Muallif Mavzu: Qurbon hayiti muborak !!!  ( 18385 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #15 : 26 Oktyabr 2012, 11:37:31 »
 :asl3:

Barchaga Qurbon hayiti va Jum'a ayyom muborak bo'lsin!
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Bobur Sharipov

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 803
  • -oldi: 217
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
Re: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #16 : 26 Oktyabr 2012, 12:43:16 »

:asl3:  Barcha musulmon ahliga QURBON HAYITI muborak. Bu kunda qilingan barcha ezgu duolaringizni Alloh ijobatini qilsin,mazlum musulmonlarga o'zi najotini bersin.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #17 : 26 Oktyabr 2012, 18:29:40 »
Qurbon hayiti muborak!
Alloh hojilar qatori bizlarga ham hojilar safida bo'lishlikni nasib qilsin!



Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Re: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #18 : 26 Oktyabr 2012, 18:50:45 »
Qurbun hayiti barchamizga muborak bo'lsin. Ushbu ulug' kunlardagi duo va ibodatlarimizni Alloh maqbul aylasin.

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


xojar

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 45
  • -oldi: 78
  • Xabarlar: 40
  • Jins: Ayol
  • La ilaha illalloh!!!
Re: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #19 : 27 Oktyabr 2012, 09:57:32 »
 :asl3:
Qurbon hayiti barcha Musulmonlarga Muborak bo'lsin!
Allohning rahmati va mag'firati ustimizga yog'ilsin. Faqat solih amal qiluvchilardan,muflixlardan qilsin .
Kecha mehmon kutish bilan tabriklab qo'yishga vaqt bo'lmadi.
Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va o'zlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni to'kis ado etguvchilardir , ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar. Xaj-35.

Mana bu ikki g'anim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan o'ta qaynoq suv quyilar.  Xaj-19.

Sen:" Ey Robbim , mag'firat qil,raxm qil. O'zing raxm qilguvchilarning yaxshisisan ", deb ayt. Mu'minun-118.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #20 : 29 Oktyabr 2012, 13:52:48 »
 :asl3:

O'tgan bo'lsa ham barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman.
Alloh qilgan ibodatlarimizni qabul aylasin iloyim.

Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #21 : 13 Oktyabr 2013, 23:37:20 »
:as:
Kelayotgan qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin.


Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #22 : 14 Oktyabr 2013, 05:01:18 »
Ийд Қурбон Ҳайити муборак бўлсин азиз Ziyouz чилар!. Барчангизга кейинги шу ой шу кунларга ҳам эсон-омон, сиҳат саломатчиликда етиб, меҳнат фаолятингизда омадлар, оилавий ҳаётингизда тинчлик, ҳотиржамлик ёр бўлишини тилайман. Айём муборак!!!
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #23 : 14 Oktyabr 2013, 08:19:29 »
Assalomu alaykum barchaga qurbon hayiti muborak bo'lsin. Allohdan so'ragan barcha ezgu duolarimiz ijobat bo'lsin. Qilgan ibodatlarimizni Alloh o'z dargohida qabul aylasin.

Safida

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 522
  • -oldi: 339
  • Xabarlar: 216
  • Jins: Ayol
  • Do'stlarin safidan joy ber! Robbim !!!
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #24 : 14 Oktyabr 2013, 09:51:07 »
Assalomu alekim! Barchani MUborak bayram bilan tabriklayman!
HAQIQAT HAMISHA G'OLIB EGILADI, BUKILADI LEKIN SINMEDI!!!

MUSLIM_uz

  • BoBuR
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 131
  • -oldi: 133
  • Xabarlar: 263
  • Jins: Erkak
  • Namoz mo'minning meroji!
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #25 : 14 Oktyabr 2013, 18:17:15 »
ayyomlaringz bilan!
Gar qullar keksayib qolishsa kuchdan
Hojasi ozot qilar kursatib himmat.
Lek sen holiqim avlosan uz karaming ila qullikta kechti umrim
Ozod et jahannamingdan!!!

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #26 : 14 Oktyabr 2013, 19:57:51 »
Assalom alaykum
Iyd al qurbon barcha mó'min va mó'minalarga muborak bólsin. Barcha ahliforumni ezgu tilaklari óziga ham hamroh bólsin. Kelgusi yili shu oy shu kuni shu soatda eng yaqin insoningiz bilan Arofot vodiysida ziyoratlashish nasiyb etsin.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Abdumuhaymin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 182
  • -oldi: 603
  • Xabarlar: 728
  • Jins: Erkak
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #27 : 14 Oktyabr 2013, 23:35:03 »
 :asl3:
Barcha muslim va muslima forum ahliga kelayotgan qurbon hayit muborak bolsun

IRFON-2012

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 130
  • Xabarlar: 119
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #28 : 15 Oktyabr 2013, 03:59:07 »
 Assalomu alaykum! Hurmatli forumdoshlar, vatandoshlar va dindoshlar!
Bugun islom olamidagi eng katta bayram, Qurbon hayiti kunidir! Melodiy 2013-yil 15-oktabr, xijriy 1434-yil 10-zulxijja. Ushbu muborak bayram bilan, barcha yurtdoshlarimizni va barcha musulmonlarni chin dildan muborakbod etaman! O`zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan har bir fuqoroni, har qanday sohalardagi mas’ul shaxslarni, diniy va dunyoviy rahbarlarimizni, Prezidentimizdan tortib mana shu vatan taraqqiyoti yo`lida jon kuydirib mehnat qilayotgan barcha zotlarni Qurbon hayiti bilan tabriklayman! Xususan forumimizga tashrif buyurayotgan yuzlab foydalanuvchilarni va boshqa Milliy saytlarimizda faol bo`lgan internet ustalarini ham bayram bilan qutlaymiz! Bu bag’rikenglik bayramidir. Bas shunday ekan, tabriklashda hech kimni quruq qo`ymaymiz. O`zwebiston va mobil internet hodimlari, bu ajib virtual olamda ham xalqimizga ma’naviy ozuqa berishga intilayotgan insonlar, Milliy saytlarimizni rivojlantirishda jonbozlik ko`rsatayotganlar, bularning barchalarini ham bayram bilan tabriklaymiz!
Duolari sababli xalqimiz, el-yurtimiz tinch bo`lgan qariyalarimizni alohida tabriklasak. Erlarini xizmatini qunt bilan ado qilib, farzandlariga yaxshi tarbiya berayotgan onaxonlarimizni ham tabriklaylik. Yaqinda o`z bayramlarini nishonlagan aziz ustozlarimizni tabriklashni ham unutmaylik. Do`st-u birodar, oshna og’a-ini, yaxshimi yomonmi, baribir tabriklaymiz. Bugun ayblarni yuziga soladigan kun emas. Qani, kecha mast bo`lib yurgan odam, uni ham chaqiring. Islomni go`zalligini, bayramlarining ulug’ligini, musulmonlarning bag’rikengligini ko`rib qo`ysin. Hayit namozidagi minglab insonlarning bir maqsad sari saf tortganini ko`rib, kechagi ishlaridan uyalsin. Kecha sizni xaqorat qilgan odamni bugun hayit bilan tabriklang, yuzidagi uyalish va afsuslanishni tomosha qilasiz. Keyin esa, gina saqlamaslik islomning talimoti ekanligini ayting. Ushbu g’animat fursatlardan foydalanib. Ota-onalarimiz, aka-ukalar, qarindoshlar, mahalladoshlar va barcha tanish-u notanishlarni Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yuqorida sanab o`tilgan hamma insonlarga eng ezgu tilaklarimni izxor qilaman. Bu dunyoda baxtli bo`lsinlar-u, oxiratlari undan go`zal bo`lsin! Jonlari doim salomat bo`lsin-u, ruhlari undan ham pokroq bo`lsin! Hech birlari tavba qilmasdan avval o`lmasinlar! Yo`ldan ozdiruvchi fitnalar, holdan toydiruvchi kasalliklar va dillarni vayron etuvchi farzandlardan omonda bo`lsin. Eng chiroyli xotimaga duch kelsinlar. Butun umr Allohga bandalik qilib, ilohiy muhabbatga duchor bo`lsinlar! Kasblari halollik, amallari yaxshilik, maqsadlari ezgulik, oqibatlari xayrlik bo`lsin. Ushbu tilaklarimga omin degan insonlarga yanada ko`proq narsalarni Alloh ato qilsin!
Har qaysi bayramimizda bir tilagimiz bor, har gal qaytaraveramiz. Butun umr shu tilak bilan o`tamiz. O`zbekistonimiz to qiyomatgacha barqaror bo`lsin! Mustaqilligimiz hamisha xalqimizning yuzida to`lin oydek  porlab tursin! Besh kunlik umrimizni yashab bu dunyodan ketamiz, lekin oxirat uchun ekinlarimizni mana shu diyorlarda yashnatdik. Foniy dunyoni u qadar qadrsizlantirmang, aziz dindoshim. Oxiratdagi qarorgohingiz shu foniy dunyoga qarab belgilanadi. Foniyda bo`lmaganingizda boqiyda ham bo`lmasdingiz! Tinchlik-omonlikda yashab, halollik va sofdillik bilan umrguzaronlik qilishimizga sabab bo`lgan vatanimizni yanada taraqqiy topishida xizmat ko`rsatsak va kelajak avlodga ham xuddi shunday baxtni ilinsakgina o`z muqaddas burchimizni ado etgan bo`lamiz
Bu yilgi xaj mavsumi ham o`z nixoyasiga yetdi. Ulug’ farz amalini bajargan baxtli insonlarni ham alohida tabriklab, ibodatlari maqbul bo`lishini tilab qolamiz! Bu bayramning yana bir tuxfasi qurbonlik so`yish hisoblanadi. Ulkan savoblardan umid qilib qurbonlik qilgan birodarlarimizni ham toatlarini Alloh qabul qilsin! Ushbu tabriknomani erinmasdan o`qib chiqqan do`stlarni yana bir bora Iydi Qurbon bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Qurbon hayiti muborak !!!
« Javob #29 : 15 Oktyabr 2013, 07:38:41 »
O'qimasayam bo'lmaydigan chiqibdida o'ziyam.:-) hammaga qurbon hayiti muborak bo'lsin.

 

Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri!

Muallif ArbuzchiBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 79
Ko'rilgan: 27217
So'nggi javob 07 Yanvar 2010, 06:35:16
muallifi Mahdiyah
RAMAZON HAYITI muborak!

Muallif RobiyaBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 24053
So'nggi javob 06 Iyul 2016, 10:22:58
muallifi Lu`lu`
Aziz forumdoshlar, Qurbon Hayiti bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?

Muallif AnsoraBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4324
So'nggi javob 28 Fevral 2013, 13:57:58
muallifi Muxsiya
Yangi forum muborak!

Muallif NodiBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 8445
So'nggi javob 08 Mart 2007, 08:49:17
muallifi Asal
ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 69870
So'nggi javob 23 Sentyabr 2006, 07:13:05
muallifi Doniyor