Meni yig`latgan holat...  ( 196835 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 33 B


Munira xonim  12 Yanvar 2009, 17:00:59

Men kutgan kun.

Birinchi farzandimni qiynalib dunyoga keltirdim.Umri qisqa ekan, norasidam nobud bo’ldi. Keyingi farzandimni tug’ilishini kutayotganimda avvalgi kamchiliklarni to’g’rilay boshladim. Lekin doktorlar yana o’sha tashhisni qo’yishdi. Ko’zimga dunyo qorong’u bo’lib ketdi. Yana o’sha jarroxlik stoliga yotishga majbur bo’ldim. Kimdan yordam so’rashni bilmayman. Faqat hamshiralarga yalinaman:"Iltimos, farzandim tug’ilsa, uni menga bir ko’rsatsangiz, badanlariga bir qo’limni tekkizib ko’rsam. Men ham onalik baxtini his qilsam". Jasadim tortayotgan azobdan ingrarkanman,o’zimni butunlay Allohning panohiga topshirdim. Yodimga kelgan duolarni takrorlay-takrorlay hushimni yo’qotdim. Koz’imni ochganimda ikkinchi o’g’limdan ham ayrilganimni bildim. Lekin qalbimni o’zgacha bir ixlos egallagan, hozirgina farzand dog’iga duchor bo’lgan bo’lsamda, taqdirga tan berib, noumid bo’lmaslikka harakat qilardim. O’rinda bemajol yotar ekanman, Allohga tinimsiz duolar qilar, ko’z yoshlarim esa yuzimni yuvardi.
Oradan yillar o’tdi. Endi kasalim haqida bosh qotirmasdan, faqat Allohga bog’landim. Vujudimda yana bir tirik jon paydi bo’layotganini bilib, ham umid, ham qo’rquv bilan doktorga bordim. "œAlhamdulillah" deyman, ko’z yoshlarim esa tinmaydi.
Homilamning oy — kuni to’lgach, yana operatsiya xonasiga kirarkanman,"koz’imni ochganimda bolam yonimda bo’lsin, iltimos"¦" deya doktorlarga yalinaman. Narkoz ta’sirida yotarkanman, familiyamni chaqirishganini eshitdim. "œKoz’inggizni oching, o’g’illi bo’lsingiz,naqd 4kiloyu 200 gramm". Ich-ichimdan chiqqan "œAlhamdulillah" degan so’zni hamma eshitdimi, bila olmadim.
Ko’zimni ochganimda men umid qilgan, men so’ragan, doktorlarni ham hayratga slogan, Alloh bergan sog’lom farzandim yotardi"¦

Nilufar.
"œMusulmonlar taqvimi", 2007/ 1428/ I- kitob.

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  26 Fevral 2009, 05:23:45

Mani yig'latgan holat: :2

Bir kuni o'zimni juda yomon his qildim, bilmadim, xuddi joni chiqayotgan odamga o'xshab qoldim, u xonadan bu xonaga kiraman, hech tushunolmadim, keyin qiblaga qarab Allohga iltijo qilib yig'ladim...u yog'ini yozmiman, chunki bu faqat o'zimga ayon holat bo'lib qoldi.
Haligacha o'shanda menga nima bo'lganligi sababini bilmiman !

Qayd etilgan


Hadija  05 Mart 2009, 20:46:20

U bilan ko’cha-kuyda salom-alik qilib, hol-ahvol so’rashib yurar edik.
Bir kuni ertalab uchratib qoldim.
Yuzlari horg’in edi.
- Ishga ketayapsizlar?
- Ha, saharlik qilib biroz mizg’igach, endi sekin"¦
- Iye, ro’zamisiz?
- Oldin besh vaqt namozni ham o’qirdim. Ish ko’pligidan yaqinda tashlashga majbur bo’ldim. Bu gapdan hayratga tushdim. Rabbimni taniganimdan buyon namoz ko’zlarimning quvonchiga aylanib qaradim.
Ro’zani farz deb namozni unutgan bu birodarimdan ko’nglim ranjisada maxzun yuziga qarab rahmim keldi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir kuni kechqurun uning do’konidan chiqib ketayotganini ko’rdim. Qo’lida bir shisha aroq bor edi"¦

Musulmonlar taqvim kitobi 2004 yil (1425) III — chorak

Allohim hidoyatdan keyingi zalolatdan O'zing asra biz gunohkorlarni!


 :as:

Alloh rozi bo'lsin go'zal hikoya...

Ich-ichimdan o'ylantirib, yig'latadigan, man u-n achinarlik deb atay oladigan holim, qalb ko'zi yumiq, Alloh bergan iymon ne'mati, lazzatini saqlay olmay noshukurlik qilib yurgan insonlar... Balki ulrani oralariga man, balki siz yoki boshqa insonlar ham kirar... Yana biri shuki, Allohning inson u-n afzali deb berilgan farzlarini inkor qilishlik, yolg'on deb atab munofiqga aylanishligini ko'rib turib, hech qanday chora ko'rmasdlik...


Qayd etilgan


siddiqa  06 Mart 2009, 05:08:21

balki insonlar bir biriga o'hsharlar ko'ppincha birinchi ko'rgan odam kimgadir o'hshatadi ,bir kuni uyga qaytayotganimda avtobusga chiqdim ,va bir chekkagina joyga omonatday bo'lib turgandim ,o'rindiqlardan birida yoshi ellik yoshlar chamasi millati bilmadim o'zbek yoki turk ,u kishi juda o'ychan dardli odamga o'hshardi ,negadir ko'zi menga tushib qoldi va bir nafas yuzlari oqraib g'alati bo'lib ketdi ,keyin yana tikilib qolib ko'zlaridan yoshlangandek bo'ldi lekin buni menga bildirmadi ,noqulay bo'lib uzoqroq o'tdim ,beihtiyor u kishiga ko'zim tushdi ,u boshini quyi solgan holda yi'g'larmidi ,va sekin men tomon qarab qo'yardi ,balki jigargo'shasi farzandiga o'hshatdimikin bilmadim ,lekin avtobusdan tushib beihtiyor yig'lab yuborgandim ,Allohdan u insonning dardiga chiroyli sabr berishini so'radim.

Qayd etilgan


Afruza  06 Mart 2009, 11:22:45

Yomg'ir yog'ayotgan kun edi. Svetoforda bir qariya tilanchilik qilardi. Yomg'irdan ivib ketgan.  Unga nimadir yaxshilik qilgim keldi. Ammo avtobusda bo'lganim sabab imkon bo'lmadi. Ancha payt holat ta'sirida yurdim. Oradan ancha vaqt o'tib u insonni yana uchratdim. Yana shu holatda. Unga soyabonimni uzatgan paytim guvoh bo'ldimki, ko'zlari ojiz ekan. Negadir ko'zlarimga yosh keldi. Allohga shukrona keltirdim, O'zining marhamatidan benasib qilmaganiga.

Qayd etilgan


Muzayyana  31 Mart 2009, 11:10:55

Yig'ladim buni ko'rib, ich-ichimdan o'ksinib, qiynalib yig'ladim...
Bir kursdoshim manga telefonida bir nimani ataylab olib kelganini aytib qoldi, man bajonidil uni ko'rdim keldi...
"Play" boshlandi...
Kimdir kravatda yotgan holati, bundoq yaxshilab qarsam, Hayrulla Hamidov ekanlar, adashmasam kasalhona...Yotgan joylarida ham ma'ruza qilyaptilar....Subhanalloh...shunday insonni nega bunday ahvolga solishadi deb yig'ladim...Manimcha u kishini urishgan edi, sababi burunlari qiyshayib ketgan, zo'rg'a nafas olib shundayam "La' ilaha' illallah" kalimasining fazilati haqida ma'ruza qilayotgan edilar...
Alloh shu insonni o'z panohida asrasin, ularga sabr va toqat bersin inshAlloh...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  03 Sentyabr 2009, 22:38:40

Onajonim qattiq kasal bo'lib qoldilar. O'sha paytda men 2-kursda o'qirdim. Onang seni ko'rmoqchi ekan qattiq kasal bo'lib qolibdi. Kegin bir ko'rib ketgin deyishdi. Nihoyat onamni ko'rgali bordim. Har safar borganimda "... keldingmi bolam..." deb quchoq ochib kutib oladigan onam arang so'rashdi xolos. Onajonimni o'shanda ko'rib yig'lagim keldi. Qaytayotgan kunimiz meni boshqa ko'rmasligini bilgan shekilli menga juda mo'ltirab qaradi. Shunday qaradiki beixtiyor yig'lab yubordim. Onam kelib ko'zlari jiqqa yoshga to'lgan holda peshonamdan o'pdilar va bag'riga bosib yig'ladi. O'shanda o'zimni bosolmadim va yarim yo'lgacha yig'idan o'zimni bosolmay yig'lab keldim...

Qayd etilgan


Ansora  04 Sentyabr 2009, 00:52:44

Men bazan juda oddiy narsalarga ham yig'layveraman. Buning sababi ichimda bazi narsalarini biriktirsam kerak, deb o'ylayman. Masalan, kecha iftorda mehmonlarimiz bor edi, turmush o'rtog'im haligi voqea bor ediku, kuchuk haqidagi aytib bergin, deb qoldi. Men esa, hozir aytib berolmayan, yig'lab yuborsihim mumkin, dedim. Hayron bo'ldi va o'zi aytib berdi. Men esa bir tarafdan yig'lay boshladim. Balki sizlar ham bilarsizlar bu voqeani. 1923-34 yillari orasida Yaponyada bo'lib o'tgan voqea. Yapon bir Profesor bir kuchuk boqib oladi, unga Hachiko ismini beradi. Egasi har ishga kelib ketishida it yo'lni yodlab olganligi uchun Profesorning ishdan chiqish vaqtiga qarab uni har kuni metroda kutib olaveradi. Bir kuni, Profesor onidan yuragi ushlab o'ladi. İt bechora bo'lsa yana yillab har kuni, ayni paytda egasini kutib olgani metroga kelib ketaveradi. İtning sadoqati vaqti kelganda biz insonlarga ham o'rnak bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  04 Sentyabr 2009, 01:24:24

Akbar birodarimiz onalaridan bahsetibdilar. Men Universitetda o'qir ekanman, 3-kursgacha uydan yig'lab qaytardim. Ayamdan ajralish juda og'ir kelardi. Hech kim ko'rmasin, deb avtobusni boshlarida o'tirardim.

Ayamni eslar ekanman, yana bolaligimda boshimdan o'tgan bir voqeani ham aytib o'tay. Yoshim 7-8 bo'lishi kerak. Bir kuni kechasi tushimda ayam bizni tashlab uzoqqa ketganlarini ko'rdim. Tushimda shunaqa yig'layapman, hatto o'z ovozimdan uyg'onib ketdim. Ayam bechora, ha bolam nima bo'ldi, deb yugurib keldilar. Men tushimni aytib berdim. Ayam kulimsirab, bolam hech qayerga ketganim yo'q, mana yoningdaman, deb meni yupata boshladilar. Men esa ovunmadim, qaytamiga yana badtarroq nimaga bizni tashlab ketasiz, deb yig'lashda davom etgandim.
Ona mehri baribir boshqachada. Turklarda "Ag'larsa anam ag'lar, gerisi yalan ag'lar, (Yig'lasa onam yig'lar, qolganlar yolg'on yig'lar) degan so'z bekorga aytilgan emas...

Qayd etilgan


siddiqa  04 Sentyabr 2009, 04:21:18

Men bazan juda oddiy narsalarga ham yig'layveraman. Buning sababi ichimda bazi narsalarini biriktirsam kerak, deb o'ylayman. Masalan, kecha iftorda mehmonlarimiz bor edi, turmush o'rtog'im haligi voqea bor ediku, kuchuk haqidagi aytib bergin, deb qoldi. Men esa, hozir aytib berolmayan, yig'lab yuborsihim mumkin, dedim. Hayron bo'ldi va o'zi aytib berdi. Men esa bir tarafdan yig'lay boshladim. Balki sizlar ham bilarsizlar bu voqeani. 1923-34 yillari orasida Yaponyada bo'lib o'tgan voqea. Yapon bir Profesor bir kuchuk boqib oladi, unga Hachiko ismini beradi. Egasi har ishga kelib ketishida it yo'lni yodlab olganligi uchun Profesorning ishdan chiqish vaqtiga qarab uni har kuni metroda kutib olaveradi. Bir kuni, Profesor onidan yuragi ushlab o'ladi. İt bechora bo'lsa yana yillab har kuni, ayni paytda egasini kutib olgani metroga kelib ketaveradi. İtning sadoqati vaqti kelganda biz insonlarga ham o'rnak bo'ladi.


 :as:
yig'lashga arzigulik voqeacha ekan,insonda o'zi har doim shunaqa bo'ladi aslida yig'lashi kerakmas narsalarga ham boshqa eski dardi tufayli yig'layveradi ,shuning uchun bo'lsa kk  payg'ambar sav mustahkam iymondan keyin  dinda va dunyoda ahlida inson ofiyatni so'rash kk degan ekanlar ,bu ortiqcha mahzunlikdan kechishdir .demak sizda ham yig'loqilik kuchli ekanda  ;)
meni maktabimdan 7 sinfimdan boshqa gimnaziyaga bervorishganida 6 oycha esliyman tinmay yig'lagandim ,ham uzoq yaqinlardan yiroqda va maktabdan ko'ra anchayin saviyasi kuchli bo'lgani un 2 oycha hech qachon olmagan baholarimni olganman ,maktabda 5 dan bo'shamiy qolganim un mi bu judayam qattiq tasir qilkgan ,lekin Hali hech kim muvaffaqiyat narvoniga qo'lini cho'ntagiga solib chiqmagan degan hikmatli so'zning ma'nosini anglagandek edim .

Qayd etilgan