Meni yig`latgan holat...  ( 197104 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Mufazzala  26 Avgust 2012, 04:51:46

 :asl3:

You tubeda Payg'ambarimizni yashagan uylarini 3D sini
ko'rib yig'layman. Olamlar sarvari, suyukli nabiyning
yotgan yotoqlarini ko'rib odam badtar eziladi...


Har safar holamga telefon qilsam ular "Alo", deyishlari
bilan ichimdan bir faryod kelaveradi, o'zimni to'xtata olmayman.
Opa-singillarning ovozi ham shunchalik o'xshash bo'ladimi Ya Robbiy!

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  26 Avgust 2012, 12:42:29


Ezgu orzulari bo'lganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch,
Alamdan ezilib, erkak yig'laydi.

Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha,
Xaq gapni aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogox bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan yashirib erkak yig'laydi.

Cheksiz xasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak yig'laydi.

Xizmat qilolmasa tikib jonini,
Rozi qilolmasa otajonini.
Tuproqqa qo'yganda onajonini,
Uyalmay bo'kirib, erkak yig'laydi.

Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi chopmasa ish maydonida,
Bir chetga o'tirib, erkak yig'laydi.

Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin chaqirib, erkak yig'laydi.

Xaromni tanlasa, xalol turganda,
Navqiron yoshligin uvol qilganda.
Qirq do'sti bo'lmasa, qirqqa kirganda,
Chin dildan o'rtanib, erkak yig'laydi.

Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Xech masjid tomonga burmasa yo'lin.
Bir kuni tushunsa adashganligin,
Umriga achinib, erkak yig'laydi.

Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azoblarda qolganda joni,
Ko'ngliga suyanib, erkak yig'laydi.

Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq,
Jirkanch odatlargam yashasa sodiq.
Nom qozonolmasa ablaxdan ortiq,
Bir kuni og'rinib, erkak yig'laydi.

Xech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari "ketdik" desa Azroil,
"E vox", deb baqirib, erkak yig'laydi.

She'rim tugar endi, Abdullox,
Yuraklar ezilda so'zing tinglab vox.
Kechir bizni, Allox, kechir, yo Allox,
Kechirmasang bilki, dunyo yig'laydi.



Internetdan olindi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  27 Avgust 2012, 11:32:30

Masjidga, hayit namoziga hatto namoz farz bo'lgan yosh yigitchalarni kiritshmagan vaqtda, ular jamoat namozi tugab bo'lganligidan behabar avtomobillar ortiga berkinishib o'zlaricha namoz o'qishayotganini ko'rib beihtiyor ko'zlarimga yosh keldi...

Alloh ularning, niyyatlariga yarasha ziyoda ajru savoblar bersin!

Qayd etilgan


Хадича  18 Oktyabr 2012, 14:06:15

Rivoyat qilinishicha qiyomat kuni banda keltiriladi va oldiga nomai a'moli qo'yiladi. Amal kitobida xaj, umra,jihod, zakot va sadaqani ko'rib,banda o'zicha,bulardan hech birini qilgan emasman-ku,bu mening kitobim emas,deydi. Shunda Alloh taolo aytadi :
" O'qi,bu sening kitobing. Sen bechora holda yashab,agar menda mol bo'lganida,albatta,haj qilardim,agar menda mol bo'lganida,zakot berardim,deb aytar eding. Men sening niyatingda sodiqligingni bildim va bularning hammasini savobini berdim".

Payg'ambarimiz davridagidek musulmonlarni sog'inib yig'laging keladi...
Dinni tarqatish borasida,ilm fan borasida qanchalar ilg'or... Hozirda ko'pchilik o'zni o'ylab,musulmon davlatlarda bo'layotgan urush janjallar,ocharchilik,ilmsizlikdan yig'lasak arziydi... O'zimizni ,faqat o'zimizni o'ylab,uydan chiqmay,dunyo hamjamiyatida ulkan kashfiyotlar qilib, "Falonchi Musulmon ahli kashfiyot topdi"kabi yutuqlarga dangasalik qilib, Saodat asridagi eng kuchli bilimga ega sahobalardek bo'la olmayotganimizdan yig'lasak arziydi. Hamma o'z amali bilan ovora bo'lib,yana o'sha Saodat asridagi dunyoni hamon lol qoldirib kelayotgan Muhammad ( s.a.v.) , Hazrati Umar ( r.a. ), Abu Bakr ( r.a.) va Ali ( r.a. ) dek faxrlanadigan ,butun jahonga o'rnak bo'ladigan musulmonlar takror tug'ilmayotganidan yig'lasak arziydi...
Va yana...yana...sabablar ko'p...

Shunga yarasha a'loroq sevinch bor...
Tog'ri yo'lni tanlab-adashganlar qatorida emasligimiz...

( lekin hozirgi paytda musulmon davlatlarni boshqa davlatlarga o'zaro nizolari bilan yomon o'rnak bo'layotganini ko'rib, Saodat asrini sog'inib yig'laging keladi )

Qayd etilgan


OJIZA  19 Oktyabr 2012, 12:38:34

Islomda kuchli taqvo egasi bo'lolmayotganim yiglatadi,qalb islomni deydiku lekin amal buni tasdiqlamidi,qalb yiglashga sabab buladi!

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Noyabr 2012, 05:31:11

Oxirgi marta qachon tahajjudda qoim bo'lganimizni ESLAYOLMAY...

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Noyabr 2012, 14:41:33

:asl3:

G'azza olovlar ichida, G'azza yonmoqda, gunohsiz insonlar o'lmoqdalar, "o'lmoq" so'zi judayam qo'pol so'zday nazarimda. Rabbim ularni shahidlik martabasiga yuksaltsin iloyim...

Shu kichkina qizloqning nima gunohi bor edi, ayting? Musulmonlar, ayniqsa Arab o'lkalari nimaga "to'hta" demaydilar bu baloga,,,,ichimni tirmalaydi har xil o'ylar, javobsiz savollarim ko'payaveradi...

Barmogim kesildi, achishi 3-4 kun davom etdi, qizaloq esa tamoman kuygan, uning dardini his qilish mumkinmi?

Shirin qizaloq, hozir sen farishtaday samolarda uchayabsan inshalloh....
Birlik, barobarlik so'zi biz Musulmonlar uchun yotday, begonaday, lug'atlardan chiqarib yubordikmi yoki...

Hech bo'lmasa duolarda bir bo'laylik din qardoshlarim....bir-birimiz uchun, Falastin, G'azza, Suriya uchun...



Ozimga savol:

Din qardoshlaring uchun necha marta qol ochib duo qilging?

Din qardoshlaringni bombalar yoq qilar ekan, sening hech ishtahang kesildimi, yoki  eslashga vaqting bolmadimi?

Savollar, savollar...

Alloh barcha musulmonlarga yengillik, birdamlik bersin.
Qay birimiz bunday musibatga chiday olardik.
Eng shirin bo'lmish farzanddan bu yo'sinda judo bo'lish???

Inna lillahi va inna ilayhil rojiun.

Allohim SABR bergin musibatda qolgan bandalaringa, ularning yaqinlariga...

DUO QILISHDAN CHARCHAMAYLIK, ERINMAYLIK!!!



OTA O'Z FARZANDINING JAJJI YUZLARIDAN OXIRGI BOR O'PICH OLMOQDA...
HECH QACHON HECH KIMGA FOYDA BERMAGAN BU URUSH BU JAJJI QALBNI O'Z QURBONIGA AYLANTIRDI...
BU KABI QANCHA QANCHA JAJJI QALBLARNIYA?..
ALLOH...



Qayd etilgan


gayrat17  18 Noyabr 2012, 20:42:21


Qayd etilgan


Abdulloh_8800  19 Noyabr 2012, 09:09:04

http://muloqot.uz/albums/photo/view/album_id/26490/photo_id/478249  meni kechirasizlar.
Bu yerda payg'ambarimiz (s.a.v) nazarda tutilganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2012, 13:09:11

http://muloqot.uz/albums/photo/view/album_id/26490/photo_id/478249  meni kechirasizlar.
Bu yerda payg'ambarimiz (s.a.v) nazarda tutilganmi?

Iltimos qilib, o'chirtirib yubordik.

Qayd etilgan