Tabriklar va qutlovlar  ( 744294 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 107 B


Munira xonim  04 Oktyabr 2009, 08:52:50

Assalamu alaykum.
Yuqorida MAhdiyah keltirgan hadisni va Muhmmad Sohib keltirgan :Dinda asli yo'q narsaning har bir bid'atdir, har bir bid'at zalolatdir, har bir zalolatning joyi esa Jahannamdir" degan gaplarini qo'llab quvvatlaydigan quyidagi hadisni keltiraman.
Ummul mo‘minin Oisha (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki dinimizda asli yo‘q bo‘lgan narsani paydo qilsa, u albatta rad qilinur».

Imom Muslimning rivoyatida:
«Kimki biz unga buyurmagan amalni qilsa, u albatta rad qilinur».

Buxoriy va Muslim rivoyati.
Ushbu hadislardan hamma tushunib olsa bo'ladiki, Dinda asli yo'q narsani qilishlikning oqibati nima bo'lishini.Yuqorida aytib o'tilganidek o'qituvchilar bayrami ham, tug'ilgan kun ham Islomda yo'q narsalar, ya'ni bid'atlardir. Ularni nishonlamaslikka va hatto tabriklamaslikka harakat qilish lozim. Lev Tolstoy aytgan ekan:"Meni tug'ilgan kunim bilan tabriklaganlarga hayron qolaman, men o'limga yana bir yil yaqinlashdim, nima ular shundan xursand bo'lib meni tabriklashadimi?"
Men tug'ilgan kun bilan tabriklaganlar bunaqa niyatda bo'lgan demayman,Alloh saqlain. Lekin shu gaplarga e'tibor bering, har bir yilini o'tkazgan kishi, o'limga yana bir yil yaqinlashdi, bu dunyo uning umrini yana bir yilini yedi. Biz bunga xursand bo'lib tabriklashni o'rniga bu kishining haqqiga g'oyibona go'zal duolar qilishimiz lozim emasmikin deb o'ylab qoldim. Meni bu gaplarimni o'qigan ba'zi ishtirokchilar Munira opa yana bitta fikrdan fojea yasayapti, deb o'ylashmasin. Men o'z fikrimni aytdim. Va bunga haqqim bor deb o'ylayman.
Alloh barchamizga haqiqy iymon va taqvo nasib qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2009, 09:07:53

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar, albatta, o‘zlaringizdan avvalgilarning qonun-qoidalari (yo‘llari, urf-odatlari)ga qarichma-qarich va qadam-baqadam ergashursizlar, hatto ular kaltakesak (echkemar) ini(dek tor va yomon yo‘l)dan yursalar, ketlaridan (qolmay) borursizlar», — dedilar. Biz (sahobalar): «Yo Rasulalloh, yahudiy va nasorolar(ning ortlaridan) hammi?» — dedik. Ul zot: «(Ularning bo‘lmay), kimning?!» — dedilar».

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho namozxonning qulini beliga qo‘yishini rad qilib: «Yahudiylar shunday qiladi» — der erdilar».
"Sahihi Buxoriy"dan.

Ushbu hadislarga ham e'tibor berishingiz iltimos qilaman, zero har bir hadis biz ojiz bandalarni hayot yo'llarini belgilab beradigan dasturdir.
RAsululloh SAV eng oddiy narsalarda ham, ya'ni yurishlik, turishlik, soch bo'yashlik, muomalada ham bizlarni yahudiy va nasroniylarga o'xshamaslikka chqairganlar. Biz bunga amal qilishimiz, hatto qadam bosishimizda ham ularga taqlid qilmasligimiz lozim. Bundan iloji boricha saqlanishimiz shart.Biz yaxshi niyatlarimizni izhor qilyapmiz tug'ilgan kun bahonasida yoki buni targ'ib qilmayapmiz(Oldin bir ishtirokchiga shu gapni men aytganimda, forumga olib chiqishingizning o'zi targ'ib qilganingizdir degan edilar,ALloh u kishidan rozi bo'lsin,shundan keyin o'ylab post qiladigan bo'lgandim) yoki biz aynan nasroniylarga o'xshatmasdan tabriklayapmiz deb o'zini oqlovchilar bo'lishi mumkin.Bu bilan esa ular faqat o'zlarini o'zlari qoniqtiradilar xolos. Buni ko'rgan ilmi kam ishtirokchilar va mehmonlar esa:"Mana shuncha imi borlar ham bunday kunlarni nishonlar ekan" degan noto'g'ri tushunchaga ega bo'ladilar. Bunga esa biz sababchi bo'lib qolamiz.
RAsululloh SAV nimadan qaytargan bo'lsa va nimaga buyurgan bo'lsalar, shularni shundayligicha qabul qilaylik. O'zimiz uchun, nafsimizga yoqadigan yo'llarni qidirmaylik, iltimos.
Alloh barchamizni O'zining yo'lidan adashtirmasin. Amiyn.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  04 Oktyabr 2009, 10:37:01

Assalomu-alaykum. Forumimiz a'zolaridan Kinjo ukamizni kecha tug'ilgan kunlari ekan. Shu munosabat bilan kech bo'lsada muborakbod etaman.
Rabbim umlarini ziyoda qilsin inshalloh. O'qishlarida, ishlarida muvaffaqiyat tilab, Vataniga, Diniga hizmat qilishlarini tilab qolaman. Moliya sohasida halol ishlashning qanchalik qiyinligini dadamdan bilaman. Bu yo’lda ham Alloh yor va yordamchingiz bo’lib, halol rizqlar nasib etsin inshalloh"¦
Ман шу гапларни ичида Ислом таълимотига зид жойи бор сканми деб сузма-суз кидирдим. Аа матнда, на постнинг маъносида бидъат ишга далолат топмадим. Хаммаси самимий тилаклар, исломий хурмат скан. А­нди шу жойда шахсан узимдан келиб чикиб гапирсам неча неча Футбол хакидаги мавзулар мухокамасида, ББСнинг ёлгон маълумотлари тикиштирилаётган жойда, мусулмонларнинг турфа байрамларига Бидъат уларок турфа "открс‹тка"лар тайёрлаб табрикланаётган пайтда жим томоша килиб, бир биродарига таваллуд айёми бахона самимий тилак айтаётган муслимага карши суз айтсам жуда бир нохолислик булса керак!!!  Биродарлар келинглар, бунака каршилик рухини бас килайлик! Суннатга сргашишни даво килсак хамма жабхада, хамма жойда тенг сргашайлик. Бидъатда хам, ОДОБДА хам, намозда хам...бошка ишда хам. Хужжатларни нафсимизга тугриламаслик хакида бонг урар сканмиз, аввало узимиз шунга амал килайлик. ХЕЧ УАУТМАЙЛИККИ, АЙТГААЛАА ИМИЗГА АМАЛДА УЗИМИЗ ААМУАА БУЛМАС А­КААМИЗ, БИЗАИАГ СУАААТГА А­А ГАШИШАИ ДАВО КИЛИШИМИЗ БЕКОА ДИА .

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Oktyabr 2009, 12:46:40

Haqiqatda "Dinda asli yo'q narsa, rad etilur" digan hadisga muvofiq Islomda 2 Hayitdan o'zga bayramlar yo'q dib man ham tan olaman va InshaAlloh shunga endi amal qilaman!
Muhammad Sohib va Munira opa shu yuzasidan to'g'ri aytishdi.
Va o'qituvchiyu-puqituvchilar kunimi, Mustaqillik kunimi man nishonlash va tabriklash mumkin emasligini man endi aniq bilib InshaAlloh endi bu ish boshqa takrorlanmidi.
Hammamiz ham ona qornidan bilib tushmaganmiz.
Mana endi sekin-sekin o'rganayabmiz...

LEKIN QUR'ON VA HADIS KELGANIDA HAR QANAQA VAZIYATDA BOSHIMNI EGAMAN!!!!
Buni kim va qachon yetkazishidan qat'iy nazar!!!
Boshqalarga o'xshab undoq edi, bundoq edi dimiman...
Shu gapim gap!!!!


Lekin biz tug'ilgan kunni maqullab...

Assalomu-alaykum. Forumimiz a'zolaridan Kinjo ukamizni kecha tug'ilgan kunlari ekan. Shu munosabat bilan kech bo'lsada muborakbod etaman.
Ман шу гапларни ичида Ислом таълимотига зид жойи бор сканми деб сузма-суз кидирдим. Аа матнда, на постнинг маъносида бидъат ишга далолат топмадим. Хаммаси самимий тилаклар, исломий хурмат скан.


Mana shu yerda Muhammad Sohibbeeeeee sal o'xshamabdi.
AMAL AMAL dimiz lekin o'ziz ochiq oydin muborakbod etaman (tabrikliman) digan Kapalakni so'zlarini iqtibos qilib, maqullabsizu yana
ХЕЧ УАУТМАЙЛИККИ, АЙТГААЛАА ИМИЗГА АМАЛДА УЗИМИЗ ААМУАА БУЛМАС А­КААМИЗ, БИЗАИАГ СУАААТГА А­А ГАШИШАИ ДАВО КИЛИШИМИЗ БЕКОА ДИА .
dib namuna bo'lish haqida gapiribsiz.

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 12:50:09

MENİ AGAR ALLOH SHU TABRİK YUZİDAN RAD QİLADİGAN BO'LSA RAD QİLSİN, ROZİMAN, DER EKANMAN, HECH QACHON RAD ETSİN, DEGAN DUO BO'LMAGAN İCHİMDA.

"RAD ETADİ", DEGAN HADİSLARNİ MENİ TABRİK SO'ZLARİMGA QARSHİ YOZAR EKANSİZ, QO'RQİNCHLİ EMAS EDİ-DA MEN SİZLARNİ FİKRLARİNGİZNİ O'ZİNGİZGA QAYTARİB BERAR EKANMAN, QO'RQİNCHLİ KO'RİNDİMİ?

ALLOH: "QULLARİM MENİ QANDAY TANİSA, SHUNDAYMAN",  DEGAN EKAN. MEN RABBİMNİ HAR DOİM SHAFQAT VA MARHAMAT TARAFİDAN KO'PROQ ESLAYMAN VA O'ZİGA SİG'İNAMAN.

(MENGA KELGAN POSTGA JAVOBAN ERTALAB YOZGANLARİMGA QO'SHİMCHA QİLDİM, CHUNKİ NİMA DEMOQCHİ BO'LGANİMNİ TO'LİQ TUSHUNTİRA OLMAGAN EKANMAN)

Abdusalomni bu gaplari nima bo'lmasa:


Nishonlash bilan tabriklashning farqi bor. Hatto nasroniy odamni ham bayrami bilan tabriklash mumkinligi haqida fatvolar bor:

Кувайт давлатида «Шаръий фатволари ҳайъати» томонидан чоп стилган «Муғтариб ва мусофирларга фатволар» номли китобнинг 17 — 18 бетларида «Аасороларни снги йил билан табриклаш» сарлавҳаси остида берилган саволга жавобда диний маъноларни ишга солмай уларни табриклаш мумкинлиги айтилган.
Замонамизнинг ксзга ксринган олими, Дунё мусулмон уламолари бирлигининг раиси Шайх Юсуф Қаразовий сзининг «Замонави фатволар» номли китобининг учунчи жузъи 668 — 673 бетларда «Аҳли китобни байрамлари билан табриклаш» сарлавҳаси остида бу масалани батафсил баён қилган ва уларни байрамлари билан табриклаш мумкинлигини айтган. (Shayx Muhammad Sodiq)

O'sha kunni nishonlash emas, balki eslab, Allohga shukjrona qilish, mana shu kunga yetkazganiga shukr qilib, yaxshiu duolar qilish mumkin, deyishgan ulamolar.

HAY BİRODARLAR FAQAT SİZLAR TORTİSHMANGLAR!


KECHAGİNA ABDULAZİZDAN "PM DAN YOZİNG", DEB OGOLANTİRİSH OLGANİM UCHUN HECH KİMGA BU YERDAN HECH NARSA DEMAYMAN!!!



Qayd etilgan


Kinjo  04 Oktyabr 2009, 20:03:39

Assalomu alaykum. Avvalo aytmoqchimanki men Musilmonman. Al-hamdu Alloh. Va hammaning haqiqatlari borligini bilaman va xurmat qilaman. Va faqat haq bittadir.
 Islom dinimiz mo`tadil dindir, dinda chuqurlashish ham sustlashish ham yo`q va buni barchamiz bilamiz Inshooloh.
Men hammangizdan uzur so`rayman, ammo savol, masalaga aylangan ekan hammalaringiz bir birlaringizning dunyo qarashlaringizni bilib oldingizlar chog`im.
 Shu sababli buning tagiga hammaning o`zi yetmog'i kerak deb o`ylayman.
 Fikr almashinish o`zi uchun xulosa chiqarish hammamizning shaxsiy ishimiz va Olloh oldida banda yakka faqat o`zi javob beradi, ya'ni ota, ona, o`g'il, singil, do`st bu sizning foydangizga bo`lsin, ammo javobingizni o`zingiz berasiz, ya'ni hammamiz o`z o`zimiz..
Men hech kimga tavallud ayyom bilan tabriklashni ham va tabriklamaslikni ham ayta olmayman hammaning o`ziga havola. Va hammangizning fikringiz va keltirgan iqtiboslaringizni baholi qudrat tahlil qildim va qilmoqdaman. Takror tashakkur.
Alloh hammamizga o`zi hidoyat bersin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 09:10:54

Assalamu alaykum!
Birodarlar, bitta narsani yaxshilab ajratib olishimiz kerak.

Islom dini, taraqqiyot dini. Bid'at hukmida ham diniy tomonlarini «Kimki dinimizda asli yo‘q bo‘lgan narsani paydo qilsa, u albatta rad qilinur» degan hadisga muvofiq olinadi. Dunyoviy tomondan esa Islom taraqqiyotni qo'llab quvvatlaydi.

Endi bayramlar masalasiga kelsak, Mustaqillik bayrami, O'qituvchilar kuni bayramida hech qanday diniy motiv yo'q, ya'ni bu dinda paydo bo'lgan bid'at emas. Bu bayramni islomiy davlatlarda ham nishonlashadi, katta ulamolarning o'zlari ham yurtning mustaqil bo'lganini qutlab, ustoz va murabbiylarni bizni mana shu holatga keltirganlari uchun tabriklab, go'zal niyatlar qiladilar. Bunda savob bor, lekin bu bayramlarning gunoh yoxud dindagi bid'at ekanligini aytgan ulamolarni hali eshitmadim.

Ana endi nasorolik bilan aloqadoirligi uchun "Yangi Yil", zardo'shtiylik bilan bog'liq bo'lgani uchun "Navro'z", yoxud kommunist, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra aslan asoschisi fohisha bo'lgan Klara Setkin tashkil etgan "8 mart" bayramlarini nishonlashda diniy ruh borligi uchun ancha zalolatga eltuvchi bid'at sifatida qabul qilinadi.

Sahih rivoyatlarga ko'ra, Rasululloh s.a.v.ga bir sahobiy kelib o'zining ekin ishlarida maslahat so'radi. Yil oxiriga borib esa, natija yaxshi bo'lmagach, sahobiy kelib Rasululloh s.a.v.dan uning sababini so'raganda shunday marhamat qilganlar: "Mendan diningiz haqida so'ranglar. Dunyoviy ishlardan men ham siz kabi bandaman" (mazmuni).

Islomda madrasalar tashkil etish, universitetlar, turli muassasalar tashkil etish ham aslan bid'at bo'lib, lekin uning taraqqiyotga xizmat qilishi sababli uni xayr o'laroq qabul qilingan. Bunaqa bid'atlar juda ko'p. Agar har sohada ham ularga taqlid qilishni Islom man qilganida, bu kabi taraqqiyot bo'lmas edi. Agar masalani tor oladigan bo'lsak, hozirgi kiyayotgan kiyimlarimiz, turmush tarzimizning 90%izi ahli kitoblarga taqlid bo'lib chiqardi.

Bo'lgan voqea: Hali Islom haqida to'liq fikrga ega bo'lmay, endigina bir-ikkita siiyratlarni ko'rgan yosh bola uyida janjal ko'taribdi: "men stolda ovqatlanmayman, qoshiqda taom yemayman." Negaligini so'rashganda: "Payg'ambarimiz stolda ovqatlanmagan ekanlar", - deb javob beribdi. Ota-onasi unga qanchalik tushuntirishmasin, ko'nmabdi. So'ng, bir ulamoning oldilariga olib kelib, tushuntirishibdi.

Boya aytganimdek, Islom dini taraqqiyot dinidir. Islomda dunyoviy ilm, madaniyat (haqiqiy ma'nodagi) borasida boshqalardan o'rganishga targ'ib etiladi. Zero, Payg'ambar s.a.v. aytganlaridek, "Hikmat (ilm) mo'minning yo'qotgan narsasidir. Uni qayerdan olsa ham haqlidir".

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  05 Oktyabr 2009, 10:12:14

Musulmonlar birodar ölaroq bir-birlariga samimiy sözlashmoqqa buyurilgan ekanlar, qandaydir sabablar tufayli bu ish sodir böladi. Hususan men ösha tavallud kunni hayrlik tilaklarni amalga oshirishda kichik bir sabab örnida kördim. Gar, Abdul-Aziz aytganlaridek yölni tor olib, bid'atlardan töla voz kechishni ixtiyor etganimda, ayni damda harf terayotgan telefonim qölimda bölmasdi. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


lolo  06 Oktyabr 2009, 00:53:24

Assalamu alaykum!
Dinimizda muhim bir qoida bor, haromga olib boruchi bacha narsalar (yo'lar) ham harom.
Bu yerda tabriklash bilan nishonlashni ajratib ko'rsatishvatti, lekin tabriklash esa nishonlashga olib boruchi yo'l hisoblanadi. Xuddi rasm shirkka olib boradigan yo'ldek!
Taqvo esa majburlanadigan narsa emas, hamma o'zi Allohdan qay darajada qo'rqishiga binoan nima amal qilishini o'zi xohlab qilaveradi.
Mahdiyah va Munira xonim, Alloh sizlardan rozi bo'sin, va ilmilani ziyoda qilsin!

Qayd etilgan


ibnUyayna  06 Oktyabr 2009, 06:59:53

  Assalamu alaykum wr wb!
 Kelinglar bu masalani olimga qo`yib beraylik.Mana bu linkda Obid qori Nazarov tug`ilgan kunni nishonlash haqidagi savolga javob bergan ekanlar. http://www.youtube.com/watch?v=ILUWopuidQg
 Bir tinglab ko`ring.Shunda bu masala oydinlashar Inshallah.
  Assalamu alaykum wr wb!

Qayd etilgan