Meni yig`latgan holat...  ( 196946 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 33 B


ziyoda_aliyeva  13 Oktyabr 2009, 15:48:42

Bu endi qiyomullayldagi muttaqinlarning komil sifati. lekin Rasulullloh s,a,v dagi mo’jiza, mana bu holat u kishini kunduzidagi jihodlarini to’smasdi, mana bu holat muhtojlarga molarini infoq qilishlika, yo’lini to’smasdi. mana bu holat butun dunyoni hammasiga maktub yo’lashlik holatini buzmasdi. hamma holatda, U kishinig kech qurun ro’hbon go’yoyikiy hamma asxoblarni sifati aytilganda, kunduzi mujohid, kechasida ro’hbon.  muhtojlar hamma molaridan foydalangan, mana shunday holatda topardik deb sifatlashadi. Sahobalar. Bizlarchi..........?
AbdulValiy domlaMizni Taqvo haqidaga maruzalaridan olindi.

Qayd etilgan


Robiya  13 Oktyabr 2009, 15:51:59

:as:

Har gal mana bu she'rni eshitganda ko'zim beixtiyor yoshlanadi:

Judo etma hamrozimdan,
Qiblaga poyondozimdan,
Jonim bilan chiqar bilsang,
Ayirma joynamozimdan...

Yurak sajda bilan tirik,
Ibodatda yo'qdur hadik,
Tunlarimga tanho sherik,
Ayirma joynamozimdan.

Yoshim artar yig'laganda,
To'shagimdur uxlaganda,
G'amdoshimdur xohlaganda,
Ayirma joynamozimdan.

Onamga ham aytmas so'zim,
Tunlar unga aytdim o'zim,
O'yib olgin mayli ko'zim,
Ayirma joynamozimdan.

Haddan ortiq bo'lsa ham keng,
Firdavs bobi yo'limga teng,
Bu judolik o'limga teng,
Ayirma joynamozimdan.

Sodir etib dastlab xato,
Sajda qilmish Odam Ato,
Balki senga oddiy mato,
Ayirma joynamozimdan.

Majnun uchun go'yo Layli,
Qalb huzurda namoz zayli,
Kafandan judo et mayli,
Ayirma joynamozimdan.

Qalb uyiga yo'lay ko'rma,
Narxi  o'gir to'lay ko'rma,
Borim shu,ko'z olaytirma,
Ayirma joynamozimdan.

Judo etma hamrozimdan,
Qiblaga poyondozimdan,
Jonim bilan chiqar bilsang,
Ayirma joynamozimdan...


Mana bu yerda tinglashingiz mumkin

Qayd etilgan


Muslimа  13 Oktyabr 2009, 18:42:36

     Mana bu holatni ko'rib ko'z yoshlarni tiyolmadim. Ming afsuski bunday holatlar ko'p davlatlarda davom etmoqda. Kattalar naqadar hudbin va beshavqat. O'z maqsadlariga erishish yo'lida beg'ubor go'daklarni ham ayashmaydi. Ularda nima gunoh?

http://www.youtube.com/watch?v=b0M6bSbkcD0&feature=related

http://www.youtube.com/watch?v=wzTzaXionOo&feature=related

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 18:23:53

A.alaykum. Bolalar tilidan Payg'ambarimiz haqida aytilgan salavotni har eshitganimda juda ta'sirlanaman:

http://video.google.com/videoplay?docid=-4789862827092102909&hl=tr&emb=1#


Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 18:32:53

A.alaykum. Bolalar tilidan Payg'ambarimiz haqida aytilgan salavotni har eshitganimda juda ta'sirlanaman:

http://video.google.com/videoplay?docid=-4789862827092102909&hl=tr&emb=1#


Ko'rsatmayapti-yu

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 18:39:31

Bilmadim ko'rinishi kerak. Siz googledan "Minik dualar grubu" deb yozing, chiqadi turli hil kliblar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Oktyabr 2009, 06:43:33

Yig’la"¦

Musulmonlik undoq ish ermas,
Munofiqlik unga berar zeb,
Gar da’vatlar quloqqa kirmas,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim deb!

Farq yo’qolsa ne xarom halol,
Yig’lar ko’kda holingga hilol.
Bomdod qazo bo’lsa bemalol,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb.

Hayolingni shahvat band qilsa,
Bundan vujud zavq-shavqqa to’lsa,
Sunnat ishga gar qalbing kulsa,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim, deb.

Mol-dunyo deb uxlay olmasang,
Din deb yurak tig’lay olmasang.
Qur’on o’qib yig’lay olmasang,
Yig’la, fosiq bo;lib qoldim, deb.

Jaholatni qolsang sog’inib,
Xayolingda beyo’l yo’g’rinib,
Zakotingni bersang og’rinib,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb.

Ramazonda ro’zani tutsang,
Ammo anda nadomat yutsang,
Tamaki deb iftorni kutsang,
Yig’la fosiq bo’lib qoldim, deb.

Chin o’rnida bilib hazilni,
Ishlatib ko’r har xil usulni,
Ko’rolmasang tushda Rasulni,
Yig’la, fosiq bo;lib qoldim, deb.

Osiqlikka tutinsang sarmast,
Bilki qadim darding tuzalmas,
Yolg’on so’zga yuzing qizarmas,
Yig’la,fosiq bo’lib qoldim, deb.

Yurmasang Rob muddaosiga,
Talpinmasang ishq sadosiga,
Seskanmasang Haq nidosiga,
Yig’la fosiq bo’lib qoldim,deb.

Do’stingga gar Islomni ravo,
Ko’rmayotgan bo’lsang, bil, also
Mo’minlikni qilmagin da’vo,
Yig’la, fosiq bo;lib qoldim,deb.

Gar qalbingdan da’vatdan g’urur,
Yo’llaringni yoritmagay nur,
Ey Hayrulloh, shodlanmayin tur,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb.


X.Hamidov

O'qib o'zingizga xulosa chiqaring . . .

Qayd etilgan


saltanat  24 Oktyabr 2009, 08:36:32

Domla Hindstoniynog "Rizqni Alloh beradi" nomli ma'ruzalarini tinglab yig'ladim,Alloh Haq,Rasuli barhaq (s.a.w.).Bu ma'ruzani tinglar ekaman Allohning RAHIYM, RAHMON, RAZZOQ ekanligiga yana bir bor iymon keltirdim.Yana bu insondan ibrat bo'ladigan bir narsa u kishi qancha yillar musofirchilikda, xattoki tili bizning tilimizdan qanchalar yiroq bo'lgan yurtlarda umrguzaronlik qilgan bo'lasalarda o'z shevalarida so'zlashlaridir, ya'ni asl farg'ona shevasini 96 yoshgacha saqlab qolganlar, xozirgi yoshlarimiz bo'lsa bir oz muddatga boshqa viloyatga borib qolsalar yoki boshqa millat vakillari bilan muomalada bo'lsalar darrov o'sha odamning milliy tilidagi so'zlarni ko'p ishlatadilar  yoki o'sha viloyatning shevasiga taqlid qilishga o'tadilar, ayni shu narsa ularning dunyoqarashida ham ta'sirini ko'rsatib kiyinishi, ovqatlanishi, yurish turishida ham o'z aksini topyapti, yig'latadigan xolat esa bu narsa yashin tezligida kirib kelyapti,shu narsalarga xushyorroq bo'lib o'zligimizni saqlashimizda Allohim madad bersin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Oktyabr 2009, 06:59:59

ISHLARINGIZ YURISHMAYPTI EKAN.
BILASIZMI SIZGA HOLISONA MASLAHATIM BOR.

SIZ JUMA NAMOZIGA BORASIZMI.
BILASIZMI HADISDA NIMA DEYILGAN "AGAR BIR MUSULMON BESABAB JUMA NAMOZINI KETMA0KET 3 MAROTABA TARK ETSA U DINDAN CHIQADI"
BESABAB DIGANDA DUNYONI ISHINI SABAB QILISH TO'G'RI KELMAYDI.

NIMA BO'LGANDA HAM HAR ISHINGIZNI ALLOHGA TAVAKKAL QILING.
HADEB NOLISH BILAN SIZ HECH NIMAGA ERISHMISIZ.
MANA O'ZIZNI HAYOTIZDAN BIR MISOL 3-4 YIL O'QISHGA KIRA OLMASDAN TOSHKENTNING ENG YAXSHI INSTITUTLARIDAN BIRIGA O'QISHGA KIRDINGIZ DEMAK SHU SIZGA ATALGAN NASIBA.
AGAR OLLOH TAOLO PESHONANGIZGA O'SHA ISHNI BITGAN BO'SA U FAQAT SIZGA VA FAQAT SIZGA NASIB QILADI BOSHQA HECH KIMGA EMAS.
AGAR SIZGA NASIB QILMAYDIGAN ISH BO'LSA MING URINSANGIZ HAM BARIBIR SIZGA NASIB QILMASLIGI MUMKIN.
AVVALO HAMMASI ALLOHDAN.
MAN BILAMAN SIZ IYMONLI YAXSHI INSONSIZ.
ALLOH UNI TANIGAN, UNGA IBODATDA BO'LGANLARGA YAQIN!!!


Mana shu gaplardan keyin yig'lamasdan bo'ladimi . . . Bu gaplar menga dinni mohiyatini ochib bergan ilk gaplar edi. Bu gaplarni aytgan insondan bir umr minnaddorman . . .

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Oktyabr 2009, 05:54:21

Kuz keldi, sovuq hukmronlikni sekin asta o'z bo'yniga olmoqchi...

Ishxona juda sovuq...
Ibodat mahali ishxonada bo'laman, shuning uchun sovuq bo'lsa ham amallab yerga qalinroq narsa to'shab namozimni o'qib olaman...

O'tgan kuni yomg'irdan kn judayam sovib ketdi.
Pechka yoqilgan bo'lishiga qaramay xona MUZXONAga aylandi.

SHOM bo'ldi...
Joynamozimni qalinroq solib namozni boshladim...
Namoz o'qib qaltirayabman...
Ishxonamning sovuqligi, o'zimcha qiynalabman....

Alloh birdaniga hayolimga begunoh panjara ortida yotganlarni, sovuq joylarda ibodatga kanda qilmaydiganlarni soldi....
Ular din uchun xizmat qilib... yana shu "xizmatlari" uchun ne ahvolga tushdilar...
Pechka degan narsani o'zi bo'lmagan bir joyda namozni kanda qilmaydiganlar qancha?!

Ya ALLOH! Ya ROHMAN!
Biz kabi noshukurlarni kechirgin...
ustimiz but, sharoitimiz ancha yaxshi bo'lsada o'zimizni "bechora" tutayotganimiz uchun...
atiga 15-20 minut ketadigan... kuniga 5 mahalgina bo'lgan namozimizni ham vaqtida o'qimayotganimiz uchun...
suv yo’q b’lganida, (tayammumga ruxsat berilgan bo’lsa ham) suv yo’qligini bahona qilib namozlarimizga beparvoligimiz uchun...
sabrsizligimiz uchun...
noshukurligimiz uchun...

ALLOHIM SANING HAR BIR ISHINGDA GO’ZAL HIKMAT BORDIR.
BIZ KO’R BANDALAR BUNI ANGLAYOLMAYABMIZ.
BIZNI KECHIRGIN VA MAG’FIRAT QILGIN...

Faqat Sangagina ibodat qilamiz va faqat Sandangina so’raymiz.
Gunohlarimizni mag’firat qilgin va har bir ish Saning hoxish-irodang ila amalga oshishini bilib, ANGLAGUVCHILARDAN qilgin!


Qayd etilgan