Meni yig`latgan holat...  ( 197053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 33 B


Mahdiyah  04 Sentyabr 2009, 10:51:18

Gapirdim: "Hijoblaning, hijob farz"
Yana gapirdim: "Ayol kishi uchun ne'matdir hijob, avratlari ochiq joyni do'zax olovi kuydiradi. Qiyomatda sharmanda bo'ladi avratlari ochiq ayol. Fitnalardan saqlovchidir - hijob. Ayolning haqiqiy libosidir - hijob. Iffat libosidir - hijob"
Hijobga kirdilar...
"Bo'ronli" kunlar keldi...
Bo'ronlar hijoblarini uchiriiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiib ketdi...

YIG'LAMAKDAN U YOG'IGA O'TA OLMADIK.....


Qayd etilgan


Hadija  04 Sentyabr 2009, 21:06:18

Gapirdim: "Hijoblaning, hijob farz"
Yana gapirdim: "Ayol kishi uchun ne'matdir hijob, avratlari ochiq joyni do'zax olovi kuydiradi. Qiyomatda sharmanda bo'ladi avratlari ochiq ayol. Fitnalardan saqlovchidir - hijob. Ayolning haqiqiy libosidir - hijob. Iffat libosidir - hijob"
Hijobga kirdilar...
"Bo'ronli" kunlar keldi...
Bo'ronlar hijoblarini uchiriiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiib ketdi...

YIG'LAMAKDAN U YOG'IGA O'TA OLMADIK.....



Shunga o'hshash bir xolatni Xolislik saridan eshitgandim. Wallohi A'lam hadis qudsiy edi. Qiyomat kunida bir ayol yolog'och holda Allohga yo'liqadi, barcha u yerdagilar undan hazar qilib qaraydilar, Alloh esa unga hatto parda ortidan ham qiyo boqmaydi. Shunday payg'ambarimiz  :sw: dan nega unday deb so'rashganda javob beradilar: "chunki u, hayoti dunyodalik davrida o'zini ko'z-ko'z qilib tanasini ko'rsatib yurishni hush ko'rardi. U Allohning buyrug'idan yuz o'girgandi o'shanda, endi esa Alloh qiyomatda undan yuz o'giradi" deb javob beradilar.
P/S:(Kamchiliklar bo'lsa uzur, ammo mazmunan shunday edi)

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Sentyabr 2009, 10:50:36

Yuraning "œxudo"si

Hovlimiz yonidagi shifoxonada qorovul bo’lib ishlar edim. Ishim qiyin emas, shifoxonaga kiruvchi va chiquvchi mashinalrni nazorat qilish.
Qorovulxona yonidagi daraxt soyasida Rabbimni zikr qilib tasbeh o’girib o’tirardim. Mendan bir oz narida Yura ismli haydovchi yigit shifoxonaga tegishli mashinasini artar edi.
U yonimga yaqinlashdi:
- Nima qilyapsan?
- Xudoni zikr qilyapman
, - dedim jilmayib.
- Xudoni zikr qilyapsan? Qani Xudoing? Men ko’rmayapmanku!!! — u qah-qah otib kuldi. — Mening xudoimni esa ko’rsa bo’ladi. Mana mening xudoyim, - mashinaga ishora qildi — u meni yediradi, ichiradi, maishat qildiradi. Biroq men uni "œxudoim, sen yaxshisan", deb maqtamayman. Haftada bir-ikki marta yuvib, tozalab tursam bas.
Butun vujudim qaqshab ketdi. "œAstag’firulloh", deya o’zimni bosdim. Yura esa ustimdan kulganicha mashinasini minib ko’chaga chiqib ketdi.
Asabim taranglashdi. Yana zikr bilan o’zimni bosdim.
Peshinga yaqinlashib qolgandi. Shifoxona hovlisi birdan jonlandi. Bosh vrach "œtez yordam"ga o’tirib shoshib chiqib ketdi. Uning yuzidagi xavotir alomatidan nimadur bo’lganini sezdim.
Oradan bir fursat o’tib "œtez yordam" qaytib keldi. Ma’lum bo’lishicha, chorrahada Yura "œxudosi"ning tormozi ishlamay qolib, uni asfalasofilinga ravona qilibdi.
Musulmonlar taqvim kitobi 2005 yil III-chorak

Allohim Sendan o’zim bilganim holda Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so’rayman.
Sendan o’zim bilmaganim holda shirk qilib qo’ygan bo’lsam, kechirishingni so’rayman.
Albatta Sen g’ayblarni bilguvchi Zotsan.

Qayd etilgan


siddiqa  25 Sentyabr 2009, 00:50:23

 :as:

yig'lay olmayotganimdan .........
tasir qilmayotganidan........
eshitib ......itoat eta olmaganimdan
qattiq baqirib yig'lagim kelyapti ....... :'( :'( :'( :'( :'(

Qayd etilgan


Muslima.bgm  25 Sentyabr 2009, 16:18:45

Kecha hol-axvol so'rash uchun onam bilan telefonda gaplashgandim. Qizim ularga birinchi nevara bo'lganligi uchunmi uni shunday yaxshi ko'rishadi, doimgiday qizing yaxshimi deb so'radilar. Qizimni qaynonam 2kunga uylariga(biz alohida turamiz)olib ketganlarini ayttim. Lekin 1-kun xam o'tmay qizimni shunday sog'inyapman,ishdan kelsam uy bo'm-bo'shday, ichim siqilib ketyapti, doim ishdan kelsam oyijon deb kutib olishiga o'rganib qolgan ekanman desam, onamlar ana endi mani tushunyapsanmi, silarni uzoqlarga turmushga berib dadng bila bir birimizga termulib o'tiramiz. Xar daqiqa telefon qilishlaringni kutib, sog'inib deydilar. San 1 kunga qizingni ko'rmaganingga qiynalyapsan biz silarni 3-4 oyda bir ko'ramiz, shunda xam 1-2kunda  qaytib ketasizlar............ deganlarida shunaqangi yig'lagim keldiiii, telefonni qo'yib onamni bag'rlariga uchib ketgim keldi.Xatto Xozir yozayotganimda xam ko'zimga yosh kelyapti :'(

Qayd etilgan


Bayern M  25 Sentyabr 2009, 17:14:16

Opa-singillarimizni hijoblarini saqlashalari uchun hech narsa qilmay turib, hijobli qizlarni qidirib yurgan yigitlarimizni, ekin ekmay hosil kutayotgan bog'bonga o'xshashlarini ko'rib yig'lagim kelyapti. :(

Qayd etilgan


Ansora  25 Sentyabr 2009, 17:18:27

Yig'lash aslida yaxshi narsa, insonni ruhi poklanadi. Muslimani postlarini o'qib, O'zbeklarchalik ota-onasiga bog'liq, hurmat-izzatda Xalq bo'lmasa kerak, dedim. Bizda hamma ashulachilar ota-onaga atab ashula aytgandan keyin mashhur bo'lib ketgan, deb o'ylayman. Chunki bu ashulani eshitib butun ota-onalar ashulachini, "omadini bersin, Xudo yo'lini ochsin" deb duo qilganda:)
Men ham doim uydagilar bilan gaplashganda o'zimni hursandlikka olib gapiraman, salgina ovozim g'alati chiqsin darrov ayam hijolat bo'ladilar.Ona shuda bolasini ovozidan hamma narsani tushunadi. Rabbim butun ota-onalarni umrlarini uzoq qilsin, ichlarida armonlari qolmasin, bolalarini havasini ko'rishsin insholloh...

Qayd etilgan


saltanat  26 Sentyabr 2009, 07:18:52

Opa-singillarimizni hijoblarini saqlashalari uchun hech narsa qilmay turib, hijobli qizlarni qidirib yurgan yigitlarimizni, ekin ekmay hosil kutayotgan bog'bonga o'xshashlarini ko'rib yig'lagim kelyapti. :(

nimasini aytasiz, bizning bir tanishimiz bor, vodiylik, shahardanlar, iymon-e'tiqodli yigitlar, doimo dungga da'vat qiladilar, yaqinda shu yigit mehmonimiz bo'ldilar, aytishlaricha ko'chada ayollar hijobli yurolmayatganlri bois, u kishi ham ayollariga hijobsifat tikilgan ko'ylak bn ko'chaga chiqishga ruxsat berganlarini aytib qoldilar, shunda nimaga bunday qilganlarini so'raganimda-"uyga borsalaringiz bilasizlar, hozir necha yillik yon qo'shningizga ham ishonib bo'lmay qoldi, yaqinda ichkaridan chiqqan bir akaxonimiz bn gaplashdim...-" deya hikoya qilib berdilar, shularni eslasam hali-hali yig'lagim keladi, xalqimiz haqqiga duodamiz...

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Sentyabr 2009, 08:44:01

YIG'I... qanchalar ajoyib ne'mat...

Ilgarilari uncha munchaga yig'lamasdim.
Xatto kimdur bilan qattiq urishib qolsam ham, u manga qattiq gapirsa ham yig'lamasdim (har holda o'sha odamning yonida)

Xozir bir kichik sabab ham ko'zimga yosh keltiradi.
Buni hikmatini Allohgina bilsa kerak.

Kecha sevimli, o'sha eski taqvimchamni ochib o'qib turib bir bo'lgan voqeani o'qib ....

Sizga ham havola etaman

"Kim bo’lsam ekan?"

Ustoz taklifi bilan biz shu mavzuda insho yozmoqchi bo’ldik.
Sinfda g’ala-g’ovur ko’tarildi.
Har kim o’zi yozmoqchi bo’lgan inshosini qisqacha sharhlay ketdi.
"œMen shifokor bo’lmoqchiman", dedi Gulnora.
"œMen o’qituvchi"¦", "œmen injener"¦", "œmen iqtisodchi"¦", "œmen qo’shiqchi"¦" — orzular izhori shu zaylda sinfxonasini tutib ketdi.
Ammo Azamat negadur jim edi. Ustoz unga razm solib: "œSen kim bo’lmoqchisan?" dedilar.
Hamma Azamatga qaradi.
"œMen avvalo odam bo’laman"¦ Bolalarini tashlab ketmaydigan ota bo’laman"¦"
Uning ovozi o’zgardi. Ko’zida yosh yiltiragandek bo’ldi. Hammamiz jimib qoldik.


Dilrabo Ilhomova, Toshkent shahar Husayn Shams nomli 4-o’rta maktabning 9 "œA" sinf o’quvchisi.
Musulmonlar taqvim kitobi 2001 yil II chorakdan olindi

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Sentyabr 2009, 07:57:51

BIR ESHITIB KO'RIN JUDA CHIROYLI O'QIGAN.

"QIYOMAT" SURASI

Ссс‹лка длс скачиванис файла: http://file.uz/14230300

http://webfile.ru/3963923

Qayd etilgan