Bobur Yoqubov jamoasi ilk g'alabaga juda yaqin edi
Yurtimizda yangilanish va yosharish bayrami bo’lmish Navro’z ayyomi shukuhi kezib yurgan bir paytda, "Zakovat" Intellektual o’yinlarida Oliy Liga bahslarining 1-turidagi eng so’ngi o’yin o’tkazildi. Ushbu o’yinda 2009-yilgi Oliy Liga Saralash bahslarining g’olibi Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etdi. Aytish mumkinki, bo’lib o’tgan o’yin qiziqarli vaziyatlarga va ehtiroslarga boy hamda bayramona ruhda o’tdi. Oliy Ligada har bir ochko qadrli ekanligini tushunib yetgan bilimdonlar, barcha savollar javobini jon kuydirib izlashga harakat qildilar. Butun o’yin mobaynida na bilimdonlar, na teletomoshabinlar yaqqol ustunlikka ega bo’ldilar, aksincha o’yin teng kurashlarga boy bo’ldi. Buni eng oxirgi raunddan oldin hisob 5:5 bo’lib turganidan ham bilsa bo’ladi. Aksiga olganday, oxirgi 11-raundda Blits savol tushdi. Bobur Yoqubov jamoasi ushbu Blits-savollarning ikkitasiga aniq javob berdilar, ammo hal qiluvchi uchinchi savolning yechimini topa olmadilar. Buning natijasida Oliy Ligadagi ilk g’alabani qo’lga kiritishga juda yaqin turgan bilimdonlar mag’lubiyat alamini totib ko’rishga majbur bo’ldilar.
Eng yaxshi bilimdon deya, Saidkamol Abdurazzoqov topildi. Ushbu o’yinda ham Super Blits, Blits savol, Internet savoli hamda 12 raqamli savol (Boshlovchining o'zi bilimdonlar oldiga chiqib savol beradi) o'ynaldi.
Oliy Liga-2009
1-tur. 4-o'yin
Bovur Yoqubov jamoasi
Jamoa tarkibi: Bobur Yoqubov - Toshkent Tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi assistenti
Saidkamol Abdurazzoqov — "œDilight" qo’shma korxonasi menedjeri
Umid Valiyev - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh mutaxassisi
Zafar Mirzaboyev — Iqtisodchi
Akmalxon Amilov — Xitoyshunos-sinolog
Xushnudbek Xudayberdiyev — Toshkent Davlat Yuridik Instituti 3-bosqich talabasi
Hisob:
Maqolani to'liq ko'rish manzili:
http://zakovat.mtrk.uz/uz/news/show/news/bobur_yoqubov_jamoasi_ilk_galabaga_juda_/