Meni yig`latgan holat...  ( 197156 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 33 B


Lu`lu`  04 Avgust 2010, 12:07:33

Qur`oni Kariym  Aloviddin Mansurning ma`nolar tarjimasini  birinchi marta 1992 yilda chop etilganini to`liq o`qiganimda rosa yig`laganman................................................

Qayd etilgan


UzMuslim  08 Avgust 2010, 22:24:37

Assalamu Aleykum.
Bugun Shunday Bir Voqea Ro'y Berdiki Albatta Bu Voqeadan Keyin Ko'zlarimga Yosh Kelib KEtdi,Allohga Shukuronalar Bo'lsinki Bizga Hamma Narsani Ochiq Oydin Ko'rsatib Qo'yadigan Zot.


(Bu Voqeani Man Minnat Qilish Uchun Yoki Yomon Niyatda BU yerga Yozib Turganim Yo'q BU Mavzuga Va Hammaga Ibrat uchun Yozyapman)

Bir Do'stim BOr,To'ri Oilaviy ahvoli Unchalik Ham Yaxshi emas Birga Doim Trenirovkaga Borardik,Bir Kuni O'rto Juda ham Qiynalib Ketdim Hozir Uyga Non Olib borishim kereg Lekin Umuman Pulim Qomadi Dedi,MAni Jo'netigmda ozgina pul Bor edi Bersam Olmadi chunki u O'ziga Yarasha Mag'rurligi Bor edi,albatta Man Chin Ko'ngildan O'rtog' Deb Berdim LEkin U O'rtog' agar qarz Bo'sa Olaman Lekin Shundey Berishinga Qarshiman dedi ,Keyin Rozi Bo'lib Qarz sifatida BErdim,Inshalloh Man albatta Qaytarman Bu Pulini rahmat sanga Deb hayrlashdik.
Oradan Kunlar o'tdi U bilan anchadan Beri Ko'rishmay Qo'ygan edik,Bugun Esa Uni Ko'rib So'rashib Shoshib Turgandim Juda ham Tez Hayrlashdik,Man Shoshib Ketib Turgandim Yo'l Bo'yida Svetafor qizil Edi To'xtab Turgan Mashinani Orqasidan O'tib Ketaman Deb Turganimda Hali do'stim Uzoqdan Chaqirganini Eshitdim va Orqaga O'girilib qaradim,Keyin Yoniga Chaqirdi Man Orqaga Bir qadam tashlaganimi Bilaman,Mani Haligi Mashinani Orqasidan Bir Nexia Zarb bilan Urildi,Man Avvaliga Oddiy avariya Deb etibor bermadim,lekin Osha O'rinda Man 2sekun oldin o'sha joyda Turgandim,Keyin bilsam U do'stim O'sha Olgan Qarzini berish uchun chaqirgan Ekan,Shunda Ko'zimga shunaqangi yosh keldi Agar O'sha Joyda O'rtog'im Chaqirmaganda Balki Mashina Mani kelib urar edi.Astag'furilloh.

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 12:20:21

Yaqinda hayotimda meni yig'lashga majbur qilgan bir voqea bo'ldi.Bu voqeadan so'ng anchagacha o'zimga kelolmay yurdim.
Bir kuni o'zim har kuni o'qishga boradigan avtobuss keladigan bekatga yo'l oldim. Bekatdagi o'rindiqlarda ikkita yigit o'tirgan ekan.Men bekatga kelganimdan so'ng ularga ham gaplashishga ''mazvu'' topildi. Ikkalasi ham hijobdagi qizlarni muhokama qilib ketishdi.Ularning fikricha hozir hijob kiyiladigan zamon emas ekan. Hijobdagi qiz yoshi katta ko'rinib kampirga o'hshab qolar ekan.Yana shunga o'hshash  ko'p gaplar aytildi, yana hamma gaplarini menga eshitiladigan qilib ovozini bemalol balandlatib gapirishardi.Astag'firilloh, Astag'firilloh bu qanday holat hayolimdan kechardi o'sha payt. Nahotki shu gaplarni yosh qizlar ham emas, g'iybatchi yo'lidan adashgan hotin halajdan ham emas, yoki biror bir musulmon emas odamdan emas , opa -singillari, ahli ayolarini begona nomahram ko'zlardan qalqon bo'lib himoyalashi kerak bo'lgan o'zbek yigitlardan eshitayapman deb ko'zimga yosh keldi. Bu johil ,qalbi allaqachon o'lib bo'lgan, q'ururidan asar ham qolmagan dayuslarning yuziga qaragim ham kelmadi.Keyin uyga borib honamni quliflab olib juda ko'p yig'ladim. Ahir o'sha yigitlarning ham opa -singillari bordir.Akasining yo ukasining ahvoli shu bo'lsa ularning ahvoli qanday ekan. Oramizda shunday odamlar ko'payib borayotganidan o'ksib o'ksib yig'ladim.

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Avgust 2010, 22:38:52

Yuzingni ko'rib yig'ladim, Onangni ko'rib yig'ladim, Behush bo'lib yotganini, ko'rib yig'ladim, Sensiz hayotni Tasavur qilib yig'ladim,Bir sonyada Shunday holga tushib qolganing uchun yig'ladim, Sendan kiyin Onangni Ahvolini Tasavur qilib yig'ladim, Gaplarinigni eslab yig'ladim, Harakatlaringni eslab yig'ladim, Yig'layotganlarni ko'rib yig'ladim,,.. Ro'zani ohirigacha tutulmagining uchun yig'ladim, 4 kun berishganinda yig'ladim.. Otang yig'lolmayotganini ko'rib yig'ladim............

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2010, 14:54:56

Yaqinda Ankaradagi kambag'al oilada 3 farzand birdan tug'ilibdi. Lekin 7 oylik. Shuning uchun bolalar ancha nimjon. Oila kamb'al bo'lgani uchun bolalarga kerakli dori-darmonni ham olisholmabdi...Shunda qaynona-dadalarini onasi, nikoh uzugini sotib, egizaklardan biri qiz uchun (2 si erkak) ukol olibdi...Bu xabar berilgandan keyin ertasi kungacha butun Turkiya va Yevropada yashayotgan butun Turk oilalardan yordam yog'a boshlabdi...
Xabarni ko'rar ekanman, ko'z yoshlarimni to'htata olmadim.

Ey Rabbim, qanchalar Buyuksan. Mana Yaratgan bandalaringni riziqsiz qo'ymaganingni o'z ko'zlarimiz bilan ko'rib turibmiz....Hamd bo'lsin Senga!!!

Yana ham ta'sir qilgani uyga telefon qilgan bir qariya onaxonni gaplari bo'ldi:

Men ham kambag'alman, bolalarim. Sizlarga beradigan narsam yo'q:( Lekin sahargacha uch egizaklar uchun duo qilaman!!!

Bu satrlarni yozar ekanman, yana yig'ladim:(

Qayd etilgan


yoqutxon  03 Sentyabr 2010, 22:59:31

Bir necha yil oldin bir kitobda nafs va Ollohning bandalariga bo'lgan muhabbati haqida voqea
o'qib, ko'zimga yosh olgan edim. Biroz oldin Islom bo'lmidagi "nafsim" mavzusiga o'sha voqeani
joylar ekanman nogoh yana ko'zimga yosh oldim. Ollohning qanchalar buyuk zot ekanligi,
qanchalik ko'p gunohlar qilishimizga qaramay biz gunohkor bandalarini yahshi ko'rib,o'z
marhamatini darig' tutmasligi o'shanda ham hozir ham meni birdek yig'latadi....... Bu
 ko'z yoshlarim quvonch yoshlari hamdir. Ahir Buyuk zot,Olloh bizlarni yahshi ko'rishi,bizlarni
mahluqotlarim ichida eng suyganim deb ataganini eshitib yig'lamay bo'ladimi....Mehribon zotga
hamdu sanolar bo'lsin.

                 

Qayd etilgan


Robiya  04 Sentyabr 2010, 06:01:33

:as:

Qur'onning har kalomi meni yig'latmoqda.. :'(

Qayd etilgan


siddiqa  04 Sentyabr 2010, 09:01:45

Yaqinda hayotimda meni yig'lashga majbur qilgan bir voqea bo'ldi.Bu voqeadan so'ng anchagacha o'zimga kelolmay yurdim.
Bir kuni o'zim har kuni o'qishga boradigan avtobuss keladigan bekatga yo'l oldim. Bekatdagi o'rindiqlarda ikkita yigit o'tirgan ekan.Men bekatga kelganimdan so'ng ularga ham gaplashishga ''mazvu'' topildi. Ikkalasi ham hijobdagi qizlarni muhokama qilib ketishdi.Ularning fikricha hozir hijob kiyiladigan zamon emas ekan. Hijobdagi qiz yoshi katta ko'rinib kampirga o'hshab qolar ekan.Yana shunga o'hshash  ko'p gaplar aytildi, yana hamma gaplarini menga eshitiladigan qilib ovozini bemalol balandlatib gapirishardi.Astag'firilloh, Astag'firilloh bu qanday holat hayolimdan kechardi o'sha payt. Nahotki shu gaplarni yosh qizlar ham emas, g'iybatchi yo'lidan adashgan hotin halajdan ham emas, yoki biror bir musulmon emas odamdan emas , opa -singillari, ahli ayolarini begona nomahram ko'zlardan qalqon bo'lib himoyalashi kerak bo'lgan o'zbek yigitlardan eshitayapman deb ko'zimga yosh keldi. Bu johil ,qalbi allaqachon o'lib bo'lgan, q'ururidan asar ham qolmagan dayuslarning yuziga qaragim ham kelmadi.Keyin uyga borib honamni quliflab olib juda ko'p yig'ladim. Ahir o'sha yigitlarning ham opa -singillari bordir.Akasining yo ukasining ahvoli shu bo'lsa ularning ahvoli qanday ekan. Oramizda shunday odamlar ko'payib borayotganidan o'ksib o'ksib yig'ladim.

Yig'lamasdan mag'rur turing unaqalarni yonida hijoblilar ko'payib ketyapti deyishgan bo'lsa sendaqa dayuslar ham ko'payib ketyapti deyishingiz kerak edi .

keyin dayus degan so'zni tushunmay izlab ko'rib o'zini qandey tubanlashayotganini anglarmidi .jannatning hidiyam haroma bundaylarga (((((((((( tavfiq Allohdan .

Qayd etilgan


UzMuslim  07 Sentyabr 2010, 23:41:53

:bsm:
Bugun Jiyanimni Ko'rdim.Jiyanim Endi 6sinfga Boradi lekiN Fikrlashi 10 sinf Bollariga O'xsheydi To'ri Dunyoviy Ilmi Emas Islomiy Tarafdan..
Ro'zani Tutyapsizmi Desam Alhamdulliah Dedi..Maktabda Qiynalib QOlamyapsanmi Desam Yo'q Akajon Allohning O'zi Sabr Toqat beryapti..Allohag Shukur BU yil Bir Kun ham Qoldirganim Yo'q Ro'za tutishni Dedi..
Undan Bir KUn OdliN Esa Bir O'qishga Kirgan O'rtog'im Ismi Alisherdan Ro'za Tutyapsanmi Desam;O'qish Boshlanganicha Tutdim,O'qish Boshlangan Kuni Tutgandim LekiN qiynalib Ketdim Shunga O'shandan Beri Tutganim Yoq' deydi..Mana SHu Gaplari Esimga Tushib Qoldi..
Nahot Mana Shu KIchkina QizchaliK Sabrin BO'lmasa,Ahir Yosh BOla Sandan Ko'ra Ko'proq Harakat Qiladiku,LEkin Allohnning Farzini Farz Deb Barcharyapti Sani UNdan NIma ORtiq Joyin Bor, Yo Ohiratin uchun Hamma G'amni Yeb OLganmisan Yo Oteni Puli Ohiratda Sani Qutqara Oladimi..Albatta Insonni har BIr Amali O'zi UChun Faqat Ro'zi Alloh UChunku.Nahot Odamlar Shu Darajada O'zlarini Dunyoga Bag'ishlab Yuborishsa mana shularni O'ylab Ko'zimga Yosh KEldi...

Qayd etilgan


yoqutxon  11 Sentyabr 2010, 21:36:50

Ilk bora " Shaqqi Sadr" yani payg'ambarimiz Rasululloh(s.a.v)ning muborak ko'kraklari yorilish voqeasi haqida eshitib, shu voqeani o'qib chiqqanimda ko'zlarimga quyilib kelayotgan yoshlarni to'xtata olmaganman.Ayniqsa ushbuZ:
-Ey o'g'lim sizga nima bo'ldi? deb so'radilar payg'ambarimizni emizgan onalari Halima.
Shunda payg'ambarimiz:
- Oq liboslar kiygan odam sifatida ikki kishi keldi, meni yotqizib, ko'ksimni yordilar, ichimga qo'l solib, yuragimni olib uni tildilar, undan qora qonni oqizib, bir jom kavsar suvi bilan ko'p yuvib chayqadilar. " MAna sendagi shayton nasibasi ketdi. endi senga shayton yo'l topolmaydur" deb yana qaytadan ko'ksimni tikishib, g'oyib bo'ldilar" degan joylarida.Payg'ambarimiz bilan bog'liq har bir voqeani o'qib, shunday tabarruk va buyuk inson haqida o'ylab ko'zimga yosh keladi , ichimda o'tayotgan hisslarni tushuntirib berolmayman , qandaydir o'zgacha hisslar....

Qayd etilgan