Assalamu alaykum!
Man bu forumda yangiman, agar malol kelmasa bir savol bersam: tug'ilgan kunni nishonlash islomga zid emasmi? Tugilgan kunga bunchalik katta ahamiyat berib adashmayapmizmi???
Va alaykum assalom Islimakxonim!
Ulamolarimiz tug'ilgan kunni xotirlab, yaxshi duolar qilish mumkinligini aytishgan.
Biz bu bilan hech kimga taqlid qivotganimiz yo'q. Insonning yaxshi kuni bilan tabriklab, unga ezgu niyatlar tilavommiz.
Va bu bilan biz haddizmizdan ham oshganimiz yo'q. Dabdaba ham qilganimiz yo'q.
Tug'ilgan kunni eslash, o'sha odamni xotirlash, qilgan ezgu ishlaridan ibrat olish yaxshi narsa.
Biz hatto payg'ambarimizning tug'ilgan kunlarini ham xotirlab, mavlud o'qiymiz, to'g'rimi?
Hamma narsaga bir tomonlama qarash yaxshji emas. Zero, har bir amal niyatga bog'liqdir.