Assalomu alaykum!
Avvalambor barchani yangi hijriy yil bilan tabriklayman. Olloh ushbu yilda barchamiz o'ylagan ezgu niyatlarimizga yetkazsin.
Bundan tashqari Forumimizning bir a'zosini ham shaxsiy yutuqlari bilan tabriklayman. Ya'ni
Mr.Twisterni "Kelajak ovozi-2008" Respublika tanlovining g'olibi bo'lganlari bilan chin qalbimdan tabriklayman. Umid qilamanki, ular ishlab chiqqan g'oya va taklif yurtimiz istiqboli uchun, xalqimiz farovonligi uchun o'z xissani qo'sha oladi. Yana bir bor ushbu yutuq muborak bo'lsin, aziz birodarim!