Assalomu-alaykum qadrli forumdoshlar.Sizni va siz orqali barcha yaqinlaringizni, jamiki Islom olamini kelayotgan ulug' ayyom Iydi Qurbon bilan muborakbod etaman.Yaratguvchi Egam barchamizni Alloh va Rasuli(s.a.w.)ga bo'lgan chin muhabbat,hamda ahli muhabbatlarning fe'llari bo'lmish mo'minlar qarshisidagi siniqlik, kofirlar oldidagi izzat va ulug'vorlik, Alloh yo'lida mushohada qilishlik bilan siylasin.Barcha mo'minu-mo'minalarga foydali ilm va ilmiga amal qilishlikni,jannatga etaklovchi savobli amallar sohibi bo'lishlikni, pokiza rizqiga qanoat bilan yashashlikni va bu dunyo eshigini tabassum birla yopib, u dunyo eshigini hushnudlik bilan ochishdek go'zal xotimani nasib etsin,Amiyn.
Yana bir bor bu kundagi qo'shaloq ayyom Juma ayyomi va Iydi Qurbon muborak bo'lsin.