Meni yig`latgan holat...  ( 196900 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 33 B


Hadija  29 Sentyabr 2009, 15:33:48

BIR ESHITIB KO'RIN JUDA CHIROYLI O'QIGAN.

"QIYOMAT" SURASI

Ссс‹лка длс скачиванис файла: http://file.uz/14230300


Umuman boshqa narsala ochildi-yu?

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Sentyabr 2009, 06:56:27

BIR ESHITIB KO'RIN JUDA CHIROYLI O'QIGAN.

"QIYOMAT" SURASI

Ссс‹лка длс скачиванис файла: http://file.uz/14230300

http://webfile.ru/3963923


Ikkala ssilkadayam sizdan kod so'ridi, shundoq yonidagi kodni terasiz, dalee ni bosasiz, kn Skachat fayl digan yozuv chiqadi shuni bossez bo'ldi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Sentyabr 2009, 11:49:13

Mana shu satrlarni eshitsam o'zimni tutolmayman...

Nogahon keldi bir ovozi hazin:
"œBir nafas tutkil quloq, men ham deyin,
Bor edi sevgan qator farzandlarim,
Ko’zlarimning nuriyu dilbandlarim.
Erkalatdim, mehribonlik ayladim,
Sizladim, shirinzabonlik ayladim.
Bir sovuq shabboda ham ko’rmay ravo,
Xastalansa, tinmay istardim davo.
O’stirardim ming mashaqqatlar bilan,
Qo’llarim boshida shafqatlar bilan.
Gohi ozg’in, gohi to’zg’in men o’zim,
Yangi kiysin deb, jigarbandim, qo’zim.
Gohi puldor, gohi bo’ldim qarzdor,
Yuz berardi turli tashvishlar qator.
Voyaga yetguncha ul ko’zi qoralar,
Qomatim xam bo’ldi, bag’rim poralar.
Qoldirarman deb ularga bog’u rog’,
Men olib keldim dilimda qancha dog’.
Qoldi unda zarnigor koshona ham,
Qoldi yoru oshno, begona ham.
Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib,
Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib,

Do’ppayib turgan shu tuproq pastida,
Men yotibdurman oyoqlar ostida.
Kelmadi yillar ko’zimning ravshani,
Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani?

Bu makonim ustiga bir yo’l qara,
Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjara?" —
 

Chusty

Qayd etilgan


Wild Flower  30 Sentyabr 2009, 12:13:35


Negadir har kuni quyosh botib Shom vaqtida tashqariga qarasam yig'lagim keladi. aynan shu payt manga Qiyomat kunini yaqinlashayotgnini bildirganday tuyuladi go'yo. Alhamdulillah!!!Allohim hammamizni iymonimizni kuchaytirsin.Ameen.

Qayd etilgan


Hadija  30 Sentyabr 2009, 22:50:19

Har bir o'tayotgan kunim, bila turib, gunohlar changalida qolib o'tayotganidan yig'lagim keladi...

P.S: Mahdiyah birodar haqiqatda juda ta'sirli, Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 13:16:56

Boshimizga biror qiyinchilik yo bo'lmasa kasal bo'lganimizda, honodonimizda biror kishi bu dunyodan hayrlashgan vaqtda yig'lashmasa bilmadim qachon yig'lashadi hayotimiz izdan chiqqan vaqtda qo'limizi duoga ochib ollohga yig'lab duo qilishdi bilamiz lekin. Hayotimiz yana o'z o'rniga tushib ketgandan keyin qo'limizi duoga ochib yig'lashga vaqt topolmimiz. 

Mavzuga kelsak Mani yig'latgan holat faqat faqat o'limdi eslaganimda.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Oktyabr 2009, 08:04:50

Yana...

Har kuni ertalab choy ichayotib EvronNews yoki VESTIni ko'raman (O'zi eng tuzukroq kanallar ham shu bo'b qoldi MAN UCHUN!!!)

Kecha Yozgi Olimpiada 2016 Riode Janeyroda bo'lishi aniq bo'lganida u yerdagilarni yig'lashini ko'ring...

Necha kundan beri Samoa, Sumatrada bo'lgan yer qimirlashi oqibatida qanchadan qancha odam yer bilan bitta bo'lgani, 1000 dan ortiq inson hayotdan ko'z yumgani, 3000 tasini hali ham topa olmayotganlarini ko'rib....

Qancha ota-ona o'z bo'lasini topa olmayabdi....
Qanchasi shirintoyini, jigar-go'shasini o'z qo'llari bilan ko'mayabdi...

Ya ALLOH BANDALARINGNI SABRLARI YETMAYDIGAN SINOVLAR BILAN SINAMAGIN!!!
BIZDEK GUNOHKORLARNI AVF ETGIN VA BIZLARNI TURLI HIL BALO-QAZOLARDAN ASRAGIN!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Oktyabr 2009, 11:11:24

Assalamu alaykum.

Mana bu hikoyani http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=71.270  taqvimdan o'qib turib hech o'zimni tiya olmadim...

Alloh azza va jalla har birimizni qalblarimizni kibrdan amallarimizni riyoda saqlashimizga kuch quvvat ato qilsin.

Qayd etilgan


Robiya  13 Oktyabr 2009, 13:25:58

 :as:

Har gal mana bu she'rni eshitganda ko'zim beixtiyor yoshlanadi:

Judo etma hamrozimdan,
Qiblaga poyondozimdan,
Jonim bilan chiqar bilsang,
Ayirma joynamozimdan...

Yurak sajda bilan tirik,
Ibodatda yo'qdur hadik,
Tunlarimga tanho sherik,
Ayirma joynamozimdan.

Yoshim artar yig'laganda,
To'shagimdur uxlaganda,
G'amdoshimdur xohlaganda,
Ayirma joynamozimdan.

Onamga ham aytmas so'zim,
Tunlar unga aytdim o'zim,
O'yib olgin mayli ko'zim,
Ayirma joynamozimdan.

Haddan ortiq bo'lsa ham keng,
Firdavs bobi yo'limga teng,
Bu judolik o'limga teng,
Ayirma joynamozimdan.

Sodir etib dastlab xato,
Sajda qilmish Odam Ato,
Balki senga oddiy mato,
Ayirma joynamozimdan.

Majnun uchun go'yo Layli,
Qalb huzurda namoz zayli,
Kafandan judo et mayli,
Ayirma joynamozimdan.

Qalb uyiga yo'lay ko'rma,
Narxi  o'gir to'lay ko'rma,
Borim shu,ko'z olaytirma,
Ayirma joynamozimdan.

Judo etma hamrozimdan,
Qiblaga poyondozimdan,
Jonim bilan chiqar bilsang,
Ayirma joynamozimdan...



Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  13 Oktyabr 2009, 15:45:00

HammaMiz Uchun ibrat

 Huzayfa r.a aytadilarkiy Payg’ambarimiz s,a,v bilan birga namoz o’qidim, bir kechada, Suraiy baqarani boshladilar. Endi ruku qilsalar kerak, 100 oyatni o’qidik deb kutib turdim, yuz oyatdan o’tib ketilar men aytimkiy suraiy baqarani bir rakatga o’qirurarkanlarde dedim, yana davom etib ketilar shunda suraiy Nisoni o’qidilar, suraiy nisoni tugatdilar, suraiy Oli-Imroni boshladilar, buni tugatdilar, nihoyatda shoshmasdan o’qidilar, bir oyatdan o’tsalar tasbeh aytib, tasbeh oyati o’tsa  tasbeh aytib, o’tardilar. Biror bir so’rashlikga dalolat qiladigan oyatlar bo’lsa, Alloh dan rahmatini so’rab o’tardilar, Azob oyati o’tsa azobdan panoh istab o’tardilar, kegin ruku qildilar, Subhana Robbial azim dedilar, hudi tikka turgancha rukuda turdilar, SamiyAllohu va hamidan Robbana nakal hamd dedilar, ruku mudatcha turgancha shu erda turib qoldilar. Kegin sajida qildilar, Subbhana rabbiyal ala dedilar, sujutlari ham huddi tikka turganlaricha hisobda edi. Imom Muslim rivoyat qilgan

Qayd etilgan