Meni yig`latgan holat...  ( 196921 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 33 B

Mr.Twister  05 Dekabr 2008, 15:12:36

 :as:
 :bs1:
Keling bu yerda biz ko`rib beihtiyor yig`latgan holatlarni yozamiz...

Qayd etilgan

ZUBAIR  06 Dekabr 2008, 01:01:14

:as:
 :bs1:
Keling bu yerda biz ko`rib beihtiyor yig`latgan holatlarni yozamiz...

:as:
O'ziz boshlab bera qoling, taqsir :)

Qayd etilgan

watson  06 Dekabr 2008, 05:37:52

bilmadim nimagadir mani kunglim qattiq ( hattoki rahmatlik buvam qazo qilganlarida ham kuzimdan yosh 4iqmaganidi , lekin i4imdan dars ketganman)...
1 yil oldin youtube.com da andijonlik Nuriddin qoriakani ( olloh rozi bulsin) " duosi qabul bulmaydiganlar" degan maruzalarini eshitib yiglagandim

Qayd etilgan

Mr.Twister  06 Dekabr 2008, 10:04:46

Assalamu alaykum wr wb.
Bu voqea Alloh bizga bergan muborak Jum'a kuni namozda sodir bo'ldi. Men birinchi safda turardim va Imomimizning qilayot Amri Ma'ruflarini ewitayotgandim, shunda qiziq bir holat yuz berdi, o'ng tomonimda ozgina joy bo'lganligi sababli ikki kiwi joylawmoqchi bo'ldi. Wunda e'tibor qilsam ulardan birining ko'zi ojiz ekan. Subhanalloh ko'zimga yow keldi va miyamda "Alloh rozi bo'lsin u kiwidan, bizlar ba'zan to'rt muchchamiz sog' bo'lib namozni qoldiramiz..." degan fikrlar aylanaverdi.

***

Telefonimda diniy mp3 formatdagi fayllar ya'ni "Xolislik sari" ewittiriwining hikoyalarini ewitib borayotgandim. Wunda Umar ibn Saad (r.a) va u kiwining o'gay otalari o'rtasida o'tgan munozaradagi otaning payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haqlarida aytgan noo'rin so'zini ewitib yig'lab yuborgandim.
Assalamu alaykum wr wb

Qayd etilgan

Nurmuhammad  11 Dekabr 2008, 14:03:30

Assalamu alaykum wr. wb.

Bir kun kechasi uxlash oldidan qilgan ishlarimmi sarhisob qila turib shunday xayollar keldiuke man kimman, kimga kerakman, nima uchun kerakman degan savollar qiynay boshladi. Gugurt olovi qulimni kuydurdi gunohlarim uchun yana qancha kuyaman Alloh azza va jalla mani mag'firat qiladimi yuqmi, nima uchun hammaga ularning ehtiyojlari yuzasidan kere buladi kishi. Allohning oldida u yarat bu olamda naqadar ojizmiz, hech birimiz  ehtiyojimizsiz yashay olmaymiz eng muhimi bu uying kuygur ehtiyojning tubi yo'q.

Qayd etilgan

sayfulloh07  28 Dekabr 2008, 15:05:57

 :as:

Menimcha har bir musulmon inson hayotida yig'latadigan voqea hodisalar ko'p bo'lsa kerak. Ba'zi ma'ruzalar eshitganda yoki boshqa holatlarda ko'zimga yosh kelmasa, qalbim aks bermasa, o'zimdan o'zim hafa bo'lib ketaman... Nahotki qalbim qotib qolgan bo'lsa....
Allohga shukurlar bo'lsinki, hayotda Alloh deganda ko'zga yosh keladigan voqealar ham ro'y berib turadi. Bunday holatlar menimcha musulmon insonning eng qalbi yumshagan payti bo'lsa kerak.
Meni yig'latadigan voqealar ko'p bo'lgan, shulardan eng esda qoladiganlaridan biri bu, Hayrulla Hamidovning Xolislik sari dasturida yangragan bir hikoyadir. Menimcha bu hikoyani hamma eshitgan bo'lsa kerak, mazmuni bir taqvoli inson qurbonlik qilib, nasroniy qo'shnisiga qurbonlikdan olib kiradi va qo'shnisining men musulmon emasman, bu go'shtga musulmonlar haqliroq degan e'tiroziga islomga qo'shni haqqi borligini eslatadi. Natijada qo'shnisi qari ayol islomni qabul qiladi. Aynan mana shu hikoya menga juda qattiq ta'sir qilgan va meni yig'latgan holatlardan biridir...
Alloh barchamizni islomimizni salomat qilsin va O'zidan boshqasi uchun ko'z yosh to'kishlikdan saqlasin!

Qayd etilgan

Mahdiyah  06 Yanvar 2009, 11:47:00

U bilan ko’cha-kuyda salom-alik qilib, hol-ahvol so’rashib yurar edik.
Bir kuni ertalab uchratib qoldim.
Yuzlari horg’in edi.
- Ishga ketayapsizlar?
- Ha, saharlik qilib biroz mizg’igach, endi sekin"¦
- Iye, ro’zamisiz?
- Oldin besh vaqt namozni ham o’qirdim. Ish ko’pligidan yaqinda tashlashga majbur bo’ldim. Bu gapdan hayratga tushdim. Rabbimni taniganimdan buyon namoz ko’zlarimning quvonchiga aylanib qaradim.
Ro’zani farz deb namozni unutgan bu birodarimdan ko’nglim ranjisada maxzun yuziga qarab rahmim keldi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir kuni kechqurun uning do’konidan chiqib ketayotganini ko’rdim. Qo’lida bir shisha aroq bor edi"¦

Musulmonlar taqvim kitobi 2004 yil (1425) III — chorak

Allohim hidoyatdan keyingi zalolatdan O'zing asra biz gunohkorlarni!

Qayd etilgan

Munira xonim  10 Yanvar 2009, 11:38:52

Har bir mu'min va mu'minani yig'latadigan holat...

Zalolatda yurganimda ko'p gunoh ishlar qildim.Hidoyat yetgach,ulardan tavba qildim...

Namoz o'qimagan paytlarimda sajda qilgan kishini ko'rsam kulgim qistardi.Ibodatga kirgach,sajdada ko'z yoshlarimni to'xtatolmadim...

Johil ekanimda vaqt o'tmayotgandek tuyulardi. Qur'on nuri ila qalbimni ravshan qilgach,umrim yetmayotgandek tuyuldi...

Alloh nomi faqat tilimda eknaida dunyo ishlaridan ozor chekib yig'lardim.Bu muborak nom dilimga kirgach, oxiratim uchun qayg'urib yig'lay boshladim...

Jaholat botqog'ida adashib yurganimda savob va gunoh orasidagi farq ahamiyat bermaydigan darajada kichkina edi. Qalbim ko'zlari ochilganidan so'ng angladimki, bu farq aqllarimizga sig'mas qadar ulkan ekan...

Ibodatdan yiroq yurganimda qiynalgan kishilarning nolasi qulog'imga kirmas edi. Muslimalik bax'tiga muyassar bo'lgach, ularning nolalarini yurak-yurakdan eshita boshladim...

G'aflat ichra uyg'oqlik da'vosida edim.Rahmat yetgach esa, aslida uyquda ekanimni tan oldim...

Zulmatda ekanman juda ko'p narsani bilaman deya kibrlanardim. Hidoyat nuriga yetishganimda hech narsa bilmasligim ayon bo'ldi...

Allohni tanimagan kezlarim tabiatni loqishlardim. Allohni tanigach, tabiatni ham, boshqa maxluqotlarning yagona Yaratuvchisiga hamdu sano aytdim...

G'aflatdaligimda nafsimga quloq solardim. Sergak tortgach, aqlimning va qalbimning buyrug'uni tinglay boshladim...

Dindan yiroq kezlarim behuda soz'alrni gapirib charchamas edim. Haq dinni topgach,sukutdek ulkan ibodatda tin oldim...

Qayd etilgan

Muslimа  10 Yanvar 2009, 12:25:50

Assalamu alaykum va rahmatullah!
Darhaqiqat, hayolidan o'tgan bu fikrlar yig'latadi. Ayniqsa, Alloh taoloni, dinni ancha vaqt davom etgan zalolatdan keyin tanigan bandani....

Kecha ikkita muslima birodarimizni Alloh rizoligini istab hijob o'raganlariga guvoh bo'lganimda yig'lamay tura olmadim. ALLOHU AKBAR!!! VA LILLAHIL HAMD!!!

P.S. Alloh bu muslimalarga sabr va iymon, ota - onalariga insof va tavfiq bersin! Amin!

Qayd etilgan

siddiqa  12 Yanvar 2009, 05:22:31

assalau aleykum,
inson ko'ngli albatta birzaif etiborsiz nuqtalardanda ozorlanishi mumkin ,metroda ketoyatgandim bekatim kelgandashoshilib tushdim va tezroq manzilga yetishga oshiqardim ,hamma shoshardi lekin bir odam 2 qadam oldinga 2qadam orqaga yurardi ,hayrat bn qaradim ,ko'zlari ko'r ekan ,yoshlari hali 30 yetmagan kishi ,bir pas turib qoldim unga yordam bergim kelardi lekin ............nimadir to'sdi u esa shu yurishini takrorlar va kimdir qararmikin deb qo'llarini co'zardi ,orqamga qaytgim va unga yordam bergim kelardi ,shunda yig'ladim .......... ko'zlarim ochig'u lekin shuncha ko'zi ochiqlar bir zaifga yordam beromasdik ,u yerdagi yigitlarga nafrat qilsa arziydi ,ulardan birortasi ham pinagini buzmasdi ,keyin bir yoshi kottaroq ayol u zaifga yordam berdilar ,u insonni hursandligini ko'rsez edi , anchadan beri yo'lni o'rtasida turib qolganimni sezdim.

Qayd etilgan