U (Jabroil Alayhissalom Paygambarimiz sallallohu alayhi wa sallamdan): "Menga iymon haqqida habar bering?", deb so'radi. Paygambarimiz sallallohu alayhi wa sallam (unga javoban):
"(Iymon - bu)
1. Allohga
2. Uning Farishtalariga
3. Uning Kitoblariga [Tavrot, Injil, Zabur, Quron va boshqa Alloh tarafidan nozil qilingan Ilohiy Kitoblar]
4. Uning Paygambarlariga
5. Ohirat Kuniga
6. Va Allohning yahshi va yomon Qadariga iymon keltirishingdur " deb javob berdilar.
[Umar ibn Al-Khattob radiyallohu anhudan Imom Muslim rivoyati]
1 - bu degani Allohning hamma mavjudotlarning Yaratuvchisi, ibodat qilinishlikka Uning O'zigina loyiqligiga va Allohning Oliy Ismlari va Sifatlari borligiga va o'sha ism va sifatlari boshqa mavjudotlarning ism va sifatlariga o'hshash emasligiga: "Unga o'hshash hech kim yo'qdir, va U (Alloh) (hamma narsani) Eshitguvchi va (hamma narsani) Ko'rguvchi Zotdir" (Quron 42:11), ishonishlik - Allohga bo'lgan iymonni tashkil qiladi.
2 - insonlar ko'ziga ko'rinmaydigan, nurdan yaratilgan Allohning mavjudotlari, bulardan bizlarga ma'lumlari: Jabroil, Mikhoil, Molik, insonlarning nomai-amallarini yozadigan parishtalar, Arshni ko'tarib turguvchi parishtalar, insonlarni wafot topayotgan paytida ruhini oladigan parishtalar wa boshqa parishtalarga iymon keltirishlikdir.
4 - insoniyyatga yuborilgan barcha paygambarlarga: Nuh alayhissalomdan tortib Muhammad sallallohu alayhi wa sallamgacha bo'lgan barcha paygambarlarga iymon keltirishdir.
5 - har bir inson bu dunyoda qilgan amallari uchun savol-javob qilinadigan Ohirat Kuni.