Meni yig`latgan holat...  ( 197090 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 33 B


Abu Muso  14 Oktyabr 2010, 22:00:42

Ex Birga Masjitlarga Bormoqchi edi,To'liq Namozga Kirish uchun endi Harakatini Boshlagan edi..
Alloh TaolO O'z Rahmatiga Olsin..

 :as:

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Oktyabr 2010, 04:54:08

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yYHAWWcR_gw" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yYHAWWcR_gw</a>
Дсстим шу видео ҳамма форумларда ксзга тушиб қолспти. mytube.uz ёки mobi.uz сингари сайтлар орқали биз "tas-ix"чилар учун ҳам юклавормайсизми

Qayd etilgan


Ansora  15 Oktyabr 2010, 14:10:06

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yYHAWWcR_gw" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yYHAWWcR_gw</a>

Bu videoni ko'rar ekanman, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dagi bir hikoyaga juda o'hshashini o'ylab qoldim!!!
Boshda ona bolasini laylak haqidagi so'rog'iga sabr bilan javob beradi, keyin esa bola qarigan onasini siltab tashlaydi...
Videoda shu hikoyadan foydalanilmaganmikan?

Qayd etilgan


Foniy  15 Oktyabr 2010, 14:45:54

Bu videoni ko'rar ekanman, "Dunyoning ishlaridagi" bir hikoyaga juda o'hshashini o'ylab qoldim!!!
Boshda ona bolasini laylak haqidagi so'rog'iga sabr bilan javob beradi, keyin esa bola qarigan onasini siltab tashlaydi...
Videoda shu hikoyadan foydalanilmaganmikan?
O`xshashlik jihati bor ekan, bunda Ota-bola, unda Ona-bola. Bunda chumchuq, hovlida. Unda laylak, yo`lda,..

Qayd etilgan


Ansora  15 Oktyabr 2010, 14:56:41

Mana o'sha hikoya:

Laylak
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida ona-bola qishloqqa —uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi.
Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay.
-Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. — Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to’xtab qoldi.
-Nima u, oyi? —dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib.
-Laylak, o’g’lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:
- Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda "œtarak-tarak" degan ovoz eshitilardi.
Bola tag’in to’xtab qoldi.
- Nima o’zi u, oyi?
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. — senga salom beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador, ko’zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’I, tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydi-yu qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi.
- Anavi nima, o’g’lim? — dedi to’xtab.
-Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko’rinyapti. Qiziq...
-Nima, o’g’lim? — dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da!
-Laylak! —dedi jerkib. —Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak"¦ Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak"¦ Uning g’or, go’dak bolalari bor"¦

Demoqchi bo'lganim, agar asardan foydalanilgan bo'lsa buni ta'kidlab o'tishlari kerak edi!

Qayd etilgan


Akbarjоn  20 Oktyabr 2010, 07:19:15

Бугунги кун.

Бугунги кунимизга назар ташлаб, ибратли вокеаларнинг десрли хар куни содир булаётганини курамиз. Аммо бугунги дастуримизда скин утмишга сайр стиш нистимиз бор. Шосдки, бугунги болалари ушбу вокеадан узларига етарлича ибрат олишса. Шуро даврида илм ахлига нисбатан кандай муомала булганини хамма билади. 37-йилларда сса худосизлар давлати озгина арабий саводи бор кишиларни хам битта куймасдан кириб юборгани манбаларда келтириб утилган. Келинг ана шундай вокеалардан бирини сслаб утайлик. Бизга ушбу вокеани тошкентлик биродаримиз айтиб берган. У киши сса собик иттифок даврида ревизис ишлари б-н шугулланган дину-диёнатли инсондан сшитган скан. Келинг, ревостни сузлаб берган сгасидан тинглайлик.

80-йиллар охирида ревизис ишлари б-н Узбекистон вилостларининг купига сафар килардик. Ана шундай сафарларнинг бири Бухорога каратилди. Йулга тушдик. Табийки мехмонхонада дам олиш купчиликка ёкмайди. Хар ким турли вилостда уз танишини излайди. Бухорода ажойиб бир духтир танишимиз бор сди. Дустлар б-н келишиб ана шу инсон уйида дам олишни режалаштирдик. Собик иттифок даврида инсонларнинг динга булган сътиборини хамма билади. Айникса тиббиёт сохасида фаолист юритган кишилар "Дин-афюндир" шиорига каттик амал килган холда иш килишарди. Лекин биз кунган манзил сгаси исломдан хабари бор, шароитларимизни динимизга мослаб килиб берди. Кечкурун хонадон сохиби б-н сухбатлашиб утирганимизда Тошкентдан келган шерикларимдан бири духтирдан сураб колди. "Кечирасиз, биз диёнатли духтирларни кам курганмиз, Сиз анча-мунча илмли хам куринасиз. Ислом динини урганишингизга нима сабаб булган?". Бу савол духтир ошнамизни озгина уйлатиб куйди ва тупланганларни узок-узок сафаларга олиб кетди. "Киблагохимиз оилада тунгич фарзанд булганлар. Бир укалари булган. Аллохнинг такдири б-н ака-ука отасиз колишганида, падари-бузрукворимизга оилани бокишлик улкан вазифа юклатилган. Амаким жуда ёш, шу б-н биргаликда ута кобилистли киши сдилар. Отам турмуш такозоси б-н мадрасада илм ола билмадилар. Оилани бокиш у-н ёшлигини кайнок давраларини захмату-мехнатга алишдилар. Бирок, "бир оиладан бир илмли чикиши керек" деб, амакимнинг сарф-харажатини кутариб Бухородаги Мир-Араб мадрасасига бердилар. Амаким бир-неча йиллар укиб олим булиб стишди. Афсуски, катогон даври бошланганида отилиши керак булган кишиларни руйхатида амаким хам бор сди. Бир куни уйда утирганимизда АКВДнинг одамлари келишди. Улар уша пайтда кимни олиб кетишса, уша кишининг жанозасига тайёргарлик куриларди. Дарвоза олдига отам бордилар. Чикдилар ва АКВДга узларини амакимнинг исмларини айтиб таништирдилар. "Хозир кийиниб чикай" деб уйга кирдилар. Биз амаким б-н отамни кутиб утирардик. Отам келиб амакимга шундай дедилар,- "Ука. Сизга Аллох таолло Уз неъмати - илмни ато килди. Одамларнинг сизда катта хаклари бор. Биз сса оддий бир савдогар булиб сшадик. Шу боис, хозир мен сизнинг урнингизга кетаман. Узингизнинг болаларингизга кушиб менинг ахли-фарзандларим хам сизнинг зиммангизда. Бир амаллаб Аллохнинг илмини саклаб коласиз ва уни одамларга етказасиз деган умидим бор. Агар куришмасак, киёматда дийдор бор. Аллохга омонат".

"Охирги сузлари шу булди. Отамни олиб кетганлар шу куннинг узида бир тепаликка олиб чикиб отиб ташлашди. Амаким бошка исм б-н саломат колдилар. Менга илм бердилар, фарзандлари олим булди, одамлар хам у кишининг илмидан бахраманд булишди".


Xayrulla Hamidovning Holislik sari dasturidan

forum.Islom.uz dan olindi

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2010, 13:48:15

Kuni kecha Turkiyaga ta'tilga kelgan İslandiyalik oila avtohalokatga uchrabdi. Halokatda er-xotin vafot etgan, oiladan faqat 6 oylik Daniel ismli chaqaloq tirik qolgan. Bolani hatto yuzi ham tirnalmagan edi.
Bolani qutqarishlari bilan kasalxonaga olib borishadi, to'htamay yig'layveradi. Unga kasha berishadi, yemaydi. Shunda 5 oylik farzandi bo'lgan hamshira emdiradi. Daniel emadi, qorni to'ygach o'ynay boshlaydi...
Bechora bolagina ota-onasini ozgina oldin yo'qotganidan xabarsiz kulardi:(
Elchixona Danielni buva,buvisiga xabar beribdi, kecha bolani yaqinlari olib ketishdi.
Oilaviy qani endi Turkiyada qolsa edi, Musulmon bo'lardi, balki bir kuni uni emdirgan hamshira sut onasini va sut qardoshini qidirib kelar, deb ko'z yoshi to'kdik :'(

Qayd etilgan


Hassan  25 Oktyabr 2010, 00:43:28


Tемир хотин


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=SiZOjLR-Vd0" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=SiZOjLR-Vd0</a>

Qayd etilgan


Aqoid  25 Oktyabr 2010, 05:20:09

Kuni kecha Turkiyaga ta'tilga kelgan İslandiyalik oila avtohalokatga uchrabdi. Halokatda er-xotin vafot etgan, oiladan faqat 6 oylik Daniel ismli chaqaloq tirik qolgan. Bolani hatto yuzi ham tirnalmagan edi.
Bolani qutqarishlari bilan kasalxonaga olib borishadi, to'htamay yig'layveradi. Unga kasha berishadi, yemaydi. Shunda 5 oylik farzandi bo'lgan hamshira emdiradi. Daniel emadi, qorni to'ygach o'ynay boshlaydi...
Bechora bolagina ota-onasini ozgina oldin yo'qotganidan xabarsiz kulardi:(
Elchixona Danielni buva,buvisiga xabar beribdi, kecha bolani yaqinlari olib ketishdi.
Oilaviy qani endi Turkiyada qolsa edi, Musulmon bo'lardi, balki bir kuni uni emdirgan hamshira sut onasini va sut qardoshini qidirib kelar, deb ko'z yoshi to'kdik :'(

 :as: Haberi izlerken bende bo'yle dushunmushtum. Baribir musulmonligiga borib o'zi tashabbus ko'rsatib emizib berdi o'sha ayol.O'g'lim 2 ta bo'ldi deb rosa xursand bo'ldim deydi.Haqiqatda ta'sirli. Balki musulmon sut ta'siri bilan musulmon bo'pketar,inshaalloh!

Qayd etilgan


Aqoid  25 Oktyabr 2010, 05:36:10

 :as: Bir kuni darsda Payg'ambarimiz (s.a.v) haqlarida gapirishimga to'g'ri kelib qoldi. Payg'ambarimiz (s.a.v) deb endi gapimni boshlagan edim bir o'quvchi kechirasiz Payg'ambarimiz kim u kishi deydi.9- sinf o'quvchisi Payg'ambarimiz 2 Dunyono shamchirog'i, suyuklilar suyuklisi bo'lgan zotni tanimasa, birodarlar bu TRAGEDIYA, halokat. :'(

Qayd etilgan