Tabriklar va qutlovlar  ( 416946 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 107 B


Nodi  01 Sentyabr 2006, 23:01:49

Bugungi jum'a kuni ham barchamizga muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Sentyabr 2006, 11:28:38

Assalomu alaykum shu forum azolari!
Barchangizni bugungi Jum'a muborak kun bilan tabriklayman!
Qilgan ibodatlaringiz va duolaringiz qabul bo'lishini Ollohdan so'rab qolaman!

Yana bugun Sha'bon oyining 14 kuni.
Sha'bon oyining 14 kunidan 15 kuniga o'tar kechasi Baroat kechasidir.
Barchangizni ushbu kun bilan ham chin dildan tabriklayman!

Iloyim har birimiz shu kunda qilgan duolarimizni Ollohim qabul aylasin!
Rizqimizni but qilsin! Ishimizni rivojini barakasini bersin inshaolloh!

BAYRAM MUBORAK yana bir bor!

Qayd etilgan


mubashshir  08 Sentyabr 2006, 12:10:23

Assalamu alaykum!
Men ham barchani bugungi Muborak juma
va Baroat kechasi bilan qutlayman.
Alloh hammamizni shu Ulug' kunlar jurmatidan
Oz'ining rahmatiga noil qilsin.
Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Sentyabr 2006, 14:45:22

Barchaga Assalamu alaykum.
Mana Muborak Ramazon oyiga ham bir kun qoldi.
Ushbu muborak oy va bugungi muborak Juma ayyomi bilan barchani qutlayman.
Alloh barchamizni shu oyga yetkazsin va tanho O'ziga ibodat qilishimizni nasib qilsin.
Shu muborak oy, undagi Qadr kechasi va  qilgan ibodatlarimizni haqqi hurmatidan Alloh taolo barchamizni qilgan kabirayu sag'ira gunohglarimizni avf etsin.
O'zining eng sevimli bandalari qatorida qilsin.
Amiyn,Ya Robbil A'lamiyn.

Qayd etilgan


Laylo  22 Sentyabr 2006, 17:11:14

Assalomu alaykum wa rahmatulloh!
Aziz birodarim!
Sizni Ramazon sharif oyi bilan chin qalbimdan qutlayman.
Mehribon Alloh ushbu oyda qilajak ibodatlaringizni qabul aylasin!
Nimaiki niyat qilsangiz, shu niyatingiz ro'yobiga tilakdoshman.
Ayyom muborak!

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2006, 01:28:42

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!



HADISI SHARIF:
Sizlarga muborak ramazon oyi keldi. Alloh uning ro'zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko'p narsadan) mahrum bo'libdi.
Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 08:12:03

Assalomu alaykum!
Barchangizni Mohi Ramazon bilan qutlayman.
Allohim qilayotgan ibodatlaringizni qabul qilsin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2006, 12:14:43


Qayd etilgan


Shahina  23 Sentyabr 2006, 14:33:54

Barcha musulmonlarni kelayotgan ayyom bilan chin dilimdan qutlayman.
Ramazoningiz muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Abdusalom  23 Sentyabr 2006, 22:07:51

Ziyo Uz ijodkorlari, muxlislari hamda barcha musulmonlarni muborak ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bizlarni ham duoda yod etinglar.

Addoyi Abdusalom!

Qayd etilgan