Yuraning "œxudo"si
Hovlimiz yonidagi shifoxonada qorovul bo’lib ishlar edim. Ishim qiyin emas, shifoxonaga kiruvchi va chiquvchi mashinalrni nazorat qilish.
Qorovulxona yonidagi daraxt soyasida Rabbimni zikr qilib tasbeh o’girib o’tirardim. Mendan bir oz narida Yura ismli haydovchi yigit shifoxonaga tegishli mashinasini artar edi.
U yonimga yaqinlashdi:
- Nima qilyapsan?
- Xudoni zikr qilyapman, - dedim jilmayib.
- Xudoni zikr qilyapsan? Qani Xudoing? Men ko’rmayapmanku!!! — u qah-qah otib kuldi. — Mening xudoimni esa ko’rsa bo’ladi. Mana mening xudoyim, - mashinaga ishora qildi — u meni yediradi, ichiradi, maishat qildiradi. Biroq men uni "œxudoim, sen yaxshisan", deb maqtamayman. Haftada bir-ikki marta yuvib, tozalab tursam bas.
Butun vujudim qaqshab ketdi. "œAstag’firulloh", deya o’zimni bosdim. Yura esa ustimdan kulganicha mashinasini minib ko’chaga chiqib ketdi.
Asabim taranglashdi. Yana zikr bilan o’zimni bosdim.
Peshinga yaqinlashib qolgandi. Shifoxona hovlisi birdan jonlandi. Bosh vrach "œtez yordam"ga o’tirib shoshib chiqib ketdi. Uning yuzidagi xavotir alomatidan nimadur bo’lganini sezdim.
Oradan bir fursat o’tib "œtez yordam" qaytib keldi. Ma’lum bo’lishicha, chorrahada Yura "œxudosi"ning tormozi ishlamay qolib, uni asfalasofilinga ravona qilibdi.
Musulmonlar taqvim kitobi 2005 yil III-chorak
Allohim Sendan o’zim bilganim holda Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so’rayman.
Sendan o’zim bilmaganim holda shirk qilib qo’ygan bo’lsam, kechirishingni so’rayman.
Albatta Sen g’ayblarni bilguvchi Zotsan.