Tabriklar va qutlovlar  ( 416766 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 101 102 103 104 105 106 107 B


soliha_siddiq  01 Yanvar 2013, 07:08:49

Assalamu alaykum..

Tabriklashni yangi yo'limi bu ? 

Qayd etilgan


Shokir63  13 Aprel 2013, 17:10:21

2012 yil 14 dekabr kuni Alloh bizga yana bir farzand berdi, shunday qilib uchunchi farzandim - o'g'limiz Baqojon dunyaoga keldi. Ismini Abdulboqiy qo'yamiz deb niyat qilgan edik, lekin otam yaqinlarimizga xabar berish payti, yangi nevaram tug'uldi ismini otamning ismlaridek Baqo qo'yamiz deb hammaga aytavergach, U kishining raylarini qaytargim kelmadi va ayolim bilan qilgan niyatimizni tilga chiqarmadik. Qolaversa bobom Mulla Baqo ismi bilan hamqishloqlari orasida nom qozongan, sovet davridayu ulug vatan urush paytida ham namozini tark etmagan qadrli inson bo'lganlari uchun, hamma narsada bir xayr bor deb, o'g'ilchamizning ismini Baqojon qo'yvordik, xudo xoxlasa katta bo'lganida Islomga xizmat qiladigan chinakam erlardan bo'lsin Ilohim.

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  13 Aprel 2013, 17:45:34

2012 yil 14 dekabr kuni Alloh bizga yana bir farzand berdi, shunday qilib uchunchi farzandim - o'g'limiz Baqojon dunyaoga keldi. Ismini Abdulboqiy qo'yamiz deb niyat qilgan edik, lekin otam yaqinlarimizga xabar berish payti, yangi nevaram tug'uldi ismini otamning ismlaridek Baqo qo'yamiz deb hammaga aytavergach, U kishining raylarini qaytargim kelmadi va ayolim bilan qilgan niyatimizni tilga chiqarmadik. Qolaversa bobom Mulla Baqo ismi bilan hamqishloqlari orasida nom qozongan, sovet davridayu ulug vatan urush paytida ham namozini tark etmagan qadrli inson bo'lganlari uchun, hamma narsada bir xayr bor deb, o'g'ilchamizning ismini Baqojon qo'yvordik, xudo xoxlasa katta bo'lganida Islomga xizmat qiladigan chinakam erlardan bo'lsin Ilohim.
Assalomu alaykum va rahmatulohi va barokatuh Shokir aka. Tabriklayman Alloh farzandingizni shaytoni lainni yomonligidan panoh bersin . Omin

Qayd etilgan


Музаффар  26 Iyul 2013, 09:44:31

ТармоÒ› маъмури (Системний администратор) касб байрами билан юртимиздаги барча тармоÒ› маъмурларини табриклайман. Шахтёрларникига солиштириб бслмайдиган даражада оÒ“ир, учувчиларникидек Ò³авфли ва бошлиÒ›ларникидек машаÒ›Ò›атли ишлардан тамомила 180 градусга фарÒ› Ò›илувчи ишларингизда омад ва зафарлар, зерикиб Ò›олмаслик учун доимий шуÒ“улланадиган Зума, пасьснс, косинка, ва Алавар-чалавар сйинларизда барча стапларидан ссон-омон стиб олишингизни тилайман...
Ò²урмат билан: Сисадмин функяисларига сга инженер-АСУ ТЛ, Ò³аваскор дастурчи ва таржимон, слектрон сйинлар бсйича маÒ³алла
гейм-кулбларида Ò³измат ксрсатган спорт устаси, бир ссз билан айтганд схши инсон - Музаффар Òšосимов :) :)))))

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  31 Dekabr 2013, 22:31:42

Assalom alaykum aziz forumdoshlar va sayt mehmonlari sizlarni bugun so`ngi kun bo`lgan 2013 yil va ertangi yangi 2014 yil bilan chin yurakdan tabriklayman. Kelayotgan 2014 yilda Alloh barchamizni bir-biridan ezgu ishlar qilishga, biz uchun aziz bo`lgan yaqinlarimizga ko`plab yahshiliklar qilishga musharraf qilsin, oramizda kimlardir eski 2013 yilda bilib bilmay kimlarnidir dilini og`ritgan bo`lsak yangi yil barcha dilhiraliklarni yuvib tashlashga imkoniyat bersin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Iyun 2014, 22:54:02

Assalamu alaykum.
Ramazon oyi muborak.
Bu oy barchaga go'zal amallarga boy bo'lsin.
Allohim ibodatlarimizni O'z dargohida qabul qilsin.


Qayd etilgan


MUSLIM_uz  28 Iyul 2014, 03:52:43

Assalomu alaykum ahli forum.
Sizlarni kirib kelgan iyd ramazon bilan tabriklayman. barchamizni tutgan ruzalarimizni uz dargohida qabul aylasin. bugun bayram hamma hursand buladigan kun. shu bugungi kuningiz bayramingiz umuman barcha kunlaringiz a'lo darajada utishini tilap qolaman. yana bir bor ayyomlaringiz bilan forumdoshlar.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  28 Iyul 2014, 07:56:50

Taqobbalallohu minna va minkum!

Qayd etilgan


IRFON-2012  28 Iyul 2014, 10:38:36

"Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro'za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo'lsalaringiz!" deb marhamat qilingan Ilohiy buyruqqa "labbay" deb javob berib, "Sanoqli kunlar"da ro'zador bo'lish sharafiga muyassar bo'lgan jamiyki musulmon xalqlarini Ramazon hayiti bilan chin ko'ngildan tabriklab, ularga Ramazondan onadan tug'ilgandek pok chiqish baxtini tilab qolamiz!
"Sizlardan kim bemor yoki musofir bo'lsa, bas, sanog'ini boshqa kunlarda tutadir" degan istisnoga binoan, bemorliklari va musofirliklari tufayli ro'za tutolmagan bo'lsalarda, qalblarida ro'zadorlik ishtiyoqi to'lib toshgan insonlar hamda "Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomi fidya bordir" deb marhamat qilingan oyatga muvofiq keksa yoshdagi va surunkali bemor bo'lgan fidya beruvchilar bo'lib, qalblarida Ramazon va uning ro'zasiga muhabbati kuchli bo'lgan zotlarni ham muborak hayit bayrami bilan muborakbod etamiz! (Baqara, 183-184 oyatlaridan, Qur'oni Karim o'zbek tilidagi ma'nolari tarjimasidan keltirib o'tildi).

Sahardan masjidga otlanib, bamdod va hayit namozlarini ado qilib, uzoq-yaqindagi qarindoshlarni yo'qlab, bayramlar bilan qutlab kelganimizdan so'ng, mana nihoyat tabriklash navbati internetdagi dindoshu yurtdoshlarga keldi, alhamdu lillah!

Butun Islom olamini, barcha musulmon ahlini, barcha vatandoshlarimizni, Prezidentimizdan tortib qalbilarida iymon jo'sh urib turgan barcha yurtdoshlarimizni, xususan internet ahli va saytdoshlarni bugungi muborak Ramazon hayiti bilan tabriklayman!
Keksalarga baquvvat iymon, yoshlarga insofi tavfiq, ayollarimizga sharmi hayo, bolajonlarimizga porloq kelajak, ota-onalarimizga sihat-salomatlik va xotirjamlik tilab qolaman!
Yurtimizga tinchlik, jamiyatga farovonlik, oilalarga qut-baraka, qalblarga sokinlik tilab qolamiz! Yanagi shunday ulug' ayyomlarga ham jismonan salomat va ma'naviy yetuk holda diydorlashish nasib qilsin!
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Iyul 2014, 16:47:20

Assalamu alaykum.
Barchaga ayyom muborak!



Qayd etilgan