblanadi. Katta yoshli odamning organizmida ularning miqdori 70 kg atrofida. Bundan tashqari suyaklarning mustahkamligini ta'minlovchi kalsiy va fosfor birgalikda taxminan 2 kg ni tashkil etadi. Temir moddasi esa atigi 6 grammni tashkil etishiga qaramay, gemoglabinning asosiy tashkil etuvchisi bo`lgani tufayli inson tanasi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.

Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi 100000 km ni tashkil etadi.

Qayd etilgan


registan  26 Noyabr 2008, 11:27:57

Bilarmidingiz?!

1. Dollar belgisi ($) U va S harflarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu esa Qo'shma Shtatlar ma'nosini bildiradi (U.S.=United States)

2. Tug'ilganimizdan beri ko'zlarimiz o'zgarmagan, ya'ni bir xil o'lchamda bo'lgan. Burun va quloqlarimiz esa hech qachon o'sishdan to'xtamas ekan.

3. Shvetsiya bayrog'i kvadratdan iborat.

4. Madrid daryoda joylashmagan Evropadagi yagona poytaxt shahardir.

5. Samolyot, avtomobil, poyezd va kemalar ostinma-ustun to'g'ri keladigan dunyodagi yagona joy Bostondagi Boston Universitet ko'prigidir.

6. Tarkibi faqat unli harflardan iborat bo'lgan yagona shahar nomi "Aiea"dir. Bu shahar Hawaiida va Honoluluning 12 km g'arbida joylashgan.

7. Hatto qo'shnisi ham dengiz yoki okeanga chiqmaydigan dunyodagi yagona davlat O'zbekistondir.

Qayd etilgan


registan  26 Noyabr 2008, 12:36:40

Nima uchun piyoz yig'lashga majbur qiladi?

Boshqa o'simliklar kabi piyoz ham yacheykalardan tashkil topgan. Yacheykalar esa membrana bilan ajratilgan ikki bo'limdan iborat. Membrananing bir tomoni inson tanasida kimyoviy hodisalar sodir bo'lishiga yordam beradigan fermentlardan, ikkinchi tomoni esa oltingugurt moddasiga ega molekulalardan iboratdir. Piyozni kesayotganingizda membrananing ikki tomonidagi tarkib aralashadi va kimyoviy reaktsiya sodir bo'ladi. Bu reaktsiya insonning yig'lashiga sabab bo'ladigan "etiloltingugurt" (ethylsulfine) molekulalarini ishlab chiqaradi. Yig'lashdan saqlanishlik uchun piyozni oqib turgan sovuq suv ostida kesing. Oltingugurt tarkibi suvda eriydi va ko'zingizga yetib bormasdan burun yuvilib ketadi. Yoki piyozni to'g'rashdan oldin uni 10 daqiqa davomida muzlatgichga qo'yib qo'ying, sovuq havo fermentlar va oltingugurtdan hosil bo'ladigan reaktsiya kuchini pasaytiradi va reaktsiyadan hosil bo'lgan molekulalarning juda oz qismi ko'zingizgacha yetib boradi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  26 Noyabr 2008, 13:02:16

Bilarmidingiz?!

7. Hatto qo'shnisi ham dengiz yoki okeanga chiqmaydigan dunyodagi yagona davlat O'zbekistondir.


Bu fakt noto'g'ri. Dunyoda yana bitta shunday davlat bor. Bu Lyuksemburg

Qayd etilgan


registan  26 Noyabr 2008, 14:15:01

Bilarmidingiz?!

7. Hatto qo'shnisi ham dengiz yoki okeanga chiqmaydigan dunyodagi yagona davlat O'zbekistondir.


Bu fakt noto'g'ri. Dunyoda yana bitta shunday davlat bor. Bu Lyuksemburg

Nimaga endi, Lyuksemburgning qo'shnisi bo'lgan Belgiya Shimoliy Dengizga chiqadiku?!

Qayd etilgan


ZUBAIR  26 Noyabr 2008, 23:08:55

 :as:

                                             Qancha uxlash kerak.

Bu savolga aniq javobni fan haligacha aniqlay olgan emas. Barcha uchun birdek qo‘llash mumkin bo‘lgan qoidaning o‘zi yo‘qqa o‘xshaydi. Ammo ana shu mavzudagi tadqiqotlar olimlar uchun ham, boshqalar uchun ham qiziqarli bo‘lib tuyulishi, tabiiy. Yaponiyadagi Nagoi universiteti olimlarining fikricha, uyqu inson salomatligi va umriboqiyligini ta’minlashda juda katta ahamiyatga egadir.

Tadqiqotchilar Yaponiyaning 45 ta tumanidan 110 ming kishini jalb qilgan holda ish olib borishdi. Ular olingan natijalarni qaytadan sinchkovlik bilan o‘rganishga kirishdilar: uyquning kasalliklar yoxud o‘lim bilan bog‘liqlik jihatlari nimada? Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, sutka mobaynida olti soatdan yetti yarim soatgacha uxlaydiganlar eng sog‘lom kishilar ekan. O‘lim hodisasi bunday kishilarda juda kam uchraydi. Surunkali ravishda uyqusizlik dardiga yo‘liqqanlar jiddiy xavf-xatarga uchrashlari aniq. Kimki 4—5 soatdan kam uxlasa, o‘z umrining 1,6 marta qisqarishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotlar zamirida azaliy qonuniyat borligini inkor eta olmaymiz: to‘laqonli dam ololmagan kishining tanasi darmonsizlanishi tabiiy. Tadqiqotning yana bir jihati hayratomuz. Bu ko‘pchilikning to‘yib-to‘yib va ko‘proq uxlash kerak, degan fikriga tamoman ziddir. Muttasil ravishda sutkasiga 9—10 soatlab uxlash, bu umrni 1,7—1,9 barobar kamaytirishga olib keladi. Uyquni yaxshi ko‘ruvchilar o‘rtasidagi o‘limning yuqoriligi sabablarini tushuntirish oson. Shuni nazardan qochirmaslik kerakki, uzoq uxlovchilarning aksariyati sog‘ligida jiddiy muammosi bo‘lgan kishilardir.

Ko‘pchilik olimlarning taxminiga qaraganda, uyquning davomiyligi unchalik muhim emas. Uyquning qayerda, qanday holatda, demak, sifati sog‘likka, jumladan, kishining «ichki biologik soati»ga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har bir kishi o‘zining nasliy jihatdan shakllangan uyqusi va tetiklik ritmiga ham ega. (Bu hammaga tanish bo‘lgan holat — «so‘fito‘rg‘ay (tongda uyg‘onuvchi) va «boyo‘g‘li» (kech turuvchi)ning uyqusini eslatadi). Ana shu ritmning buzilishi oqibatida tez-tez yurak-qon tomirlari, asab, endokrin, umumiy ma’noda desinxronoz deb aytish mumkin bo‘lgan kasalliklar kelib chiqadi. Bu kasalliklarning eng murakkab holatlarida maxsus xronbiologiya fani shug‘ullanadi. Shuni bilish muhimki, desinxronoz sog‘lik uchun xavfli bo‘lib, u organizmning quvvatini keskin tushirib yuboradi, surunkali kasalliklarga duchor etadi.

Xulosa aniq bo‘ldi: siz uchun odat tusiga kirgan sog‘lom turmush tarzidan hech qachon chekinmang, uyqudagi joyingiz o‘zgarmagani ma’qul, shunda siz xotirjamgina charchog‘ingizni chiqarasiz. Sizning qancha vaqt uxlashingizni esa organizmingizdagi ehtiyoj hal qiladi. Tanangizdagi «men» sizga hamisha uyqu bobida ham signal berib turadi. Har qalay me’yorida uxlagan yaxshi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  26 Noyabr 2008, 23:09:46

                                           Kim ko'p gapiradi ...?
 
"Science" gazetasi tatqiqoti shuni ko'rsatdiki, ayollar ham , erkaklar ham kun davomida o'rtacha 16.000 ta so'z ishlatar ekan, ya'ni daqidasiga  o'rtacha 11 ta so'z.
 
 
- Текширувлар кўрсатишича, эркаклар бир кунда тахминан 15.669 та, аёллар эса 16.215 та сўз ишлатишади, - дейди тадkиkот раxбари, Техас университети руxшуноси Жеймс Пеннбейкер, - Демак, орадаги фарk унча катта эмас: атиги 546 та сўз. Аммо эркак ва аёлларнинг суxбати шуниси билан фарk kиладики, эркаклар кўпроk жонсиз буюмлар, масалан, машина, уй ва xоказо тўгрисида гапиришса, аёллар кўпроk атрофдаги одамлар xаkида сўзлашади. Шу боис xам уларни гийбатчи, деб аташса керак-да!

Qayd etilgan


ZUBAIR  26 Noyabr 2008, 23:10:29

ANTIQA KO‘PAYTIRUV VA JAVOB

Matematikada antiqa ko‘paytiruvlar ko‘p uchraydi. Quyida ham ana shundaylardan biri bilan tanishasiz. 111111111x 111111111= 12345678987654321.

Qayd etilgan