Sherlarimga baho berng...  ( 13497 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


ZUBAIR  01 Yanvar 2009, 23:59:05

Iqtibos
hafa bo`lmangu sherbek she`r oxirida kelgan  "muxabbat"  so`zi bir marotaba  ishlatilsa yahshi bo`lardi.

Muxabbat-muhabbat ???
Menimcha "H"yozilsa kerak.

Qayd etilgan


Mashhura  13 Yanvar 2009, 11:36:45

Iqtibos
hafa bo`lmangu sherbek she`r oxirida kelgan  "muxabbat"  so`zi bir marotaba  ishlatilsa yahshi bo`lardi.

Muxabbat-muhabbat ???
Menimcha "H"yozilsa kerak.
To`g`ri, o`zagi "hibba" - tuproqqa ko`milgan urug` ma`nosini beradi. "Muxabbat" - aniq bilmadimu, lekin qo`pol so`z deb eshitganman.

Qayd etilgan


Mashhura  13 Yanvar 2009, 11:41:52

Mendan ko’ra go’zal bo’lsin u,
Mendan ko’ra aqlli bo’lsin.
Bo’ylari sarv, ko’zlari jodu,
Nozikmijoz, fahmli bo’lsin.
Sabrliroq bo’lsin iloyim,
Yana qattiq saqlasin sirrin.
Yo’li, dili pok bo’lsin doim,
Tilida bol, qo’llari shirin.

Erka bo’lsin hammadan ko’proq,
Mening telba fe’limni unut.
Yaralangan ko’nglingni emas,
Unga butun hayotingni tut.

Mendan ko’ra ko’proq cheksin dard,
Sening sevging, ishqing, rashkingda.
Menday dilda tortmasin azob,
Ardoqlansin, unsin ko’shkingda.

Epli bo’lsin ro’zg’oring haqqi,
Sepli bo’lsin, to’lsin uylaring.
Qolib ketsin ovora bo’lib,
Yetolmasin menga o’ylaring.

Asray bilsin seni har nedan,
Sadoqatda tengsiz bo’lsin to.
Rozidurman voz kechsang mendan
Ortiq bo’lsa topganing illo.

Mendan ming bor ortiq bo’lsin u,
Rozimasman ortiq bo’lmasa...

Qayd etilgan


ikbaljohn  26 Avgust 2009, 04:29:26

MUXABBAT


Bu dunyoda quvonchu-baxtim o'zing deb
Izlab yugurganim axtim-taxtim o'zing deb
Senla kulgan bu dunyoda senla kulgan baxdim deb
Ishqdan sarxushdir hamon, sensiz muxabbat, muxabbat
Qachon kularsan ey go'zal muxabbat, muxabbat

Sevishgan yigitlar qizlarni hayrona qilmagin
Bir-biriga etisholmas jayrona qilmagin
Ishqdan sarxushdir hamon, sensiz muxabbat, muxabbat
Qachon kularsan ey go'zal muxabbat, muxabbat

Bir-biriga shayda aylab o'zlarini
Gohida o'ksitarsan ohu ko'zlarini
Bir-biriga armon aylama shirin so'zlarini
Ishqdan sarxushdir hamon, sensiz muxabbat, muxabbat
Qachon kularsan ey go'zal muxabbat, muxabbat

Hurmatli, SHERBEK, hech e'tibor berganmisiz, shoir, shoiralarning ko‘pchiligi adabiyot va ona tili fanini juda zo‘r bilishadi. Ko‘pchiligi esa, Jurnalistika, Filologiya sohalarida ishlashadi. Ular shu sohani mukammal bilishlari shart. Nega? Chunki, ularning qobiliyati, ilhomi natijasi — so‘zlar. So‘zlar esa, ravon, xatosiz bo‘lishi lozim.

Siz yozayotgan she'rlaringizda qofiya, turoq, ma'no borasidagi xatolarga o‘tish shart emas: eng avvalo, so‘zlarning xunuk xatolar bilan yozilganiga e'tibor qilish kifoya. Har bir satrda xato bor.

Iltimos, oldin so‘zlarni to‘g‘ri yozishni o‘rganib, keyin she'rlaringizni ko‘pchilik hukmiga havola qilsangiz. Ungacha she'r daftaringizda qolgani, qizil ruchka bilan bir qancha marta tuzatilishi tarafdoriman.

Hurmat bilan.
Sherbek,do'stim,xafa bo'lma sen,
Tanqidchilar she'r yozolmas hech,
Aslidachi,tanqidchi kimdir,
Shoir bo'lolmagan shoirlar ;D

Bo'sh kelmagin,olgin qalamni,
Salla desa olma kallani, ;D
Doim ko'zla faqat balandni,
Sariq sochmi yoki mallami ;D

Shoir o'rtoq,qofiya uchsin ,
Quloch yozib samoni quchsin,
Muxabbatmi yoki muhabbat,
Farqi yo'qdir,aruzga tushsin ;D

Iqboliydan senga omadlar,
Parhezsiz ovqat va tik qomatlar, ;D
Ovqatingga go'sht va tomatlar,
Ko'rolmaslar kuysin,nomardlar ;D

OFF: Jaa unaqa ko'ngilga yaqin olmazsilar ::)

Qayd etilgan


Zuhayra  27 Avgust 2009, 17:23:32

CHEHMIK ni fikrlarini maqulliman. qaror chiqarishga shoshilmasdan avval imkon berish kere har doim.

Qayd etilgan