Assalamu alaykum.
Men keltirgan hadis shuncha muammoga sabab bo'libdi, ming bora uzr.
Ayrimlar aytganidek bu hadisni "BOMBA" bo'lishi uchun aytib,chetga chiqib turganim yo'q.Men bu hadisni xolis keltirdim.
Abdulaziz aytganlaridek Islom taraqqiyot tarafdori. Lekin taraqqiyot deb,g'ayridinlar bajaradigan narsalarni bajarishlik bu menimcha noto'g'ri.
Yahudlar dinni o'zlariga yoqqan tomonini olib, yoqmaganini tark qilishgani uchun ham Allohning g'azabiga uchrashgan.
Tug'ilgan kun haqida Rasululloh SAV hayotlarida va hadislarida hech narsa ko'rsatilmagandir.Chunki ular bunaqa bekorchi narsalarga vaqt sarf qilishmagan.
Lekin bu degani buni qilsa bo'ladi degani emas.Nishonlash va tabriklash ham bir xil narsa. Buni tan olmagan kishi tabriklamaydi hamku, axir.
MAyli olimlarimiz fatvo berishgandir, lekin buni bid'at emas deb aytmaylik. Dinda asli yo'q narsani hammasi ham bid'at hisoblanadi.
Kompda ishlashimiz ham bid'at, lekin buni ilm olishimizga foydasi bor. Shunga o'xshash misollar juda ko'p.
Lekin tug'ilgan kunni g'ayridinlar nishonlashi va tabriklashini hisobga oladigan bo'lsak, buni o'zini taqvoliman, deb hisoblagan kishi, bu narsadan voz kechadi.
Bu hammaga taalluqli emas. Tug'ilgan kunni nishonlashni xohlaganlarga, tabriklashni xohlaganlarga, g'ayridinlarni tabriklashni xohlaganlarga qarshiligimiz yo'q. Dinni qo'pol qilib ko'rsatish uchun aytmadim bularni. Bu meni shaxsiy fikrlarim.
lolo aytganlaridek, bu taqvoda turishlik harbir kishini o'z qarashi,hisoblanadi.
Lekin men barchani, faqat bir birimizni tug'ilgan yoki ma'lum bir kunda emas, doimo, eslab haqqimizga duo qilishlikka chaqirardim.
Shu biz uchun eng xayrlisi bo'ladi,InshaAlloh.
Alloh barchamizni HAQ yo'lga boshlasin.