Muallif Mavzu: Meni yig`latgan holat...  ( 134026 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mr.Twister

  • Mehmon
Meni yig`latgan holat...
« : 05 Dekabr 2008, 15:12:36 »
 :as:
 :bs1:
Keling bu yerda biz ko`rib beihtiyor yig`latgan holatlarni yozamiz...

ZUBAIR

  • Mehmon
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #1 : 06 Dekabr 2008, 01:01:14 »
:as:
 :bs1:
Keling bu yerda biz ko`rib beihtiyor yig`latgan holatlarni yozamiz...

:as:
O'ziz boshlab bera qoling, taqsir :)


watson

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 5
  • Xabarlar: 356
  • Jins: Erkak
  • ollohu akbar!!!!!!!
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #2 : 06 Dekabr 2008, 05:37:52 »
bilmadim nimagadir mani kunglim qattiq ( hattoki rahmatlik buvam qazo qilganlarida ham kuzimdan yosh 4iqmaganidi , lekin i4imdan dars ketganman)...
1 yil oldin youtube.com da andijonlik Nuriddin qoriakani ( olloh rozi bulsin) " duosi qabul bulmaydiganlar" degan maruzalarini eshitib yiglagandim
æèçí òàêàÿ ïðîñòàÿ øòóêà à ëþäû ïðèêëàäèâàþò ìàêñèìóì óñèëèé ÷òîáû åå èñïîðòèòü

Mr.Twister

  • Mehmon
Men yig'lagan holat...
« Javob #3 : 06 Dekabr 2008, 10:04:46 »
Assalamu alaykum wr wb.
Bu voqea Alloh bizga bergan muborak Jum'a kuni namozda sodir bo'ldi. Men birinchi safda turardim va Imomimizning qilayot Amri Ma'ruflarini ewitayotgandim, shunda qiziq bir holat yuz berdi, o'ng tomonimda ozgina joy bo'lganligi sababli ikki kiwi joylawmoqchi bo'ldi. Wunda e'tibor qilsam ulardan birining ko'zi ojiz ekan. Subhanalloh ko'zimga yow keldi va miyamda "Alloh rozi bo'lsin u kiwidan, bizlar ba'zan to'rt muchchamiz sog' bo'lib namozni qoldiramiz..." degan fikrlar aylanaverdi.

***

Telefonimda diniy mp3 formatdagi fayllar ya'ni "Xolislik sari" ewittiriwining hikoyalarini ewitib borayotgandim. Wunda Umar ibn Saad (r.a) va u kiwining o'gay otalari o'rtasida o'tgan munozaradagi otaning payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haqlarida aytgan noo'rin so'zini ewitib yig'lab yuborgandim.
Assalamu alaykum wr wb

Nurmuhammad

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 52
  • Jins: Erkak
  • Til dilning husni bulsin.
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #4 : 11 Dekabr 2008, 14:03:30 »
Assalamu alaykum wr. wb.

Bir kun kechasi uxlash oldidan qilgan ishlarimmi sarhisob qila turib shunday xayollar keldiuke man kimman, kimga kerakman, nima uchun kerakman degan savollar qiynay boshladi. Gugurt olovi qulimni kuydurdi gunohlarim uchun yana qancha kuyaman Alloh azza va jalla mani mag'firat qiladimi yuqmi, nima uchun hammaga ularning ehtiyojlari yuzasidan kere buladi kishi. Allohning oldida u yarat bu olamda naqadar ojizmiz, hech birimiz  ehtiyojimizsiz yashay olmaymiz eng muhimi bu uying kuygur ehtiyojning tubi yo'q.

sayfulloh07

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 10
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #5 : 28 Dekabr 2008, 15:05:57 »
 :as:

Menimcha har bir musulmon inson hayotida yig'latadigan voqea hodisalar ko'p bo'lsa kerak. Ba'zi ma'ruzalar eshitganda yoki boshqa holatlarda ko'zimga yosh kelmasa, qalbim aks bermasa, o'zimdan o'zim hafa bo'lib ketaman... Nahotki qalbim qotib qolgan bo'lsa....
Allohga shukurlar bo'lsinki, hayotda Alloh deganda ko'zga yosh keladigan voqealar ham ro'y berib turadi. Bunday holatlar menimcha musulmon insonning eng qalbi yumshagan payti bo'lsa kerak.
Meni yig'latadigan voqealar ko'p bo'lgan, shulardan eng esda qoladiganlaridan biri bu, Hayrulla Hamidovning Xolislik sari dasturida yangragan bir hikoyadir. Menimcha bu hikoyani hamma eshitgan bo'lsa kerak, mazmuni bir taqvoli inson qurbonlik qilib, nasroniy qo'shnisiga qurbonlikdan olib kiradi va qo'shnisining men musulmon emasman, bu go'shtga musulmonlar haqliroq degan e'tiroziga islomga qo'shni haqqi borligini eslatadi. Natijada qo'shnisi qari ayol islomni qabul qiladi. Aynan mana shu hikoya menga juda qattiq ta'sir qilgan va meni yig'latgan holatlardan biridir...
Alloh barchamizni islomimizni salomat qilsin va O'zidan boshqasi uchun ko'z yosh to'kishlikdan saqlasin!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #6 : 06 Yanvar 2009, 11:47:00 »
U bilan ko’cha-kuyda salom-alik qilib, hol-ahvol so’rashib yurar edik.
Bir kuni ertalab uchratib qoldim.
Yuzlari horg’in edi.
- Ishga ketayapsizlar?
- Ha, saharlik qilib biroz mizg’igach, endi sekin…
- Iye, ro’zamisiz?
- Oldin besh vaqt namozni ham o’qirdim. Ish ko’pligidan yaqinda tashlashga majbur bo’ldim. Bu gapdan hayratga tushdim. Rabbimni taniganimdan buyon namoz ko’zlarimning quvonchiga aylanib qaradim.
Ro’zani farz deb namozni unutgan bu birodarimdan ko’nglim ranjisada maxzun yuziga qarab rahmim keldi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir kuni kechqurun uning do’konidan chiqib ketayotganini ko’rdim. Qo’lida bir shisha aroq bor edi…

Musulmonlar taqvim kitobi 2004 yil (1425) III – chorak

Allohim hidoyatdan keyingi zalolatdan O'zing asra biz gunohkorlarni!
« So'nggi tahrir: 06 Yanvar 2009, 11:48:43 muallifi NOZA »

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #7 : 10 Yanvar 2009, 11:38:52 »
Har bir mu'min va mu'minani yig'latadigan holat...

Zalolatda yurganimda ko'p gunoh ishlar qildim.Hidoyat yetgach,ulardan tavba qildim...

Namoz o'qimagan paytlarimda sajda qilgan kishini ko'rsam kulgim qistardi.Ibodatga kirgach,sajdada ko'z yoshlarimni to'xtatolmadim...

Johil ekanimda vaqt o'tmayotgandek tuyulardi. Qur'on nuri ila qalbimni ravshan qilgach,umrim yetmayotgandek tuyuldi...

Alloh nomi faqat tilimda eknaida dunyo ishlaridan ozor chekib yig'lardim.Bu muborak nom dilimga kirgach, oxiratim uchun qayg'urib yig'lay boshladim...

Jaholat botqog'ida adashib yurganimda savob va gunoh orasidagi farq ahamiyat bermaydigan darajada kichkina edi. Qalbim ko'zlari ochilganidan so'ng angladimki, bu farq aqllarimizga sig'mas qadar ulkan ekan...

Ibodatdan yiroq yurganimda qiynalgan kishilarning nolasi qulog'imga kirmas edi. Muslimalik bax'tiga muyassar bo'lgach, ularning nolalarini yurak-yurakdan eshita boshladim...

G'aflat ichra uyg'oqlik da'vosida edim.Rahmat yetgach esa, aslida uyquda ekanimni tan oldim...

Zulmatda ekanman juda ko'p narsani bilaman deya kibrlanardim. Hidoyat nuriga yetishganimda hech narsa bilmasligim ayon bo'ldi...

Allohni tanimagan kezlarim tabiatni loqishlardim. Allohni tanigach, tabiatni ham, boshqa maxluqotlarning yagona Yaratuvchisiga hamdu sano aytdim...

G'aflatdaligimda nafsimga quloq solardim. Sergak tortgach, aqlimning va qalbimning buyrug'uni tinglay boshladim...

Dindan yiroq kezlarim behuda soz'alrni gapirib charchamas edim. Haq dinni topgach,sukutdek ulkan ibodatda tin oldim...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #8 : 10 Yanvar 2009, 12:25:50 »
Har bir mu'min va mu'minani yig'latadigan holat...

Zalolatda yurganimda ko'p gunoh ishlar qildim.Hidoyat yetgach,ulardan tavba qildim...

Namoz o'qimagan paytlarimda sajda qilgan kishini ko'rsam kulgim qistardi.Ibodatga kirgach,sajdada ko'z yoshlarimni to'xtatolmadim...

Johil ekanimda vaqt o'tmayotgandek tuyulardi. Qur'on nuri ila qalbimni ravshan qilgach,umrim yetmayotgandek tuyuldi...

Alloh nomi faqat tilimda eknaida dunyo ishlaridan ozor chekib yig'lardim.Bu muborak nom dilimga kirgach, oxiratim uchun qayg'urib yig'lay boshladim...

Jaholat botqog'ida adashib yurganimda savob va gunoh orasidagi farq ahamiyat bermaydigan darajada kichkina edi. Qalbim ko'zlari ochilganidan so'ng angladimki, bu farq aqllarimizga sig'mas qadar ulkan ekan...

Ibodatdan yiroq yurganimda qiynalgan kishilarning nolasi qulog'imga kirmas edi. Muslimalik bax'tiga muyassar bo'lgach, ularning nolalarini yurak-yurakdan eshita boshladim...

G'aflat ichra uyg'oqlik da'vosida edim.Rahmat yetgach esa, aslida uyquda ekanimni tan oldim...

Zulmatda ekanman juda ko'p narsani bilaman deya kibrlanardim. Hidoyat nuriga yetishganimda hech narsa bilmasligim ayon bo'ldi...

Allohni tanimagan kezlarim tabiatni loqishlardim. Allohni tanigach, tabiatni ham, boshqa maxluqotlarning yagona Yaratuvchisiga hamdu sano aytdim...

G'aflatdaligimda nafsimga quloq solardim. Sergak tortgach, aqlimning va qalbimning buyrug'uni tinglay boshladim...

Dindan yiroq kezlarim behuda soz'alrni gapirib charchamas edim. Haq dinni topgach,sukutdek ulkan ibodatda tin oldim...

Assalamu alaykum va rahmatullah!
Darhaqiqat, hayolidan o'tgan bu fikrlar yig'latadi. Ayniqsa, Alloh taoloni, dinni ancha vaqt davom etgan zalolatdan keyin tanigan bandani....

Kecha ikkita muslima birodarimizni Alloh rizoligini istab hijob o'raganlariga guvoh bo'lganimda yig'lamay tura olmadim. ALLOHU AKBAR!!! VA LILLAHIL HAMD!!!

P.S. Alloh bu muslimalarga sabr va iymon, ota - onalariga insof va tavfiq bersin! Amin!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #9 : 12 Yanvar 2009, 05:22:31 »
assalau aleykum,
inson ko'ngli albatta birzaif etiborsiz nuqtalardanda ozorlanishi mumkin ,metroda ketoyatgandim bekatim kelgandashoshilib tushdim va tezroq manzilga yetishga oshiqardim ,hamma shoshardi lekin bir odam 2 qadam oldinga 2qadam orqaga yurardi ,hayrat bn qaradim ,ko'zlari ko'r ekan ,yoshlari hali 30 yetmagan kishi ,bir pas turib qoldim unga yordam bergim kelardi lekin ............nimadir to'sdi u esa shu yurishini takrorlar va kimdir qararmikin deb qo'llarini co'zardi ,orqamga qaytgim va unga yordam bergim kelardi ,shunda yig'ladim .......... ko'zlarim ochig'u lekin shuncha ko'zi ochiqlar bir zaifga yordam beromasdik ,u yerdagi yigitlarga nafrat qilsa arziydi ,ulardan birortasi ham pinagini buzmasdi ,keyin bir yoshi kottaroq ayol u zaifga yordam berdilar ,u insonni hursandligini ko'rsez edi , anchadan beri yo'lni o'rtasida turib qolganimni sezdim.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #10 : 12 Yanvar 2009, 17:00:59 »
Men kutgan kun.

Birinchi farzandimni qiynalib dunyoga keltirdim.Umri qisqa ekan, norasidam nobud bo’ldi. Keyingi farzandimni tug’ilishini kutayotganimda avvalgi kamchiliklarni to’g’rilay boshladim. Lekin doktorlar yana o’sha tashhisni qo’yishdi. Ko’zimga dunyo qorong’u bo’lib ketdi. Yana o’sha jarroxlik stoliga yotishga majbur bo’ldim. Kimdan yordam so’rashni bilmayman. Faqat hamshiralarga yalinaman:”Iltimos, farzandim tug’ilsa, uni menga bir ko’rsatsangiz, badanlariga bir qo’limni tekkizib ko’rsam. Men ham onalik baxtini his qilsam”. Jasadim tortayotgan azobdan ingrarkanman,o’zimni butunlay Allohning panohiga topshirdim. Yodimga kelgan duolarni takrorlay-takrorlay hushimni yo’qotdim. Koz’imni ochganimda ikkinchi o’g’limdan ham ayrilganimni bildim. Lekin qalbimni o’zgacha bir ixlos egallagan, hozirgina farzand dog’iga duchor bo’lgan bo’lsamda, taqdirga tan berib, noumid bo’lmaslikka harakat qilardim. O’rinda bemajol yotar ekanman, Allohga tinimsiz duolar qilar, ko’z yoshlarim esa yuzimni yuvardi.
Oradan yillar o’tdi. Endi kasalim haqida bosh qotirmasdan, faqat Allohga bog’landim. Vujudimda yana bir tirik jon paydi bo’layotganini bilib, ham umid, ham qo’rquv bilan doktorga bordim. “Alhamdulillah” deyman, ko’z yoshlarim esa tinmaydi.
Homilamning oy – kuni to’lgach, yana operatsiya xonasiga kirarkanman,”koz’imni ochganimda bolam yonimda bo’lsin, iltimos…” deya doktorlarga yalinaman. Narkoz ta’sirida yotarkanman, familiyamni chaqirishganini eshitdim. “Koz’inggizni oching, o’g’illi bo’lsingiz,naqd 4kiloyu 200 gramm”. Ich-ichimdan chiqqan “Alhamdulillah” degan so’zni hamma eshitdimi, bila olmadim.
Ko’zimni ochganimda men umid qilgan, men so’ragan, doktorlarni ham hayratga slogan, Alloh bergan sog’lom farzandim yotardi…

Nilufar.
“Musulmonlar taqvimi”, 2007/ 1428/ I- kitob.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

BaÑ…tiyor

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 63
  • -oldi: 191
  • Xabarlar: 214
  • Jins: Erkak
  • Ollohga hamdu-sanolar bo'lsin ! ! !
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #11 : 26 Fevral 2009, 05:23:45 »
Mani yig'latgan holat: :2

Bir kuni o'zimni juda yomon his qildim, bilmadim, xuddi joni chiqayotgan odamga o'xshab qoldim, u xonadan bu xonaga kiraman, hech tushunolmadim, keyin qiblaga qarab Allohga iltijo qilib yig'ladim...u yog'ini yozmiman, chunki bu faqat o'zimga ayon holat bo'lib qoldi.
Haligacha o'shanda menga nima bo'lganligi sababini bilmiman !
Insonni qidiryapman !

DIOGEN

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #12 : 05 Mart 2009, 20:46:20 »
U bilan ko’cha-kuyda salom-alik qilib, hol-ahvol so’rashib yurar edik.
Bir kuni ertalab uchratib qoldim.
Yuzlari horg’in edi.
- Ishga ketayapsizlar?
- Ha, saharlik qilib biroz mizg’igach, endi sekin…
- Iye, ro’zamisiz?
- Oldin besh vaqt namozni ham o’qirdim. Ish ko’pligidan yaqinda tashlashga majbur bo’ldim. Bu gapdan hayratga tushdim. Rabbimni taniganimdan buyon namoz ko’zlarimning quvonchiga aylanib qaradim.
Ro’zani farz deb namozni unutgan bu birodarimdan ko’nglim ranjisada maxzun yuziga qarab rahmim keldi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir kuni kechqurun uning do’konidan chiqib ketayotganini ko’rdim. Qo’lida bir shisha aroq bor edi…

Musulmonlar taqvim kitobi 2004 yil (1425) III – chorak

Allohim hidoyatdan keyingi zalolatdan O'zing asra biz gunohkorlarni!


 :as:

Alloh rozi bo'lsin go'zal hikoya...

Ich-ichimdan o'ylantirib, yig'latadigan, man u-n achinarlik deb atay oladigan holim, qalb ko'zi yumiq, Alloh bergan iymon ne'mati, lazzatini saqlay olmay noshukurlik qilib yurgan insonlar... Balki ulrani oralariga man, balki siz yoki boshqa insonlar ham kirar... Yana biri shuki, Allohning inson u-n afzali deb berilgan farzlarini inkor qilishlik, yolg'on deb atab munofiqga aylanishligini ko'rib turib, hech qanday chora ko'rmasdlik...

Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #13 : 06 Mart 2009, 05:08:21 »
balki insonlar bir biriga o'hsharlar ko'ppincha birinchi ko'rgan odam kimgadir o'hshatadi ,bir kuni uyga qaytayotganimda avtobusga chiqdim ,va bir chekkagina joyga omonatday bo'lib turgandim ,o'rindiqlardan birida yoshi ellik yoshlar chamasi millati bilmadim o'zbek yoki turk ,u kishi juda o'ychan dardli odamga o'hshardi ,negadir ko'zi menga tushib qoldi va bir nafas yuzlari oqraib g'alati bo'lib ketdi ,keyin yana tikilib qolib ko'zlaridan yoshlangandek bo'ldi lekin buni menga bildirmadi ,noqulay bo'lib uzoqroq o'tdim ,beihtiyor u kishiga ko'zim tushdi ,u boshini quyi solgan holda yi'g'larmidi ,va sekin men tomon qarab qo'yardi ,balki jigargo'shasi farzandiga o'hshatdimikin bilmadim ,lekin avtobusdan tushib beihtiyor yig'lab yuborgandim ,Allohdan u insonning dardiga chiroyli sabr berishini so'radim.
« So'nggi tahrir: 06 Mart 2009, 13:25:26 muallifi siddiqa »

Afruza

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 192
  • Xabarlar: 186
  • Jins: Ayol
Re: Meni yig`latgan holat...
« Javob #14 : 06 Mart 2009, 11:22:45 »
Yomg'ir yog'ayotgan kun edi. Svetoforda bir qariya tilanchilik qilardi. Yomg'irdan ivib ketgan.  Unga nimadir yaxshilik qilgim keldi. Ammo avtobusda bo'lganim sabab imkon bo'lmadi. Ancha payt holat ta'sirida yurdim. Oradan ancha vaqt o'tib u insonni yana uchratdim. Yana shu holatda. Unga soyabonimni uzatgan paytim guvoh bo'ldimki, ko'zlari ojiz ekan. Negadir ko'zlarimga yosh keldi. Allohga shukrona keltirdim, O'zining marhamatidan benasib qilmaganiga.
Insonga bitilgan taqdir shu ekan,
Javob berarkanmiz qilganimizga!
Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?"
Biz ham olimdirmiz bilganimizga!

                  Hayrulla Hamidov

 

Meni olib keting o'z diyorimga!

Muallif KumushbibiBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 12404
So'nggi javob 11 Oktyabr 2007, 23:20:03
muallifi sarvinoz
Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....

Muallif AnsoraBo'lim Islom

Javoblar: 50
Ko'rilgan: 20567
So'nggi javob 16 Yanvar 2012, 10:22:17
muallifi Musannif Adham
Meni kechirolsangiz kechiring!!!

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Umumiy

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 18712
So'nggi javob 07 May 2013, 17:33:36
muallifi Muxsiya
Meni kuldirgan holatlar

Muallif muhibbBo'lim Umumiy

Javoblar: 94
Ko'rilgan: 32404
So'nggi javob 07 Iyun 2013, 00:40:33
muallifi sadida
Abdukarim Jumaboyev. Marg'ilon qo'ymas meni

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 8533
So'nggi javob 20 May 2010, 14:47:20
muallifi Ansora