Alhamdulilloh, bizlar musulmon bo’lib tug’ildik, muslim bo’lib yashayapmiz, mo’min holimizda dunyodan ketajakmiz inshaalloh! Bizning musulmon bo’lishimizga sabachi bo’lgan, o’limi oldida ham ummatim deb qayg’urgan, qiyomat kunida shafoat qiladigan sevikli payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam haqlarida bu kunlarda qancha eslasak shuncha kam. Ul zot butun insoniyatga dunyoning nimalgini o’rgatgan, Islomning mohiyatini tushuntirgan, bashariyatga haqiqat yo’lini ko’rsatgan buyuk zotd edilar.
Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.
Allohim barchamizni u kishining birodarlaridan qilsin!
Yo Rasululloh, men sizni yaxshi ko’raman. Siz bilan to’yib-to’yib gaplashgim, muborak hidingizdan bo’y olgim keladi. Siz bilan bir masjidda namoz o’qisam deyman. Jamolingizdan nur olmoq istayman. Quchoqlab olgim keladi muborak jussangizni"¦
Garchi men bunga arzimasam-da, tushlarimga kiring yo Rasulalloh"¦
Mavludunnabiy muborak!