Umumiy bo'lim > Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Qurbon hayiti muborak !!!

Sahifalar: (1/8) > >>

Musannif Adham:

Assalomu Alaykum.

Bugungi Islom olamining eng katta bayrami bilan barcha dindosh birodarlarimni tabriklayman.

Alloh barchamizni O'zining to'g'ri yo'lida bardavom qilib, yashab o'tishimizni nasib qilsin. Bizni turli xil bid'at, harom va noshar'iy ishlardan chetlanishimizda O'zi tavfiq bersin.

Allohga shukrki, bizni Islomda tu'gilishimizni nasib qildi, O'zining diniga hidoyat qildi. Ba'zilarga o'xshab aqidada, amalda adashib, uloqib, tentirab yuradiganlardan qilmadi. Shunday ekan, biz ham Allohning ne'matlariga shukr qilb, ibodat va amallarimizni yanada ko'paytirishga harakat qilaylik. Mana shu forumda ham iloji boricha bir-birimizga chiroyli munosabatda bo'lishga, Islomiy da'vatlar qilishga intilaylik.

'Iydul Adha muborak, muhtaram Ahli Islom!

mutaallimah:

Хамдким, кузатдик хайру хсш килиб,

Зулхижжа ойининг улуг тунларин.

Карши олдик бугун кснгил хуш бслиб,

Ал-Азхо байрамин кутлуг кунларин
Bayramingiz muborak bo'lsin hurmatli dindoshlrim.

Musannif Adham:

Assalomu Alaykum, hurmatli Ahli Islom.

Mana hozirgina 'Iyd namozini o'qib uyga keldik. Barcha dindoshlarimni bugungi muborak bayram bilan yana bir bor tabriklayman.

ziyoda_aliyeva:

Asalomu alekum va rahmatulohu barakatuh ahli imon birodarlarimiz bugungi kun hayt ayomingiz bilan tabrikliman va Allohda so'rimanki hammamizga o'zi rozi bo'lagidan amalarni berishini va uni bizaga onson qilishini chin qalbimdan  duo qilaman yana bir bor tabrikliman asalomu alekum

Robiya:

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Aziz forumdoshlarim hamda butun musulmon ahlini bugungi muqaddas bayram - Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh hamisha shunday ulug' kunlarda ibodatli qilsin. Ayyom muborak azizlar!

Sahifalar: (1/8) > >>

Go to full version